Научная статья на тему 'PIYOZ MAHSULOTINI YETISHTIRISHNING TEXNIKA VA TEXNOLOGIYASI'

PIYOZ MAHSULOTINI YETISHTIRISHNING TEXNIKA VA TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
508
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Piyoz / ekish usullari / yerni tayyorlash / pluglar / seyalkalar / ekish muddatlari / iqlim mintaqalari / urug‘ sarfi / ertagi ekish / yoz-kuzgi ekish / ekish agregatlariga qo‘yiladigan talablar / SONP-2 / 8 sabzovot seyalkasi

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Ortikov Vohidjon Bozorboy O‘g‘li

Maqolada, piyoz urug‘ini ekish texnikasi bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar, ekish usullari, muddatlari hamda piyoz ekish tadbirlarini sifatli bajarish uchun amalga oshiriladigan chora tadbirlari to‘g‘risida tavsiya va ko‘rsatmalar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PIYOZ MAHSULOTINI YETISHTIRISHNING TEXNIKA VA TEXNOLOGIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

PIYOZ MAHSULOTINI YETISHTIRISHNING TEXNIKA VA TEXNOLOGIYASI Ortikov Vohidjon Bozorboy o'g'li doktorant

TIQXMMI MTU ning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.8001933

Annotatsiya. Maqolada, piyoz urug'ini ekish texnikasi bo'yicha qisqacha ma'lumotlar, ekish usullari, muddatlari hamda piyoz ekish tadbirlarini sifatli bajarish uchun amalga oshiriladigan chora tadbirlari to'g'risida tavsiya va ko'rsatmalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Piyoz, ekish usullari, yerni tayyorlash, pluglar, seyalkalar, ekish muddatlari, iqlim mintaqalari, urug' sarfi, ertagi ekish, yoz-kuzgi ekish, ekish agregatlariga qo'yiladigan talablar, SONP-2,8 sabzovot seyalkasi.

Kirish. Piyoz mahsulotini ishlab chiqarish bo'yicha Xitoy, Hindiston, AQSH va Eron kabi davlatlar yetakchi o'rinni egallaydi va shu bilan birga piyoz ushbu davlatlar sabzavotchiligida asosiy ekinlardan biri hisoblanadi. O'zbekistonda ham piyozni yangi serhosil va turli muddatlarda yetishtirishga mos navlarini yaratish, urug'idan, ko'chatidan hamda no'shtidan yetishtirishda takomillashgan texnologiyalarni qo'llash dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Ma'lumki fermer hamda dehqon xo'jaliklari piyoz urug'ini ekish uchun yerni tayyorlash va urug' ekishni agrotexnik tadbirlar asosida bajarishga harakat qiladilar. Zero, mayda urug'li sabzovot ekinlarini yetishtirishda yer sifatli shudgorlanib, tekislansa va mayin tuproq hosil qilinsa piyoz urug'i bir xil chuqurlikka tushadi va keyinchalik bir tekis unib chiqadi.

Respublikamizda hozirgi kunda 50 ming gektardan ortiq maydonda piyoz ekini yetishtirilmoqda. Dalalarni ekishga tayyorlashda dastlab pluglar yordamida shudgorlanadi. Bunda asosan lemexli pluglar hamda diskli pluglar bilan ishlov berish yoki bo'lmasa umumiy ishlarga mo'ljallangan pluglar yordamida ishlov berish tavsiya qilinadi.

Yerni ekishga tayyorlash. Dehqon va fermer xo'jaliklari uchun 3 korpusli (PN3-30) ag'darma-osma pluglar, texnik ekinlar uchun mo'ljallangan yerlarni haydashda 3 korpusli (PDN-3-30) va to'rt korpusli (PDN-4-45) ag'darma-osma pluglar, yerni bir tekis ag'darib haydash uchun ag'darma-osma plug (EurOpal 9 (4+1) N 100) ("Agregat" zavodi va "Lemken" firmasi) va boshqa turdagi pluglar ishlab chiqarilgan. Bu pluglar yerni 18 - 45 sm chuqurlikda haydaydi.

Piyoz urug'ini ekish oldidan dala yuzasini chizel-kultivatorlar, mola-tekislagichlar (dilnavoz) kabi mashinalar bilan ishov beriladi. Ularning yaxshi ishlashi uchun ishlov berilayotgan paykallar tuprog'I yaxshi yetilgan, haydovda hosil bo'lgan notekisliklar, sho'r yuvish va yahob suvi berish uchun ochilgan ariqlar va olingan pollar oldindan tekislangan bo'lishi zarur.[3]

Ekish usullari va mashinalari. Hozirgi kunda respublikamizda piyoz urug'ini uch muddatlarda ekilib yetishtiriladi: bahorgi (fevral oxiri mart oyining boshlari), yozgi va kech-kuzgi (avgust oxiri sentyabr boshlari) hamda to'qsonbosti (noyabr oxiri dekabr boshlari).

Piyoz urug'lari iqlim mintaqalari bo'yicha:

-markaziy iqlim mintaqada (Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlari) kechki muddatda.

-shimoliy iqlim mintaqada (Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati) 25-iyundan 10-sentyabrgacha, yozgi-kuzgi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

-janubiy iqlim mintaqada (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida) 20-fevraldan 10-martgacha, ertagi; ekiladi.[2]

Bahorgi muddatda gektariga 10-12 kg, yozgi-kuzgi muddatda 16-20 kg hisobidan yerning nishabiga qarab, qatororalarini (40+15+15+15)x1,5-2sm, 3 va 4 qatorli lentasimon usulda ekiladi. Urug'lar 1,5-2 sm chuqurlikka ekilishi tavsiya qilinadi.[2] Bunda SONP-2,8 sabzavot seyalkasi (Rossiya), Schmotzer firmasining UD 2000 rusumli seyalkasi (Germaniya), SKON-4,2, SO-4,2, SKOSSH-2,8, SNUP-4,2, Stanhay S 981, Monotsentra SP, Klen va boshqa rusumdagi texnika vositalaridan foydalanib kelinmoqda.[1]

Bunda Rossiyada ishlab chiqilgan SONP-2,8 osma pnevmatik seyalka silliqlangan va saralangan piyoz, pomidor, lavlagi, sabzi, petrushka, qalampir, baqlajon va boshqa mayda urug'li sabzavot ekinlari urug'larini pushtaga va tekis maydonlarga punktirli va uyalab ekish uchun mo'ljallangan.

SUPO-6, SOPG-4,8, SNUP-4,2 (Rossiya), Stenxey S 981, Uebb-5 (Angliya), Nibeks (Shvetsiya), Miniayr, Monotsent SP, Pnevmatik Akkord (Germaniya) seyalkalari urug'larni qatorlab, punktirli hamda uyalab ekishga mo'ljallangan. Ushbu seyalkalar ekish seksiyalari, ventilyator, kesak surgich, oldingi va orqa zichlash g'ildiraklar, pnevmatik va mexanik ekish apparatlari bilan jihozlangan.

Schmotzer firmasining UD 2000 rusumli seyalkasi urug'larni 4, 12 va 18 qatorlab ekishga mo'ljallangan. Bunday keng qamrovli modifikatsiyadagi seyalkalarni transportirovka qilishni yengillashtirish maqsadida, ikki yon seksiyalari gidravlik yig'iladigan qilib tayyorlangan.

Piyoz urug'ini ekishdan oldin seyalkaning soz holatda ekanligi, ishchi qismlarini yaxshilab mahkamlanganligi tekshiriladi, ekish jarayoni va sifatiga bevosita ta'sir qiladigan qismlariga alohida e'tibor qaratiladi.

Seyalkaning sozlik holatini baholaydigan ko'rsatkichlar quyidagilardan iborat: -piyoz urug'i solinadigan urug' bunker hamda bankalarda teshik va yoriqlarning bo'lmasligi;

-urug' bunkeri hamda bankalarida urug' taqsimlash uchun mo'ljallangan uyachalarni tozaligi;

-urug' sarfi me'yorini sozlaydigan qurilmalarning sozligi;

urug' o'tkazgichlarda xar xil shikastlar yo'qligi (teshik va yoriqlar);

Piyoz urug'ini ekish agregatlariga qo'yiladigan agrotexnik talablar:

-urug' tarkibida begona urug'lar, has-cho'plarning miqdorini kamaytirish -imkon qadar bir xil o'lchamdagi urug'larni elakdan o'tkazib olish -urug'lar orasidagi masofa 10-15 sm dan oshmasligi

-har bir tasma orasidagi masofani seyalkaning dastlabki rostlanishida sozlash (agranom tavsiyasiga ko'ra)

-urug'ni bir xil chuqurlikda ko'milishini ta'minlash. Buning uchun seyalkaning ekkichlarini belgilangan tartibda maksima l2 sm chuqurlikka sozlash.

Unib chiqadigan piyozni har xil kasalliklarga chidamliligini oshirish uchun urug'ni zarur kimyoviy moddalar qo'shilgan suyuqlikda ekish oldidan 30 daqiqa to'yintirish kerak.

Kelgusida piyoz yetishtirishda ekishning yangi va intensiv texnologiyalarini joriy etishni ta'minlaydigan texnik vositalarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishni asoslaydigan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish muhim masalalardan bo'lib qoladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

REFERENCES

1. V.I.Zuyev, A.G.Abdullaev - Sabzavot ekinlari va ularni yetishtirish texnologiyasi - T, O'zbekiston, 1997.

2. Zuev Vladimir Ilich, Qodirxo'jaev Orif, Adilov Maxsud Mirvasitovich, Akramov Umidilla Ikramdjanovich - Sabzavotchilik va polizchilik o'quv qo'llanma - Toshkent 2010

3. Ibragimov A., Karakhanov A., Abdurakhmanov A., Eshdavlatov A.,Uteniyazov P., Khadzhiev A. Research results for a new onion seed drill // Agricultural machinery and technologies. - Moscow, 2020.- N 4. - C.12-16.

4. Islomova D.M. Piyozning ertapishar ravnaq navi // Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik holati, muammolari va rivojlanish istiqbollari: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi maqolalar to'plami. - Toshkent, 2018. 31-33 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.