Научная статья на тему 'QO‘SH EKINLAR PARVARISHLASHNING HOSILDORLIKKA TA’SIRI'

QO‘SH EKINLAR PARVARISHLASHNING HOSILDORLIKKA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
11
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
G‘o‘za / mosh / no‘xat / loviya / qo‘sh ekin / hosildorlik / ko‘chat qalinligi

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Namozov Fazilddin Bahromovich, Tursunov Avazbek Abdulvoxidovich

So‘ngi yillarda jahonda keskin iqlim o‘zgarishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda ko‘plab qiyinchiliklar vujudga keltirmoqda. Aholi sonini ortib borishi natijasida mahsulot yyetishtirish hajmini keskin oshirish zaruratini tug‘dirmoqda. Ushbu maqolada g‘o‘za bilan birga mosh, no‘xat va loviyani birga yetishtirish orqali ekin yerlaridan mahsulot yetishtirish hajmini orttirib yerlarda samarali foydalanish usullari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, g‘o‘za bilan qo‘sh ekinlarni bir vaqtda yetishtirish orqali yer va suv resurslaridan samarali foydalangan holda, mineral o‘g‘itlar va mehnat sarfi tejaladi, qo‘shimcha 2,5-8,0 s/ga hosil olish imkoniyati yaratiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘SH EKINLAR PARVARISHLASHNING HOSILDORLIKKA TA’SIRI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

QO'SH EKINLAR PARVARISHLASHNING HOSILDORLIKKA

TA'SIRI

1Namozov Fazilddin Bahromovich, 2Tursunov Avazbek Abdulvoxidovich

1 Toshkent davlat agrar universiteti, q.x.f.d., professor 2Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti,

tayanch doktorant https://doi.org/10.5281/zenodo.11401861

Annotatsiya. So'ngi yillarda jahonda keskin iqlim o'zgarishi natijasida qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishda ko'plab qiyinchiliklar vujudga keltirmoqda. Aholi sonini ortib borishi natijasida mahsulot yyetishtirish hajmini keskin oshirish zaruratini tug'dirmoqda. Ushbu maqolada g'o'za bilan birga mosh, no'xat va loviyani birga yetishtirish orqali ekin yerlaridan mahsulot yetishtirish hajmini orttirib yerlarda samarali foydalanish usullari o'rganilgan. Tadqiqotnatijalariga ko'ra, g'o'za bilan qo'sh ekinlarni bir vaqtdayetishtirish orqaliyer va suv resurslaridan samarali foydalangan holda, mineral o'g'itlar va mehnat sarfi tejaladi, qo'shimcha 2,5-8,0 s/ga hosil olish imkoniyati yaratiladi.

Kalit so'zlar: G'o'za, mosh, no'xat, loviya, qo'sh ekin, hosildorlik, ko'chat qalinligi.

Аннотация. В последние годы в результате резкого изменения климата в мире возникло множество трудностей в производстве сельскохозяйственной продукции. В результате увеличения населения необходимо резко увеличить объёмы производства. В данной статье изучены методы эффективного использования земли за счет увеличения объемов производства продукции растениеводства путем выращивания маша, гороха и фасоли совместно с хлопком. По результатам исследований одновременная обработка двойных посевов с хлопчатником экономит земельные и водные ресурсы, минеральные удобрения и трудозатраты, дополнительно 2,5-8,0 ц/с создаст возможность сбора урожая.

Ключевые слова: Хлопчатник, маш, горох, фасоль, двойной урожай, продуктивность, толщина всходов.

Abstract. In recent years, as a result of drastic climate change in the world, there are many difficulties in the production of agricultural products. As a result of the increase in the population, it is necessary to sharply increase the volume ofproduction. In this article, the methods of effective use of land by increasing the volume of crop production by growing mung beans, peas and beans together with cotton are studied. According to the results of the research, simultaneous cultivation of double crops with cotton saves land and water resources, mineral fertilizers and labor costs, additional 2.5-8.0 s / will create an opportunity to harvest.

Keywords: Cotton, mung bean, peas, beans, double harvest, productivity, seedling thickness.

Dunyoda ob-havoni keskin o'zgarishi oqibatida qishloq xo'jaligida foydalanishda bo'lgan ekin maydonlarida mahsulot yetishtirish imkoniyati tobora kamayib ketmoqda. Bundan tashqari, aholi sonini ortib borishi natijasida oziq-ovqatga bo'lgan talab ortib bormoqda. Bunday globala o'zgarishlar sharoitida ekin maydonlari va suv resurslaridan samarali foydalangan holda mahsulot yetishtirish hajmini ortishiga xizmat qiluvchi agrotexnologiyalarni ishlab chiqish lozim.

Bu kabi tadqiqotlar ustida bir qator olimlar tomonidan izlanishlar olib borilgan va quyidagicha xulosalar berishgan.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

G'o'za bilan hamkor ekinlarni birgalikda ekish Xitoyda keng rivojlangan. Bu texnologiyani bir necha usullari mavjud bo'lib bulardan, g'o'za bilan hamkorlikda bug'doy, sholi yoki raps kabi ekinlar ekiladi. Bu usullar ko'proq Xitoyning janubida dehqonchilik qilinadigan hududlarida foydalanib, yuqori hosil olinmoqda. Ayrim hududlarda 30 st/ga bug'doy , 30 31 st/ga paxta, g'o'za raps bilan birgalikda ekilganda 11,2- 15,0 st/ga raps urug'i, shuningdek 22 -23 st/ga paxta hosili olishga erishilmoqda [10].

G'o'za bilan hamkor ekin ekib, g'o'zadan o'rtacha 29,9 st/ga, moshdan 5,2 st/ga, soyadan 8,9 st/ga hosil olishgan, g'o'za bilan mosh qo'shib ekilganda o'rtacha 33,7 st/ga hosil olingan [3; 6]

G'o'za minéral o'g'itlar bilan N-200, R-140, K-100 kg me'yorida oziqlantirilganda, g'o'zadan o'rtacha 20,5 st/ga, moshdan 4,3 st/ga, soyadan 6,5 st/ga hosil olishga erishildi, mosh va soyaning ang'iz qoldiqlari hisobiga tuproq unumdorligi oshganligini ta'kidlashgan [2].

G'o'za bilan soya qo'shib ekish natijasida tuproq unumdorligi oshadi, mahsulot yetishtiruvchining bir birlik yerdan ikki xil hosil olishi natijasida oladigan daromadi ko'payadi, soya ildizlari orqali tuproqda sof azot qoldirilishi natijasida, keyingi yillarda ekiladigan ekinlardan olinadigan hosildorlik 8-10 st/ga oshishini ta'kidlab o'tishgan [9].

Cho'l qumli tuproqlar sharoitida g'o'za bilan hamkor soya va yer yong'oq yetishtirish orqali; g'o'zada 24.6-27,4 st/ga (1,3-1,4 barobar), yer yong'oqda 18,6-24,2 st/ga (9,3-12,1 barobar), soya 22,6-25,2 st/ga ( 11,3-12,6 barobar) hosil yetishtirib. Sug'orishlar soni bir marotaba va mineral o'g'itlarni N-50, P-35, K-25 kg/ga miqdorida tejashga imkoniyat yaratadi deya o'z xulosalarini bildirishgan [1].

Andijon viloyatining sug'oriladigan maydonlarida g'o'za bilan hamkor ekin sifatida yer yong'oq ekib o'rganishlari natijasida yerlarida g'o'zani yeryong'oq bilan egat oralatib hamkor ekish mumkinligini va bu usul yuqori samara berishini shuningdek, gektar birligidan olinadigan hosildorlik miqdori va sifatining 15-17 foizga oshishi natijasida paxtachilikda rentabellik darajasi ko'tarilishi mumkinligi to'g'risida xulosa berishgan [11].

Sirdaryo viloyatining o'tloqlashib borayotgan och tusli bo'z tuproqlar sharoitida sho'rlanishga moyil dalada g'o'za bilan hamkor (mosh, soya, yeryong'oq) ekinlari parvarishlanganda o'g'itlash me'yori N-200, R-140, K-100 kg qo'llab, mavsumiy sug'orish me'yori 22360 m3/ga da nazorat variantida 22,2 st/ga, g'o'za bilan hamkor ekin (mosh, soya, yeryong'oq) parvarishlanganda g'o'zadan 24,0 st/ga paxta hosili terib olingan nazorat variantiga nisbatan 1,8 st/ga qo'shimcha hosil olingan. G'o'za bilan hamkor ekin sifatida, moshdan 16,4 st/ga, soyadan 11,8 st/ga va yeryong'oqdan 6,7 st/ga hosil olishga erishilgan [7].

G'o'za qator oralariga dukkakli ekinlarni ekish texnologiyasini ishlab chiqishda maqbul dukkakli ekin tanlash dukkakli ekinlar g'o'zaning quyosh nuri bilan ta'minlanishida zararsizdir [5].

G'o'za bilan qo'sh ekinlar ekish to'g'risida ma'lumotlar juda kam. Mamlakatimizda ham bu yo'nalishda ilmiy-tadqiqotlar yetarlicha emas [8].

G'o'za bilan hamkor ekin sifatida ildiz mevali ekinlar (sabzi, sholg'om, turp, qizil lavlagi) birgalikda yetishtirish da suv sarfi va tuproq eroziyasi o'rganilganda qator oralatib sug'orish hisobiga yillik umumiy suv sarfini 15-20 % ga kamaytirib, tuproqdagi gumus va boshqa ozuqa elementlarning suv bilan birga yuvilib ketishi 15-20 % ga kamayishi va ekin yeridan hamda sug'orish suvlaridan samarali foydalanish koiffitsienti ortib, paxta hosili 8-10 s/ ga ortishini tadqiqotlari natijasida xulosa berishgan [4].

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Yuqoridagi tadqiqotchilar tomonidan keltirilgan xulosalardan ko'rinadiki, ushbu texnologiya ustida tadqiqotlarni davom ettirish dolzarb hisoblanadi. Tadqiqot olib borishdan maqsad, plyonka ostida tomchilatib sug'orish texnologiyasi qo'llangan maydonlarda, g'o'za bilan birga mosh, no'xat va loviyani qo'sh ekin sifatida birga yetishtirib 10-15 % ga qo'shimcha hosil olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

Ushbu tadqiqotda g'o'za qator orasida mosh, no'xatni, loviyani qo'sh ekin sifatida 166 va 83 ming tup/ga ko'chat qalinligida 60(20x20x20)x10x1 sxemada 2 qator, 60(30x30)x10x1 sxemada 1 qator tasmasimon shaklda joylashtirib, plyonka ostida tomchilatib sug'orish texnologiyasini qo'llangan maydonlarda o'rganildi. Izlanishlar 2022-yil PSUYAITI Namangan ilmiy-tajriba stansiyasida och tusli bo'z tuproqlar sharoitida o'rganildi. Tajriba Dala tajribalarini o'tkazish uslublari (Toshkent-2007) asosida 7 variant 3 takrorlanishda olib borildi (1 jadval).

1 jadval

Tajriba tizimi

V Ekinlar turi Qo'sh ekinlar ekish sxemasi Qo'sh ekinlarni ko'chat qalinligi, ming tup/ga

1 G'o'za - -

2 G'o'za+mosh 60(20x20x20)x10x1 166

3 G'o'za+no'xat 60(20x20x20)x10x1 166

4 G'o'za+loviya 60(20x20x20)x10x1 166

5 G'o'za+mosh 60(30x30)x10x1 83

6 G'o'za+no'xat 60(30x30)x10x1 83

7 G'o'za+loviya 60(30x30)x10x1 83

O'tkazilgan tadqiqot tahlillari shuni ko'rsatdiki, g'o'za bilan qo'sh ekinlar yetishtirish natijasida umumiy hosildorlik ortishi aniqlandi. Tajribada faqat g'o'za parvarishlangan nazorat variantda olingan hosil 41,5 st/ga ni tashkil etdi. G'o'za+moshni 166 va 83 ming tup ko'chat qalinligida parvarishlangan 2-hamda 5-variantlarda olingan umumiy hosil 49,5-48,6 st/ga ni tashkil etdi. Moshni qo'sh ekin sifatida parvarishlangan variantlarda ko'chat soni hisbiga 2-variantda hosildorlik 5-variantga nisbatan 0,9 s/ga yuqori bo'ldi. Ushbu holat, no'xat va loviyani qo'sh ekin sifatida parvarishlangan 3-6, 4-7 variantlardaham kuzatilib ko'chat soni yuqori bo'lgan variantlarda 0,6 va 1,1 st/ga hosildorlik yuqori bo'ldi.

G'o'za bilan qo'sh ekinlarni 60(20x20x20)x10x1 sxemada 2 qator nazariy ko'chat qalinligi 166 ming tup/ga bo'lgan 2, 3 va 4-variantlarda olingan hosildorlik nazorat variantiga nisbat 8,0; 3,1; 5,2 st/ga qo'shimcha hosil olindi. 60(30x30)x10x1 sxemada 1 qator nazariy ko'chat qalinligi 83 ming tup/ga bo'lgan 5, 6 va 7-variantlarda 7,1; 2,5; 4,1 st/ga qo'shimcha hosil olindi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, g'o'za bilan qo'sh ekinlar yetishtirish orqali maydon birligidan 2,5-8,0 st/ga qo'shimcha hosil olishga erishildi. Qo'sh ekinlarni ko'chat soni yuqori bo'lganda esa nazoratga nisbatan 3,1-8,0 st/ga yuqori hosil olindi.

REFERENCES

1. Abduraximov A., Usmonov N. Paxta bilan birga soya va yer yong'oq yetishtirish texnologiyasi. O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi jurnali 5-son, 2020 y. 28-29 b.

2. Bekmurodov X.T. G'o'za va hamkor ekinlarni paxta va don hosildorligiga ta'siri // Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi «Qishloq xo'jaligi ilm-fanida yoshlarning roli» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ilmiy maqolalar to'plami. 1-jild. Toshkent. 2020. B.82-84

3. Bekmurodov X.T., Dj.Q.Shadmanov. O'tloqlashib borayotgan och tusli bo'z tuproqda g'o'za

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

va hamkor ekinlarni paxta va don hosildorligiga ta'siri // "Agro protsessing jurnali" Toshkent. 2020, №3, 2 - jild, B.69-76.

4. Mirzajonov Q.M., Nurmatov Sh.N., Zokirova S.X. Yuqori hosil olish omillari. «Paxtachilik va Donchilik» jurnali. Toshkent, 2001. 1 -son, 8-12 b.

5. Ro'zmetov R., Masharipov A., Adamova X., Ganjaev SH. G'o'za dalalari tuproqlari unumdorligini oshirishda dukkakli ekinlardan foydalanish muammolari // Xorazm mamun akademiyasi axborotnomasi 2 (23). 2012 26-27 b.

6. Shadmanov Dj.Q., Bekmurodov X.T. G'o'zaga hamkor ekin sifatida mosh va soya o'simliklarini yetishtirish da sug'orish tartiblarining ekinlar hosildorligiga ta'siri // "Agro protsessing jurnali" Toshkent. 2022, 4 jild № 2, B.66-69. (Impakt-faktor № 23).

7. Shadmonov D., Bekmurodov X., Dustov J. "Tuproq unumdorligi past yerlarda g'o'za va hamkor ekinlarning hosildorligi" // Agro ilm J № 4 T. 2019 8-9 b.

8. Sharipov Sh.Sh. Qo'sh ekinlar to'g'risidagi adabiyotlar sharhi // Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ma'ruzalar to'plami. -Toshkent, UzPITI, 2010. 204-206 b.

9. Yormatova D., Xushvaqtova H. G'o'za qator oralariga soya ekish. O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali 12-son, 2020-y. 15-b.

10. Валовик О. Китайский вариант. Журнал "Хлопок" 1989, №2. с 17

11. https://nauchtrud.com/9405/2020082110030117661

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.