Научная статья на тему 'SOYANING “USTOZ MM-60” NAVIDA DEFOLIATSIYA AGROTADBIRI O‘TKAZISHNING AHAMIYATI'

SOYANING “USTOZ MM-60” NAVIDA DEFOLIATSIYA AGROTADBIRI O‘TKAZISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
18
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
soya / defoliantlar / donlar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ataxajieva Feruza Mashrabdjonovna

Ushbu maqola Andijon viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida asosiy ekin sifatida ekilgan soya o‘simligining “Ustoz MM-60” navida ilk marotaba defoliatsiya o‘tkazish va uning ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Ustoz MM-60 navining biometrik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi bayon qilingan bo‘lib bunda, 1 tup o‘simlikdagi dukkaklar soni, dukkaklardagi donlar soni, 1 tup o‘simlikdagi donlar vazniga va 1000 ta don vazni soya navlarini ko‘chat qalinligi va defoliantlarni qo‘llash me’yorlariga ham bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOYANING “USTOZ MM-60” NAVIDA DEFOLIATSIYA AGROTADBIRI O‘TKAZISHNING AHAMIYATI»

SOYANING "USTOZ MM-60" NAVIDA DEFOLIATSIYA AGROTADBIRI

O'TKAZISHNING AHAMIYATI Ataxajieva Feruza Mashrabdjonovna

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalari instituti mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo. 8372795

Annotatsiya. Ushbu maqola Andijon viloyatining o'tloqi bo'z tuproqlari sharoitida asosiy ekinsifatida ekilgan soya o'simligining "UstozMM-60" navida ilkmarotaba defoliatsiya o'tkazish va uning ta'sirini o'rganishga bag'ishlangan. Maqolada Ustoz MM-60 navining biometrik ko'rsatkichlarini o'zgarishi bayon qilingan bo'lib bunda, 1 tup o'simlikdagi dukkaklar soni, dukkaklardagi donlar soni, 1 tup o'simlikdagi donlar vazniga va 1000 ta don vazni soya navlarini ko'chat qalinligi va defoliantlarni qo'llash me 'yorlariga ham bog'liqligi to 'g'risidagi ma'lumotlar bayon etilgan.

Аннотация. Данная статья посвящена изучению дефолиации и ее влияния на сорт сои «Устоз ММ-60», высеваемой в качестве основной культуры в условиях серолуговых почв Андижанской области. В статье описаны изменения биометрических показателей сорта Устоз ММ-60, у которых количество стручков на растении, количество зерен на растении, масса зерен с растения, масса 1000 зерен на толщину сеянца. сорта сои и информация о зависимости от норм использования дефолиантов.

Soya o'simligi eng istiqbolli ekinlardan biri hisoblanadi. Dunyoda ishlab chiqarilayotgan jami o'simlik moyining 60 foizidan ziyodi soya hissasiga to'g'ri keladi. Dukkakli don ekinlari orasida soya yalpi hosili va ekin maydonlari bo'yicha jahonda birinchi o'rinni egallaydi. Soya foydali komponentlar majmuasi jihatidan donning nihoyatda qimmatli kimyoviy tarkibi bilan ajralib turadi. U aminokislotalarning tarkibi, eruvchanligi va hazm bo'lishi bo'yicha 35-45% yuqori sifatli oqsilni o'z ichiga olib; Oziq-ovqat, ozuqa va texnik maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli 17-25% to'liq o'simlik moyi; 20-30% uglevod birikmalari; shu jumladan 10-12% eruvchan shakar; 5-6% kul mineral makro va mikroelementlar; 12 ta muhim vitamin va vitaminga o'xshash birikmalardan iborat tarkibga ega. Soya odamlarni oziqlantirishda, hayvonlar va parrandalarni oziqlantirishda, uning donini qayta ishlashga asoslangan turli sanoat tarmoqlarida va hosil bo'lgan oqsil va yog' tarkibiy qismlarida oziq-ovqat mahsulotlari, ozuqa qo'shimchalari, texnik jihozlar, farmasevtika va tibbiy preparatlar ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi.

A.A.Babich ma'lumotlariga ko'ra [1] keyingi yillarda soyadan 1000 tagacha turli xil oziq -ovqat mahsulotlari tayyorlanadi: sariyog', yogurt, sut, pishloq tofu va boshqalar. Soyadan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari inson tanasi tomonidan oson so'riladi va boshqa o'simliklar oqsillariga soya oqsillarining qo'shilishi sezilarli darajada oshadi.

G.G. Gataulina, M.Ye. Belishkinalarning [2; S. 5-11.] tahliliy ma'lumotlariga asosan dunyo bo'yicha o'simlik oqsilining 50% dan ortig'i soyadan olinadi va soyaning jahon ishlab chiqarishi ba'zi yillardagi tebranishlarga qaramay, ekin maydonlarining kengayishi hisobiga ham, hosildorlikning doimiy o'sishi hisobiga hamda yangi istiqbolli navlarni joriy etilishi hisobiga muntazam ravishda jadal o'sib bormoqda.

O'simliklarning o'sishi va rivojlanishini kimyoviy tartibga solish imkoniyatini faqat ontogenezning dastlabki bosqichlari va ekin shakllanishining asosiy davrlari bilan cheklab bo'lmaydi. Noqulay kuzgi ob-havo boshlanishidan oldin ba'zi ekinlar to'liq pishishga ulgurmaydi, bu esa hosilning miqdori va sifatining pasayishiga olib keladi.

1920

Defoliatsiya muddatlari o'simlikning fiziologik holati, shuningdek, preparatning samarali ta'sirini ta'minlaydigan iqlim sharoitlari (havo harorati, tuproq namligi kabi omillar) bilan belgilanadi. Defoliantlar ta'sirining anatomik va fiziologik belgilari, tabiiy barglar tushishida bo'lgani kabi, barg asosi yaqinida ajratuvchi hujayralar qatlamining shakllanishi bilan tavsiflanadi. Natijada, tutgich(chereshok) va tomir-tolali to'plamlarning integumental to'qimalari yirtilib ketadi, bu esa bargning tushishiga olib keladi. Qishloq xo'jalik ekinlarini d efoliatsiya va desikatsiyani takomillashtirish va qo'llash ularning hosildorligini oshiradi, hosilni yig'ib olishni to'liq mexanizatsiyalashtish imkoniyatini yaratadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ekinlarning pishib yetilishini tezlashtirish, shuningdek, o'rim-yig'imdan oldingi davrda hosilni mexanizatsiyalashgan holda yig'ishni osonlashtirish uchun kimyoviy preparatlar - defoliantlar qo'llanilash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, soya ekinini parvarishlab erta muddatlarda yuqori va sifatli hosil olish uchun har bir tuproq iqlim sharoitlari o'ziga xos agrotexnik tadbirlarni qo'llash bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'tkazish zarurati tug'ildi.

Soyaning yangi mahalliy navlarini asosiy ekin sifatida yetishtirishda dukkaklarning tez yetilishi natijasida yuqori, ertaki va sifatli don hosili shakllanishiga ko'chat qalinligi va defoliantning ta'sirini aniqlash hamda maqbul me'yorlarini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar berish maqsadida ilmiy tadqiqotlar olib borildi.

Tadqiqot Andijon viloyatining o'tloqi bo'z tuproqlari sharoitida, soyaning yangi mahalliy «Ustoz» navida UzDEF defolianti me'yorlari tadqiqot ob'ekti sifatida foydalanildi.

Tadqiqotlar dala va laboratoriya usulida bajarildi.

Ilmiy izlanishlar PSUEAITIda qabul qilingan "Defoliantlarni sinash bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar" ( 2004), "Dala tajribalarini o'tkazish uslublari" (2007) qo'llanmalari asosida olib borildi.

Tajriba 8 ta variant, 4 takrorlanishdan iborat bo'lib, kichik maydonlarda olib borildi. Har bir variantning maydoni 120 m2 (uzunligi 50 m, eni - 2,4 m).- Hisobli o'simliklar soni har bir delyankada 25 dona tashkil etgan.

Soyaning "Ustoz MM-60" navi keng qatorlab 60x4-1 cm, 60x5-1 tizimida, 4-5 sm chuqurlikda, ekish me'yori bir gektarga 250-300 va 350-400 ming dona qilinib ekildi.

Tajribada defoliantlar dukkaklar 50-60% pishganda sepildi. Har paykalga 50 l suvga UzDEF defoliantlarning 4; 5 va 6 l/ga me'yorlari ko'llanildi. Tayyorlangan eritma kechki salqinda maxsus purkagich yordamida qo'lda sepildi.

Tadqoqotlarda soyaning vegetatsiya davri davomiyligi ta'siri o'rganilib, bunda defoliant me'yorlarini oshirilishi natijasida o'simlikning anatomik va fiziologik belgilari o'zgarishi bargning tushishiga olib kelib, dukkak pishishni tezlashtirishi hisobiga pishish davri ertaroq boshlanishi aniqlandi.

Jumladan, soyaning Ustoz MM-60 navini nazariy ko'chat qalinligi 250-300 ming tup/ga ekilib parvarishlangan, defoliant qo'llanilmagan variantda dukkaklarning pishish davri 143 kunni tashkil etgan bo'lsa, UzDEF defoliantining 4 l/ga me'yori qo'llanilgan 2 variantda 139 kunni, 5 l/ga me'yori qo'llanilgan 3 variantda 137 kunni, 6 l/ga me'yori qo'llanilgan 4 variantda 135 kunni tashkil etib nazoratga nisbatan 4-8 kun oldin pishib yetilgani aniqlandi.

Shuningdek, soyaning Ustoz MM-60 navining ekish me'yorlari bilan bog'liq holda biometrik ko'rsatkichlarini o'zgarishi, ya'ni 1 tup o'simlikdagi dukkaklar soni, dukkaklardagi donlar soni, 1 tup o'simlikdagi donlar vazniga va 1000 ta don vazni soya navlarini ko'chat qalinligi

1921

va defoliantlarni qo'llash me'yorlariga ham bog'liqligi kuzatildi. Olingan ma'lumotlarni 1 -jadvaldan ko'rish mumkin.

Tajribalarda 1 tup o'simlikdagi dukkaklar soni, dukkaklardagi donlar soni, 1 tup o'simlikdagi donlar vazniga va 1000 ta don vazni soya navlarini ko'chat qalinligi va defoliantlarni qo'llash meyo'rlariga ham bog'liqligi kuzatildi.

Soyaning Ustoz MM-60 nazariy ko'chat qalinligi 250-300 ming tup/ga belgilangan, defoliatsiya o'tkazilmagan, shuningdek UzDEF defoliantini 4, 5, 6 l/ga me'yorlarda qo'llanilgan variantlarda defoliatsiyadan oldin dukkaklar soni 49,6-50,7 donani, o'simlik bo'yi 121,7-128,6 sm ni, dastlabki dukkakning o'rni 17,1-18,1 sm ni, bir tup o'simlikdagi don soni 96,8-106,3 donani, vazni 14,1-20,7 g ni, 1000 ta don vazni 181,6-196,5 g ni tashkil etgan bo'lsa, nazariy ko'chat qalinligi 350-400 ming tup/ga belgilangan variantlarda hosil elementlari ko'rsatkichlari kamayib, defoliatsiyadan oldin dukkaklar soni 47,7-48,8 donani, bir tup o'simlikdagi don soni 80,1-92,5 donani, vazni 14,1-18,0 g ni, 1000 ta don vazni 175,7-194,5 g bo'lganligi aniqlandi.

1-jadval

Soyaning Ustoz MM-60 navlarining biometrik ko'rsatkichlari. (2021 y.)

Var Nazariy ko'chat qalinligi ming tup /ga Defoliant me'yorlari O'simlik bo'yi, sm Dastlabki dukkak o'rni, sm Dukkak soni, , dona 1 o'simli tup cdagi 1000 ta don vazni

don soni don vazni

1 250-300 Nazorat 122,3 18,0 50,2 96,5 17,5 181,6

2 UzDEF- 4,0 l/ga 123,6 17,4 50,7 106,3 20,7 195,1

3 UzDEF-5,0 l/ga 128,6 18,1 50,1 100,5 19,8 196,5

4 UzDEF-6,0 l/ga 121,7 17,1 49,6 99,6 19,1 192,0

5 350-400 Nazorat 133,6 18,8 48,3 80,1 14,1 175,7

6 UzDEF- 4,0 l/ga 134,9 19,0 48,8 89,4 17,3 193,2

7 UzDEF- 5,0 l/ga 131,1 18,5 48,1 92,5 18,0 194,5

8 UzDEF- 6,0 l/ga 133,6 18,8 47,7 87,5 16,6 190,0

Soya parvarishlashda defoliatsiya me'yorlari katta ahamiyatga ega bo'lib, ushbu tadbir o'z vaqtida sifatli o'tkazilsa, bir tup o'simlikdagi donlar soni vazni va 1000 dona don ortishiga olib kelishi aniqlandi.

Jumladan, soyaning Ustoz MM-60 navini nazariy ko'chat qalinligi 250-300 ming tup/ga belgilangan, defoliatsiya tadbiri o'tkazilmagan 1 -variantda bir o'simlikdagi don soni 96,5 donani, bir o'simlikdagi don vazni 17,5 g ni, 1000 dona don vazni esa 181,6 g ni tashkil etgan bo'lsa, UzDEF defoliantini 4 l/ga me'yorlarda qo'llanilgan 2-variantda bir o'simlikdagi don soni 106,3 donani, bir o'simlikdagi don vazni 20,7 g ni, 1000 dona don vazni 195,1 g ni tashkil etib, nazorat variantga nisbatan bu ko'rsatkichlar mos ravishda dukkakdagi don soni 9,8 donagacha, bir o'simlikdagi don vazni 3,2 grammgacha, 1000 dona don vazni esa 13,4 gr gacha yuqori bo'ldi.

UzDEF defoliantini 5 l/ga me'yorlarda qo'llanilgan 3-variantda esa dukkaklar soni 50,1 donani, bir o'simlikdagi don soni 100,5 donani, bir o'simlikdagi don vazni 19,8 grammni, 1000 dona don vazni esa 196,5 grammni tashkil etib, nazorat variantga bir o'simlikdagi don soni 4,0 donagacha, don vazni 2,3 grammgacha, 1000 dona don vazni 14,9 grammgacha ortiq bo'ldi.

1922

Olib borilgan tadqiqotlarda asosiy ekin sifatida soyaning Ustoz MM-60 navini nazariy ko'chat qalinligi 350-400 ming tup/ga belgilangan, defoliatsiya tadbiri o'tkazilmagan 5-variantda (Nazorat) dukkaklar soni 48,3 donani, bir o'simlikdagi don soni 80,1 donani, bir o'simlikdagi don vazni 14,1 grammni, 1000 dona don vazni esa 175,7 grammni tashkil etdi.

Ushbu navni nazariy ko'chat qalinligi 350-400 ming tup/ga belgilangan, 5 l/ga me'yorda qo'llanilgan 7-variantda hosil elementlari bo'yicha boshqa me'yorlarga nisbatan yuqori ko'rsatkichlar qayd etilib, bir o'simlikdagi don soni 92,5 donani, bir o'simlikdagi don vazni 18,0 grammni, 1000 dona don vazni esa 194,5 grammni tashkil etib, bu esa nazorat variantiga nisbatan bir o'simlikdagi don soni 12,4 donagacha, bir o'simlikdagi don vazni 3,9 grammgacha, 1000 dona don vazni esa 18,8 grammgacha yuqori bo'lgani ma'lum bo'ldi.

Xulosa qilib aytganda, soyani ertaki o'rtapishar Ustoz MM-60 navini hosil to'plashi, ya'ni bitta dukkakda don soni, bitta o'simlikda don vazni, 1000 dona don vazni yuqori bo'lishi uchun 250-300 ming tup gektariga, hosil salmog'ini oshirish uchun ko'chat sonini 350-400 ming tupga oshirish talab etiladi.

Bundan tashqari soya o'simligining hosil organlarining shakllanishida har bir navning xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, ularning maqbul ko'chat qalinligiga mos ravishda defoliatsiya me'yorlarini tanlash yuqori samara beradi.

REFERENCES

1. Бабич, А.А. Научные основы интенсивной технологии возделывания сои. Вестник с. -х. науки. 1986. - №° 4 - стр. 24-26.

2. Гатаулина Г.Г., Белышкина М.Е.. Соя и другие зернобобовые культуры импортироват или производит? // Достижения науки и техники АПК. - 2017. - Вып. 8. - С. 5-11.

3. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari.: Uslubiy qo'llanma O'zPITI.- Toshkent, 2007. 123-6

1923

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.