Научная статья на тему 'KOMBINATSIYALASHGAN MASHINA ZICHLAGICHLARINING PARAMETRLARINI ASOSLASH'

KOMBINATSIYALASHGAN MASHINA ZICHLAGICHLARINING PARAMETRLARINI ASOSLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bog‘ qatorlari oralarini bir o‘tishda sabzavot ekinlarini ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina / kombinatsiyalashgan mashina zichlagichi tsilindrsimon qismining diametri va kengligi / uning konussimon qismining qiyalik burchagi / kengligi va katta diametri / zichlagichning umumiy qamrash kengligi. / комбинированная машина для подготовки междурядий садов к севу овощных культур за один проход / диаметр и ширина цилиндрической части уплотнителя комбинированной машины / угол наклона его конической части / ширина и большой диаметр / общая ширина захвата уплотнителя.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — To‘Xtaqo‘Ziev Abdusalim, Rasuljonov Abduraxmon Ravshanbek O‘G‘Li, Xoliqulov Jamshid O‘Ktamqul O‘G‘Li

Maqolada bog‘ qatorlari oralarini bir o‘tishda sabzavot ekinlarini ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina zichlagichlari tsilindrsimon qismining diametri va kengligi, konussimon qismining qiyalik burchagi, kengligi va katta diametri hamda zichlagichning umumiy qamrash kengligini asoslash bo‘yicha o‘tkazilgan nazariy tadqiqotlarning natijalari keltirilgan. Olingan natijalarga ko‘ra kombinatsiyalashgan mashina zichlagichlarining tsilindrsimon qismining diametri va kengligi mos ravishda kamida 24,2 cm va 27-44 cm oralig‘ida, konussimon qismining qiyalik burchagi, kengligi va uning katta diametri mos ravishda ko‘pi bilan 35°, 8-16 cm va 35,4-47,3 cm oralig‘ida hamda zichlagichning umumiy qamrash kengligi 60 cm bo‘lishi lozim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Justification of sealing parameters of a combined machine.

В статье приведены результаты теоретических исследований по обоснованию диаметра и ширины цилиндрической части, угла наклона, ширины и большого диаметра конической части и общей длины уплотнителя комбинированной машины для подготовки междурядий садов к севу овощных культур за один проход. По полученным результатам диаметр и ширина цилиндрической части уплотнителя комбинированной машины должны быть не менее 24,2 см и в пределах 27-44 см, угол наклона, ширина и большой диаметр его конической части должны быть соответственно не более 35° и в пределах 8-16 см и 35,4-47,3 см, общая длина уплотнителя должна быть 60 см.

Текст научной работы на тему «KOMBINATSIYALASHGAN MASHINA ZICHLAGICHLARINING PARAMETRLARINI ASOSLASH»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

UDK 631.319.06

KOMBINATSIYALASHGAN MASHINA ZICHLAGICHLARINING PARAMETRLARINI ASOSLASH

To'xtaqo'ziev Abdusalim QXMITI, t.f.d., prof. abdusalim_1950@mail.ru

Rasuljonov Abduraxmon Ravshanbek o'g'li QXMITI, t.f.PhD, k.i.x., abduraxmon qxmei@mail.ru

Xoliqulov Jamshid O'ktamqul o'g'li QXMITI, mustaqil tadqiqotchisi

Annotatsiya. Maqolada bog' qatorlari oralarini bir o'tishda sabzavot ekinlarini ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina zichlagichlari tsilindrsimon qismining diametri va kengligi, konussimon qismining qiyalik burchagi, kengligi va katta diametri hamda zichlagichning umumiy qamrash kengligini asoslash bo'yicha o'tkazilgan nazariy tadqiqotlarning natijalari keltirilgan. Olingan natijalarga ko'ra kombinatsiyalashgan mashina zichlagichlarining tsilindrsimon qismining diametri va kengligi mos ravishda kamida 24,2 cm va 27-44 cm oralig'ida, konussimon qismining qiyalik burchagi, kengligi va uning katta diametri mos ravishda ko'pi bilan 35°, 8-16 cm va 35,4-47,3 cm oralig'ida hamda zichlagichning umumiy qamrash kengligi 60 cm bo'lishi lozim.

Аннотация. В статье приведены результаты теоретических исследований по обоснованию диаметра и ширины цилиндрической части, угла наклона, ширины и большого диаметра конической части и общей длины уплотнителя комбинированной машины для подготовки междурядий садов к севу овощных культур за один проход. По полученным результатам диаметр и ширина цилиндрической части уплотнителя комбинированной машины должны быть не менее 24,2 см и в пределах 27-44 см, угол наклона, ширина и большой диаметр его конической части должны быть соответственно не более 35° и в пределах 8-16 см и 35,4-47,3 см, общая длина уплотнителя должна быть 60 см.

Abstract. The article presents the results of theoretical studies to substantiate the diameter and width of the cylindrical part, the angle of inclination, the width and large diameter of the conical part and the total length of the compactor of a combined machine for preparing garden rows for sowing vegetable crops in one pass. According to the results obtained, the diameter and width of the cylindrical part of the seal of the combined machine must be at least 24.2 cm and within 27-44 cm, the angle of inclination, width and large diameter of its conical part must be, respectively, no more than 35° and within 8-16 cm and 35.4-47.3 cm, the total length of the seal should be 60 cm.

Kalit so'zlar: bog' qatorlari oralarini bir o'tishda sabzavot ekinlarini ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina, kombinatsiyalashgan mashina zichlagichi tsilindrsimon qismining diametri va kengligi, uning konussimon qismining qiyalik burchagi, kengligi va katta diametri, zichlagichning umumiy qamrash kengligi.

Ключевые слова: комбинированная машина для подготовки междурядий садов к севу овощных культур за один проход, диаметр и ширина цилиндрической части уплотнителя комбинированной машины, угол наклона его конической части, ширина и большой диаметр, общая ширина захвата уплотнителя.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

Key words: combined machine for preparing the rows of gardens for sowing vegetable crops in one pass, the diameter and width of the cylindrical part of the compactor of the combined machine, the angle of inclination of its conical part, the width and large diameter, the total working width of the compactor.

Kirish. Hozirgi kunlarda bahorda bog' va tok qatorlari oralarini ekin ekishga tayyorlashda agrotexnik tadbirlar alohida-alohida qishloq xo'jaligi mashinalari va qurilmalarida amalga oshirilib kelinmoqda. Bu mehnat, energiya va yonilg'i sarfini ortishiga, tuproqning makro-mikrostrukturasini buzilishi va ortiqcha zichlanishiga hamda tuproqdagi namlikning yo'qotilishiga sabab bo'lmoqda. Bundan tashqari yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirishda 50-60 yillar oldin yaratilgan hamda MDH mamlakatlaridan olib kelingan, ma'naviy jihatdan to'liq eskirgan qishloq xo'jaligi mashinalari va qurollaridan foydalanilmoqda. Ushbu mashinalardan foydalanish hamda ularni ta'mirlash uchun ko'p miqdorda moddiy xarajatlar sarflanmoqda [1-5]. Ta'kidlanganlardan kelib chiqib, QXMITI da bog' va tok qatorlari oralarini biryo'la ekin ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashinaning konstruktsiyasi ishlab chiqilgan. Kombinatsiyalashgan mashina osish qurilmasi bilan jihozlangan rama, yumshatkich, mayin tuproq qatlamini hosil qiladigan rotatsion ish organi, tekislagich, pushta olgich, pushtaning ustki qatlami va yonbag'rlarini zichlaydigan zichlagichdan iborat [6].

Tadqiqot materiallari. Ushbu maqolada kombinatsiyalashgan mashina zichlagichlarining quyida keltirilgan parametrlarini asoslash bo'yicha o'tkazilgan nazariy tadqiqotlarning natijalari keltirilgan (1-rasm):

1-rasm. Zichlagichning parametrlari

- zichlagich tsilindrsimon qismining diametri Ds, m;

- zichlagich konussimon qismining katta diametri Dk, m;

- zichlagich konussimon qismining qiyalik burchagi a,

- zichlagich tsilindrsimon qismining kengligi Bs, m;

- zichlagich konussimon qismining kengligi Bk, m;

- zichlagichning umumiy kengligi Bu, m.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XOJALIKMASHINALARI

Zichlagichlar ish jarayonida pushtaolgichlar tomonidan shakllantirilgan pushtalarni talab darajasida zichlashi, ularning tepa qismini tekislashi va undagi yirik kesaklarni maydalashi lozim. Ularing yuqorida keltirilgan parametrlarini ushbu talablardan kelib chiqqan holda aniqlaymiz.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi.

Zichlagich tsilindrsimon qismining diametrini u ish jarayonida pushta tepasida uchraydigan kesaklarni oldinga surmasdan bosib o'tib ketishi shartidan quyidagi ifoda bo'yicha aniqlaymiz [7]

[l + cos (p + p)] dk + 2hz

Dc * ----7-^-, 0)

1 - cos{p + p)

bunda p, p - pushta tepasidagi kesaklarni zichlagichning ishchi sirtiga va tuproqqa ishqalanish burchaklari, °;

d. - pushta tepasida joylashgan kesaklarning diametri, m;

h - zichlagichni pushta tuprog'iga botish chuqurligi, m.

h ni quyidagi ifodadan foydalanib aniqlaymiz [8]

f \

K = K

1

Po

(2)

V Pi J bunda K - pushtaning balandligi, m;

P0, P - mos ravishda pushta tuprog'ining zichlanmasdan oldingi va zichlangandan

keyingi zichligi, kg/m3.

(2) ifodani hisobga olganda (1) ifoda quyidagi ko'rinishni oladi

f \

[1 + cos {p )] dk + 2hb

1 -

Po

D *-i-1-• (3)

1 - cos {p )

p = 30°, p = 40°, d = 0,1 m, h = 0,1 m, pQ = 1050 kg/m3 va p = 1200 kg/m3

qabul qilinib, (3) ifoda bo'yicha o'tkazilgan hisoblashlar zichlagich tsilindrsimon qismining diametri kamida 24,2 cm bo'lishi lozimligini ko'rsatdi.

Zichlagich konussimon qismining qiyalik burchagini quyidagi shartdan aniqlaymiz

a<y, (4)

bunda ty - tuproqning tabiiy to'kilish burchagi (35-38°) [9], °.

Bu shart bajarilganda pushta yonbag'irlarini zichlagichning konussimon qismi tomonidan zichlanishi ta'minlanadi va uning to'liq zichlanishiga, ya'ni pushtaning tepa qismini zichlagichning tsilindrsimon qismi tomonidan, uning yon bag'irlarini esa ish organining konussimon qismi tomonidan zichlanishiga erishilinadi.

ty ning yuqorida keltirilgan qiymatini hisobga olganda zichlagich konussimon

qismining qiyalik burchagi 35° dan oshmasligi lozim.

Zichlagich tsilindrsimon qismining kengligini pushta tepasining kengligiga teng etib

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

qabul qilamiz, ya'ni

Bs < bt, (5)

bunda b - pushta tepasining kengligi, m.

b ni 2-rasmda keltirilgan sxemaga asosan quyidagicha ifodalash mumkin

bt = Be - 2hbctgy, (6)

bunda B - pushta egatlari orasidagi masofa, m.

(6) ni hisobga olganda (5) ifodani kuyidagicha ifodalash mumkin

Bu ifodaga B = 70 cm, hb = 10-15 cm va y = 35-38° qiymatlarni qo'yib, zichlagich

tsilindrsimon qismining kengligi 27-44 cm oralig'ida rostlanadigan bo'lishi lozimligini

aniqlaymiz.

1 - bog' qator oralariga pushta olinmasdan oldingi profili;

2 - bog' qator oralariga pushta olingandan keyingi profili

2-rasm. Pushtaolgichning tuproqqa botish chuqurligini aniqlashga doir sxema

Bs < Be - 2hbCtgy. (7)

Zichlagich konussimon qismining kengligini kombinatsiyalashgan mashinaga o'rnatiladigan barcha zichlagichlarni ko'ndalang yo'nalishda bir qator joylashtirish shartidan aniqlaymiz, chunki aks holda mashinaning konstruktsiyasi murakkablashadi va materialhajmdorligi ortadi.

Zichlagich konussimon qismining yuqoridagi shart bajarilishini ta'minlaydigan kengligini quyidagi ifoda bo'yicha aniqlaymiz

Bt = 1 (Be -Bs -A), (8)

bunda A - zichlagichlar orasidagi tirqishning kengligi, cm.

A = 10 cm qabul qilib hamda (8) ifodaga B va B yuqorida keltirilgan va aniqlangan

qiymatlarining qo'yib, zichlagich konussimon qismining kengligi 8-16 cm oralig'ida bo'lishi lozimligini aniqlaymiz.

Zichlagich konussimon qismining katta diametrini 1-rasmda keltirilgan sxema bo'yicha aniqlaymiz

Dk = 2Bktga + Ds (9)

yoki

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

https://mextex.uz/

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI

Dk = (Be - Bs -A)tga + Ds. (10)

Bu ifodaga Be = 70 cm, Bs = 27-44 cm, A = 10 cm, a = 35° va Ds = 24,2 cm

qiymatlarni qo'yib, zichlagich konussimon qismining katta diametri 35,4-47,3 cm oralig'ida bo'lishi lozimligini aniqlaymiz.

Zichlagichning umumiy qamrash kengligi uning tsilindrsimon va konussimon qismlarining qamrash kengliklarining yig'indisiga teng bo'ladi, ya'ni

Bu = Bs + 2 Bk = Be-A. (11)

Bu ifodaga B = 70 cm va A = 10 cm qiymatlarni qo'ysak, zichlagichning umumiy

qamrash kengligi 60 cm bo'lishi lozimligi kelib chiqadi.

Xulosa. Demak o'tkazilgan tadqiqotlarimiz bo'yicha talab darajasidagi ish sifatini kam energiya sarflagan holda ta'minlash uchun kombinatsiyalashgan mashina zichlagichlarining tsilindrsimon qismining diametri va kengligi mos ravishda kamida 24,2 cm va 27-44 cm oralig'ida, konussimon qismining qiyalik burchagi, kengligi va uning katta diametri mos ravishda ko'pi bilan 35°, 8-16 cm va 35,4-47,3 cm oralig'ida hamda zichlagichning umumiy qamrash kengligi 60 cm bo'lishi lozim.

АДАБИЁТЛАР

1. Mevali bog' qator oralarida sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirish bo'yicha tavsiyalar. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent, 2015. - 23 b.

2. Tukhtakuziev A., Rasuljonov A., Xolikulov J. (2023) Research of angular vibration of combination machine winding. Web of synergy: International interdisciplinary research journal, Volume 2, Issue 4.

3. Kushnazarov X. Bog' va tokzorlarda ishlatiladigan texnika vositalari. - Toshkent, 1985. - 148 b.

4. SHoumarova M., Abdillaev T. Bog'dorchilik mashinalari. - Toshkent, 2006. - 88 b.

5. Bog'dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish: Pakana va yarim pakana (intensiv) mevali bog'larni tashkil etish, ichki va tashqi bozorlarda yuqori talabga ega bo'lgan, yuqori hosildor uzum navlarini yaratish bo'yicha qo'llanma. - Toshkent, 2016. - 113 b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6. Rasuljonov A.R., Barlibayev Sh.N., Suyunov S.G'., Xoliqulov J.O'. Bog' qator oralarini biryo'la ekin ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina // Suv xo'jaligini barqaror rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati: Xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumani maqolalar to'plami. - Buxoro, 2023. - B. 206-209.

7. Тухтакузиев А., Худояров Б., Утепбергенов Б., Кенгесбаев Р. Теоретическое обоснование параметров катка комбинированной машины. Узбекистон Республикаси Фанлар Академияси ^оракалпогистон булимининг ахборотномаси. - Нукус, 2018. - №2. - Б. 16-18.

8. Утепбергенов Б.К. Обоснование параметров выравнивающего рабочего органа рыхлителя-выравнивателя: Дис. ... канд. тех. наук. - Янгиюль, 2001. - 147 с.

9. Рудаков Г.М. Технологические основы механизации сева хлопчатника. - Ташкент: Фан, 1974. - 284 с.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.