Научная статья на тему 'URUG‘LIK MATERIALLARNING BOSHLANG‘ICH VA ASOSIY UNUVCHANLIGINI ANIQLASH TARTIBI'

URUG‘LIK MATERIALLARNING BOSHLANG‘ICH VA ASOSIY UNUVCHANLIGINI ANIQLASH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
632
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Laboratorya taxlili / boshlang‘ich unuvchanlik / asosiy unuvchanlik / madaniy o‘simlik / ekishga yaroqlilik / termostat

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Qobilov Soxibjon Sherovich, Xoliqov Muxridin Baxromjon O‘G‘Li

Urug‘ning unuvchanligi urug‘larni ekishga yaroqliligini belgilaydigan eng muxim xususiyatlaridan biri bo‘lib, ekinning tup soni qalinligi, o‘simliklarning bir tekis va qiyg‘os o‘sishi va rivojlanishi ko‘p jixatdan unuvchanlikga bog‘liq

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «URUG‘LIK MATERIALLARNING BOSHLANG‘ICH VA ASOSIY UNUVCHANLIGINI ANIQLASH TARTIBI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

URUG'LIK MATERIALLARNING BOSHLANG'ICH VA ASOSIY UNUVCHANLIGINI

ANIQLASH TARTIBI 1Qobilov Soxibjon Sherovich, 2Xoliqov Muxridin Baxromjon o'g'li

1Farg'ona davlat universiteti Mevachilik va sabzavotchilik kafedrasi katta o'qituvchisi

E-mail: soxibkabilov@gmail.com

2Farg'ona davlat universiteti Mevachilik va sabzavotchilik kafedrasi o'qituvchisi E-mail: muhriddinxoliqov995@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.8013803

Annotatsiya. Urug'ning unuvchanligi urug'larni ekishga yaroqliligini belgilaydigan eng muxim xususiyatlaridan biri bo'lib, ekinning tup soni qalinligi, o'simliklarning bir tekis va qiyg'os o'sishi va rivojlanishi ko'p jixatdan unuvchanlikga bog'liq.

Kalit so'zlar: Laboratorya taxlili, boshlang'ich unuvchanlik, asosiy unuvchanlik, madaniy o'simlik, ekishga yaroqlilik, termostat.

Urug'ning unuvchanligi urug'larni ekishga yaroqliligini belgilaydigan eng muxim xususiyatlaridan biri bo'lib, ekinning tup soni qalinligi, o'simliklarning bir tekis va qiyg'os o'sishi va rivojlanishi ko'p jixatdan shunga bog'liq.

Unuvchanlik-o'rtacha olingan namunadagi ko'karib chiqqan urug'ning soni bo'lib, foiz hisobida ifodalanadi. Unuvchanlikni bilishdan maqsad normal rivojlanadigan nixol hosil qilish qobiliyatiga ega bo'lgan urug' sonini aniqlashdan iborat.

Laboratoriya sharoiti hamma vaqt qulay bo'lganligi uchun urug'ning unuvchanligi daladagiga qaraganda doim yuqori bo'ladi. Shunday bo'lsa ham, urug'ning laboratoriyada aniqlangan unuvchanligi ekishga yaroqlilik sifatlarini yetarli darajada aniq ifodalaydi. Urug'larning unuvchanligi termostatlarda aniqlanadi. Taxlilni boshlash oldidan unuvchanlikni o'tkazishda ishlatiladigan barcha asbob uskunalarni hammasi tayyorlab olinishi kerak. Termostat har 10 kunda dezinfeksiya qilib tozalab turiladi (bunda 20 qism suvga 1 qism 40 % li formulin) va dezinfeksiya qilingan termostat 2 soat berkitiladi, keyin formulin hidi ko'tarilguncha shamollatiladi. Shuningdek taxlilda ishlatiladigan vannochka, ajratgich, oyna, pinset va boshqalar ham yuqimsizlantiriladi (har bir taxlil oldidan) va ular berk termostat ichida saqlanadi.

Urug'larni unuvchanligini aniqlash uchun ular qum va filtir qog'ozga ekiladi. Urug'larni ekishda ishlatiladigan qumlar oldin mahsus elaklarda elanib yuvib tozalanadi.

Ekishga qum quyidagicha tayyorlanadi:

Qum 1,0 mm va 0,5 mm elaklardan o'tkaziladi. Qumni 0,5 mm elakda qolgan qismi suvda yuviladi, qumni yuvish toza suv tushguncha davom ettiriladi, so'ng quritilib, qizdiriladi, qizdirish toki qumga qog'oz tiqilganda sarg'ayib kuyguncha amalga oshiriladi, keyin sovutilib qum yana 0,5 mm elakdan o'tkaziladi. Ishlatilgan qum, albatta yana elaklarda elanib, yuvilib, qizdirilib ishlatiladi. Dorilangan urug'lar ekishga ishlatilgan qum taxlilga qayta ishlatilmaydi.

Qumni namligi sholi va dukkakli ekin urug'lari uchun 80 %, qolgan urug'lar uchun 60 % namlikda bo'lishi lozim.

Buning uchun qumni to'liq nam sig'imini aniqlashimiz kerak. Bunda 100 gr elangan, yuvilgan, qizdirilgan qum olinib silindrga (og'irligi tortilgan) solinadi, silindr qumi bilan suvli idishga solinadi, bunda suv sathi silindrdagi qum sathi bilan teng bo'lib, qum usti suv bilan namlangandan keyin silindr suvdan olinib, qum ichidagi ortiqcha suv oqib bo'lgandan keyin

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

silindr filtr qog'oz bilan pasti va yonidan ushlanib taroziga qo'yiladi. Qum nam sig'imi quyidagi formula yordamida aniqlanadi. A = 100 x(M3 - M2) M2 - Mi Bunda:

Mi - bo'sh silindr og'irligi, gr.

M2 - silindrning qum bilan suvga solgangacha bo'lgan og'irligi, gr. M3 - silindrning qum bilan suvga solingandan keyingi og'irligi, gr. Misol:

- bo'sh silindr og'irligi 65 gr.

- silindrning qum bilan suvga solgangacha bo'lgan og'irligi 165 gr.

- silindrning qum bilan suvga solingandan keyingi og'irligi 195 gr. bo'lsa: A = 100 x(195 - 165) = 100 x 30 = 30 gr (ml)

165 - 65 100

Yuqoridagi misolda tuproqning 100 % nam sig'imini topish uchun, demak 100 gr qumga 30 ml suv kerak bo'ladi. Shuningdek qumni 60 % li nam sig'imi uchun 30 x 60 = 18 ml.

100

Qumni 80 % li nam sig'imi uchun:

30 x 80 = 24 ml. suv kerak bo'ladi. 100

Urug'larni unuvchanligini taxlil qilish ishlab chiqilgan davlat standarti bo'yicha optimal temperatura va boshqa talab qilingan sharoitlarda amalga oshiriladi.

1- jadval

Urug'larni unuvchanligini aniqlash sharoitlari. (O'zDst 2823:2014.O'zstandart agentligi. 29.04.2014 № 05-542)

№ Ekinlar nomi Undirishda qo'llaniladi Undirish temperaturasi +0S Yorug'lik yoki qorong'u Aniqlash muddati, kun

Unish quvvati Unuvcha nlik

1 Yumshoq bug'doy Qum yoki filtr 20 Qorong'u 3 7

2 Qattiq bug'doy Qum yoki filtr 20 Qorong'u 4 8

3 Javdar Qum yoki filtr 20 Qorong'u 3 7

4 Arpa Qum yoki filtr 20 Qorong'u 3 7

5 Suli Qum yoki filtr 20 Qorong'u 3 7

6 Sholi Qum yoki filtr 20-30 Qorong'u 4 10

7 Makkajo'xori Qum 20-30 Qorong'u 4 7

8 Oq jo'xori Qum 20-30 Qorong'u 5 10

9 No'xat Qum 20 Qorong'u 3 6

10 Loviya Qum 20 Qorong'u 4 7

11 Soya Qum 20 Qorong'u 3 7

12 Kungaboqar Qum yoki filtr 20-30 Qorong'u 3 5

Urug'ning boshlang'ich unuvchanligi tez va qiyg'os ko'karishini belgilaydi. Urug'ning boshlang'ich va asosiy unuvchanligi prosent hisobida ifodalanadi. Har bir taxlil uchun 100 dona

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

urug' olinib, to'rt marta qaytariladi ( 4 ta namuna olinadi) va ularni aloxida aloxida unish quvvati, unuvchanligi aniqlanadi, keyin o'rtacha prosent hisobida yozib qo'yiladi.

Urug'lik (1-jadval) qumga ekiladigan bo'lsa, qum nam sig'imi belgilangan darajaga keltirilib olinadi (ekin turiga qarab) keyin nam qum rastilnikka solinib tekislanib, bo'lgich orqali o'rtasidan ikkiga ajratiladi va bo'lingan har bir tomoniga belgilangan miqdordagi urug'lar sanab ekiladi. (Masalan: Loviya, yeryong'oq, no'xot, sorgo, tarvuz, oshqovoq, kabachki, jo'xori va soya urug'lari 50 donadan to'rt qaytarilishda.)

Unuvchanlikka ekilgan har bir idishga etiketka yopishtiriladi, unda namunaning nomeri, shuningdek urug'ning boshlang'ich va asosiy unuvchanligi aniqlanadigan kun yoziladi. Urug'lik ekilgan idishlar termostatlarga qo'yiladi va vaqti-vaqti bilan namlab turiladi.

Termostatdagi temperatura har kuni uch mahal - ertalab, tushlik vaqtida va kechqurun o'lchab daftarga yozib boriladi. Temperatura farqi urug'lik uchun belgilanganidan +20S dan ortib yoki kamayib ketmasligi kerak. Termostat pastidagi suv quyiladigan idishda suv 1,5-2,0 sm bo'lishi va undagi suv har 3-5 kunda yangilanib turiladi.

Unish quvvati va unuvchanligi uchun ekilgan urug'lar 1-jadvalda ko'rsatilgan sharoit va muddatlarda taxlil qilinib urug'larning unish quvvati va unuvchanliklari aniqlanadi.

2-jadval

Namunalar o'rtasidagi ruhsat etilgan farq (O'zDst 2823:2014.0'zstandart agentligi. 29.04.2014 № 05-542)

Unuvchanlikni o'rtacha arifmetik prosenti Mumkin bo'lgan farq % (4 x 100 uchun)

99 yoki 1 - 2

97 dan - 98 gacha yoki 2 dan - 3 gacha + 3

95 dan - 96 gacha yoki 4 dan - 5 gacha + 4

92 dan - 94 gacha yoki 6 dan - 8 gacha + 5

88 dan - 91 gacha yoki 9 dan - 12 gacha + 6

83 dan - 87 gacha yoki 13 dan - 17 gacha + 7

75 dan - 82 gacha yoki 18 dan - 25 gacha + 8

62 dan - 74 gacha yoki 26 dan -38 gacha + 9

39 dan- 61 gacha + 10

Urug'ning boshlang'ich unuvchanligi (unish quvvati) va asosiy unuvchanligi har bir namuna bo'yicha aloxida aniqlanadi. Bunda boshlang'ich unuvchanlikni aniqlashda normal xolda ungan urug' va chirigan urug' aloxida-aloxida sanalib, chirigan urug' olib tashlanadi. Urug'ning asosiy unuvchanligini aniqlashda ungan va unmagan hamma urug'ni sanab, gruppalarga (normal ungan, normal unmagan, bo'kkan va chirigan) ajratiladi. Har to'rtala namunadagi urug'ning unishi o'rtacha hisoblab chiqiladi hisoblash natijalari farqi belgilangan davlat standart normasidan oshmagandagina to'g'ri hisoblanadi.

Yuqoridagi laboratorya taxlillaridan quyidagilarni xulosa qilish mumkin;

- ekish uchun ishlatiladigan urug'lik materiallar sifat belgilari bo'yicha davlat standart talablariga javob berishi lozim.

- laboratoriya sharoiti hamma vaqt qulay bo'lganligi uchun urug'ning unuvchanligi daladagiga qaraganda doim yuqori bo'ladi. Shunday bo'lsa ham, urug'ning laboratoriyada aniqlangan unuvchanligi ekishga yaroqlilik sifatlarini yetarli darajada aniq ifodalaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

- urug'larni unuvchanligini aniqlash uchun ular qum va filtir qog'ozga ekiladi.

Urug'larni ekishda ishlatiladigan qumlar oldin mahsus elaklarda elanib yuvib tozalanadi.

- urug'ning boshlang'ich unuvchanligi (unish quvvati) va asosiy unuvchanligi har

bir namuna bo'yicha aloxida aniqlanadi. Bunda boshlang'ich unuvchanlikni aniqlashda normal

xolda ungan urug' va chirigan urug' aloxida-aloxida sanalib, chirigan urug' olib tashlanishi

shart.

REFERENCES

1. O'zDst 2823:2014. O'zstandart agentligi. 29.04.2014 № 05-542

2. Маматожиев Ш. И. и др. ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ПРОЦЕССЫ ХРАНЕНИЯ ЗЕРНА И НА ПОКАЗАТЕЛИ КАЧЕСТВА //Universum: технические науки. - 2020. -№. 12-4 (81). - С. 75-78.

3. Anvarjonovich D. Q., Ogli X. M. B. The effect of grain moisture on grain germination during grain storage //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 5. - С. 418-421.

4. Idrisov X., Matholiqov R., Xoliqov M. KUZGI BUG'DOYDAN KEYIN EKILGAN MOSH NAVLARINING SIMBIOTIK FAOLIYATINI O'RGANISH //O'rta Osiyo ta'lim va innovatsiyalar jurnali. - 2022. - Т. 1. - №. 2. - С. 51-56.

5. Маматожиев Ш. И. и др. ПРЕИМУЩЕСТВА НОВОЙ СИСТЕМЫ ПРИ ПРИЕМКЕ ЗЕРНА //Universum: технические науки. - 2020. - №. 12-2 (81). - С. 96-99.

6. Davronov Q. A., Xoliqov M. B. O. G. L. KUZGI BUG'DOY NAVLARINI SAQLASH DAVRIDA URUG 'LIK NAMLIGINI UNUVCHANLIGIGA TA'SIRINI O 'RGANISH //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - Т. 2. -№. 10. - С. 1318-1325.

7. Idrisov X., Matholiqov R., Xoliqov M. SUG 'ORILADIGAN O'TLOQI BOTQOQ TUPROQLAR SHAROITIDA MOSH (PHASELUS AUREUS PIPER.) NING "NAVRO'Z" NAVI SIMBIOTIK FAOLIYATINI O'RGANISH //O'rta Osiyo ta'lim va innovatsiyalar jurnali. - 2023. - Т. 2. - №. 1. - С. 5-10.

8. Idrisov X., Matholiqov R., Xoliqov M. MOSHNING "DURDONA VA NAVRO'Z" NAVLARI FOTOSINTETIK FAOLIYATIGA EKISH MUDDATI VA ME'YORINING TA'SIRINI O 'RGANISH //O'rta Osiyo ta'lim va innovatsiyalar jurnali. - 2023. - Т. 2. - №. 1. - С. 11-17.

9. Odiljon o'g'li M. O. et al. Effects of Irrigation with Mineralized Waters on Plants and Soils //Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science. - 2022. - Т. 3. - №. 12. - С. 26-30.

10. Idrisov X., Matholiqov R., Xoliqov M. SOYA ZARARKUNANDALARI VA UYG'UNLASHGAN KURASH CHORALARI //O'rta Osiyo ta'lim va innovatsiyalar jurnali. - 2022. - Т. 1. - №. 2. - С. 64-72.

11. Bakhromjon o'g'li K. M. Treatment of Winter Wheat Seed Materials with Pesticides //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. - 2023. - Т. 14- С. 18-21.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.