UO'T:626; 631.674
Rajabov Ya.J.
"Qishloq xo'jaligi va chorvachilik texnika-texnologiyalari"
kafedrasi v.b. dotsenti, t.f.f.d., Bobomurodov A.B.
"TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti tayanch doktoranti
Rajabova N. Ya.
"TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institute talabasi
G'afforova D.
QXM 2/1/gruh talabasi
RESPUBLIKAMIZ PAXTACHILIK MINTAQALARIDA G'O'ZA MAYDONINI ORGANIK O'G'ITLASHNING AHAMIYATI ( BUXORO
VILOYAT MIQYOSIDA)
Annotatsiya. Maqolada ekin yerlarning tuproq struktuyrasini yaxchilash, hosildorlikni oshirish orqali resurs tejamkorlikka erishish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va qo 'llaniladigan texnika va texnologiyalar, yangi qurilma, uni qo'llashda olinadigan ijobiy natijalar, shuningdek bu muammo echimini topish borasida ilmiy tadqiqot ishlari to 'g 'risida ma 'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Tuproq strukturasi, qumli tuproq, sho'rlangan tuproq, organic o'g'it, chorvo chiqindisi, gumus, microelement, ildiz morfologiyasi, oziqlanish radiusi.
Rajabov Ya.J., Ph.D. v.b. associate professor Department of "Agriculture and Animal Husbandry Techniques and Technologies"
Bobomurodov A.B. basic doctoral student Bukhara Institute of Natural Resources Management
National Research University Rajabova N. Ya. student
Bukhara Institute of Natural Resources Management National Research University "TIQXMMI"
Gaffarova D. student of QXM 2/1/group
мЭкономнка h соцнумм №5(120)-1 2024
www.iupr.ru
671
IMPORTANCE OF ORGANIC FERTILIZATION OF COTTON FIELDS IN THE COTTON-GROWING REGIONS OF OUR REPUBLIC (ON THE
SCALE OF BUKHARA REGION)
Abstract. In the article, the scientific research works on improving the soil structure of cultivated lands, achieving resource saving by increasing productivity, and the techniques and technologies used, the new device, the positive results obtained from its use, as well as the scientific research works on finding a solution to this problem. information is provided.
Key words: Soil structure, sandy soil, saline soil, organic fertilizer, animal waste, humus, microelement, root morphology, nutrition radius.
Respublikamiz paxtachilik hududlaridagi sug'oriladigan erlar ham tabiiy-iqlim va tuproq sharoitlari, tuproqning mexanik tarkibi, unga ishlov berish texnologiyasi va qo'llaniladigan mashina turlari, ularga qo'yilgan agrotexnik talablarga ko'ra uch mintaqaga bo'lingan. Odatda chigit ekish va g'o'za parvarishi davrlarida bajariladigan ishlar hamma mintaqalarda deyarli bir xil bo'lib, faqat tuproqning meliorativ holatiga qarab, asosan yerni ekishga tayyorlash va g'o'zani sug'orishga tayyorlashda bajariladigan ishlarning turlicha bo'lishi hamda sug'orishlar soni va muddati bilan farqlanadi. Sho'r yerlarda o'g'itlardan foydalanishda avvalo, yerlarning meliorativ holati yaxshilanishi, ya'ni zovurlar toza va talabga javob beradigan darajada chuqur bo'lishi, yerlar past-baland bo'lmasligi, sho'r yuvish eng qulay agrotexnikaviy muddatlarda sifatli o'tkazilishi kerak. Tuproq unumdorligi kamayib ketgan, uning mexanikaviy tarkibi og'ir yoki suv o'tkazuvchanligi kuchli bo'lgan paykallarga ko'plab organic o'g'itlar solish ayniqsa yaxshi samara beradi.[1].
Magalliy o'g'itlar ichida go'ng asosiy o'rinni egallaydi. Ma'lumki, go'ng tarkibida g'o'za uchun eng zarur hisoblangan azot, fosfor va kaliy o'g'itlari, shuningdek, o'simliklar kam miqdorda talab qiladigan mikro-elementlardan: bor (B), marganets (Mg), Kobalt (So), Mis (Cu), Pyx (Zn), Molibdep (Mo) kabi moddalar ham bo'ladi. Bulardan tashqari go'ngda kalsiy, magniy, oltingugurt kislota va boshqa foydali moddalar ham bor.
Go'ng ekinlarga oziq bo'lishidan tashqari, undagi organik moddalar tuproq strukturasini yaxshilab, unumdorligini oshiradi. Go'ng solingan yerlarda uproqning g'ovakligi oshadi, suv o'tkazuvchanligi yaxshilanadi, namni uzoq saqlab turadi. Tarkibida organik moddalari kam, og'ir tuproqli yerlarda uning gajmini oshirishda, suv va havo rejimi hamda mikrobiologik protseslarni yaxshilashda go'ngning roli ayniqsa katta. Mexanikaviy tarkibi yengil tuproqlarda esa uning qovushqoqlik xusu-siyatini yaxshilaydi. Go'ng yerga solingai mineral o'g'itlarning samaradorligini oshirishda ham muxim omil hisoblanadi. Shuning uchun mineral o'g'itlarni organik o'g'itlar bilan aralashtirib solish tavsiya qilinadi. Ayniqsa, u tuproqda sekin eriydigan fosforli o'g'itlarning eruvchanligi kuchaytirib uni o'simlik oson o'zlashtiradigan holga keltiradi.
To'shama sifatida yaroqsiz bo'lib qolgan somon, maydalangan yosh qamish, sholi poxoli, torf, g'o'za-po'choq kabilardan foydalanish mumkin.
Qoramol va otlari uchun bir sutkada 3-6 kg, qo'y, echkilar uchun 0,5-1,0 kg, cho'chqalar uchun (bolalari bilan) 6-8 kg to'shama kerak bo'ladi. F. A. Skryabin ma'lumotiga ko'ra, bir bosh etluk qoramoldan bir yilda 4,5 t, bir bosh buzoqdan 2,5 t, otdan 4,0 t,qo'ydan 0,4 t, cho'chqadan -0,6 t atrofida go'ng chiqishi umkin.
Molxona va otxonalarda to'plangan go'nglar maxsus chuqurlarga to'planib shu yerda chiritiladi yoki dala chetlari yoki o'rtalariga uyumlab usti tuproq bilan ko'miladi. Go'ngdagi azotning kamayib ketishini oldini olish va fosforli o'g'itni o'simlik yaxshi o'zlashtirishi uchun uni dalaga chiqarish oldidan har tonnasisiga 20-40 kg superfosfat aralashtirish yaxshi samara beradi. G'o;za parvarishida tuproq strukturasining mikroorganizmlarga boy bo'lishi ko'zlangan natijaga erishishga zamin boladi. Ayniqsa mahalliy o'g'itlar qatorida, ko'kat o'g'itlar, bakterial o'g'itlar va g'o'zani o'g'itlash muddatlari va me'yorlari rejalashtirilgan hosilni olishda muhim o'rin tutadi.
abc a, b - o'g'itlash mashinasi, c - paxata dalasining ko'rinishi.
G'o'za o'zining butun o'suv davrida barcha turdagi o'g'itlarga talabchan bo'ladi. Biroq, rivojlanish fazalari bo'yicha o'simlik o'g'it turini o'zlashtirishiga qarab turli miqdorda talab qiladi. G'o'za yosh paytida, ya'ni shonaga kirgan davrigacha fosforli va azotli o'g'itlarga talabchan bo'ladi. Chunki bu davrda o'g'itlar etarli bo'lsa, o'simlikning ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etadi, g'o'za baquvvat o'sib, dastlabki hosil shoxlar poyaniig pastki bo'gimlaridan chiqadi. Bu esa g'o'zalarning erta shonalashiga olib keladi. Keyingi shonalashdan gullashgacha bo'lgan davrda g'o'zalar fosforli o'g'itga nisbatan azotli o'g'itni ko'proq talab qiladi. Chunki bu davrda o'simlik mevalashga nisbatan poyaning bo'yiga o'sishiga va ko'plab shox-shabba.chiqarishga zo'r beradi. Olimlarimizning kuzatish lariga qaraganda, bu davrda g'o'zalar azotni fosforga nisbatan 10-13% ortiq o'zlashtirar ekan. Gullash-mevalash davrida g'o'zalar azotga nisbatan fosforni 5-10% ko'proq talab qiladi. Sababi, bu davr o'simlik uchun hosil to'plash va ko'saklarni to'liq yetilish davri hisoblanadi. Shuningdek, g'o'zalar pishib etilgan davrda hosilning erta yetilishi ko'saklarning bo'liq, chigiti to'q, tolasi pishiq va me'yorda yetilishi uchun ham fosforli o'g'itlarni ko'proq
talab qiladi. Kaliy o'g'itining yillik normasi odatda azotnikiga nisbatan 50% miqdorida berish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Buning yarmini shudgorlash oldidan berish tavsiya qilinadi. Yer osti suvlari chuqur joylashgan tipik yoki och tusli kuzgi shudgorlash oldidan solish yaxshi samara beradi. Bunda azotli o'g'itlardan kalsiy sianamid, ammoniy sulfat va tarkibida azot hamda fosfor bo'lgan ammofos berish tavsiya ztiladi. Ammiakli selitra esa ekish vaqtida va g'o'zaning o'suv davrida berilsa, uning samaradorligi kuzdagi berilganiga nisbatan yuqori bo'ladi. Ushbu tadqiqot ishida yuqorida aytib o'tilgan texnologik jarayonni amalga oshirishda agregatning bir o'tishida g'o'zani ekishda organik o'g'itlaydigan energiya va resurstejamkor qurilmani yaratish va parametrlarini asoslash nazarda tutilgan.
Adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyeva Shavkat Miromonovichning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan "yosh O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi" 2022 yil 28-Jan. qabul kilingan PF-60 O'zbekiston Respublikasi.
2. Jo'rayev F.O'., Rajabov Ya.J., To'rayev S.S.. Yangi drenaj-tuynuk hosil qiladigan qurilma va uni qo'llash texnologiyasi// Материалы Международная научно-практическая конференция "Global science and innovations". - Nur-Sultan(Astana), May 9-13th 2019. - B.160-162.
3. Rajabov Ya.J. Tuynukli drenaj hosil kilishning takomillashgan texnika va texnologiyasi// Ekonomika i sotsium. - Saratov, 2020. № 11.- S. 1210-1212.
4. Jo'rayev F.O'., Rajabov YA.J., Karimov G'. Meliorativ holati yomon maydonlarda texnika va texnologiyalarni qo'llash samaradorligi// Agro ilm -O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi. - Toshkent, 2020. - № 2 (65). - B. 85-88.
5. F U Zhurayev, G' F.Khamroyev, I F.Khamroyev, Z. Khaydarova, I.Ibodov. THE USAGE OF A COMBINED MACHINE IN THE PROCESS OF PREPARING THE LAND FOR PLANTING // CONMECHYDRO - 2021. IOP Conf. Series: Materials Science and Engineering Scopus.
6. FU Juraev, Sh B Shodiev, GF Khamroev, JT Juraev, IF Khamroev. Mathematical modeling formation of wole drainage under soil deformations // E3S Web of Conferences, 2023. E3S Web of Conferences 419, 02005. e3s-conferences.org
"Экономика и социум" №5(120)-1 2024
www.iupr.ru
674