Научная статья на тему 'SABZAVOT EKINLARI YETISHTIRISHNING YANGI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI'

SABZAVOT EKINLARI YETISHTIRISHNING YANGI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
399
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kechpishar / navlar / mintaqa / kaliy / fosfor / o‘g‘itl / sabzavot / pomidor

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Teshaboyeva Maftuna Ikromjonovna, Ro‘zmamatova Irodaxon Asqarali Qizi, Raximjonova Sadoqat Olimjon Qizi-

Markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda ertapishar navlarni aprelning 1-2-o‘n kunligida, o‘rta va kechpisharlarni esa aprelning 2-yarmidan boshlab may oyining 1-yarmigacha, shimoliy mintaqalarda esa ertapishar navlar ko‘chati aprelning 2-o‘n kunligida, o‘rta va kechpisharlari aprelning 3-o‘n kunligi va mayning 1-o‘n kunligida ekish maqbul muddat hisoblanadi. Ekinlarni oziqlanish maydonlarini belgilashda ekish sxemalariga e’tibor qaratish lozim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SABZAVOT EKINLARI YETISHTIRISHNING YANGI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

SABZAVOT EKINLARI YETISHTIRISHNING YANGI ZAMONAVIY

TEXNOLOGIYALARI 1Teshaboyeva Maftuna Ikromjonovna, 2Ro'zmamatova Irodaxon Asqarali qizi,

3Raximjonova Sadoqat Olimjon qizi

1Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi, [email protected] 2'3Farg'ona davlat universiteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.8002117 Аннотация. Markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda ertapishar navlarni aprelning 1-2-o'n kunligida, o'rta va kechpisharlarni esa aprelning 2-yarmidan boshlab may oyining 1-yarmigacha, shimoliy mintaqalarda esa ertapishar navlar ko'chati aprelning 2-o'n kunligida, o'rta va kechpisharlari aprelning 3-o'n kunligi va mayning 1-o'n kunligida ekish maqbul muddat hisoblanadi. Ekinlarni oziqlanish maydonlarini belgilashda ekish sxemalariga e 'tibor qaratish lozim.

Kalit so'zlar: kechpishar, navlar, mintaqa, kaliy, fosfor, o'g'itl, sabzavot, pomidor.

Ko'chati va urug'i bilan ekish rejalangan sabzavot hamda poliz ekinlarini ekish, erta hosil olish uchun to'qsonbosti, erta bahorgi muddatlarda ekilgan sabzavot maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o'tkazish aynan aprel oyiga to'g'ri keladi. Janubiy viloyatlarda ertagi nav-lar ko'chatlari martning 3-o'n kunligida, o'rta va kechpishar navlar esa aprelning 1-2-o'n kunligida ekiladi. Markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda ertapishar navlarni aprelning 1-2-o'n kunligida, o'rta va kechpisharlarni esa aprelning 2-yarmidan boshlab may oyining 1-yarmigacha, shimoliy mintaqalarda esa ertapishar navlar ko'chati aprelning 2-o'n kunligida, o'rta va kechpisharlari aprelning 3-o'n kunligi va mayning 1 -o'n kunligida ekish maqbul muddat hisoblanadi. Ekinlarni oziqlanish maydonlarini belgilashda ekish sxemalariga e'tibor qaratish lozim. Pomidorning ertapishar va o'rtapishar navlari ko'chati u qadar nishab bo'lmagan dalalarda 70x25(30) sm, tekis maydonlarda 90x25(30) sm, uzun palakli navlar 90x40 sm, (140+70)x25sm, shirin qalampir 70x30 sm yoki 90x25 sm, baqlajon 70x30(40) sm yoki 90x25(30) sm sxemalarda ekiladi va albatta sug'oriladi.Birinchi ishlov va sug'orishdan 13-15 kun o'tgach, yana sug'oriladi va tuproqqa ishlov berish imkoniyati bo'lishi bilan ikkinchi ishlov tadbirlari o'tkaziladi. Bunda qator oralari kultivator bilan 15-16 sm chuqurlikda yumshatilib, o'simliklar atrofidagi begona o'tlarni yo'qotish uchun yaxshilab chopiq qilinadi. Ushbu sabzavot ekinlari, ayniqsa, pomidor suvga talabchan hisoblanadi. O'simliklar o'suv davri davomida sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda har bir sug'orishda 500-600 m3/ga hisobida 18-20 marotaba, sizot suvi yuza joylashgan o'tloqi va o'tloqi-botqoq tuproqli maydonlar 600-800 m3/ga hisobida 12-15 marta sug'oriladi. Sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda hosil yetilguncha har 8-12 kunda, hosil yoppasiga pishish arafasida 5-7 kunda sug'oriladi. Pomidor mevalari qiyg'os pishgan davrida yorilib ketmasligi uchun hosil terib olingandan so'ng sug'orish tavsiya etiladi. Pomidor, shirin qalampir va baqlajondan ko'zlangan yuqori hosil olish uchun bo'z tuproqli maydonlarga 25-30 t/ga go'ng berilganda ekinlarni sof holda 180-200 kg azotli, 140-160 kg fosforli va 100 kg kaliyli o'g'itlar bilan, o'tloqi tuproqli maydonlarda esa 140-150 kg azotli, 100-120 kg fosforli hamda 80-100 kg kaliyli o'g'itlari bilan oziqlantirish lozim. O'g'itlash tadbirida jami organik o'g'it (go'ng) va fosforli o'g'itning 75% hamda kaliy o'g'itining 50% kuzgi shudgorlashdan oldin solinadi. Ko'chatlarni ekishdan avval fosforli o'g'itning qolgan qismi va azotli o'g'itning 20% hamda azotli o'g'itning qolgan 80% ikkiga teng bo'lib, birinchi qismini ko'chatlar tutib

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

olgandan keyin, qolgan qismini esa kaliy o'g'itining qolgan 50% bilan aralashtirilib, o'simliklar meva tugish davrida solinadi. O'rtagi (muddat) oqbosh karam ko'chatlari janubiy mintaqalarda 10-20 may, markaziy mintaqalarda 15 apreldan 1 maygacha va shimoliy mintaqalarda 1-15 aprelda ekiladi. Ko'chatlar 70x35(40) sm sxemada ekiladi. Ko'chatlarni ekib bo'lgach to'liq tutib olishini ta'minlash uchun sug'orish tadbiri amalga oshiriladi. Ekish uchun oqbosh karamning o'rtapishar "Toshkent-10", "Saratoni" hamda "Termez-2500" navlari tavsiya etiladi. Oqbosh karam ko'chatlari to'liq tutib olganidan 16-18 kun o'tgach, o'simliklarga kompleks ishlov beriladi, bunda o'simlik qator oralari KRN-2,8A rusumli agrégat yordamida 15-16 sm chuqurlikda yumshatiladi. O'simlik oralari qo'lda yengil chopiq qilinib, begona o'tlardan tozalangach, sug'oriladi. Yumshatish bilan birga o'simlik mineral o'g'itlar bilan oziqlantiriladi. O'g'itlash tadbirida bir gektar maydonga 20-25 tonna go'ng, sof xolda 150 kg azot, 100 kg fosfor, 50 kg kaliy berilishi kerak. Fosforli o'g'itlarning 70-75% va kaliyning 50% yerga asosiy ishlov paytida beriladi. Fosforning qolgan qismi va azotning 50% birinchi ishlov paytida, azot va kaliyning qolgan qismi karam bosh o'ray boshlaganda beriladi. Bodring ekinining urug'lari janubiy mintaqalarda 1-15 aprel, markaziy mintaqa viloyatlarida 10-20 aprel, shimoliy mintaqalarida esa 20-30 aprelda ekiladi. Saralab olingan sifatli urug'lar katta maydonlarga SBU-2,4A seyalkasida, kichik maydonlarga qo'l kuchi yordamida 70x30 sm, 90x20 sm sxemada, 4-5 sm chuqurlikka ekiladi. Urug' sarfi gektariga 4-5 kg. Bodringning mahalliy "Ranniy-645", "Uzbekskiy-740", "Zilol", "Navro'z" navlari va har bir hudud uchun tavsiya etilgan boshqa nav va duragaylarni ekish tavsiya etiladi. Urug'lar ekilgandan so'ng o'simlik nihollari urug' palla chiqarganda birinchi, bitta chinbarg davriga kirgandan keyin esa ikkinchi marta yaganalash tadbirlari o'tkaziladi. O'simlik qator oralariga KRN-2,8A, KON-2,8, KXO-4 rusumli agregatlar bilan 15-16 sm chuqurlikda ishlov berib, o'simlik atrofini muntazam yumshatib, oziqlantirib boriladi. Ushbu ekin suvga ancha talabchan ekin bo'lib, yuqori hosilning asosiy omili - vaqtida va meyorida sug'orish hisoblanadi. Bahorda ekilgan bodringning hosil to'plash va o'suv davri odatda kechkisiga qaraganda uzoqroq davom etadi. Ekinning naychalash - hosil to'plash davri yozning issiq paytiga to'g'ri keladi. Har qaysi fazada har xil miqdorda suv talab qilishi, harorat sharoitini e'tiborga olib, sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda bodring har 7-8 kunda sug'orib turiladi. Hosil to'plash davri boshlanishi bilanoq ekin tez-tez, yoppasiga hosilga kirganda esa har qaysi terimdan keyin, ya'ni kamida 2-3 kun oralatib sug'oriladi. Ana shunday qilinganda sizot suvi chuqur uchastkalarda ertagi bodringga o'suv davrida 16-18, yuza yerlarda esa kamroq, 911 marta suv beriladi. O'suv davri mobaynida bodring har ikki-uch sug'orishdan keyin qator oralari 15-16 sm chuqurlikda yumshatib turiladi. Poliz ekinlari urug'lari respub-likamizning markaziy mintaqasida joylashgan viloyatlarda ertagi navlari 15 aprelgacha, o'rtagisi 20 apreldan 10 maygacha, kechkisi 15 maydan 10 iyungacha, janubiy viloyatlarda ertagi navlar 10 aprelgacha, o'rtagisi 10-20 aprelda, kechkilari esa 10-20 iyunda ekiladi. Shimoliy mintaqalarda ertagi navlarni 20 aprelgacha, o'rtagisini 25 apreldan 10 maygacha, kechkisini 20-30 mayda ekish tavsiya etiladi. Ekish uchun qovunning ertapishar "Rohat", o'rtapishar "Suyunchi-2", "Oltin vodiy", "Lazzatli", "Oltin tepa", "Kichkintoy", "Obi novvot", "Gurvak", "Bo'rikalla", kechpishar "To'yona", "Gurlan", "Amudaryo", "Gulobi" "Xorazmiy", "Zar gulobi", "Saxovat", tarvuzning ertapishar "O'rinboy", "Shirin", "Manzur", F1 "Chillaki", "Krisbi", "Krimstar" va o'rta ertapishar "Surxon tongi" nav va duragaylarini ekish tavsiya etiladi. Tarvuz va qovun ekish rejalashtirilgan maydonlar kuzda 35-40 sm. chuqurlikkacha shudgor qilinadi. Haydash oldidan ma'dan o'g'itlarni solish hosildorlikni ishirish imkonini beradi. Bahorda kunlar isishi bilan,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2G23

tuproq harorati l4-15oS ga yetganda poliz ekinlari urug'ini ekishga kirishiladi. Qator oralari 210-280 sm. li keng egat olinadi. Bu poliz ekinlari qator oralariga to'rt g'ildirakli traktorlar bilan ishlov berish imkonini beradi. Ekish shakli qovun uchun (2l0+70):2x70, tarvuz uchun (270+90) ):2x70 sm. Urug'lar 3-6 sm chuqurlika ekiladi. Mayda urug'li qovun va tarvuzlarni ekish uchun gektariga 4 kg, yirik urug'li tarvuzlarni ekish uchun 5-6 kg urug' sarflanadi. Ertaroq hosil olish uchun ertagi muddatda urug'i sepilgan piyoz maydonlarida unib chiqayotgan bir va ko'p yillik begona o'tlarni o'z vaqtida o'tab, o'simliklarni yaganalash, tuproq turi, namligi hamda yerosti suvlarining chuqurligiga ko'ra o'simlikni o'z muddatida sug'orish, har 2-3 sug'orish oralig'ida o'simlik egatlari orasini 12-14 sm chuqurlikda yumshatib, qator oralarida paydo bo'lgan o'tlarni yo'qotish, o'simliklarni o'sib-rivojlanish holatiga qarab tavsiyalarga ko'ra mineral o'g'itlar bilan meyorida va muddatida oziqlantirish o'simlikning yaxshi o'sib-rivojlanishini va erta hosilga kirishini ta'minlaydi.Piyozni sug'orish to piyozboshi shakl-lanishining oxirigacha davom ettiriladi, yangi barg o'sib chiqqandan so'ng to'xtatiladi. Piyozboshining o'sishi to'xtagandan keyin 12-14 kun oralatib ikki marta sug'oriladi. Sizot suvi chuqur joylashgan bo'z tuproqli yerlarda qishga yaqin va ko'klamda ekilgan piyozni o'suv davrida 11-13, sizot suvi yaqin joylashgan maydonlarda esa 7-9 marta sug'orish kerak. Har galgi sug'orish meyori 350-400 m3/ga hisobida amalga oshiriladi. To'qsonbosti muddatda va erta bahorda ekilgan ildizmevali sabzavotlar asosan aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab sug'oriladi. Dastlab ekin har 12-15 kunda, mayning ikkinchi dekadasidan boshlab, ya'ni ildizmevalar jadal kattalashayotganda har 7-8 kunda sug'oriladi. Sug'orish meyori sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda ertagi sabzi va osh lavlagi o'suv davrida 550-600 m3/ga hisobida 8 marta, suvi yuza joylashgan dalalarda esa 5-6 marta. Sabzi tuproq unumdorligiga ancha talabchan hisoblanadi, o'simlik uchun oziqa yetarli miqdorda berilganda yuqori hosil olish imkoni ortadi. Bo'z tuproq yerlarda ertagi va o'rtagi sabzi maydonlariga gektariga sof holda 220 kg azotli, 160 kg fosforli va 100 kg kaliyli o'g'itlar bilan oziqlantiriladi. O'tloqi, o'tloqi-botqoq tuproqli maydonlarda esa 175 kg azot, 130 kg fosfor, 80 kg kaliy bilan oziqlantirish tavsiya etiladi. Oziqlantirishda fosfor o'g'it umumiy miqdorining 75 foiz, kaliyning hammasi yerlarni asosiy ishlov davrida fosforning salkam 25 foiz yerni boronalab, egat olishda beriladi. Azotli o'g'it o'simlikni vegetatsiya davrida oziqlantirishda ikkiga bo'lib beriladi. Birinchisi o'toq qilinib, o'simliklar siyraklashtirilgandan so'ng, ikkinchisi esa 2-3 tadan chinbarg paydo bo'lganda solinadi. O'g'itlar qator oralariga o'simlikka yaqinroq qilib berilishi maqsadga muvofiq. Ertagi kartoshkadan yuqori hosil olishda o'simlik o'suv davri davomida 450-600 m3 hisobida o'tloqi tuproqli maydonlarda 4-6 marotaba, bo'z tuproqli maydonlarda esa 5-7 marotaba sug'orish tavsiya etiladi. Har ikki sug'orish oralig'ida qator oralari o'simlik shonalaguncha 10-12 sm chuqurlikda tadbir KRN-2,8A, KON-2,8A, KXO-4 rusumli kultivator bilan yumshatiladi. Kartoshkani oziqlantirish ham katta ahamiyatga ega. Bunda bo'z tuproqli yerlarga gektariga sof holda 220 kg azot, 170 kg fosfor, 115 kg kaliy, o'tloqi, o'tloqi-botqoq yerlarda yetishtirilganda esa 180 kg azot, 150 kg fosfor, 100 kg kaliy berish tavsiya etiladi. O'g'itlardan 70-75% kaliyni jami kuzda yerni ekishga tayyorlaganda beriladi. Qolgan 25% fosfor, 20-25% azot bilan ekish egatlari olishda ekish bilan berishni tavsiya etamiz. Azotning qolgan 30-35 foizi, tuganaklar to'liq unib chiqqanda, 50 foizi esa qiyg'os shonalashda berish tavsiya etiladi.

REFERENCES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

1. Турсунов, С., Тургунов, А., Тешабоева, М., (2014). Опыт выращивания двух урожаев с одного поля за один год. In Биоразнообразие И Рациональное Использование Природных Ресурсов 70-42).

2. Кодиров, Ж., Тешабоев, Н., Тешабоева, М., (2021, August). Production Possibilities оf Autumn Wheat Varieties: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1405. In Research Support Center Conferences (No. 18.06).

3. С Турсунов, НИ Тешабоев, СА Акбаров... Влияние качества зернопроизводства на эффективность урожая- Биоразнообразие и рациональное использование, 2013 г

4. Р^ Жамолов, НИ Тешабоев Фаргона водийсида она асаларини сунъий усулда уруглантириш учун эркак асалари етиштириш технологияси- Academic research in educational sciences, 2022й.

5. R Rahmonov, H Rahimov, A Tojaliyev, A Ergasheva - New Methods Of Cultivation Of Cotton VarietiesScience and innovation, 2023y

6. Xaydarov, J., Mamadaliyev, M., Abdullayeva, G., & Bozorboyev, S. (2021, July). DIVERSITY OF THE FLORA OF UZBEKISTAN AND THEIR RATIONAL USE. In Конференции.

7. Kodirov J., Teshaboyev N., Sobirov U. EFFECT OF AUTUMN WHEAT SOWING TERMS ON CROPS QUALITY //Конференции. - 2021.

8. Ibroximova M., Teshaboyev N., Mamadaliyev M. AGROTECHNICS FOR THE CONSTRUCTION OF LOW-LYING GARDENS //Конференции. - 2021.

9. Teshaboyeva M., Nizomitdinova M. KARTOSHKA YETISHTIRISHDA SUG 'ORISHNING AHAMIYATI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D7. - С. 322326.

10. Турсунов С. и др. ОПЫТ ВЫРАЩИВАНИЯ ДВУХ УРОЖАЕВ С ОДНОГО ПОЛЯ ЗА ОДИН ГОД //БИОРАЗНООБРАЗИЕ И РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ. - 2014. - С. 70-42.

11. Давронов К. А. Эффективность применения биоудобрения" Биоэнергия" при возделывании хлопчатника //Актуальные проблемы современной науки. - 2018. - №. 5. - С. 180-182.

12. Isakov, V., & Yusupova, M. (2021, July). CHANGES IN THE PROPERTIES OF SANDY SOILS. In Конференции.

13. Yusupova, M., Mirzajonov, M., & Ergasheva, N. (2021, August). ISSUES OF ARRANGING POMEGRANATE ORCHARDS ON SANDY SOILS: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1317. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

14. Юсупова, М., Абдухакимова, Х., & Жалолов, Э. (2021). Барханные и слабо заросшие пески Центральной Ферганы. Наука сегодня: вызовы и решения материалы меж,.

15. Исаков, В. Ю., & Юсупова, М. А. (2021). ГЕНЕТИКО-ГЕОГРАФИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПЕСЧАНЫХ МАССИВОВ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ. Научное обозрение. Биологические науки, (3), 16-20.

16. Isakov, V., & Yusupova, M. (2021, August). CHANGES IN THE PROPERTIES OF SANDY SOILS: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1376. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

17. Litvishko, V., Litvishko, O., Myaskovskaya, T., Isaqov, V., Yusupova, M., Matveeva, L., ... & Nikulin, O. (2017). Innovations in technical and natural sciences: Monograph, Volume 4.

18. Исаков, В. Ю., Юсупова, М. А., & Хошимов, А. Н. (2016). Геоэкология и химические свойства песчаных почв Ферганской долины. Учёный XXI века, (1 (14)), 3-6.

19. Isakov, V. Y., & Yusupova, M. A. (2019). INFLUENCE OF THE ANTHROPOGENIC FACTOR ON THE SAND ARRAYS OF THE FERGHANA VALLEY. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(9), 58-66.

20. Исаков, В. Ю., Мирзаев, У. Б., & Юсупова, М. А. (2016). О ПОЧВАХ ПЕСЧАНЫХ МАССИВОВ ЦЕНТРАЛЬНОЙ ФЕРГАНЫ. Научная дискуссия: вопросы математики, физики, химии, биологии, (8-12), 35-38.

21. Исаков, В. Ю., Мирзаев, У. Б., & Юсупова, М. А. (2017). ГИПСОНОСНЫЕ ПОЧВЫ ФЕРГАЖКОЙ ДОЛИНЫ И ИХ ИЗМЕНЕНИЯ ПОД ВЛИЯНИЕМ АНТРОПОГЕНА. Ученый XXI века, 12.

22. Исаков, В. Ю., Мирзаев, У. Б., & Юсупова, М. А. (2009). К характеристике почв песчаных массивов Центральной Ферганы. In Современное состояние и перспективы развития мелиоративного почвоведения. Матер. межд. конф. посященной (pp. 35-38).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.