"SUSTAINABLE FORESTRY"
14-15 October 2022 | scientists.uz
OQ AKATSIYA (ROBINIA PSEUDOACACEA L. ) URUG'LARINI UNUVCHANLIGINI
ANIQLASH. Juraev Javlon Mirzatillaevich1 Xalilova Kamola Аbdulxodi qizi2 Baratova Madina Botirovna3 [email protected] 1Toshkent davlat agrar unversiteti, O'rmonchilik kafedrasi dotsenti, Toshkent 2Toshkent davlat agrar unversiteti, O'rmonchilik kafedrasi kata o'qituvchisi, Toshkent 32Toshkent davlat agrar unversiteti, O'rmonchilik kafedrasi magistranti, Toshkent
https://doi.org/10.5281/zenodo.7191352
Annotatsiya. Oq akatsiya (Robiniapseudoacacea L.) urug'lari unuvchanligini o'rganish davomida hududlar bo'yicha sezilarli darajada farqlar aniqlandi. Mahalliy urug'larning ekish sifatini tahlil qilishga qaratilgan laboratoriya tajribalari unib chiqishningpast foizini ko'rsatdi.
Kalit so'zlar: oq akatsiya, petri likopcha, unib chiqish, yetishtirish.
ОПРЕДЕЛЕНИЕ ВСХОЖЕСТИ СЕМЯН БЕЛОЙ АКАЦИИ (ROBINIA
PSEUDOACACEA L.).
Аннотация. При изучении всхожести семян белой акации (Robiniapseudoacacea L.) выявлены существенные региональные различия. Лабораторные опыты, направленные на анализ посевных качеств местных семян, показали низкий процент всхожести.
Ключевые слова: белая акация, чашка петри, всхожесть, культивирование.
DETERMINATION OF THE GERMINATION OF THE SEEDS OF THE BLACK LOCUST (ROBINIA PSEUDOACACEA L.).
Abstract. When studying the germination of seeds of the white locust (Robinia pseudoacacea L.), significant regional differences were revealed. Laboratory experiments aimed at analyzing the sowing qualities of local seeds showed a low percentage of germination.
Key words: black locust, petri dish, germination, cultivation.
Urug' unuvchanligiga bag'ishlangan tadqiqotlar [1, 2, 3, 4, 5, 6] o'simliklarni etishtirishning ilmiy asoslangan uslublarini yaratishning dastlabki bosqichlari sanaladi. Ohirgi yillarda Respublikamizda mahalliy va introdutsent o'simliklarni madaniy plantatsiyalarini yaratishga qaratilgan tadbirlar soni ortmoqda [7, 8, 9]. So'nggi yilarda o'rmon xo'jaliklarida yerning meliorativ holatini yaxshilashga, o'rmon mahsulotlaridan qo'shimcha foydalanishga ahamiyat berilmoqda va yangi turdagi daraxt - butalarni o'rmon xo'jaligi va obodonlashtirishga joriy etish uchun Toshkent viloyatidagi o'rmon xo'jaliklari yashil olam barpo etish maqsadida tur tarkibini kengaytirish ustuvor vazifa deb belgilab olgan. Bu turlar orasida aynan Oq akatsiya daraxti ham mavjud. Aynan bu hududga mos ko'chatlarni yetishtirish maqsadida bir nechta hududdan urug' na'munalari olinib o'rganildi.
Bunda, Burchmulla davlat o'rmon xo'jaligidan olingan "Bo'stonliq" va Toshkent shahridan olingan "TDAU" va "Botanika bog'i" urug' namunalari terildi.
2021 yilning bahorida, ekishdan oldin, olingan urug'larning sifati tahlili o'tkazildi. Laboratoriya sharoitida 1000 ta urug'ning massasi, unib chiqish ko'rsatkichlari aniqlandi. 100 ta urug' o'lchandi, o'rtacha o'lchami 4,5x3,0 sm.1000 ta oq akatsiya urug'ining belgilangan vazni Bo'stonliq tumani va Toshkent shahrida TDAU hududi va Botanika bog'idagi urug'lar uchun mos
"SUSTAINABLE FORESTRY"
14-15 October 2022 | scientists.uz
ravishda 21 g; 19,5 g va 16,6g. Tajribani qo'yishdan oldin, Urug'larni alohida-alohida idishlarda 800C haroratli suvda 15 daqiqa davomida ushlab turildi.
Tajriba davomida har bir na'munaning sof urug'idan navbatma-navbat, tanlamay, 100 ta urug'dan 3 dona namuna olindi. Keyin, unib chiqish uchun tayyorlangan urug'lar bir-biriga tegmasligi uchun petre likopchasiga filtr qog'oz qo'yib joylashtirildi (1-rasm). Rasmda ko'rsatilgandek Bo'stonliq tumanidan 1-3 namuna, Toshkent shahrida TDAU hududidan 4-6 namuna va Botanika bog'idan ham 7-9 namuna urug'lar olindi.
1-rasm.
Urug' unishni aniqlashning 1 va 5- kunlari.
Niholni aniqlash GOST 13056.6-97 bo'yicha amalga oshirildi, olingan natijalar jadvalga kiritildi. Tadqiot uslubiga ko'ra, normal unib chiqqan (2-rasm), noto'g'ri unib chiqqan va chirigan urug'lar alohida hisobga olingan.
2-rasm.
Yaxshi unib chiqqan urug'lar
1-Jadval
2022-yilgi oq akatsiyani urug'larining laboratoriya sharoitida unib chiqishi.
№ Urug' terib olingan hudud Urug' unish soni va kuni.
2 6 8 10 12
"SUSTAINABLE FORESTRY"
14-15 October 2022 | scientists.uz
100 10 20 7+3* 8
1 Bo'stonliq 100 90 70 60 52
2 Bo'stonliq 100 100 8 92 15 87 9 77 8 69
3 Bo'stonliq 100 100 10 90 17 73 7+1* 65 5 60
4 TDAU 100 100 9 91 12 79 0+8** 71 1 70
5 TDAU 100 100 8 92 10 82 0+5** 77 2 75
6 TDAU 100 100 8 92 11 81 7 74 3 71
7 Botanika bog'i 100 100 1 99 4 95 0+3** 92 0 92
8 Botanika bog'i 100 100 1 99 5 94 0+4** 90 0 90
9 Botanika bog'i 100 100 2 98 4 94 1 93 0 93
Eslatmalar: * - noto'g'ri ungan; ** - c hirigan
Tahlil davomida urug'larning unib chiqish ko'rsatkichlari va unib chiqish energiyasi juda past bo'lganligi qayd etilgan. Burchmulla davlat o'rmon xo'jaligi hududidan terilgan Bo'stonliq urug'lar unib chiqishi 39,4%, unib chiqish energiyasi - 9,3%, TDAU hududi urug'lar uchun - 23% va Botanika bog'idagi hudud urug'lari uchun 8,3 %. Olingan natijalar ekish tezligini aniqlashda hisobga olindi va o'sish jarayonlarini rag'batlantirishga qaratilgan qo'shimcha usullarga shoshilinch ehtiyoj borligini tasdiqladi.
REFERENCES
1.Жумабоев, Г. Ш., & Махкамов, Т. Х. (2022). Инвазив усимлик-Испан мингбоши (Vaccaria hispanica (Mill.) Rauschert) ни маданийлаштириш истикболлари ва уруг унувчанлиги. ГулДУ ахборотномаси,1, 17-23.
2. Жураев, Ж. М., Холмуротов, М. З., & Халилова, К. А. К. (2021). Биоморфологические свойства семян медоносной липы. Academic research in educational sciences, 2(7), 32-36.
3.Мели;узиев, A. A., Ергешев, Д. А., & Махкамов, Т. Х. (2022). Инвазив усимлик Amorpha fruticosa L. нинг биоэкологик хусусиятлари ва купайтириш усуллари. Academic research in educational sciences, 3(7), 168-175.
4. Тухтаев, Б. Ё., Махкамов, Т. Х., Тулаганов, А. А., Маматкаримов, А. И., Махмудов, А. В., & Аллаяров, М. У. (2015). Доривор ва озукабоп усимликлар плантацияларини ташкил килиш ва хом ашесини тайерлаш буйича йурикнома.
"SUSTAINABLE FORESTRY"
14-15 October 2022 | scientists.uz
5.Zhuraev J M, Baratova M. B, Khalilova K. A //Biomorphological Properties of Black Locust Tree (Robinia Pseudoacacia L.) Seeds Producing Herbal Honey// Middle European Scientific Bulletin (MESB) 2022, P. 7-10
6.Жураев Ж.М., Халилова К.А., Махмудова Г.Б. Биоэкологические особенности и медоносность видов софора, акация и липа. Сборник научных трудов «Наука и инновация» Ташкент 2020.
7.Bahodirova, G. I., & Maxkamov, T. X. (2022). Turkman mandragorasini (Mandragora turcomanica Mizgir.) ko'paytirish va yetishtirish usullari. Academic research in educational sciences, 3(6), 171-178.
8.Губанов, И. А. и др. Robinia pseudoacacia L. - Робиния лжеакация, или Белая акация // Иллюстрированный определитель растений Средней России. В 3 т. М.: Т-во науч. изд. КМК, Ин-т технолог. иссл., 2003. Т. 2. Покрытосеменные (двудольные: раздельнолепестные). С. 461.
9. Туракулов, А. А., & Холмуротов, М. З. (2019). Артишок уругларининг дала унувчанлиги ва майсаларнинг ривожланиши. Журнал агро процессинг, (4).