Научная статья на тему 'G‘O‘ZANING OZUQAGA BO‘LGAN TALABIGA QARAB O‘G‘TLASH MUDDATLARI'

G‘O‘ZANING OZUQAGA BO‘LGAN TALABIGA QARAB O‘G‘TLASH MUDDATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
118
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘g‘itlarning samaradorligi / oziq moddalarni miqdor va sifat jixati / o‘suv davri / qisqa va uzoq oziqlanadigan gruxlar / g‘o‘za o‘suv davri / rivojlanish davrlari / unib chiqish / shonalash / gullash / ko‘sak tugish va pishish / nixollar / azotli / fosforli va kaliyli o‘g‘itlar / chinbarg / shona / gul / ko‘sak.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sharip Ikromovich Mamatojiyev, Zabida Tulkinovna Sodikova

G‘o‘za o‘suv davrida sifat jixatidan farq qiladigan bir necha rivojlanish davrlarini kechiradi, bu xol oziqlanish jarayoniga xam ta’sir etadi. G‘o‘zani unib chiqish, shonalash, gullash, ko‘sak tugish va pishishdan iborat rivojlanish davrlari bo‘ladi. O‘g‘itning paxta xosiliga va o‘suv davri davomida g‘o‘zaning rivojlanishiga qanday tasir ko‘rsatishini o‘rganish natijalari o‘simlik xayotini oltita davrga bo‘lib chiqishni taqazo qiladi. Birinchi davr – chigit unib chiqishidan nixollarda birinchi chinbarg xosil bo‘lguncha o‘tgan vaqt. Ikkinchi davr – g‘o‘zada bitta chinbarg xosil bo‘lgandan birinchi shona paydo bo‘lgunga qadar o‘tadigan vaqt. Uchinchi davr – g‘o‘zani birinchi shona chiqarish paytidan birinchi guli ochilgan paytigacha o‘tadigan vaqt. To‘rtinchi davr – g‘o‘zani gullash-ko‘sak tugish davri bo‘lib, ancha uzoq cho‘ziladi. Beshinchi davr – g‘o‘za dastlabki ko‘saklari ochilishigacha davom etadi. Oltinchi davr-ko‘saklarning ochilish davri bo‘lib, u dastlabki ko‘sakning ochilishidan boshlab o‘suv davrining oxirigacha davom etadi. O‘simlikni yaxshi rivojlanishi va ko‘saklarning barvaqt ochilishi, shuningdek mo‘l va yuqori sifatli xosil olish uchun o‘simlik xayotining dastlabki davrlarida sharoit yaratilishi, o‘sha paytda ular yetarli darajada oziq moddalar bilan taminlangan bo‘lishi kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G‘O‘ZANING OZUQAGA BO‘LGAN TALABIGA QARAB O‘G‘TLASH MUDDATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

G'O'ZANING OZUQAGA BO'LGAN TALABIGA QARAB O'G'TLASH

MUDDATLARI 1Sharip Ikromovich Mamatojiyev, 2Zabida Tulkinovna Sodikova

1Farg'ona davlat universiteti "Aholi tomorqalaridan samarali foydalanis va dorivor o'simliklar"

kafedrasi, dotsent, q.x.f.n.

2Farg'ona davlat universiteti "Aholi tomorqalaridan samarali foydalanis va dorivor o'simliklar"

kafedrasi, kafedra o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.8004234

Annotatsiya. G'o'za o'suv davrida sifat jixatidan farq qiladigan bir necha rivojlanish davrlarini kechiradi, bu xol oziqlanish jarayoniga xam ta'sir etadi. G'o'zani unib chiqish, shonalash, gullash, ko'sak tugish va pishishdan iborat rivojlanish davrlari bo'ladi. O'g'itning paxta xosiliga va o'suv davri davomida g'o'zaning rivojlanishiga qanday tasir ko'rsatishini o'rganish natijalari o'simlik xayotini oltita davrga bo'lib chiqishni taqazo qiladi.

Birinchi davr - chigit unib chiqishidan nixollarda birinchi chinbarg xosil bo'lguncha o'tgan vaqt. Ikkinchi davr - g'o'zada bitta chinbarg xosil bo'lgandan birinchi shona paydo bo'lgunga qadar o'tadigan vaqt. Uchinchi davr - g'o'zani birinchi shona chiqarish paytidan birinchi guli ochilgan paytigacha o'tadigan vaqt. To'rtinchi davr - g'o'zani gullash-ko'sak tugish davri bo'lib, ancha uzoq cho'ziladi.

Beshinchi davr - g'o'za dastlabki ko'saklari ochilishigacha davom etadi.

Oltinchi davr-ko'saklarning ochilish davri bo'lib, u dastlabki ko'sakning ochilishidan boshlab o'suv davrining oxirigacha davom etadi.

O'simlikni yaxshi rivojlanishi va ko'saklarning barvaqt ochilishi, shuningdek mo'l va yuqori sifatli xosil olish uchun o'simlikxayotiningdastlabki davrlarida sharoityaratilishi, o'sha paytda ular yetarli darajada oziq moddalar bilan taminlangan bo'lishi kerak.

Kalit so'zlar: O'g'itlarning samaradorligi, oziq moddalarni miqdor va sifat jixati, o'suv davri, qisqa va uzoq oziqlanadigan gruxlar, g'o'za o'suv davri, rivojlanish davrlari, unib chiqish, shonalash, gullash, ko'sak tugish va pishish, nixollar, azotli, fosforli va kaliyli o'g'itlar, chinbarg, shona, gul, ko'sak.

O'g'itlarning samaradorligi ko'p jixatdan ularni ekin maydonlariga solish muddatlariga, o'g'it solish muddati esa o'z navbatida ularning tuproqdagi o'zaro aloqadagi xarakatiga ham bog'liq. O'simlik oziq moddalarni miqdor jixatdan xam, sifat jixatdan xam doimo bir xil talab qilmaydi. Bu omil o'simlikni o'sishi, rivojlanishi va umuman mavsum vaqtiga qarab turlicha bo'ladi. Bu jixatdan barcha dala ekinlari ikkita yani o'suv davri mobaynida qisqa va uzoq oziqlanadigan gruxlarga bo'linadi. Jumladan g'o'za o'suv davri mobaynida uzoq muddat oziqlanadigan o'simlik xisoblanadi. U chigit unib chiqgandan boshlab o'suv davrining oxiriga qadar tuproqdagi oziq moddalarni o'zlashtirib boradi. G'o'zani kuzgi sovuq urib ketganidan keyin uning o'suv davri tugaydi.

G'o'za o'suv davrida sifat jixatidan farq qiladigan bir necha rivojlanish davrlarini kechiradi, bu xol oziqlanish jarayoniga xam tasir etadi. G'o'zani unib chiqish, shonalash, gullash, ko'sak tugish va pishishdan iborat rivojlanish davrlari bo'ladi. O'g'itlarning paxta xosiliga va o'suv davri davomida g'o'zaning rivojlanishiga qanday tasir ko'rsatishini o'rganish natijalari o'simlik xayotini oltita davrga bo'lib chiqishni taqazo qiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Birinchi davr - chigit unib chiqishidan nixollarda birinchi chinbarg xosil bo'lguncha o'tgan vaqt. Nixollar bu davrda fosforni ko'p talab qiladi. Azotga bo'lgan talab esa keyinroq birinchi chinbarg chiqarish paytiga kelib kuchayadi.

Ikkinchi davr - g'o'zada bitta chinbarg xosil bo'lgandan birinchi shona paydo bo'lgunga qadar o'tadigan vaqt. Bu paytda g'o'zaning azotga va fosforga nisbatan talabi miqdor jixatdan ancha oshgan bo'ladi. To'g'ri, bu payitda o'simlikka sarflanadigan oziq modda umuman g'o'zaning xosil xamda quruq modda to'plashi uchun mavsum davomida tuproqdan oladigan jami oziq moddasi miqdoriga qaraganda uncha ko'p qismini tashkil qilmaydi. Chunki g'o'zani shonalay boshlash paytigacha uncha ko'p quruq modda xosil qilmaydi. Lekin o'suv davrining ikkinchi qismidan boshlab, ayniqsa azotga bo'lgan talab keskin oshadi. Shuni xam qayd etib o'tish kerakki, azot o'simlik xayotining oxirigacha rivojlanishiga xamda paxta xosilining miqdoriga tasir eta boradi.

Uchinchi davr - g'o'zani birinchi shona chiqarish paytidan birinchi guli ochilgan paytigacha o'tadigan vaqt. Bu paytda o'simlikning tuproqdan azot va kaliy olish jarayoni kuchayadi. Chunki o'g'itning g'o'zani o'sish va rivojlanishiga ko'rsatadigan tasiri ancha ortadi. Paxtachik bilan shug'ullanadigan barcha mamlakatlarda g'o'zani shonalash davrida azotli (zarur bo'lganda azot-kaliyli) o'g'itlar bilan oziqlantirish zarurligi tan olingan. Tajribalarning ko'rsatishicha, azotli o'g'itlar g'o'zaga qanchalik kech berilsa, ko'sak xisobiga yig'ishtirib olinadigan paxta xosili shunchalik ko'payadi. Chunki azotli o'g'itlar kech berilganda faqat birinchi nav xosilini kamaytirib qolmay, balki umumiy xosilni xam kamaytiradi. O'g'it g'o'zani shonalash paytidan kechikmay berilganda ko'saklarning ochilishi tezlashadi, xosildorlik sezilarli oshadi, ayniqsa birinchi nav paxta miqdori ko'payadi.

To'rtinchi davr - g'o'zani gullash-ko'sak tugish davri bo'lib, ancha uzoq cho'ziladi. Bu paytda g'o'zalar tez avjga kiradi, tuproqdan oziq modda o'zlashtirishi, azot-fosforli o'g'itlarga bo'lgan talabi ancha ko'payadi, bu paytda solingan kaliyli o'g'itlar paxta xosilini ortishiga tasir ko'rsatmaydi. Demak, uni ishlatish tavsiya etilmaydi. G'o'zani gullash- ko'sak tugish davrining dastlabki 30-35 kunida azot-fosforli o'g'itni nixoyatda ko'p talab qilgani xolda mazkur davrning ikkinchi yarmiga o'tganida tuproqdan oziq modda olishi keskin pasayib ketadi. Ayni paytda g'o'za vegetativ organlarining o'sishi ancha susayib, tugunchalarini to'kib yuboradi. O'simlik shona gul va ko'sak xosil qilishini davom ettirgani xolda yangi rivojlanish - pishish davriga kiradi. Paxtaning pishish davri ko'saklar ochilmasdan ancha oldin boshlanadi. Shunday qilib, g'o'zaning to'rtinchi rivojlanish davri ko'saklarning pisha boshlash paytiga kelib tugallanadi. G'o'za oldingi rivojlanish davrida o'g'itdan, ayniqsa azotli o'g'itlar bilan yetarli darajada taminlanganligidan qatiy nazar to'rtinchi rivojlanish davrida xam ularga o'g'it solishning foydasi katta. Lekin g'o'zani o'suv davrida bir marta oziqlantirish mo'ljanlangan bo'lsa, bu o'g'it shonalash davrida berilgani foydali xisoblanadi. G'o'zani gullash va ko'sak tugish davrlariga mo'ljanlangan o'g'itlar shu rivojlanish davrining boshlarida, dastlabki 10-12 guli ochilgan paytdan kechiktirmay berilishi kerak.

Beshinchi davr - g'o'za dastlabki ko'saklari ochilishigacha davom etadi. Bu paytda g'o'zaga o'g'it berishning ko'pincha foydasi bo'lmaydi. Ayniqsa azotli o'g'itlar g'o'zani tez o'sishiga, yangi shoxlar xosil qilishiga olib keladi. Shundan keyin paydo bo'lgan xosil tugunlari issiqlik yetishmasligi sababli yetilib ulgurmaydi va xech qanday paxta tolasi bermaydi. Chunki avgust oxiri, sentyabrning boshlarida paydo bo'lgan ko'saklarning pishib yetilishi uchun kamida 75-80 kun kerak bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2G23

Oltinchi davr-ko'saklarning ochilish davri bo'lib, u dastlabki ko'sakning ochilishidan boshlab o'suv davrining oxirigacha davom etadi. Bu davrda g'o'za moddalarni yana jadal o'zlashtira boshlaydi. Ayni paytda g'o'za shoxlari tarkibida azot va qisman fosforning ko'payishi aniqlangan.

Shunday qilib, o'simlikni yaxshi rivojlanishi va ko'saklarning barvaqt ochilishi, shuningdek mo'l va yuqori sifatli xosil olish uchun o'simlik xayotining dastlabki davrlarida sharoit yaratilishi, o'sha paytda ular yetarli darajada oziq moddalar bilan taminlangan bo'lishi kerak. Fosforli o'g'itlarga kelganimizda, u O'rta Osiyoning karbonatli tuproqlarida solingan qatlamning o'zida turib qoladi, nixoyatda kam xarakat qiladi. Shuning uchun xam fosforli o'g'itlarning aksariyat qismi kuzgi shudgor paytida solish tavsiya qilinadi. Bu o'g'it tuproqqa chuqur ko'miladi va g'o'za ildizlari o'sha qatlamga yetib borganidan song uni o'zlashtira boshlaydi. Lekin g'o'za o'suv davri boshlarida xam fosforga talabchan bo'ladi, shuning uchun uni chigit ekish oldidan yoki ekish bilan bir paytda solish xam tavsiya etiladi.

Azotli o'g'it chigit ekish oldidan va ekish bilan bir paytda solinganda, mavjud o'g'it miqdoriga qarab g'o'za mavsumning keyingi muddatlarida yana ikki yoki uch marta o'g'it berilishi kerak. Azotning yillik normasi 200 kg/ga bo'lganda g'o'zani ikki marta tuplarda besh-oltita chinbarg paydo bo'lganda, yani ular shonalay boshlagan paytda va gullay boshlagan davrda oziqlantirish kifoya qiladi. Kaliyli o'g'itlar solingan maydonlarda bu o'g'it azotli o'g'it bilan baravar nisbatda aralashtirilgan xolda beriladi. Ikkinchi oziqlantirishda esa baravar nisbatda aralashtirilgan azot-fosforli o'g'itlar solinadi. Xar galgi oziqlantirishda azot me'yorini 75 kg/ga dan oshirmaslik kerak. Azotning yillik normasi 200 kg/ga dan ortiq bo'lsa, unda oziqlantirish uch marta; g'o'zada ikki-uchta chinbarg paydo bo'lgan paytda; qiyg'os shonaga kirgan va gullay boshlagan davrlarda o'tkaziladi. G'o'zani kech muddatlarda oziqlamtirib bo'lmaydi.

Xamma xollarda xam g'o'zani avgustda oziqlantirish iyuldagiga qaraganda kam samara beradi; iyun oyida (bir karra) o'g'itlashga qiyoslab ko'rganimizda u xech qanday ijobiy natija bermaydi, ayrim xollarda esa paxta xosilining kamayib ketishiga xam olib keladi. Ayni paytda azotli o'g'itni avgustda berish natijasida g'o'zani o'sish jarayoni avj olib o'simlikning quruq massasi ancha ko'payib, solingan o'g'it bexuda sarf bo'ladi. Maxsus o'tkazilgan tajribalar paxta xosili umumiy quruq massaga nisbatan ancha kamayib ketishi aniqlangan. Oziqlantirish ikki marta (iyun va iyul oylarida) o'tkazilganda paxta xosili umumiy quruq massaning 46% ni, iyun va avgust oylarida o'tkazilganda esa atigi 30% ni tashkil qilgan. Bir marta oziqlantirilganda yana xam keskin farq qiluvchi raqamlar olingan. Iyun oyida o'tkazilganda 35% ni, avgust oyida o'tkazilganda esa 20 % ni taskil qilgan.

Shundav qilib o'g'itlarning samaradorligi ko'p jixatdan ularni g'ozaning rivojlanish fazalarida o'g'itlarga bo'lgan ehtiyojlariga qarab solishga bog'liq ekan.

REFERENCES

1. Paxtachilik spravochnigi. "Mexnat" nashriyoti, 1989. 109-117b.

2. Энциклопедия хлопководства. Том - 1., Ташкент - 1985, 525-526 стр.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.