YIRIK GULLI MAGNOLIYA (MAGNOLIYA GRANDIFLORAL)NI KO'KALAMZORLASHTIRISHDAGI AXAMIYATI VA GENERATIV KO'PAYTIRISH
TEXNOLOGIYASI
1Baxramov Ruziboy Mirzamaxsudovich 2Zoxidova Shoxsanam G'ayratjon qizi
1Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti q.x.f.f.d(PhD) 2Manzarali bog'dorchilik
va aholi yashash joylarni ko'kalamzorlashtirish ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi
[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10079772
Annotatsiya. Ushbu maqolada magnoliya (Magnoliaseae) oilasining ba 'zi doim yashil va xush manzara daraxtini generativ orginlaridan ko 'paytirishni, tahliliy - qiyosiy o 'rganish asosida ilmiy asoslash, hamda ortirilgan bilim ko 'nikmalari yordamida amalyotda qo 'llash yordamida o 'stirish usullari bo 'yicha ilmiy - amaliy ishlar olib borilgan bo 'lib, natijalar tahlili keltirilgan.
Kalit so'zlar: M.grandiflora, meva qubbasi, apokarp, dekorativ, tuproq substrati, stratifikatsiya, daryo qumi, Kokosli torf.
Аннотация. В данной статье представлены научно-практические работы по способам размножения некоторых вечнозеленых и красивых деревьев семейства магнолиевых (Magnoliaseae) от генеративных корней, научное обоснование, основанное на аналитико-сравнительном исследовании, и практическое применение с помощью приобретенных знаний, умений и навыков. было проведено и представлен анализ результатов.
Ключевые слова: M. grandiflora, плодовый купол, апокарпий, Декоративный, почвенный субстрат, стратификация, речной песок, Кокосовый торф.
Abstract. In this article, scientific-practical work was carried out on the methods of propagation of some evergreen and beautiful trees of the magnolia (Magnoliaseae) family from generative roots, scientific justification based on analytical-comparative study, and practical application with the help of acquired knowledge skills. and the analysis of the results is presented.
Keywords: M. grandiflora, fruit dome, apocarp, Decorative, soil substrate, stratification, river sand, Coconut peat.
Magnoliya urug'larining o'ziga xos tabiiy-iqlim sharoitida ko'payish xususiyatlarini o'rganish nafaqat joriy etish va naslchilik masalalarini hal qilishda nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega. [1]
Magnoliya mevasi, apokarp (gulida alohida onalikdan yuzaga keladigan) meva bo'lib, polispermiya (murtak xaltachadan urug' xujayralari va ikkilamchi yadroni o'ntagacha spermiy bilan urug'lanishi) mevalaridan iborat [6]. [1-rasm]. Hosil bo'lgan urug'larning doimiy ochilish usuli bu - meva qubbasini tik yorilishi natijasida hosil bo'ladi. Pishib yetilgan urug'lar meva qubbasiga ochiq holda osilib turadi [7]. [1-rasm]. Urug'lar och pushti rangdan, tok qizil ranggacha yorqin ranga ega bo'lgan sarkotesta(urug'ning tashqi po'stin etdor qism) bilan qoplangan. [1]
Biz bu o'simlikni urug'idan ko'paytirish tajribamiz uchun 2019 - yil noyabr oyida terib olingan urug'lardan foydalanildi. Urug'larni unuvchanligini laboratoriya sharoitida aniqlash ishlari 2020 - yil dekabr oyini ikkinchi dekadasida boshlandi. Laboratoriya sharoitida Yirik gulli magnoliya o'simligining unuvchanligini aniqlash uchun (chashka petri, filtr qog'oz, distellangan suv va 90% etil spirti) kerak bo'ldi. Biz kuzatuvimizni to'rtta chashka petrida olib bordik.
Urug'larni chashka petriga solishdan oldin, chashka petrini 90% spirt bilan yaxshilab artib olindi, bu ishni amalga oshirishdan maqsad chashka petrini to'laqonli zararsizdantirish va urug'larni uzoq muddat sifatli saqlashdan iborat, urug'larni esa "Maksim" preparatining 0,01% eritmasida, har xil zamburug'li kasalliklardan saqlash maqsadida biroz ushlab turildi. Har bir urug'ni kattaligini xisobga olgan holda 25 donadan urug'ni chashka petriga joylashtirildi va ular +25co xaroratda termostatda saqlanib unish darajasi kuzatildi.
Yirik gulli magnoliya o'simligining urug'larini labaratoriya sharoitida o'sishi va rivojlanishining fenologik kuzatuv ishlari 2020 - yilning 1-yanvarda boshlandi. Unuvchanligini tekshirish maqsadida qo'yilgan urug'larimiz stratifiqatsiya muddatini o'tamaganligi sababli chashka petriga qo'yilgan urug'larimizda unuvchanlik xolati kuzatilmadi. Ammo stratifikatsiya jarayonini o'tagan urug'larni O'XITI Andijon filiali laboratoriyasida urug'larning unuvchanligi aniqlandi, 2020 - yil 25- mart kuni to'liq stratifikatsiya muddatini o'tagan urug'larning unuvchanligi laboratoriya sharoitida o'rganildi, tajribamiz davomida urug'larni unuvchanligi 25% dan 50% gacha bo'lishi aniqlandi. Tajribamizdan bilinib turibdiki urug'larni laboratoriya sharoitida unuvchanligi ancha pastligini ko'rishimiz mumkin.
Magnoliyani urug'idan ko'paytirishning samaradorlgini oshirishda sifatli urug'dan foydalinish va ekish joyini, vaqtini to'g'ri tanlashga bog'liq. Magnoliya urug'lari qizil qobiqqa o'ralgani uchun boshqa urug'larga nisbatan uzoqroq stratifiqatsiyada turishi talab etiladi bu esa nafaqat unub chiqishi uchun, balki embrionining rivojlanishi uchun xam katta ahamiyatga ega.
Bir qator olimlar magnoliya o'rug'larni bir oydan olti oygacha bo'lgan davrda urug'larni 5-8° C daraja sovuqda stratifiqatsiya qilishni tavsiya qilishadi, substrat sifatida esa, sfagnum moxi, mox yoki qum aralashmasidan foydalanishni taklif etadi. Magnoliya urug'larini dala sharoitida ekish uchun, pishib yetilgan urug'lar[meva] ni 2019 - yilning oktabr - noyabr oylarida terib olindi va katta kichikligiga qarab 3- guruxga (yirik, o'rtacha, mayda] ajratib olinib qizil po'stlog'i[sarkotesta] bilan va po'stloqsiz hollarda 100 dona urug'larni analitik tarozida umumiy og'irligi aniqlab olindi va tajribaga tayyorlandi. Urug'larni dala sharoitida unuvchanligini aniqlash maqsadida, 2020 - yil 5 dekabr sanasida 500 dona urug'ni, stratifikatsiyaga qo'yilmagan holatda ikki xil variantda: birinchi variat: qizil po'sti bilan tuproqqa 250 dona urug'ni, ikkinchi variant: qizil po'stlog'isiz 250 dona urug'ni tuproqqa ekildi.
1 - rasm. Yirik gulli magnoliya urug'larini saralash.
Qizil po'sti bilan va po'stlog'isiz ekilgan magnoliya urug'lari qishki tinim davrini ochiq joyda o'tkazdi, urug' ekilgan maydonni ustiga qismiga esa tashqi noqulay omillardan saqlash maqsadida tupon, barg qoldiqlari mulcha sifatida tashlab qo'yildi. Kuzatish davomida ochiq maydonga ekilgan urug'lar ustida xech qanday sug'orish ishlari va texnik tadbirlarni amalga
oshirilmadi. Tajriba uchun 250 dona qizil po'sti bilan ekilgan urug'larimizda rivojlanishi jarayoni 2020 - yil may oyini birinchi dekadasidan boshlandi va oxirgi dekadasigacha birin ketin rivojlanishi davom etdi, ammo qizil po'stlog'isiz ekilgan urug'larimizda esa rivojlanish jarayoni ancha sust bo'lib, unuvchanligi sezilarli darajada pastligi kuzatildi, buning sababi qizil po'stlog'isiz ekilganligi bu esa urug'larni qurib qolishi va tashqi muhit omillarni har xil ta'sirlaridan saqlanmaganligi bo'ldi, shunda jami besh yuz dona urug'dan 236 dona urug' urug'chanligini saqlab qolindi. Bu ko'rsatkichlarni 175 donasi, yani 60,1% qizil po'stlog'i bilan ekilgan urug'ga, 61 donasi ya'ni 22% qizil po'stlog'isiz ekilgan urug'lari hisobiga to'g'ri keldi.
1- jadval. Yirik gulli magnoliya urug'ini labaratoriya(tuproq) sharoitida unuvchanlik ko'rsatkichi.
Urug'larning unuvchanligi, dona
№ 250 dona urug'ni ekilishi 05.05.2021 12.05.2021 19.05.2021 20.05.2021 26.05.2021 02.06.2021 % hisobi da
1 Qizil po'stlog'i bilan 4 47 73 139 151 175 43.8
2 Qizil po'stlog'isiz 10 14 29 45 61 15.2
Magnoliya o'simligini urug'larining unuvchanligini pastligi, bitta meva qubbasida 30-50 tagacha urug' xosil bo'lishi, bu esa urug'ning umumiy sonini ko'pligi bilan bog'liq, o'rtacha hosildorlik koeffisienti bilan ham urug'larning yangilanishini taminlash uchun yetarlicha to'liq urug'lar hosil bo'ladi. [2].
Magnoliya urug'lari qizil qobiqqa ega[1-rasmga qarang], bu ularni qurib qolish va unib chiqishini kamaytiradi. Shuning uchun urug'larni ekish vaqtida qizil etdor qismni olib tashlash tavsiya etiladi, chunki bu urug' unub chiqish vaqtini kechiktirish va yaxshi rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. [3]. Qolaversa qizil posti bilan ekilgan magnoliya urug'lariga har xil kasalliklarga chalinish va mikroorganizmlarni o'ziga jalb qilish ko'proq kuzatilgan.
Yuqoridagi tavsiyalardan kelib chiqib biz 2000 dona (560 gr) Yirik gulli magnoliya urug'ini stratifikatsiya qilish maqsadida 15.11.2019 - yil toza daryo qumiga urug'larni qizil qobig'i bilan ko'mib qo'yilgan holatda, muzlatkichda +5 co da, 2020 - yil mart oyini ikkinchi dekadasigacha ya'ni to'rt oy muddatda saqlandi. Stratifikatsiyadan urug'larni chiqarishda bazi olimlarni tajribasidan farqli ravishda bir hafta davomida qumdan namlik holatini ketkazmagan holatda tashqi muhitda havosi past haroratda ishlab turilib takroran +5 co li muzlatkichda qayta saqlanib, stratifikatsiyadan chiqarish ishlarini amalga oshirdik. Birinchi navbatta urug'larni yaxshilab qum va qizil qobig'dan ajratib olinib so'ng, xo'jalik sovunidan ishqor sifatida foydalanib, yuvib olindi, tayyor bo'lgan urug'larni esa to'rt xil variatda tayyorlangan maxsus ajratilgan maydonga ya'ni tajribamiz uchun bir maydonda joylashgan to'rt xil nuqtada jami 4 kv metr maydonni, tajribamizdagi urug'larni baquvvat ildizga egaligini hisobga olgan xolda 25 sm chuqurlikda qazib olinib, 1 kv metr maydonni esa nazorat varianti sifatida saqlab qolindi qolgan qazib olingan 3 kv metr maydonni chuqurligini, toza daryo qumiga, ikkinchi qazib olingan nuqtani kakosli torfga va uchinchi qazib olingan nuqtani esa 1:2:1: nisbatta ya'ni qum, organik o'g'it (go'ng), tuproq, aralashmali substratga to'ldirildi va xar variantga 500 dona urug'lar 2020 - yil 25-mart kuni ekildi. (2-jadvalga qarang) Birinchi ikkinchi tajribadagi variantlarimiz oldingi tajribalardan o'z natijasini ko'rsatgani sababli alohida e'tibor berilmadi, ammo kakos torfga
to'ldirilgan tajriba maydonimizni ustiga namlik holatini mo'tadil saqlashlik maqsadida po'lat simdan foydalangan xolda ustki qismi salafan bilan yopildi, organik o'git bilan to'ldirilgan nuqtadagi variantimizni esa qolgan variantlarga nisbatan uch marta ko'proq suv bilan taminlandi buning sababi organik o'g'it qizishi natijasida ildizga salbiy ta'sirini kamaytirish.
2-jadval. Yirik gulli magnoliya urug'ini ochiq maydonda tuproq sharoitida unuvchanlik ko'rsatkichini aniqlash.(500 dona urug')
№ Variantlar nomi. 25.04.2021 08.05.2021 16.05.2021 23.05.2021 30.05.2021 06.06.2021 % xisobida Yil oxirida saqlanib qolgan urug' ko'chatlar soni. % hisobida
1 Sof tuproq. (nazorat) 18 94 204 300 383 76.6 340 68
2 Daryo qumi 21 89 200 294 332 66.4 327 65.4
3 Kokosli torf 5 29 99 223 301 370 74 363 72.6
4 qum, organik o'g'it (go ng), tuproq, 1:2:1: 17 91 210 289 333 66.6 318 63.6
Tajribamizdagi urug' arni unuvchanligini kuzatish c avomid a, urug'larni unish jarayonida
uchinchi variatni ustki qismi salafan bilan qoplanganligi sababili boshqa variantlarga nisbatan o'n kun oldin rivojlanish boshlandi.
To'rtta variatga 500 donadan ekilgan, jami 2000 dona (5600 gr) urug'ni unuvchanligini variantlar misolida ulushini hisoblab chiqsak, nazorat variantimizda 383 dona 76.6 % ga urug' unuvchanligini saqlanib qolgan, vegetatsiya oxiriga kelib saqlanib qolgan nihollar soni 340 dona, 68 % to'g'ri kelmoqda. Nazoratga variantga nisbatan esa kakosli torfga ekilgan urug'larni unuvchanligi va saqlanib qolgan ko'chatlar sonidagi farqni quyidagicha ko'rishimiz mumkin: 370 dona 74 % urug' unib chiqqan, vegetatsiya davrini oxiriga kelib esa 363 dona (72.6 %) nihollar yashovchanligini saqlab qolgan buning sababi, kakosli torf yumshoq ozuqa muhitiga boy hamda tuproqqa nisbatan zichligi kam bo'lganligi sababli ildiz yaxshi rivojlanganli uchun saqlanib qolgan nihollar soni bir oz ko'proq [4]..
Laboratoriya sharoitida Magnoliya grandiflora o'simligining unuvchanligini aniqlash uchun (chashka petri, filtr qog'oz, distellangan suv) kerak bo'ladi va harorat 22 - 240 c bo'lishi kerak. Biz kuzatuvimizni to'rtta chashka petrida olib bordik. Har bir chashka petriga urug' kattaligini hisobga olgan holda 25 tadan urug' solindi. Urug'lar vazni aniqlanadi va kuzatuvlar olib borildi.
Magnoliya grandiflora o'simligining o'sishi va rivojlanishining fenologik kuzatuv ishlari 17- yanvarda boshlandi. Magnoliya grandiflora o'simligining unuvchanligini aniqlash maqsadida O'XITI Andijon filiali laboratoriyasida chashka petri sterillanib (90% spirt), urug'larning unuvchanligi aniqlandi, bunda: urug'larning unuvchanligi 25-50% bo'lishi aniqlandi (3- jadval).
3- jadval. Magnoliya grandiflora urug'larining unuvchanligi ko'rsatkichi
№
25 dona urug'ning og'irligi, gr
Magnoliya grandiflora urug'larining unuvchanligi, dona
<N <N <N <N <N <N <N
es es es es es es es
<N <N <N <N <N <N <N
es es es es es es es
K Os es <N
es es es es
1 1,91 4 7 9 9 11 11 11
2 1,85 3 5 6 6 7 7 7
3 1,78 1 1 1 2 3 6 6
4 1,78 1 1 1 3 4 6 7
REFERENCES
1. Afanasiev, 1937; Minchenko, Korshuk, 1987; Corral-Aguirre, Sanches- Velaskes, 2006; Minchenko, Palagecha, 2007; Jacobo-Pereyra, 2016 va boshqalar
2. R.M.Baxramov., G. Xolboeva "Dorivor o'simliklar: biologiyasi, etishtirish va ishlatilishi" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 30 oktyabr 2020 - yil. 161-164 b.
3. R.M.Baxramov. Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences ISSN NO: 2771-8840 https://zienjournals.com Date of Publication: 28-04-2023. 1-6 p.
4. R.M.Baxramov.1st International Conference on Energetics, Civil and Agricultural Engineering 2020 which will take place in Tashkent/Uzbekistan on October 14-16, 2020.
5. R.M.Baxramov., Yuldashev X.K. «Qishloq xo'jaligi ilm-fanida Yoshlarning roli» Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 14-15 avgust. Toshkent 2020 - yil. 129-132 b.
6. Sh.Tojiboev,N.Uluqov,N.Rahimova . Botanika terminlar lug'ati. "Namangan" nashriyoti 2014 yil. 18-155 s.
7. Sh.Tojiboev, N.Uluqov, N.Rahimova. Botanika terminlar lug'ati. "Namangan" nashriyoti 2014 - yil. 173 s
8. Вайнагий, 1974; Некрасов, 1973, 1980; Левина, 1974 и др.