Научная статья на тему 'PAXTACHILIKDA FOYDALANILADIGAN MINERAL O‘G‘IT TURLARI VA O‘G‘IT SOLISH ME’YORI'

PAXTACHILIKDA FOYDALANILADIGAN MINERAL O‘G‘IT TURLARI VA O‘G‘IT SOLISH ME’YORI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
149
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
paxtachilik / paxta xosili / qo‘shimcha xosil / o‘g‘it solish / tuproqdagi xarakatchan fosfor / o‘g‘it me’yori / amiakli selitra / azotli o‘g‘itlar / amik suvi / suyiltirilgan amiak / ammoniylashtirilgan supperfosfat

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Sharip Ikromovich Mamatojiyev, Zabida Tulkinovna Sodikova

Qishloq xo‘jaligi nuqtai nazaridan qaraganda, o‘g‘it shunday me’yorda solinishi kerakki, u paxta xosilini oshirish imkonini bersin, olingan qo‘shimcha xosil esa o‘g‘it solish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni qoplasin. Fosfor bilan kaliv solish me’yori tuproqdagi xarakatchan fosfor miqdoriga qarab va almashinuvchi kaliy miqdoriga qarab belgilanadi. Fosfor bilan kaliyning bu me’yori kam unum tuproqlarda 10% ko’paytiriladi, ser unum tuproqlrda esa 10% kamaytiriladi. O‘g‘it bo‘yicha yuqorida keltirilgan xisoblar xali uncha takomil emas. Lekin o‘g‘it me’yorni xisoblashning boshqa uslublari xam xosil birligi xisobiga kam o‘g‘it sarflangani xolda maksimal darajada qo‘shimcha xosil yetishtirishning asosiy talablariga to‘la javob bera olmaydi. Ammo shu narsa muximki, g‘o‘zaga berilgan xar bir kg azot kamida 14-15 kg paxta olinishini taminlaydi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PAXTACHILIKDA FOYDALANILADIGAN MINERAL O‘G‘IT TURLARI VA O‘G‘IT SOLISH ME’YORI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

PAXTACHILIKDA FOYDALANILADIGAN MINERAL O'G'IT TURLARI VA O'G'IT

SOLISH ME'YORI 1Sharip Ikromovich Mamatojiyev, 2Zabida Tulkinovna Sodikova

1Farg'ona davlat universiteti "Aholi tomorqalaridan samarali foydalanis va dorivor o'simliklar"

kafedrasi, dotsent, q.x.f.n.

2Farg'ona davlat universiteti "Aholi tomorqalaridan samarali foydalanis va dorivor o'simliklar"

kafedrasi, kafedra o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.8004243

Annotatsiya. Qishloq xo 'jaligi nuqtai nazaridan qaraganda, o 'g 'it shunday me 'yorda solinishi kerakki, u paxta xosilini oshirish imkonini bersin, olingan qo 'shimcha xosil esa o 'g 'it solish bilan bog 'liq bo 'lgan barcha xarajatlarni qoplasin. Fosfor bilan kaliv solish me 'yori tuproqdagi xarakatchan fosfor miqdoriga qarab va almashinuvchi kaliy miqdoriga qarab belgilanadi. Fosfor bilan kaliyning bu me'yori kam unum tuproqlarda 10% ko'paytiriladi, ser unum tuproqlrda esa 10% kamaytiriladi. O'g'it bo'yicha yuqorida keltirilgan xisoblar xali uncha takomil emas. Lekin o'g'it me 'yorni xisoblashning boshqa uslublari xam xosil birligi xisobiga kam o'g'it sarflangani xolda maksimal darajada qo'shimcha xosil yetishtirishning asosiy talablariga to'la javob bera olmaydi. Ammo shu narsa muximki, g'o 'zaga berilgan xar bir kg azot kamida 14-15 kg paxta olinishini taminlaydi.

Kalit so'zlar: paxtachilik, paxta xosili, qo'shimcha xosil, o'g'it solish, tuproqdagi xarakatchan fosfor, o'g'it me 'yori, amiakli selitra, azotli o'g'itlar, amik suvi, suyiltirilgan amiak, ammoniylashtirilgan supperfosfat.

Xozirgi paytda qishloq xo'jaligi, jumladan paxtachilik uchun talab qilinadigan o'g'it miqdorini belgilash uchun ilmiy tadqiqot muassasalarining turli zonalari joylashgan geografiya tarmoqlaridan dala sharoitida olib borilayotgan tajriba natijalari asos qilib olinmoqda. Qishloq xojaligi nuqtai nazaridan qaraganda, o'g'it shunday me'yorda solinishi kerakki, u paxta xosilini oshirish imkonini bersin, olingan qo'shimcha xosil esa o'g'it solish bilan bog'liq bo'lgan barcha xarajatlarni qoplasin. Fosfor bilan kaliv solish me'yori tuproqdagi xarakatchan fosfor miqdoriga qarab va almashinuvchi kaliy miqdoriga qarab belgilanadi. Fosfor bilan kaliyning bu me'yori kam unum tuproqlarda 10% ko'paytiriladi, ser unum tuproqlrda esa 10% kamaytiriladi. O'g'it bo'yicha yuqorida keltirilgan xisoblar xali uncha takomil emas. Lekin o'g'it me'yorini xisoblashning boshqa uslublari xam xosil birligi xisobiga kam o'g'it sarflangani xolda maksimal darajada qo'shimcha xosil yetishtirishning asosiy talablariga to'la javob bera olmaydi. Ammo shu narsa muximki, g'o'zaga berilgan xar bir kg azot kamida 14-15 kg paxta olinishini taminlaydi. Azotli o'g'itning yuqorida keltirilgan me'yori qadimdan xaydalib kelinayotgan paxta maydonlari uchun ishlab chiqilgan. Bedapoya buzilgan va undan keyingi yillarda azot me'yori kamroq birinchi yili 100-150 va ikkinchi yili 150-200 kg ni tashkil qilishi kerak.

Azotli o'g'itlar. G'o'za o'suv davrida solish yo'li bilan azotli og'it xillarining qiyosiy foydasi aniqlandi. Faqat kaltsiy sulfat fizik xususiyatlari yaxshi bolmaganligi sababli kam samara beradi. Bu o'g'itlar chigit ekishdan oldingi mudatlarda qo'llanilganda batamom boshqa ko'rsatgichlar olinadi. Bu payitda solingan amiakli selitradan tashqari azotli o'g'itlarning xamma turlari yuqori paxta xosil olinishini ta'minlaydi. Azotli o'g'itlar turiga qarab almashtirib ishlatishda paxta xosili 15-20% ko'payadi, yoki gektaridan 2-3 sentiner qo'shimcha xosil olinadi. Azotli o'g'it turlarini tanlashda ularni fizikaviy va ximiyaviy xususiyatlari xamda tuproqda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

qanchalik jadal parchalanishiga qaraladi. Qishloq xojaligida so'nggi yillarda azotli o'g'itlarning suyuq xillari - amik suvi va suyiltirilgan amiak ishlatiladi. Suyultirilgan amiak tarkibida 82-83% azot bo'lib u eng agressiv o'g'it xisoblanadi. Suyultirilgan amiakni saqlash, tashish va tuproqqa solish uchun maxsus qalin devorli katta xajmdagi sisternalar talab etiladi. Amiakli suv tarkibida 21% azot bo'ladi. Uni saqlash, tashish va tuproqqa solish uchun oddiy tunukadan ishlangan idishlar xam yarayveradi. Azotli o'g'itning bu xar ikkala turini chigit ekish oldidan va g'o'zani o'suv davrida solish mumkun. Ularni ishlatishni muxim sharti nam tuproqqa va qattiq o'g'itlarga qaraganda chuqurroq ko'mishdir. U tuproqqa yuza ko'milsa yoki quruq tuproqqa tushsa samarasiz, isrof bo'ladi. Viloyatimiz tuproqlarida azotli o'g'itlarning xar qaysi turi g'o'zani o'suv davrida berilganda tezda nitratli azot shakliga o'tadi. Nitratli azot tuproq bilan birikib suv oqimi bilan birga erkin xarakatlanadi. Suv tez bug'lanadigan yozning issiq paytlarida nitratli azot tuproqning yuza qatlamida to'planib, o'simlik undan foydalana olmaydi. Kuzga borib yog'ingarchilik boshlangan paytda u suv bilan yuvilib tuproqning pastki qatlamiga tushadi va sizot suvlariga qo'shilib, bexuda yo'qolib ketadi. Yaxob suvi berilganida xam xuddi shu axvol ro'y beradi. Shuning uchun xam azotning yarmisi nitrat shaklida bo'ladigan amiakli selitrani yerni kuzgi shudgorlash paytida solib bo'lmaydi. Chigit ekish oldidan solish uchun azotli o'g'itning amiakli va amidli turlari eng qulay xisoblanadi.

Fosforli o'g'itlar. Kukun, donador ammoniylashtirilgan supperfosfatlar kam oziq moddasiga ega. Ularning tarkibidagi oson o'zlashtiriladigan fosfor kislotasi odatda, 14-16% dan oshmaydi. Appatitdan olingan supperfosfatda esa 18-20% o'zlashtiriladigan fosfor bo'ladi. O'zlashtiriladigan fosfor miqdorini ko'paytirish va tashish ishlarini osonlashtirish maqsadida 30% dan ortiq fosforibo'lgan qo'shaloq supperfosfat ishlab chiqariimoqda. Supperfosfatni fizik xossalarini yaxshilash uchun donador qilinmoqda yoki ammoniylashtirilmoqda. Donador va ammoniylashtirilgan superfosfat neytral, oddiy supperfosfat esa nordon reaksiyaga ega. Turli xil supperfosfatlar samarasini taqqoslab ko'rganimizda donador bilan ammoniylashtirilgan supperfosfat oddiy supperfosfatga qaraganda ancha samarali bo'lib chiqdi. Supperfosfat suvsiz amiak bilan ammoniylashtirilganda o'g'it faqat neytralashibgina qolmay, balki yakka kaltsiylidan qo'sh kaltsiyli tuzga o'tadi. Ayni bir paytda amiak bilan fosfor birikib ammofos xosil qiladi. Fosforli kislotaning qo'sh kaltsiyli tuzi pretsipitat deb ataladigan o'g'itning tarkibiy qismidur. Ammofos bilan pretsipitat kuchli konsetratsiyali fosforli o'g'it xisoblanadi. Pretsipitat tarkibidagi o'zlashtiriluvchi fosfor o'g'it xisoblanadi. Pretsipitat tarkibidagi o'zlashtiriluvchi fosfor miqdori 25-38% o'rtasida bo'ladi. Bu protsent darajasi qayta ishlanayotgan xom ashyo sifati va o'g'it tayorlash texnalogiyasiga qarab o'zgaradi. Murrakab o'g'it xisoblanadigan tarkibida azot va fosfor bo'lgan ammafosda o'zlashtiriladigan fosfor miqdori ancha ko'p bo'ladi. Ortofosfat kislotasiga amiakning bir qismi biriktirish yo'li bilan olingan sof ammofos tarkibida P2O5 61% gacha yetadi, tuproqqa solinadigan kukunida, xom ashyo sifatiga qarab 48-60 % va o'rta xisobda 11% azot bo'ladi. Qoratoy fosfaritidan ishlab chiqariladigan ammofosda 46% fosfor va 11% azot mavjud. Ammafos, pretsipitat va oddiy kukun supperfosfatning samarasini saqlash maqsadida dala sharoitida o'tkazilgan tajribalarning ko'rsatishicha tarkibida kam miqdorda fosforbo'lgan o'g'itlarga ko'ra yuqori konsentratsiyali o'g'itlar foydali bo'lib chiqdi. Yuqorida aytilganidek o'g'it tarkibidan fosforni o'zlashtirish koeffitsenti azotni o'zlashtirish koeffitsentidan ancha kam. Shuning uchun xam fosforli o'g'it solishdan olingan qo'shimcha paxta xosili ancha kam bo'lib, bu xol tuproq sharoitiga xam bog'liqdir, fosforli o'g'itlarni ishlatish xisobiga olingan qo'shimcha xosil bo'z tuproqlarda 2-3 o'tloq tuproqlarda 3-5

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

sentinerni tashkil qiladi. Tuproq tarkibida fosfor ko'payib ketgan bo'lsa, fosforli o'g'itning samarasi keskin kamayadi, o'g'it turlarining samarasidagi farqi deyarli sezilmaydi.

Kaliyli o'g'itlar. Solikamsk koni bazasida ishlab chiqarilayotgan kaliy o'g'itlari, asosan, xlorid tuzi shaklida yaratiladi. O'rta Osiyoga yuqori konsentratsiyali kaliy tuzi va kaliy xlorid keltiriladi. Kaliyli o'g'itlar xlorid tuzidan tashqari sulfat va azotning nordon kaliy tuzlaridan iborat bo'ladi. Kaliy xloridi va kaliy sulfat tuzlari, tarkibida oziq moddalarning kam bo'lishidan qatiy nazar ballastli, kaliy nitrati esa ballastsiz o'g'it xisoblanadi. Bu tuzlar tarkibida azot bilan kaliybo'lganligi tufayli murrakab o'g'itlar jumlasiga qo'shiladi. Uning tarkibida 13% azot bo'ladi. Ilmiy tekshirish muassasalarining kuztishlariga ko'ra g'o'zaga ballastli va ballastsiz kaliy o'g'itlari berilganda ballastsizlarning afzalligi malum bo'ldi. UzPITI tajribalarida kaliy xloridi va kaliy sulfati sinab ko'rilganda esa sulfatli o'g'it samarali bo'lib chiqdi. Maxsus tekshirishlarda malum bo'lishicha, g'o'za nixollari yuqori konsentratsiyadagi kaliy o'g'itlarini uncha yoqtirmaydi, aksincha bu paytda sulfat gruppadagi kaliy o'g'itlardan foydalanishga moyil bo'ladi. G'o'zani bu xususiyatini kaliyli o'g'itlarni sho'r tuproqli yerlarga solishda albatda xisobga olish kerak, aks xolda xlorli tuzlar nixollarga salbiy tasir ko'rsatishi mumkun.

Yuqorida ta'kidlab o'tilgan tavsiyalar asosida o'g'it solish me'yoriga va o'g'it turlaridan o'z vaqtida foydalanishga amal qilinishi g'o'zadan yuqori hosil olishni ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Paxtachilik spravochnigi. "Mexnat" nashriyoti, 1989. 109-117b.

2. Энциклопедия хлопководства. Том - 1., Ташкент - 1985, 524-526 стр.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.