ЦДК: 631.312.633
XITOY TEXNOLOGIYASI ASOSIDA PLYONKA OSTIDAN TOMCHILATIB SUG'ORISHDA KO'CHAT QALINLIGINI O'RGANISH BO'YICHA TAJRIBA
NATIJALARI
Isoqova Zubayda Xabibullayevna NamMQI, kafedra dotsenti, tel.: +99(897) 5387083, E-mail: [email protected]
Karimov Tolibbek Tal'atbekovich PSUYEAITI Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimi
Annotatsiya. Ushbu maqolada xitoy texnologiyasi asosida plyonka ostidan tomchilatib sug'orish bo'yicha o'simlikni o'sib rivojlanishida ko'chat qalinligini o'rganish bo'yicha tajriba natijalari keltirilgan.
Аннотация: В статье представлены результаты опытов по изучению толщины рассады при росте и развитии растения при капельном орошении по китайской технологии.
Abstract: This article presents the results of experiments on studying the thickness of seedlings during plant growth and development under drip irrigation using Chinese technology.
Kalit so'zlar: tomchilatib sug'orish, plyonka osti, bo'z tuproq, xitoy texnologiyasi, ekish sxemasi, g'o'zani o'sishi, nazariy ko'chat qalinligi.
Ключевые слова: капельное орошение, подпленочное орошение, серозем, китайская технология, последовательность посадки, рост хлопчатника, теоретическая толщина всходов.
Key words: drip irrigation, subfilm irrigation, sierozem, Chinese technology, planting sequence, cotton growth, theoretical seedling thickness.
Dunyo dehqonchilik tizimining hozirgi zamon tushunchasi - bu turli dehqonchilik shakllari bo'lib, agrotexnik, meliorativ majmui va yerlardan jadal foydalanish, tuproq unumdorligini tiklovchi [1-3] va oshiruvchi resurstejamkor yangi texnologiyalarni [4,5] keng joriy etish muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yangi bosqichga ko'tarilayotgan ayni davrda yer munosabatlari va yer resurslaridan foydalanishni samarali ko'rinishlari namoyon bo'lmoqda [68].
Ekinlardan mo'l va sifatli hosil yetishtirishda sun'iy sug'orishni qo'llash va sug'orish tizimlaridan to'g'ri foydalanish qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orish uchun alohida ahamiyat kasb etadi [9-13]. Mamlakatimizda yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining asosiy qismi sug'oriladigan yerlarda yetishtiriladi.
Hozirgi kunda asosiy e'tibor mavjud suv va yer resurslaridan to'g'ri foydalanishga qaratilmoqda. Sug'oriladigan yerlarning unumdorligini oshirishda qishloq xo'jalik sug'orish tizimlarini faoliyatini yaxshilash, ulardan to'g'ri foydalanishni tashkil etish va sug'orishni tejamkor texnologiyalaridan foydalanishning katta ahamiyati ega [11-15].
Shuningdek, hozir kunda plyonka ostida tomchilatib sug'orish texnologiyasi samarali usul hisoblanadi. Bunga davlatimiz tomonidan berilayotgan subsidiyalar va paxtani hosildorligini sezilarli darajada ko'tarilishi, texnika va qo'l kuchini kamayishi ya'ni suvchilarning 2-3 tasi bilan 30-35 gektar maydonni sug'orish imkoni borligi yaqqol ko'zga tashlanmoqda.
Namangan viloyatining och tusli bo'z tuproq [14, 16] iqlim sharoitidagi dehqonchilik
fermer xo'jaliklarimiz g'o'zani xitoy texnologiyasi asosida plyonka ostida tomchilatib sug'orishda paxta navlarini ko'chat qalinligi bo'yicha hech qanday ma'lumotga ega emaslar va fermer xo'jaliklarining ba'zilari ochiq dalalarga ekib kelinayotgan g'o'zani ko'chat qalinligiga asoslanib plyonka ostiga ko'chat qalinligi bo'yicha ekib kelmoqdalar.
Biz shularni inobatga olgan holda tajribalarimizda "Xitoy texnologiyasi asosida paxtani tomchilatib sug'orishdagi ko'chat qalinligi"ni o'rganishni asosiy vazifa etib belgiladik.
Tajribadagi nihollarni unib chiqishi
Ko'chat qalinligi bo'yicha olib borilayotgan tajribadagi nihollarni unib chiqish dinamikasi haqidagi ma'lumotlar 1-jadvalda keltirilgan
1-jadval
T/r Ekish sxemasi Nazariy ko'chat Kuzatilgan kunlar
qalinligi ming tup/ga 29.04.23 01.05.23 04.05.23
1 60x15-1 110-120 22 51 79
2 60x12-1 130-140 38 63 94
3 60x20-1 80-90 29 56 88
Nihollar unib chiqish dinamikasi bo'yicha olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatdiki, birinchi kuzatish kunida nisbatan yuqori unib chiqish 2-variantda 38% kuzatildi, 2 va 3-kuzatish kunlarida variantlar o'rtasidagi farqda yuqoriroq natijal-kuzatish kunidagidek 2-variantda, ya'ni ko'chat 130-140 ming tup/ga bo'lgan variantda kuzatildi.
G'o'zani o'sish va rivojlanishi
Tajribadagi g'o'zani o'sish va rivojlanishi bo'yicha olingan ma'lumotlar 2-jadvalda keltirilgan. Olingan ma'lumotlarni tahlil qilganimizda o'simliklarni bo'yi dastlabki oyda deyarli farq qilmadi (21,8-23,0 sm) chin barglar sonida ham farq kuzatilmadi (7,3-7,4 dona). Iyul oyida o'simliklarni bo'yida farq kuzatila boshladi, ko'chat 130-140 ming tup/ga bo'lgan 2-variantda o'simlikni bo'yi 63,5 sm, ko'chatlar 110-120 ming tup/ga qo'yilgan 1-variantda 65,5 sm, ko'chatlar siyrak 80-90 ming tup/ga, qo'yilgan 3-variantda 66,5 sm.
2-jadval
G'o'zanig o'sishi, rivojlanishi va hosil elementlari_
eö 01.06 01.07 01.08 01.09
T/r Ekish sxemasi v nazariy ko'chal qalinligi ming tup G'o'zani bo'yi.sm Chin barg soni G'o'zani bo'yi.sm Hosil shoh soni, dona Hosil elementlar soni, dona G'o'zani bo'yi.sm Hosil shoh soni, dona Ko'sak soni, dona Tuguncha soni, dona Jami ko'sak soni, dona Shu jumladan ochilgani, dona Ochilish darajasi%
1 65x15-1 110-120 21,8 7,3 65,5 11,1 11,5 91,3 13,6 7,8 3,1 13,6 7,6 56
2 65x12-1 130-140 22.1 7,4 63,5 10,7 10,8 83,7 12,9 5,5 3,0 12,2 6,8 58
3 65x20-1 80-90 23,0 7,4 66,5 11,3 11,8 94,8 14,2 7,9 3,6 14,3 8,4 59
Avgust oyiga kelib o'simliklarni bo'yidagi farqda o'simliklar ko'chat soni siyrak bo'lgan 3-variantda (80-90 ming tup/ga) ko'chatlar soni qalin bo'lgan variantlarga nisbatan o'simliklarni bo'yi baland bo'lganligi kuzatildi. 1-variantda o'simlik bo'yi 91,3 sm, 2-variantda 83,7 sm 3-variantda 94,8 sm bo'lganligi kuzatildi. Hosil shox soni iyul oyida eng kam 10,7 dona ko'chat qalin bo'lgan 2-variantda kuzatildi, ko'chat nisbatan siyrak bo'lgan 3-variantda hosil soni 11,3 donani tashkil etdi. Avgust oyiga kelib hosil shoxlar soni ko'chat qalin bo'lgan variantlarga nisbatan siyraklashgan sari hosil shox soni ko'payib bordi. Ko'chat soni 130-140 ming tup/ga bo'lgan 2-variantda 12,9 dona, ko'chat soni 110-120 ming tup/ga.l-variantda 13,6 dona, ko'chat soni 80-90 ming tup/ga da o'tkazilgan 3-variantda 14,2 donani tashkil etdi. Hosil elementlarini to'plashda ham yuqoridagi qonuniyat takrorlandi ya'ni 2-variantda 10,8 dona, 1-variantda 11,5 dona, 3-variantda 11,8 donani tashkil etdi. Avgust oyidagi tugunchalarni paydo bo'lishida variantlar o'rtasida deyarli farq kuzatilmadi (3,0-3,6 dona ), ko'saklarning to'plashda ko'chat soni qalin bo'lgan, 2-variantda ko'chat qalinligi siyrak qoldirilgan variantlarga nisbatan kamroq to'plandi (5,5 dona), ko'chat qalinligi 110-120 ming tup/ga va ko'chat qalinligi 80-90 ming tup/ga tashkil etgan variantlar o'rtasida deyarli farq kuzatilmadi (7,8-7,9 dona). Sentabr oyiga kelib ko'saklar soni ko'chat qalinligi 110-120 ming tup/ga bo'lgan 1-variantda13,6 donani tashkil etdi. ko'chat qalinligi 130-140 ming tup/ga bo'lgan 2-variantda 1-variantga nisbatan kamroq 12,2 donani, ko'chat qalinligi - 80-90 ming tup/ga bo'lgan 3-variantda esa ko'proq (14,3 dona) to'planganligi kuzatildi. Ushbu oyda to'plangan ko'saklarni ochilishi 1-variantda 56%, 2-variantda 58%, 3-variantda 59% ochilgani kuzatildi.
ADABIYOTLAR
1. Mirzadavlatovicvh S. H., Akhmadjanovich T. M. Mathematic model of course stability wide-coverage sowing and cultivator machine-tractor aggregate //European science review. -2017. - №. 11-12. - С. 143-146.
2. Mamadjanov S. I. et al. Perspective Technology to Improve Arid Pastures //International Journal of Recent Technology and Engineering. -India. - 2020. - Т. 9. - С. 802811.
3. Tolibaev A. et al. Desert wheel tractor and agricultural machines aggregated to it. IJARSET. India, Vol. 6, Issue 9. - 2019.
4. Тухтабоев М., Туланов И. Кишлок хужалиги тракторларига шина танлашнинг илмий асослари //Тошкент: Тамаддун. - 2016. - Т. 104.
5. Tukhtabaev A. M., Nuriddinov A. D., Xidirov U. X. Anthropogenic Impact Assessment of Undercarriages on Soil //IJARSET. India, №. - 2021. - Т. 8. - №. 1.
6. Isokova Z. Worker organ for education mole cast in space between rows cotton //Irrigation and Melioration. - 2018. - Т. 2018. - №. 2. - С. 62-65.
7. Kh I. Z. The honeycombs forming working apparatus for under soil irrigation of the cotton rows /MGROILM journal of Uzbekistan. - 2011. - №. 3. - С. 17-18.
8. Солиев Х. М., Нуриддинов А. Д., Тухтабоев М. А. Барча гилдираклари етакчи тракторнинг тортиш балансини х,исоблаш //ФарПИ Илмий-техника журнали. - 2020. - Т. 24. - №. 2. - С. 96-100.
9. Байметов Р. И., Хатамов Б. А., Исакова З. Х. Водосберегающая технология полива хлопчатника //Механика ва технология илмий журнали. - 2021. - №. 2. - С. 27.
10. Курбанов Н. М., Хатамов Б. А., Исокова З. Х. Озукабоп донларни погонали равишда майдалаб-эзгичнинг параметрларини асослаш //Механика и технология. - 2022. -Т. 4. - №. 9. - С. 123-129.
11. Isokova Z. X., Valiev B. F., Xidirov U. X. Research results on underground cotton
irrigation through artificial pipes //IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. -IOP Publishing, 2023. - Т. 1231. - №. 1. - С. 012046.
12. Хатамов Б. А., Исокова З. Х. Влияние параметров листостебельных сепараторов на качество работы кукурузоуборочной машины //Экономика и социум. -2023. - №. 5-2 (108). - С. 1196-1199.
13. Исокова З. Х., Хатамов Б. А., Назаров Ф. И. Результаты экспериментов по формированию искусственной трубы рабочим органом. - 2023.
14. Akhmetov A. A. et al. To the issue about the tractional passability of high-clearance completely-driven four-wheeled universal-row cotton crop tractor //IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. - IOP Publishing, 2022. - Т. 1112. - №. 1. - С. 012017.
15. Akhmetov A. A. et al. Fitability of the high-clearance tractor with the 4K4 wheel arrangement at the row spacing //IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. -IOP Publishing, 2022. - Т. 1112. - №. 1. - С. 012038.
16. Тухтабаев М. А., Хатамов Б. А., Исокова З. Х. Воздействие вертикальной нагрузки и внутршиннего давления колеса на деформацию почвы //Механика и технология. - 2023. - Т. 3. - №. 12. - С. 148-155.