AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
УДК 631.331.53
MAYDA URUG'LARNI EKISH QO'L SEYALKASINI ISHLAB CHIQISH
Tuxtabayev Mirzoxid Axmadjanovich NamMQI, PhD, dotsent, E-mail: [email protected]
Nuriddinov Akmaljon Davlataliyevich NamMQI, PhD, dotsent, E-mail: [email protected]
Аннотация. maqolada Respublikamizdagi kichik fermer va dehqon xo'jaliklarida sabzavot ekinlaridan mo'l hosil olish, mehnat sarfini kamaytirishga oid hamda xo'jaliklar daromadini ko'paytirish uchun mini seyalkani ishlab chiqish bo'yicha avvalgi bajarilgan ishlar tahlil qilingan. Shu jumladan, o'tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.
Abstract. in the article, previous work on the development of a mini-seeder for obtaining an abundant harvest from vegetable crops, reducing labor costs and increasing the income of farms in our republic is analyzed. Including the results of the conducted research.
Kalit so'zlar: mini seyalka, sabzavot ekinlari, dukkakli ekinlar, kichik fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaliklari.
Key words: mini seeder, vegetable crops, legumes, small farms, farmers.
Kirish. Ma'lumki, Respublikamizda bahor erta keladi, kunlar tez isib tuproq ekin ekishga erta tayyor bo'ladi. Yil mobaynida issiq davr uzoq davom etadi. Bunday tuproq-iqlim sharoitlarida sabzavot ekinlarining urug'larini to'g'ridan-to'g'ri ekish yuqori samara beradi. Bunda, issiqxonalarga sarflanadigan xarajatlar - joy, issiqlik va elektr energiyasi, texnika vositalari, ishchi kuchi va boshqa resurs hamda xarajatlar tejaladi. To'g'ridan to'g'ri dalaga ekilgan ko'chatlar iqlim injiqliklariga va kasalliklarga chidamliroq bo'ladi. Boisi, ko'chat ko'chirib o'tqazilayotganda uning ildizlari ma'lum darajada zararlanadi [1-5]. Uning ildizlari, ayniqsa o'q ildizining uzilishi ko'chat ildiz sistemasining tuproq yuzasiga yaqin joylashib qolishiga va suvsizlikka hamda turli kasalliklarga chidamsiz bo'lib qolishiga olib keladi. Uchinchidan, to'g'ridan to'g'ri dalaga urug' holida ekish usulida ko'chat qilish usuliga nisbatan qo'l mehnati sarfi keskin kamayadi, bularning yakunida olinadigan hosilning tannarxi kamayadi va hosildorlikning oshishiga zamin yaratiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ekinlarning mayda urug'idan to'g'ridan to'g'ri dalaga ekib yetishtiradigan kichik turdagi qo'l seyalkasini ishlab chiqish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish hamda mayda urug'larni aniq va bir tekis ekilishini ta'minlash yo'li bilan urug'larni iqtisod qilishga imkon yaratish mumkin. Natijada respublika kichik fermer va dehqon xo'jaliklari mehnat va moddiy xarajatlar sarfini kamaytirib, sabzavot ekinlaridan mo'l hosil olishga erishishdir [6-8].
Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitlari mayda urug'li ekinlarni urug'idan yetishtirish uchun qulay bo'lishiga qaramasdan, hanuzgacha ko'chat usuli keng qo'llanib kelinayotganligining asosiy sabablari quyidagilardir:
- ko'pchilik sabzavot ekinlari urug'larining sirtlari notekis bo'lib, sochiluvchanlik xususiyatlari juda past. Shu sababdan mavjud seyalkalarda ularni aniq me'yorlarda ekish imkoniyati yo'q va urug'lar behudaga sarflanib, isrof bo'lishi mumkin;
- katta me'yorlarda ekilganligi sababli ortiqcha chiqqan ko'chatlarni yaganalash uchun har bir gektarga 100-120 odam-soat qo'l mehnati sarflanishi kerak bo'ladi;
- sabzavot ekinlarining urug'lari mayda bo'lganligi sabab ekish chuqurligi 1-2 sm atrofida bo'ladi. Bizning issiq iqlim sharoitlarimizda bu qatlam tezda o'z namligini yo'qotishi
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
sababli urug'lar unib chiqishga ulgurmay qoladi. Qo'shimcha sug'orish xarajatlarini ko'paytirib, dalalarni begona o't bosib ketishiga olib keladi.
Shunday qilib, ushbu dissertatsiya ishi bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar va mayda urug'li sabzavot ekinlari urug'larini to'g'ridan to'g'ri dalaga ekib yetishtirishga mo'ljallangan qo'l seyalkasi respublikamiz qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi uchun juda keraklikdir [4-8].
Tadqiqotning dolzarbligi. Sabzavot ekinlarini urug'idan to'g'ridan to'g'ri dalaga ekib yetishtiradigan qo'l seyalkasining tajriba nusxasini tayyorlash va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga tadbiq etish hamda sabzavot urug'larini aniq ekish va urug'larning bir tekis ekilishini ta'minlash yo'li bilan urug'larni iqtisod qilishga zamin yaratishdan iborat. Natijada respublika kichik fermer va dehqon xo'jaliklari mehnat va moddiy xarajatlar sarfini kamaytirib, sabzavot ekinlaridan mo'l hosil olishga erishishlari va pirovard natijada o'zlarining daromadlarini ko'paytirishlari mumkin bo'ladi.
Respublikamizdagi kichik fermer va dehqon xo'jaliklarida sabzavot ekinlaridan mo'l hosil olish, mehnat sarfini kamaytirishga va pirovard natijada xo'jaliklar daromadini ko'paytirish uchun mini seyalkani ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir.
Tadqiqotning maqsadi - kichik fermer va dehqon xo'jaliklari uchun mayda urug'li ekinlar urug'ini ekadigan qo'l seyalkasini ishlab chiqish.
Bir qator olimlar [1,5] tomonidan olib borgan tadqiqotlari davomida mayda urug'li sabzavot ekinlari urug'larini to'g'ridan-to'g'ri dalaga ekib yetishtirish uchun barcha imkoniyatlar borligi va bundan ancha katta samara olish mumkinligi ilmiy tasdiqlangan. Avvalambor k o'chat yetishtirish uchun issiqxonalarga saflanadigan xarajatlar - joy, issiqlik va elektr energiyasi, texnika vositalari, ishchi kuchi va hokazolar tejaladi. Ikkinchidan, t o'g'ridan to'g'ri dalaga ekib olingan ko'chatlar iqlim injiqliklariga, kasalliklarga chidamliroq bo'ladi, ildizlari chuqurroq qatlamlarga yetib borib, o'simlik yaxshiroq rivojlanadi. Qolaversa, to'g'ridanto'g'ri dalaga urug' holida ekish usulida ko'chat qilish usuliga nisbatan qo'l mehnati sarfi keskin kamayadi. Bularning hammasi yetishtiriladigan sabzavot mahsulotlari tannarxini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.
Bundan tashqari olimlari (A.Rosabayev va b.) tomonidan sochiluvchanligi past bo'lgan mayda urug'larning sochiluvchanligini oshirish bo'yicha ilmiy ishlar olib borilib, urug'larni qobiqlash (g'o'laklash) usuli ishlab chiqilgan. Qobiqlangan sabzavot urug'larining sochiluvchanlik koeffitsiyenti qobiqlanmagan oddiy urug'larnikiga nisbatan 1,7 barobarga oshishi va ularni pnevmatik seyalkalarda aniq me'yorlarda ekish imkoniyati ta'minlanishi aniqlangan.
Dastlabki tadqiqotlar natijasi sabzavot ekinlarini urug'idan to'g'ridan to'g'ri dalaga ekib yetishtirishda eng maqbul sxema - bu dalaga ariq ochib, uning tubiga urug'larni aniq ekib, ariqlar ustini bir yo'la plyonka bilan yopib ketish usuli ekanligini ko'rsatdi. Bunda egat tubidan va yonlaridan bug'lanib ko'tarilayotgan namlik plyonkaning ichki devorida yig'ilib, urug'lar ustiga tushadi va ularni qo'shimcha namlik bilan ta'minlaydi hamda mavjud agrotexnik muddatlardan 10-15 kun ilgari ekish imkoniyati tug'iladi.
Hozirgi kungacha dukkakli ekinlarni ekish uchun bir-necha turdagi mini seyalkalar ishlab chiqilgan. Bu selyalkalardan biri sifatida Kyada, A. R va Patel, D. B. lar tomonidan loyihalangan mini seyalkani keltirish mumkin [9,10]. Bu seyalkada barcha urug'larni ekish bir plastinka di skli ekish apparati bilan amalga oshiriladi.
Rossiya federatsiyasida ishlab chiqilgan Malyutka nomli mini seyalka SR-1 konstruksiya yengil bo'lib, bunker plastik, shaffof va antistatik materialdan tayyorlangani uchun urug'ni bunkerda qolgan miqdorini foydalanuvchi ko'rish imkonini beradi. Bunda ekish chuqurligi soshnikni sozlash orqali amalga oshiriladi.
Keyingi vaqtlarda takroriy ekinlarni ekishda aholiga 0,1-10 ga dan yer ajratilishi hisobiga
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
kichik dastaki usuldagi seyalkalarga bo'lgan ehtiyoj ko'payib bormoqda. Ushbu apparatlar quyidagi afzalliklarga ega:
-ekishda bo'shliq va notekisliklarni e'tiborga olinmasligi; -mehnat va yoqilg'i xarajatlari kamligi; -urug'larni iqtisod qilinishi; - nihollarni tez unib chiqishi;
-ekish chuqurligini saqlagan holda ekish aniqligi yuqoriligi;
-turli hil oraliqda va har-xil urug'larni ekishga sozlash imkoni qulayligi.
Dastaki usulda ekish apparati ekish seksiyasi katokli bo'lib, oraliqlarni g'altakdagi urug' o'rinlari hisobiga bunkerdan olish ishlari bajariladi.
1-rasmda keltirilgan loyihalangan dastaki seyalkada yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun yog'ochdan tayyorlangan katushkalardan ishlangan. Bunda yog'och materiali urug'larni bunkerdan olishda urug'ga zarar yetmaydi [10-13].
1-bunker; 2-tayanch g'ildirak,3- dastak,4-ekkich,5-urug' yo'naltirg'ich,6-o'qdan harakatni olish uchun yulduzcha, 7-8-rama; 9-rostlagich, 10-g'ildirak, 11-g'altakni aylantiruvchi yulduzcha
1-rasm. Dukakli urug'larni ekishga mo'njallangan ikki qatorli ekish seyalkasi.
Ekish apparati harakatni tayanch harakatlanuvchi 2 g'ildirakdan zanjir orqali oladi. Seyalka harakatlanishida bunkerdagi urug'larni kattaligiga mos holda tayyorlangan 5 o'tkazgichlar orqali 1 bunkerdagi urug'larni ilib oladi va urug'ni yo'naltiruvchi shlanga 5 orqali 4 ekkich soshnik klapaniga borishini ta'minlaydi. Ekish oralig'ini masofasini o'zgartirish uchun katushkadagi urug' uyasini sonini ko'paytirish yoki kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi. Seyalkani ishga tayyorlashda urug' uyasini bir metrga mosligini, soshnik ni chuqurligini va qator oralari masofasini tekshirib olinadi. Ekish tezligi g'ildiraklarni aylanish tezligiga bog'liq.
Mayda urug'larni ekish uchun mo'ljallangan qo'l seyalkasining asosiy parametrlariga uning sabzavot urug'larini aniq uyalarga donalab ekish, qator va uyalar oralarini 5-15 sm oralig'ida joylashtirib ekishni ta'minlash, hamda qo'l kuchiga nisbatan mehnat sarfini bir necha marotabaga orttirishdan iborat.
Taklif etilayotgan qo'l seyalkasining konstruktiv sxemasi 2-rasmda keltirilgan. Respublikamizdagi aksariyat kichik fermer, dehqon va tomorqa xo'jaliklarida asosan 60 va 70 sm qator oralariga ekin ekiladi. Shu bois 60 sm qator oralariga mos holda rediska urug'ini ekadigan seyalkaning ishlab chiqildi (2-rasm).
Biz uchun asosiy parametr bu rediska urug'ini ekishdagi urug'lar orasidagi masofa 5-6 sm. ni ta'minlash. Shu bois seyalkaning urug'dondan ajratib oladigan g'altakning 5 sm
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
3
7
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XOJALIKMASHINALARI
oraliqdagi uyaga tashlab ketiladigan urug'larni aniq miqdorlash. Bunda miqdorlagich diametri va urug' ajratuvchi teshiklar oralig'ini aniqlash lozim.
Mavjud qo'l seyalkalarning tahlillari natijalariga asoslanib, kuch uzatish g'ildiragining diametrini 200 mm qilib olamiz.
2-rasm. Qo'l seyalkasining konstruktiv sxemasi
Baraban tipidagi ekish mashinalarida uyali ekish silliq barabanlar bilan yoki uyali ekish bilan amalga oshiriladi. Silliq bo'lganlarda, so'ruvchi teshiklari barabanni hosil qiluvchi bo'ylab guruhlarda joylashgan. Guruhdagi teshiklar orasidagi masofa barabanning konstruktiv kengligi va bitta uyaga ekilgan urug'lar soniga qarab belgilanadi. Bu holda teshiklarning aylanadagi qadami quyidagi formula bo'yicha bitta ekish bilan bir xil tarzda hisoblanadi [8,10].
t = 2a - d
bu yerda t - bir urug'ni ekish barabanidagi (diskdagi) so'ruvchi teshiklarining minimal qadami; a - ekilgan urug'larning maksimal uzunligi; d- uyaning diametri.
O'tkazib yuborish yoki ortiqcha ekish sababi uyalar va ekilgan urug'larning kattaligi o'rtasidagi nomuvofiqlik bo'lishi mumkin. Agar urug'lantiruvchi uyalar sonini kamaytirishi kerak bo'lsa, ba'zi uyalar mum bilan yopilishi mumkin. Mumdan bunker devori va ekish g'altagi orasiga plomba sifatida ishlatilishi mumkin.
Bitta urug' bitta uyadan 2 ta yoki 3 ta urug' o'tishi sharti bilan, ekuvchi valdagi uyalar sonini quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
n =
3,14Dqi 3,14 • 0,2 • 20-1
= 12,81
BK 0,99 • 0,98 (eng yaqin butun songacha yaxlitlanadi) bu yerda: D - harakat uzatuvchi g'ildiraklarning diametri, D=0,2 m; q - urug'larni ekish me'yori, dona; bir pogon metrda ekiladigan uyalar soni q=20; i - yurish g'ildiraklaridan urug' sepuvchi g'altakga uzatishlar soni, i=1; B - urug'larning tuproqdagi unuvchanligi, B=1,0; K -g'ildirakning shataksirash koeffitsiyenti, K=0,96-0,98.
Ekish g'altagining aylanasi bo'ylab uyalar markazlari orasidagi masofa quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
L =
3,14d 3,14 • 0,05
= 0,0122 m = 1,22 cm
n
12,81
bu yerda d - ekkich g'altagining diametri, d=50 mm.
Ekkich g'altagining aylanasi uzunligi l=12,97 sm (3-rasm). Uni quyidagi formula orqali hisoblaymiz:
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI I = 3,14^ = 3,14 -0,05 = 12,97cm «13cm
?>200
050
3-rasm. G'ildirak va galtak olchamlari
Uyachalar o'ichamdagi doiraning bir xil chizig'i bo'ylab joylashtirilmasa, ular ilon bilan burg'ulashadi.
Urug'lik rulosining diametrini tanlashda e'tiborga oling: aylana qanchalik katta bo'lsa, hujayralami urug'lar bilan to'ldirish yaxshiroq bo'ladi.
Qo'l seyalkasining ekish g'altagiga harakatni tayanch harakatlanuvchi g'ildirakdan oladi. Seyalka harakatlanishida bunkerdagi urug'larni kattaligiga mos holda tayyorlangan chuqurliklar orqali urug'larni ilib oladi va urug'ni yo'naltiruvchi orqali tuproqqa tushishini ta'minlaydi. Ekish oralig'ining masofasi bir turdagi ekin urug'i uchun bitta tur g'altagida ekish amalga oshiriladi. Uni o'zgartirish uchun g'iltakdagi urug' uyasini sonini ko'paytirilgan yoki kamaytirilgan g'altaklarga almashtirish orqali amalga oshiriladi. Ekish tezligi g'ildiraklarni aylanish tezligiga bog'liq.
Tadqiqotni o'tkazish usullari va natijalari
Mayda urug'li sabzavot ekinlari urug'larini ekadigan qo'l seyalkaning parametrlari va ish rejimlarini o'rganish hamda uning maqbul qiymatlarini topish uchun urug'ni aniq me'yorlarda punktir va uyalash usulida ekish imkoniyatlari sinab ko'rildi.
Ekish sifatini baholash mezoni qilib urug'larning aniq ekilishini ta'minlash qabul qilindi. Tajribalarda olingan natijalarga ma'lum metodikalar yordamida ishlov berildi [13,14].
Transporter lentasining ustiga tushgan urug'larning joylashish masofalari 1 mm aniqlikdagi chizg'ich yordamida o'lchandi.
Ekish diskining aylanishlar soni punktir usulda ekishda 0,46 s-1, har bitta uyaga 2 ta va 3 tadan ekish usullarida mos ravishda 0,31 s-1 va 0,23 s-1 ni tashkil qildi. Bunda har bitta uyaga bittadan ekishda uyalar orasi 10 sm ni, ikkitadan va uchtadan ekishda esa 15 sm va 20 sm ni tashkil qildi. Laboratoriya sinovlari natijalari 4-rasmda keltirilgan.
Pomidor urug'ini punktir usulda ekishda uning ekish aniqligi 92,2 foizni tashkil qildi. Bo'sh qolgan uyalar 3,3 foizni va har bitta uyaga ikkitadan urug' tushgan uyalar miqdori 4,5 foizni tashkil qildi. Har bitta uyaga 2 tadan urug' ekilganda ekish a niqligi 86,8 foizni tashkil qilib, bo'sh qolgan uyalar kuzatilmadi. Bittadan va uchtadan urug'lar tushgan uyalar miqdori mos ravishda 9,4 foiz va 3,8 foizni tashkil qildi [15].
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
1001----------
92,2
%---
80---
60
40---
20---
3,3
012 123 234
уядагн уруглар сони, донн
a) b) v)
a)-punktir usulda ekilganda; b)-har bitta uyaga 2 tadan urug' ekilganda; v)-har bitta uyaga 3 tadan urug' ekilganda 4-rasm. Pomidor urug'ini punktirlab va uyalab ekish aniqlik diagrammasi
Har bitta uyaga 3 tadan urug' ekilganda ekish aniqligi 70,9 foizni tashkil qilib, 2 tadan urug' tushgan uyalar miqdori 23,3 foizni, 4 tadan urug' tushgan uyalar miqdori 5,8 foizni tashkil qildi.
Xulosa. Shunday qilib, ekish sifatini yetarli darajada ta'minlash uchun urug'lik sifatini oshirib, uyaga bittadan yoki ikkitadan urug' tashlab ekish maqsadga muvofiqdir.
Mayda urug'li ekinlar urug'larini to'g'ridan-to'g'ri dalaga, bir yo'la ochilgan ariq tubiga aniq me'yorlarda ekib ketadigan qo'l seyalkasining texnik hujjatlari tayyorlandi. Texnik hujjatlar asosida qo'l seyalkasining tajribaviy nusxasi tayyorlanib laboratoriya sharoitida sinab ko'rildi. Pomidor urug'ini punktir usulda ekishda uning ekish aniqligi 92,2 foizni, har bitta uyaga 2 tadan va 3 tadan urug' tashlab ekilganda, mos ravishda, 86,8 va 70,9 foizni tashkil qiladi.
ADABIYOTLAR
1. QXI-2-002-2013 «Mayda urug'li sabzavot ekinlari urug'ini ekadigan agregat va makkajo'xori qobiqli so'talarini yanchib donini ajratuvchi qurilmaning nusxalarini tayyorlash hamda qishloq xo'jaligiga joriy etish» mavzusidagi innovatsion loyiha bo'yicha hisobot (yakuniy). - Gulbahor: QXMEI, 2014. - 83 b.
2. Soliev H. M. et al. Course stability models of a wide-width tractor unit //IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. - IOP Publishing, 2022. - Т. 1112. - №. 1. - С. 012033.
3. Soliev X. M., To'xtaboev M. A. Keng qamrovli chigit ekish mashina-traktor agregatini agrotexnik ko'rsatkichlari //MEXANIKA VA TEXNOLOGIYa ILMIY JURNALI. - 2021. - T. 2. - №. 3. - S. 39-43.
4. Normirzaev A. R., Nuriddinov A. D., Bekmirzaev SH. B. O'. Donador urug'larni ekadigan mini seyalka ekish apparatini ishchi qism o'lchamlarini asoslash // MEXANIKA VA TEXNOLOGIYa ILMIY JURNALI. - 2022. - №. Maxsus son 1. - S. 78-83.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI
5. Normirzaev A., Bekmirzaev SH. Dukkakli ekinlarni ekish uchun kush katorli seyalka //FarPI ilmiy-texnika jurnali.-Fargona. - 2021.
6. Normirzaev A., Nasritdinov A., Dadaxo'jaev A. Oraliq ekinlar ekish uchun asosiy va ekish oldidan tuproqqa ishlov beruvchi agregatni ishlab chiqish. FarPI ITI jurnali. - Farg'ona, 2014. - B. 44-46.
7. https://sejalki.ru/articles/protsess-viseva-semyan-pnevmaticheskimi/opredelenie-optimalnih-parametrov.html
8. Kyada, A. R, Patel, D. B. Design and development of manually operated seed planter machine. International 26th All India Manufacturing Technology, Design and Research Conference (AIMTDR 2014), 2014, IIT Guwahati, Assam, India volume 2, No.728 .590-1-6-6.
9. Bekmirzaev SH., Normirzaev, A. R. Donli ekinlarni ekish uchun qatorli qo'l seyalkasi / Materialbi konferentsii: Mashinasozlikda innovatsiyalar, energiyatejamkor texnologiyalar va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish. 2021. Tom 2. - S. 321-325.
10. Soliev H. M., Akhmadjanovich M. T., Turgunov Z. X. Energy performance of wide-width cotton seed sowing aggregate //AIP Conference Proceedings. - AIP Publishing, 2023. - Т. 2821. - №. 1.
11. Nishonov B., Normirzaev A., Tukhtabayev M. Study on the development of a rotary soil softener //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2023. - Т. 434. - С. 03013.
12. Сотволдиев М. М., Нуриддинов А. Д., Тухтабаев М. А. Разработка ручной сеялки для посева мелких семян //Экономика и социум. - 2023. - №. 4-1 (107). - С. 11341137.
13. Аугамбаев М., Иванов А.В., Терехов Ю.И. Основы планирования научно-исследовательского эксперимента. -Ташкент: Укитувчи,1993. - 336 с.
14. Листопад И.А. Планирование эксперимента в исследованиях по механизации сельскохозяйственного производства. - М.: Агропромиздат, 1989. - 89 с.
15. Яковец, А.В. Обоснование рациональных параметров плоского сбрасывателя лишних семян пневмовакуумного высевающего аппарата / А.В. Яковец, А.Ю. Несмиян // Вестник КрасГАУ. - 2012. - № 7. - С. 114-120.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024