TURLI XIL QATOR ORALIG'IDA EKILADIGAN G'O'ZA NAVLARINING SUG'ORISH TARTIBINI BELIGILASHNING AHAMIYATI
U.L.Gaziyev
Guliston davlat universteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10930954
Annotatsiya. Ushbu maqolada Sirdaryo viloyatining bo'z-o'tloqi tuproqlari sharoitida g'o'za navlarining turli qator oralig'ida va sug'orish tartibini to'g'ri belgilashning ahamiyati keltirilgan.
Kalit so'zlar: g'o'za, 60 sm, 76 sm, 90 sm qator oralig'i, o'sish, rivojlanish, sug'orish tartibi, sug'orish me 'yori, ChDNS, namlik, navlar.
Bugungi kunda dunyo paxtachiligida resurs va energiyalardan samarali foydalanish, ularni tejaydigan texnologiya va texnika vositalarini qo'llash, samarali g'o'za qator oraliqlarini ishlab chiqish va ularning sug'orish tartibini to'g'ri belgilash orqali tuproqning agronomik xususiyatlarini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish hamda yuqori, sifatli paxta hosili etishtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Sho'rlangan va yer osti suvlari yuza joylashgan dalalarda sug'orish uchun ishlatilayotgan suv miqdori o'simlikning talabiga nisbatan 10—30% ga ko'proq bo'lishi talab etiladi. Ortiqcha suv tuproqning ildiz tizimi qatlamida yig'ilgan tuzlarni yuvadi, yer osti suvlarining ustki qismida chuchuk suv yig'ilib, tuzlarning kapillyar bo'shliqlar orqali pastdan yuqoriga harakati keskin kamayadi. O'simliklarni sug'orish vaqtini bargning so'rish kuchi asosida ham belgilash mumkin.
S.A.Gildiyev [7] ma'lumotlariga qaraganda bargning so'rish kuchi g'o'zaning gullash davrigacha — 12 atm, gullash-ko'sak bo'lish davrida - 14 atm va yetilish davrida -16 atm bo'lganda sug'orish zarur.
Sirdaryo viloyati sharoitida tuproq-meliorativ sharoitiga qarab g'o'zani 76 sm ekishda sug'orish tartibi yetarli ravishda o'rganilmagan. Shuning uchun g'o'zadan mo'l hosil olishni hamda Sirdaryo viloyati sug'oriladigan yerlarining meliorativ holatini yaxshi saqlashni ta'minlovchi, maqbul qator oralig'ida g'o'za yetishtiririshni va sug'orishning maqbul tartibini belgilash zarur masala hisoblanadi.
Respublikamiz qishloq xo'jaligida g'o'za asosan 2 xil 60 sm hamda 90 sm qator oralig'ida g'o'za yetishtirib kelinmoqda. Ayni paytda 60 sm va 90 sm qator oralig'idan tashqari klasterlar tomonidan 76 sm qator oralig'ida chigit ekadigan seyalka va qator orasiga ishlov beradigan zamonaviy traktor va agregatlar olib kelinmoqda, bu esa o'z navbatida 76 sm qator oralig'iga mos ekiladigan g'o'za navlari uchun sug'orish tartibini o'rganishni taqozo etadi.
O'simliklarda suv harakatlanishi mexanizmi hamda o'simlik suv tartibining fiziologik jarayonlar va hosildorlik o'rtasidagi bog'liqlarni Rijov S.N. [8] va boshqa olimlar tomonidan o'rganilgan.
Qishloq xo'jaligi ekinlaridan eng yuqori va barqaror hosil olish uchun, ekinlarning o'sish va rivojlanish davri jaryonining barcha fazalarida to'xtovsiz suv bilan ta'minlanishga erishish orqali amalga oshirish mumkin.
G'o'zani sug'orish me'yorlarini aniqlash formulasi Rijov S.N. [8] tomonidan tavsiya qilingan. Uning tavsiyasiga ko'ra g'o'za ildizining asosiy qismi 1 m. li qatlamda joylashadi, suvning asosiy qismi esa 30-90 sm. li chuqurlikdan transpiratsiya uchun o'zlashtiriladi. Shuning uchun sug'orishda 100 sm. dan keyingi qatlamni namlantirishdan samara kamligi aniqlangan.
O'rtapishar "F-108" va "F-153" ChDNSga nisbatan 70-70-65% namlik tartibda sug'orilganda, tezpishar "C-4727" va "C-8238" navlari yanada yuqoriroq sug'orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 75-75-65 foizda ushlab turilganda, Gildiev S.A. [4] tomonidan olib borilgan kuzatuvlarga asosan g'o'zadan yuqori hosil olish mumkinligi isbotlangan.
Teshayev Sh.J, Teshayev F.J. [6] lar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlariga ko'ra, Toshkent viloyatida C-6524 g'o'za navini, ma'dan o'g'itlarni NPK (azot/fosfor/kaliy) har gektariga 200; 140; 100 kg. me'yorida berish, hamda ChDNSga nisbatan tuproqni sug'orish oldi namligini 70-70-65 foizda ushlab turish orqali erta pishishi aniqlangan va bu orqali g'o'zadan mo'l hosil olish mumkinligi xulosa qilingan.
Durdiyev N.X. [1] tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida Toshkent viloyatining sizot suvlari sathi 3 metrdan pastda joylashgan tipik bo'z tuproqlar sharoitida suv, havo, issiqlik va oziqa me'yorlari bog'liqlarini 0'zPITI-2201 g'o'za navining o'sishi-rivojlanishi, hosil to'plashi va pishishiga ta'siri yuqori ekanligini isbotlagan. Shu bilan bir qatorda o'rta tolali 0'zPITI-2201 g'o'za navi ekilgan har gektar maydondan yuqori va sifatli hosil (48,9 s/ga) yetishtirish uchun sug'orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-60% ushlab turish kerakligini, 1-4-2 tizim bo'yicha 7 marta sug'orishni, gektariga sug'orish me'yorini 679-857 m3 , mavsumiy sug'orish me'yorini esa gektariga 5274-5600 m3 bo'lishi yaxshi natija berishini aytgan. O'rtacha uch yil davomida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida gektariga 5456 m3 suv berish va oziqlantirish tartibotini: har gektar maydonga azot: -220, fosfor: -154 va kaliy:-110 kg me'yorda berish orqali yuqori hosil olish mumkinligi isbotlangan.
Karimov T., Nuritdinov N. va Isayev B. [2] lar o'z tajribalarida "Oqqo'rg'on-2" va "Oqdaryo-6" g'o'za navlarining, sizot suvlari sathi chuqur joylashgan hududlar, mexanik tarkibi o'rta qumoq tuproqli yerlarda sug'orish oldi tuproq namligini ChDNSga 12 nisbatan 70-70-60% va 65-65-60% sug'orish tizimida, ko'chat qalinligi 80-90 ming tup va 110-120 ming tup/ga bo'lgan holatda, "Oqqo'rg'on-2" va "Oqdaryo-6" navlaridan yuqori hosil olish mumkinligini isbotlashgan. Bu orqali har gektariga 4,6; 2,2 s. qo'shimcha hosil olishga erishilganligi keltirib o'tilgan.
Qobulov I., Egamov X [3] lar, Qarshi cho'lining yangidan o'zlashtirilgan, sizot suvlari sathi 2 m. bo'lgan, tuproqning sho'rlanish darajasi bo'yicha o'rtacha sho'rlangan maydonlarda g'o'zaning "C-6530" va "Namangan-77" navlarining tuproqdagi sug'orish oldi ChDNS ga nisbatan 60-70-65%, 70-70-65%, 70-75-65% va 75-75-65% tizimda ushlab turish orqali olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlariga ko'ra, o'rta tolali g'o'zaning "C-6530" navini sug'orish oldi tuproq namligini ChDNS ga nisbatan 70-75-65 foizda ushlab turilganda, 1-3-1 tizimda 5 marta suv berilganda, "Namangan-77" g'o'za navini tuproq namligi 70-70-65 foizda ushlab turish orqali, 12-1 tizimda 4 marta sug'orilganda eng yuqori hosil olishgan. Jumladan har gektar sug'oriladigan maydondan 40,9; 43,6 sentnerdan hosil olishgan.
Rajabov T. va boshqalar [4] tomonidan olib borilgan tajriba ishlari natijasiga asosan "C-6530" navli g'o'zani yetishtirishda tuproqdagi sug'orish oldi namlik 70-75-60 foizda ushlab turish orqali 1-3-1 tizimda, 5 marta sug'orish, har gektariga mavsum davomida 4797 m3 suv sarflash orqali paxta hosilini gektariga 40,9 sentnerga etishini isbotlashgan. "Namangan-77" paxta navini yetishtirishda tuproqdagi sug'orish oldi tuproq namlik miqdorini 70-70-60 foizda ushlab turish orqali 1-2-1 tizimda 4 ta sug'orish orqali, o'suv davrida har gektariga 4194 m3 suv sarflash natijasida g'o'zadan 43,6 sentner hosil olish mumkinligini isbotlashgan.
Ramazonov O. va boshqa [5] larning yozishicha, Mirzacho'ldagi 6- sonli davlat xo'jaligining tajriba-ishlab chiqarish dalasida g'o'zaning sug'orish me'yori gektariga 2200 m3 va
hatto 2500-3000 m3 gacha yetgan. Bunday hol yerlarning yetarlicha tekislanmaganligi va suvchilarning tajribasizligi tufayli sodir bo'lgan deb isbotlashgan.
Tajribamiz Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tarqalgan bo'z - o'tloqi tuproqlar sharoitida g'o'zaning Guliston, C-8290 navlarini 90 va 76 sm qator oralarida sug'orishining tartibini beliglash bo'yicha olib borilmoqda. Bu tajribamizda Sirdaryo viloyatining bo'z-o'tloqi tuproqlari sharoitida yangi g'o'za navlarining maqbul qator oralig'i va sug'orish tartibini to'g'ri belgilash asosiy maqsad qilib olingan.
REFERENCES
1. Durdiyev N., Boynazarov O. "Toshkent viloyatining tipik bo'z tuproqlar sharoitida O'zPITI-2201 g'o'za navining maqbul suv-oziqa me'yorlari va sug'orish tartiblari"-// PSUEAITI "O'zbekiston paxtachiligini rivojlantirish istiqbollari" nomli Respublika to'plami, 2014 yil. II-qism, 155-157 bet.
2. Karimov T., Nuritdinov N., Isayev B.-"G'o'za hosildorligiga suv rejimi va ko'chat qalinligining ta'siri"-// Fermer xo'jaliklarida paxtachilik va g'allachilikni rivojlantirishning ilmiy asoslari: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ma'ruzalari asosidagi maqolalar to'plami - Toshkent, 2006. 208-209 bet.
3. Qobulov I., Egamov X. Va b. "Andijon-40" g'o'za navining biologik xususiyatlari va agrotexnikasi // Fermer xo'jaliklarida paxtachilik va g'allachilikni rivojlantirishning ilmiy asoslari: Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya ma'ruzalari asosidagi maqolalar to'plami. Toshkent, 2006. - 301-302 bet.
4. Rajabov T.Ya. va boshqalar. Istiqbolli Qarshi-9 g'o'za navini parvarishlash texnologiyasi. Ilmiy anjuman 1999 yil 3 sentyabr O'zPITI. Toshkent, 2001, 108-111 bet.
5. Ramazonov O., Nasonov V., Abirov A. Jizzax viloyati tuproqlarning meliorativ holati va hosildorlik. «Paxtachilik va Donchilik» jurnali. Toshkent, 1999, 4-son, 6-9 bet.
6. Teshayev Sh.J., Teshayev F.J. "G'o'za navlarida ko'saklarning shakllanishi va uning fiziologik-biokimyoviy jarayonlariga defoliantlarning ta'siri" // PSUEAITI "O'zbekiston paxtachiligini rivojlantirish istiqbollari" nomli Respublika to'plami, 2014 yil. II-qism, 111115 bet.
7. Гилдиев С.А. Орошения // Хлопководство. - Узбекистан, 1965. № 2. С. 23-25.
8. Рыжов С.Н. - Орошение хлопчатника в Ферганской долине. - Т., АН Узбекистан., 1948, 196 б.