INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
PIYOZ AGOTEXNIKASI VA ZAMONAVIY YETISHTIRISH USULLARI 1Teshaboyev Nodirbek Ikromjonovich, 2Sodiqova Mohidil Saminjon Qizi
1Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi Eamil; [email protected] 2Farg'ona davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8002109
Аннотация. Piyozni mahalliy sharoitda yaratilgan ertapishar Sumbula, Oq dur, o'rtapishar Istiqbol, Zafar navlari tavsiya etiladi. Urug' tanlash. Ekiladigan urug' toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, butun va to'la bo'lishi zarur. Urug'lar boshqa o'simliklar urug'laridan va aralashmalaridan tozalanadi.
Kalit so'zlar: piyoz, urug',tuproq, nihollar, muddat, to'qsonbosti, egat, oziqa.
Ma'lumki, respublikamizda piyoz quyidagi muddatlarda: erta bahorgi, yozgi-kuzgi va to'qsonbosti qilib ekiladi. Bahorgi muddatda piyoz urug'i janubiy viloyatlarda 5-25 fevral, markaziy mintaqa viloyatlarida 20 fevral-10 mart, shimoliy mintaqada esa 5-25 martda, yozgi-kuzgi muddatda shimoliy mintaqada 15 avgust-1 sentabr, boshqa mintaqalarda 15 avgust-10 sentabrda, to'qsonbosti muddatda esa markaziy mintaqa viloyatlarida 15 noyabr-15 dekabr, shimoliy mintaqada 1 noyabr-1 dekabrda sepiladi. Piyozni ko'chat bilan o'tqazib yetishtirish texnologiyasi asosan erta bahorgi muddatda qo'llaniladi. Buning uchun piyoz ekishning yuqorida ko'rsatib o'tilgan muddatlaridan 50-60 kun oldin ivitilib nishlatilgan piyoz urug'lari alohida tayyorlangan maydonlarga 1 m2 hisobiga 25-30 g. dan sepilib, ustiga 0,5-0,7 sm qalinlikda tuproq tortilib, zaxlatib sug'oriladi. Ko'chatxonadagi harorat kunduz kunlari 20-25, kechalari 8-10 oS atrofida saqlansa nihollar yaxshi rivojlanib, baquvvat bo'lib o'sadi. Parvarishlash davrida nihollar o'toq va yagana qilinadi. Piyoz nihollarining bo'yi 8-12 sm. ga yetib, 2-3 barg hosil qilganda asosiy maydonga o'tqazishga tayyor hisoblanadi. Ko'chatlarni dalaga olib chiqib o'tqazish oldidan maydon sug'oriladi. Ko'chatlar uzun-qisqaligiga qarab 50 tadan qilib bog'lanib, ildiz qismidagi loy idishdagi suvga chayqab olinadi va ildizlarning uchlari tekislab qirqiladi. Ko'chatlarni egatlar olinib, zaxlatib sug'orilgan dalalarga o'tqazishdan oldin ildizi mol go'ngi va tuproq aralashmasidan tayyorlangan suyuq atalaga botirilib olinadi. So'ng ekish sxemalariga qarab dalaga 0,7-1 sm chuqurlikda o'tqaziladi. Ko'chatlar quyidagi sxemalarda ekiladi: uch va to'rt qatorli usulda, egatlar orasi 70 yoki 90 sm qilib joylashtiriladi. Egatlar oralig'i 70 sm bo'lganda o'simliklar 50+20 yoki 40+15+15 sm, 2 3 egatlar oralig'i 90 sm bo'lganida esa 60+15+15 yoki 45+15+15+15 sm 3 4 shaklda o'tqaziladi. 1 m2 maydondagi ko'chatlar soni 65-75 dona atrofida bo'lishi maqsadga muvofiqdir. 1 gektar maydondagi ko'chatlar 650-800 ming donani tashkil qilishi kerak. Ko'chatlar o'tqazilgach egatlarga ketma-ket suv taraladi. Bu usulda bir gektar maydonga ketadigan urug' sarfi 3-4 marotaba kamayishi hisobiga mahalliy urug'lar ekilganda 500-550 ming so'm, chet el duragaylari ekilganda esa 5 mln so'm tejaladi. Shuningdek, ikki marta o'toq va yagana qilishga mablag' va ish kuchi kam sarflanadi. Sug'orishlarni 2-3 marta kam o'tkazish hisobiga, har sug'orishda 600-650 m3/ga suv sarflanishini e'tiborga olsak, 1200-1800 m3 suv tejaladi. To'liq ko'chat hosil qilish hisobiga hosildorlik 15-20 % oshadi. Parvarishlash tadbirlari o'z vaqtida sifatli o'tkazilsa, piyoz hosildorligi 70-90 t/ga. ni tashkil qiladi. Hozir mamlakatimizda ko'plab dehqon va fermer xo'jaliklari piyoz yetishtirishda yuqoridagi texnologiyadan unumli foydalanib mo'l va sifatli hosil yetishtirmoqdalar. Yer tayyorlash. Urug' sepiladigan maydonlar o'tmishdosh ekin
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
qoldiqlari va begona o'tlardan sifatli qilib tozalanadi. Tuproq 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalangach, yaxshilab tekislanadi va sug'orish egatlari olinadi. Ekish muddati. Piyoz uch muddatda - erta bahorgi, yozgi-kuzgi va to'qsonbosti qilib ekiladi. Bahorgi muddatda piyoz urug'i janubiy viloyatlarda 5-25 yanvar, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 20 fevral-10 mart, shimoliy mintaqalarda 5-25 mart, to'qsonbosti muddatda markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 15 noyabr-15 dekabr va shimoliy mintaqalarda 1 noyabr-1 dekabrda, yozgi-kuzgi muddatda shimoliy mintaqalarda 15 avgust-1 sentabr, boshqa viloyatlarda 15 avgust-10 sentabrda ekiladi. Piyoz urug'i 10 sotix maydonga bahorgi muddatda 1,2-1,5 kg, yozgi-kuzgi va to'qsonbosti muddatda 2 kg. gacha sarflanadi. Yerning nishabiga qarab qator oralarini 70-90 sm. dan olib to'rt qatorli usulda ekiladi. Urug'lar yerga 1,5-2 sm chuqurlikka ko'miladi. Urug'lar sepilgandan keyin xaskash bilan tuproqqa aralashtiriladi. Parvarishlash. Piyozni bahorda ekish uchun jo'yaklar kuzda olib qo'yiladi. Yozgi-kuzgi va to'qsonbosti muddatlarda piyoz o'rtagi, yozgi sabzavot, kartoshka hamda g'alladan keyin ekiladi. Piyoz ikki-uch marta dastlab o'simliklarning bo'yi 6-8 sm. ga yetganda, ikkinchi marta bog'lab chiqariladigan tovar holiga kelganda o'toq va yagana qilinadi. Qator oralari 15-16 sm chuqurlikda yumshatilib begona o'tlar yo'qotiladi. O'g'itlash. Piyoz patak ildizli sabzavot bo'lib, ildiz sistemasi asosan tuproqning ustki qismiga yaqin joylashgan. Shuning uchun u yerning ustki qismida asosiy oziqa elementlarni ko'p bo'lishini talab qiladi. Bo'z tuproqlarda har 10 sotix yerga o'rtacha 30 kg azot, 22 kg fosfor va 9 kg kaliy berish kerak. O'tloqi, o'tloqi-botqoq tuproqlarda esa 25 kg azot, 20 kg fosfor va 8 kg kaliy berishni taqozo etadi. Sho'rlangan, tuproq boniteti past bo'lgan o'tloqi taqir, taqir tuproqlarda piyoz yetishtirilganda 32 kg azot, 22 kg fosfor va 10 kg kaliy berish kerak. Sug'orish. Nihollar unib chiqayotgan va piyoz boshi shakllanayotgan davrda ekinning suvga talabi ayniqsa oshadi. Faqat vegetatsiya davrining oxirida va piyoz boshlari yetilgan paytdagina o'simlikning suvga bo'lgan talabi bir oz kamayadi. Sizot suvi chuqur joylashgan bo'z tuproqli yerlarda ko'klamning oxiri yozning boshlarida piyoz har 7-10 kunda sug'oriladi. Piyozboshining o'sishi to'xtagandan keyin ekin 12-14 kun oralatib ikki marta sug'oriladi va yig'ib-terib olishga bir oy qolganda sug'orish to'xtatiladi. Sizot suvi yaqin bo'lgan joylarda piyozni o'suv davrida 7-9 marta sug'orish kerak. Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Piyoz pashshasi, tamaki tripsi, kuzgi tunlam va boshqa zararkunandalarga qarshi kurashdaimkoni boricha mutaxassis maslaxatiga kura ish tutish maksadga muvofik. Piyoz ishtahani ochuvchi, ovqat hazm qiluvchi suyuqlik ajralib chiqishi va qon aylanishini yaxshilovchi, maza beruvchi sabzavot hisoblanadi. U shakar, oqsil, biriktiruvchi to'qima, mineral moddalar, efir yog'lari hamda ko'p miqdordagi (S, V1 , V 2 , RR) darmondorilarga ega. Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar. Piyozni mahalliy sharoitda yaratilgan ertapishar Sumbula, Oq dur, o'rtapishar Istiqbol, Zafar navlari tavsiya etiladi. Urug' tanlash. Ekiladigan urug' toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, butun va to'la bo'lishi zarur. Urug'lar boshqa o'simliklar urug'laridan va aralashmalaridan tozalanadi. Yer tayyorlash. Piyoz ekiladigan maydonlar o'tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o'tlardan yaxshilab tozalanadi. Tuproq 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalangach, yaxshilab tekislanadi va sug'orish egatlari olinadi. Ekish muddati. Piyoz uch muddatda - erta bahorgi, yozgi-kuzgi va to'qsonbosti qilib ekiladi. Bahorgi muddatda piyoz urug'i janubiy viloyatlarda 5-25 yanvar, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 20 fevral-10 mart, shimoliy mintaqalarda 5-25 mart, to'qsonbosti muddatda markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 15 noyabr-15 dekabr va shimoliy mintaqalarda 1-noyabr 1-dekabrda, yozgi-kuzgi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
muddatda shimoliy mintaqalarda 15-avgust 1-sentabr, boshqa viloyatlarda 15 avgust-10 sentabrda ekiladi. Piyoz urug'i 10 sotix maydonga bahorgi muddatda 1,2-1,5 kg, yozgi-kuzgi va to'qsonbosti muddatda 2 kg gacha sarflanadi. Yerning nishabiga qarab qator oralari 70-90 sm li pushtalarga uch-to'rt qator lentasimon usulda ekiladi. Urug'lar tuproqqa 1,5-2 sm chuqurlikda ko'miladi. Urug'lar sepilgandan keyin xaskash bilan tuproq usti aralashtiriladi. Parvarishlash. Piyozni bahorda ekish uchun jo'yaklar kuzda olib qo'yiladi. Yozgi-kuzgi va to'qsonbosti muddatlarda piyoz o'rtagi, yozgi sabzavot, kartoshka hamda g'alladan keyin ekiladi. Piyoz ikki-uch marta - dastlab o'simliklarning bo'yi 6-8 sm ga yetganda, ikkinchi marta bog'lab chiqariladigan tovar holiga kelganda o'toq va yagana qilinadi. Qator oralari 15-16 sm chuqurlikda yumshatilib begona o'tlar yo'qotiladi. O'g'itlash. Piyoz popuk ildizli sabzavot bo'lib, ildiz tizimi asosan tuproqning ustki qismiga yaqin joylashgan. Shuning uchun u yerning ustki qismida asosiy oziqa elementlarni ko'p bo'lishini talab qiladi. Bo'z tuproqlarda har 10 sotixga o'rtacha 30 kg azot, 22 kg fosfor va 9 kg kaliy berish kerak. O'tloqi, o'tloqi-botqoq tuproqlarda esa 25 kg azot, 20 kg fosfor va 8 kg kaliy berishni taqozo etadi. Kam sho'rlangan, tuproq boniteti past bo'lgan o'tloqi taqir, taqir tuproqlarda piyoz yetishtirilganda 32 kg azot, 22 kg fosfor va 10 kg kaliy berish kerak. Sug'orish. Nihollar unib chiqayotgan va piyoz boshi shakllanayotgan davrda ekinning suvga talabi ayniqsa oshadi. Faqat o'suv davrining oxirida va piyoz boshlari yetilgan paytdagina o'simlikning suvga bo'lgan talabi bir oz kamayadi. Sizot suvi chuqur joylashgan bo'z tuproqli yerlarda baxorning oxiri yozning boshlarida piyoz har 7-10 kunda sug'oriladi. Piyozboshi to'liq shakillangandan keyin ekin 12-14 kun oralatib ikki marta sug'oriladi va yig'ib-terib olishga bir oy qolganda sug'orish to'xtatiladi. Sizot suvi yaqin bo'lgan joylarda piyozni o'suv davrida 7-9 marta sug'orish lozim. Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Piyoz pashshasi, tamaki tripsi, kuzgi tunlam va boshqa zararkunandalarga qarshi kurashda 10 sotixga preparatlardan Karate 5% em.k. (30-40 ml), Mospilan 25% n.kuk. (25-30 ml), kasalliklardan soxta un shudring, ildiz chirish, mozaika, sarg'ayish, bo'g'in chirish kasalliklariga qarshi 1 foizli Bordo suyuqligi (mis sulfati bo'yicha 6-8 kg/ga) bilan ishlov beriladi, 10-15 kunda qayta ishlov beriladi. Topaz 10% em.k. (12,5-15 ml) yoki Kurzat R n.kuk. (200-250 g) preparatlarini 60 litr suvda aralashtirib purkash tavsiya qilinadi. Hosilni yig'ishtirish. Piyoz poyalari yotib qolganda piyoz boshlari yetilgan deb hisoblanadi. Piyoz boshlari kovlab yoki poyasi bilan birga yig'ib olinadi. Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 1,4 kg piyoz urug'iga 180 ming so'm sarflanadi. Umumiy xarajatlar 1684600 so'mni tashkil etadi. Xosil narxi bir kilogrami eng past narxda 800 so'mdan sotilganda 4 mln. 400 ming so'm bo'ladi. Shunda 10 sotix maydondan 2 mln. 715 ming so'm sof foyda olish mumkin.
REFERENCES
1. Юлдашев Г., Турдалиев А. Геохимические особенности циклических элементов в агроландшафтах пустынь //Аграрная наука. - 2014. №. 1. - С. 10-12
2. Турсунов, С., Тургунов, А., Тешабоева, М., (2014). Опыт выращивания двух урожаев с одного поля за один год. In Биоразнообразие И Рациональное Использование Природных Ресурсов 70-42).
3. Кодиров, Ж., Тешабоев, Н., Тешабоева, М., (2021, August). Production Possibilities оf Autumn Wheat Varieties: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1405. In Research Support Center Conferences (No. 18.06).
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
4. С Турсунов, НИ Тешабоев, СА Акбаров... Влияние качества зернопроизводства на эффективность урожая- Биоразнообразие и рациональное использование ..., 2013 г
5. Р^ Жамолов, НИ Тешабоев Фаргона водийсида она асаларини сунъий усулда уруглантириш учун эркак асалари етиштириш технологияси- Academic research in educational sciences, 2022й.
6. R Rahmonov, H Rahimov, A Tojaliyev, A Ergasheva - New Methods Of Cultivation Of Cotton VarietiesScience and innovation, 2023
7. Xaydarov J. et al. QUARANTIC FACILITIES OF PLANTS IN GREENHOUSES AND WAYS TO INCREASE THE EFFICIENCY OF FIGHTING AGAINST THEM //Конференции. - 2021.
8. Kodirov J., Teshaboyev N., Sobirov U. EFFECT OF AUTUMN WHEAT SOWING TERMS ON CROPS QUALITY //Конференции. - 2021.
9. Ibroximova M., Teshaboyev N., Mamadaliyev M. AGROTECHNICS FOR THE CONSTRUCTION OF LOW-LYING GARDENS //Конференции. - 2021.
10. Teshaboyeva M., Nizomitdinova M. KARTOSHKA YETISHTIRISHDA SUG 'ORISHNING AHAMIYATI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D7. - С. 322-326.
11. Давронов К. А. Эффективность применения биоудобрения" Биоэнергия" при возделывании хлопчатника //Актуальные проблемы современной науки. - 2018. - №. 5. - С. 180-182.