Научная статья на тему 'QIZIL PIRAKANTA (PIRAKANTA COCCINEA) URUG’LARINI UNUVCHANLIGINI ANIQLASH'

QIZIL PIRAKANTA (PIRAKANTA COCCINEA) URUG’LARINI UNUVCHANLIGINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
67
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Pirakanta / urug'idan ko'paytirish / stratifikatsiya / suvda ivitish / nihollar / ko'chatlar / pyracantha / propagation by seeds / stratification / soaking in water / sprouts / seedlings.

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Xalilova Kamola Abdulxodi Qizi

Ushbu maqolada o’rmonchilik va ko’kalamzorlashtirishda eng istiqbolli turlardan biri bo’lgan Pirakanta butasining urug'idan ko'paytirish bo'yicha eksperimental ma'lumotlar keltirilgan. Tajriba 2021-yilda o'tkazilgan. Ekishdan oldin ishlov berishning turli usullari o'rganildi, yangi hosil qilingan urug'larning bahorgi ekishda suvda ivitish va stimulyator ta’ sir etirish usullari samarali ekanligi aniqlandi, shu bilan birga ko'chatlardan maksimal hosil olinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DETERMINATION SEED GERMINATION OF FIRETHORN (PIRAKANTA COCCINEA)

This article presents experimental data on seed germination of one of the most promising species in forestry and landscaping firethorn. The experiment was carried out in 2021. Various methods of pre-sowing treatment have been studied, it has been established that methods of soaking in water and stimulating the action of freshly harvested seeds during spring planting are effective in obtaining the maximum number of seedlings

Текст научной работы на тему «QIZIL PIRAKANTA (PIRAKANTA COCCINEA) URUG’LARINI UNUVCHANLIGINI ANIQLASH»

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

QIZIL PIRAKANTA (PIRAKANTA COCCINEA) URUG'LARINI UNUVCHANLIGINI

ANIQLASH Xalilova Kamola Abdulxodi qizi

O'rmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi, Toshkent davlat agrar universiteti.

[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.7199835

Annotatsiya.Ushbu maqolada o'rmonchilik va ko'kalamzorlashtirishda eng istiqbolli turlardan biri bo'lgan Pirakanta butasining urug'idan ko'paytirish bo'yicha eksperimental ma'lumotlar keltirilgan. Tajriba 2021-yilda o'tkazilgan. Ekishdan oldin ishlov berishning turli usullari o'rganildi, yangi hosil qilingan urug'larning bahorgi ekishda suvda ivitish va stimulyator ta' sir etirish usullari samarali ekanligi aniqlandi, shu bilan birga ko'chatlardan maksimal hosil olinadi.

Kalit so'zlar: Pirakanta, urug'idan ko'paytirish, stratifikatsiya, suvda ivitish, nihollar, ko'chatlar.

ОПРЕДЕЛЕНИЕ ВСХОЖЕСТИ СЕМЯН ПИРАКАНТЫ ЯРКО КРАСНОЙ

(PIRAKANTA COCCINEA)

Аннотация. В данной статье представлены экспериментальные данные по семенному размножению одного из наиболее перспективных видов в лесоводстве и в озеленении кустарник пираканты. Эксперимент проводился в 2021 году. Изучены различные способы предпосевной обработки, установлено, что способы замачивания в воде и стимулирующего действия свежесобранных семян при весенней посадке эффективны при получении максимального количество рассады.

Ключевые слова: пираканта, размножение семенами, стратификация, замачивание в воде, ростки, сеянцы.

DETERMINATION SEED GERMINATION OF FIRETHORN (PIRAKANTA

COCCINEA)

Abstract. This article presents experimental data on seed germination of one of the most promising species in forestry and landscaping firethorn. The experiment was carried out in 2021. Various methods of pre-sowing treatment have been studied, it has been established that methods of soaking in water and stimulating the action of freshly harvested seeds during spring planting are effective in obtaining the maximum number of seedlings.

Key words: pyracantha, propagation by seeds, stratification, soaking in water, sprouts, seedlings.

Kirish. Mamalakatimizda aholi yashash joylarini obodonlashtirish ishlari jadal tarzda olib borilmoqda. Yil davomida saqlanib turadigan yuqori manzaraviyligi va keng ekologik xususiyati tufayli Pirakanta coccinea butasi butun dunyoda ekilib, ular bog' kompozitsiyalari va landshaft dizaynning bezagidir. Pirakanta - balandligi 3 m gacha bo'lgan, shoxlanishi 2,5 m gacha yoyilgan, guruh qilib ekish uchun juda mos keladi. Pirakanta doimiy manzarali bo'lib, bahorda xushbo'y, oq rangli gullashi va yozning o'rtasidan keyingi bahorgacha yorqin qizil rangli mevalar bilan doimo yashilligi bilan landshaftni bezatadi. Pirakanta parvarishi oddiy, u ko'pincha konteynerlarda ekiladi va bonsay shaklida ham chiroyli ko'rinish namoyon qiladi.

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Hozirgi kunda ko'kalamzorlashtirish va yashil maydonlar yaratishda butalarni keng foydalanishda ekish materialining yetishmasligi kuzatilmoqda. Shuning uchun turlarning nafaqat biologik va ekologik xususiyatlarini, balki ularni madaniy sharoitda ko'paytirish usullarini ham o'rganish zarurdir.

Urug'lar bilan ko'payadigan ko'chatlar yangi muhit sharoitlariga moslashish osonroq. Urug'larni ko'paytirishning vegetativ ko'paytirishga nisbatan boshqa afzalliklari ham mavjud bo'lib, yaxshi rivojlangan ildiz tizimi va shoxlarga ega, tekis poya, kasalliklar va zararkunandalarga nisbatan yuqori chidamli bo'ladi.

Daraxt-butalarni urug'i bilan ko'paytirishning bir qancha qiyinchiliklari mavjud: urug'larni ekishga tayyorlash, unib chiqish energiyasini oshirish va tuproqda unib chiqishini oshirish.

Tadqiqot ob'ektlari va usullari. Tajribada Toshkent shahrida va Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida o'sib turgan pirakantaning urug'idan terib olindi va TDAU O'rmonchilik kafedrasi tajriba maydonida 4 ta variant asosida, ekishdan oldin tayyorlashning turli usullarini sinab ko'rildi, ular 3 ta variant va nazoratdan iborat bo'lib, ularning har biri uchun100 tadan urug' ekilib sinab ko'rildi, urug'larni ekish chuqurligi esa 1,5-2 sm qilib amalga oshirildi.

• I - Nazorat (tayyorlamasdan);

• II - Suvda ivitib (48 soat);

• III - Stratifikatsiya;

• IV - Stimulyator (yantar kislotasi);

Barcha variantlar uchun nazorat bahorda quruq urug'larni ekish edi. Tadqiqot 2021-yil davomida amalga oshirildi. (1-jadval)

1-jadval

Toshkent shahridan terilgan Pirakanta urug'larini unuvchanligini aniqlash

Unib chiqqan nihollar soni, dona

№ Variantlar aprel may iyun Noyabr (saqlanib qolgan) %

1 Nazorat (tayyorlamasdan) 0 10 30 30

2 Suvda ivitib (48 soat) 20 45 75 75

3 Stratifikatsiya 16 30 56 56

4 Stimulyator (yantar kislotasi) 35 70 83 83

Urug'larning unib chiqishini oshirish uchun pirakanta urug'lariga turli xil ishlov berildi. Bahorda ekish 3 oy davomida qumda qatlamlangan urug'lar bilan amalga oshirildi, ekishdan oldin urug'lar 2 kun davomida namlangan. Urug'lar substrat (qum) bilan aralashtirildi, namlandi va 0-5 °C haroratda qutilarda saqlandi. Tajribada tanlangan urug'larning 1 yil davomida o'rtacha unib chiqish darajasi nazorat (tayyorlamasdan) variant uchun 30 %; Suvda ivitib (48 soat) variant uchun 75 %; Stratifikatsiya variant uchun 56 %; Stimulyator (yantar kislotasi) variant uchun - 83 % natijalar olindi.

1-rasm.

Oddiy suvda ivitilib ekilgan va unib chiqqan pirakanta urug'lari

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Pirakantaning urug'larini unishini tezlashtirish uchun Stratifikatsiya amalga oshirildi. Stratifikatsiya - bu urug'larni qum bilan birga aralashtirilgan holda amalga oshiriladi. Qum vaqti-vaqti bilan namlab turilmasa natija salbiy bo'ladi. Nazorat variantidagi urug'lar mart oyining ikkinchi o'n kunligida ekilgan. 28 kundan keyin birinchi kurtaklar paydo bo'ldi. Bu esa urug'larning ancha kech unganini ko'rsatadi va ungan urug'lar juda kam. Ko'rinib turibdiki eng yuqori ko'rsatkichni stimulyatordan foydalanganda urug'larga yantar kislotasi bilan ishlov berilganda ko'rsatdi. O'sish aprel oyida boshlanadi va sentabr oyining oxirigacha tugaydi. Maksimal o'sish iyun va avgust oylarida qayd etilgan.

2-jadval

Bo'stonliq tumanidan terilgan Pirakanta urug'larini unuvchanligini aniqlash

Unib chiqqan nihollar soni, dona

№ Variantlar aprel may iyun Noyabr (saqlanib qolgan) %

1 Nazorat (tayyorlamasdan) 0 15 48 48

2 Suvda ivitib (48 soat) 25 50 78 78

3 Stratifikatsiya 36 60 86 86

4 Stimulyator (yantar kislotasi) 40 76 96 96

Bo'stonliq tumanidan terilgan urug'lar bo'yicha olingan nazorat (tayyorlamasdan) variant uchun 48 %; Suvda ivitib (48 soat) variant uchun 78 %; Stratifikatsiya variant uchun 86 %; Stimulyator (yantar kislotasi) variant uchun - 96 % natijalar olindi.

Xulosa va tavsiyalar

Xulosa qilib aytganda, Pirakanta coccinea urug'larini ekishdan oldingi tayyorlash usullari ekishning qiyosiy tahlil qilishda, olib borilgan tadqiqotimiz davomida unib chiqish natijalari, Toshkent shahri hududidan yangi yig'ib olingan urug'larni bahorda ekishda, pirakanta urug'lariga stimulyator bilan ishlov berish va suvda ivitib ekish samarali ekanligi aniqlandi. Bahorda urug'larni ekish- bu usul eng kam vaqt sarflaydigan va shuning uchun eng tejamkor hisoblanadi. Tanlangan urug'larning tuproq unib chiqishi 30% dan 83% gacha bo'lgan. Stratifikatsiyadan

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

foydalanilganda salbiy natija olingan, chunki Toshkent shahridan terilgan urug'larning unuvchanligi past bo'lgan.

Bo'stonliq tumanidan terilgan urug'lar bo'yicha olingan natija esa 48 % dan- 96 % gacha bo'lgan natijalar olindi. Bundan ko'rish mumkinki, Bo'stonliq tumanidan tanlab terilgan urug'lar, urug' terish uchun maqbul hudud deb topildai.

Yuqorida aytilganlar bilan bog'liq holda, biz ekishdan oldingi tayyorgarlik usullarini, shuningdek ekish vaqtini o'rganish ushbu tur uchun ekish materialini ishlab chiqarish uchun amaliy ahamiyatga ega deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. Копылова Т. В. Технология семенного размножения представителей рода Pyracantha М. Roem. в условиях Правобережной Лесостепи Украины // Hortus bot. 2015.

2. Ж.М. Жураев, М.З. Холмуротов, К.А. Халилова. Биоморфологические свойства семян медоносной липы - Academic research in educational sciences, 2021

3. Холмуротов М.З. Бердиев Э.Т. Результаты семенного и вегетативного размножения калины обыкновенной (Vibiurnum opulus L.) в Ташкентском оазисе //инновационные подходы в использовании агробиоразнообразия в устойчивом развитии сельского хозяйства. - Ташкент, 2019. - С. 132-137.

4. Меликузиев A. A., Ергешев Д. А., Махкамов Т. Х. Инвазив усимлик amorpha fruticosa l. Нинг биоэкологик хусусиятлари ва купайтириш усуллари //Academic research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. - №. 7. - С. 168-175.

5. Xalilova K.A., Yuldashov Y. Qizil pirokantaning bioekologiyasi. Mamlakat taraqqiyoti yoshlar nigoxida "2017 yil - xalq bilan muloqlt va inson manfaatlari yili"ga bag'ishlangan iqtidorli talaba yoshlarning I ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plami Toshkent 2017 yil 20 may, 159-160-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.