"SUSTAINABLE FORESTRY"
14-15 October 2022 | scientists.uz
OQ AKATSIYA (ROBINIA PSEUDOACACIA L) URUG'KO'CHATLARINING O'SISH
KO'RSATKICHLARI.
Juraev Javlon Mirzatillaevich1 Xalilova Kamola Аbdul\odi qizi2 Baratova Madina Botirovna3 [email protected] 1Toshkent davlat agrar unversiteti, O'rmonchilik kafedrasi dotsenti, Toshkent 2Toshkent davlat agrar unversiteti, O'rmonchilik kafedrasi kata o'qituvchisi, Toshkent 3Toshkent davlat agrar unversiteti, O'rmonchilik kafedrasi magistranti, Toshkent https://doi.org/10.5281/zenodo.7191237
Annotatsiya. Burchmulla davlat o'rmon xo'jaligida mavjud bo'lgan oq akatsiya daraxtining 25-30 yoshli onalik plantatsiya urug'laridan ekib o'stirilgan 2 yillik urug'ko'chatlarida olib borilgan tadqiqotda quyidagi natijalar aniqlandi. 4 xil variantda: 1-variant "Nazorat"; 2-variant "Kornevin"; 3-variant "Gibberellin"; 4-variant "Oksigumat" stimulyatorlaridan foydalanilgan holda mahsus maydonga chuqurligi 2 sm, qator orasi 20 sm, urug' orasi 1-3 sm qilib ekilib tajribalar qo'yilgan. Qo'yilgan tajriba asosida urug'ko'chat balandligi va diametri o'lchandi: 1-variant bo'yicha urug'ko'chatlar balandligi 28-35 sm, diametri 0.1-0.2 mm; 2-variantda urug'ko'chat balandligi 40-54 sm, diametri 0.2-0.4 mm; 3-variantda urug'ko'chat balandligi 60-75 sm, diametri 0.4-0.7 mm; 4-variantda urug'ko'chat balandligi 78-82 sm, diametri 0.6-0.8 mm ko 'rsatkichlar aniqlandi.
Kalit so'z: Oq akatsiya, urug'ko'chat, stimulyator, kornevin, gibberellin, oksigumat.
ПОКАЗАТЕЛИ РОСТА САЖЕНЦЕВ БЕЛОЙ АКАЦИИ (ROBINIA PSEUDOACACIA L).
Аннотация. При исследованиях, проведенных на 2-летних сеянцах акации белой, выращенных из 25-30-летних семян маточника, имеющихся в Бурчмуллинском государственном лесничестве, получены следующие результаты. В 4 разных вариантах: вариант 1 «Контроль»; Вариант 2 «Корневин»; Вариант 3 «Гиббереллин»; 4-й вариант высаживали с применением стимуляторов «Оксигумат» на специальном участке глубиной 2 см, междурядьем 20 см и междурядьем семян 1-3 см. На основании опыта измеряли высоту и диаметр проростков: по 1-му варианту высота проростков 28-35 см, диаметр 0,1-0,2 мм; В варианте 2 высота сеянца 40-54 см, диаметр 0,2-0,4 мм; В варианте 3 высота сеянца 60-75 см, диаметр 0,4-0,7 мм; В варианте 4 определяли высоту проростков 78-82 см, диаметр 0,6-0,8 мм.
Ключевые слова: Акация белая, сеянец, стимулятор, корневин, гиббереллин, оксигумат.
Oq akatsiya (Robinia pseudoacacia L) 30 m balandlikdagi bargli daraxt, diametri 30-40 sm, shoxlanishi shaffof, yoyilgan, ochilgan toj bilan, alohida qatlamlardan iborat. Po'stlog'i quyuq kulrang, uzun bo'ylama yoriqlari, yoshligida kulrang-jigarrang. Barglari navbatma-navbat, 7-19 barglari elliptik shaklga ega. Bahorda ular yashil, ipak-tukli, yozda ular quyuq yashil, ba'zan sarg'ish, pastki qismi yaltiroq, tekis. Gullari oq yoki ozgina pushti, xushbo'y, 20 sm gacha cho'zilgan. May-iyun oylarida gullaydi. Gullari xo'shbo'y asalli hisoblanadi [1].
"SUSTAINABLE FORESTRY"
14-15 October 2022 | scientists.uz
Tadqiqot davomida turni urug'idan ko'paytirish ishlari Burchmulla davlat o'rmon xo'jaligida mavjud 25-30 yoshli onalik o'simliklarning urug'laridan foydalanildi.
Urug' unuvchanligiga bag'ishlangan tadqiqotlar [2, 3, 4, 5, 6] o'simliklarni etishtirishning ilmiy asoslangan uslublarini yaratishning dastlabki bosqichlari bo'lib, ohirgi yillarda Respublikamizda mahalliy va introdutsent o'simliklarni madaniy plantatsiyalarini yaratish ehtiyoji ortib bormoqda.
Tadqiqot uslubi. Burchmulla davlat o'rmon xo'jaligi Sijjak bo'limida ushbu daraxtning tajriba ob'ekti sifatida o'rganilayotgan va tadqiqot o'tkazilayotgan barcha na'munalari ochiq va yopiq hudud sharoitida o'ta manzarali holat namoyon qilib o'sib rivojlanmoqda va kuzatuv ishlari doimiy ravishda o'tkazilmoqda.
Tadqiqot natijalari. Tadqiqotda o'rganilayotgan 4 ta variant qilib ekilgan urug'lardan unib chiqqan 2-yil o'sish ko'rsatkichlari bo'yicha urug'ko'chatlarni balandligi, diametrini o'lchab o'rganish ishlari olib borildi. Oq akatsiya urug'ko'chatlarida aniqlash maqsadida 4 xil variantda: 1-variant "Nazorat"; 2-variant "Kornevin"; 3-variant "Gibberellin"; 4-variant "Oksigumat" stimulyatorlaridan foydalanilgan holda mahsus maydonga chuqurligi 2 sm, qator orasi 20 sm, urug' orasi 1-3 sm qilib ekilib tajribalar qo'yilgan. Urug'lar 2021 yil 6- aprelda ekilib shu vaqtgacha parvarish ishlari olib borilmoqda. Qo'yilgan tajriba asosida urug'ko'chat balandligi va diametri o'lchandi. (1, 2- rasm)
1-rasm.
Oq akatsiya urug'ko'chatlari balandligini o'lchash ishlari.
"SUSTAINABLE FORESTRY"
14-15 October 2022 | scientists.uz
Tadqiqot davomida har bir variantdan 20 tadan urug'ko'chatlar tanlanib quyidagicha natijalar olindi: 1-variant bo'yicha urug'ko'chatlar uzunligi 31 sm, diametri 0.1-0.2 sm; 2-variantda urug'ko'chat balandligi 48,20 sm, nazoratga nisbatan 155,5% yuqori, diametri 0.29 sm; nazoratga nisbatan 187,1% yuqori, 3-variantda urug'ko'chat balandligi 70,35 sm, nazoratga nisbatan 226,9 % yuqori, diametri 0,58 sm; nazoratga nisbatan 374,2 % yuqori, 4-variantda urug'ko'chat balandligi 80,25 sm, nazoratga nisbatan 258,9 % yuqori, diametri 0.67 sm nazoratga nisbatan 429,5 % yuqori ko'rsatkichlar aniqlandi. (1-jadval)
1-jadval
Oq akatsiya urug'ko'chatlarining o'sish ko'rsatkichlari. ( 2 yillik)
Statistik tahlil
Variant O'rtacha Dispe rsiya Variatsiya koeffisiyent i O'rtach a xatolik Nazoratg a nisbatan farq O'rtacha ahamiyatl i farq (d) NS R 0,5
Balandligi bo'yicha; sm
Nazorat 31,00±0,48 2,1 6,9 1,5 100,0 0,00 0,24
Kornevin 48,20±1,08 4,8 10,0 2,2 155,5 17,20 0,43
Gebbirellin 70,35±0,85 3,8 5,4 1,2 226,9 39,35 0,50
Oksigumat 80,25±0,28 1,3 1,6 0,3 258,9 49,25 0,40
Diametr bo'yicha; sm
Nazorat 0,16±0,01 0,1 32,9 7,4 100,0 0,00 0,01
Kornevin 0,29±0,02 0,1 29,4 6,6 187,1 0,14 0,01
Gebbirellin 0,58±0,03 0,1 20,6 4,6 374,2 0,43 0,01
Oksigumat 0,67±0,02 0,1 11,2 2,5 429,0 0,51 0,01
Yuqoridagi jadvaldan ko'rinib turibdiki, 1-variantda yani nazorat variantiga hech qanday stimulyatorlar ta'sir ettirilmadi va o'sish ko'rsatkichalari juda past bo'yi 31 sm, diametri esa 0.16 sm ni tashkil etdi, 2-variantda esa kornevin ta'sir ettirib ekilgan urug'lardan chiqqan urug'ko'chatlarda ham o'sish ko'rsatkichlari past bo'lib bo'yi 48,20 sm, diametri esa 0,29 sm ni tashkil etdi. 3-variant va 4- variantlarda yani gibberillin va oksigumat ta'sir ettirib ekilgan urug'lardan chiqqan urug'ko'chatlarda o'sish ko'rsatkichlari yaxshi yani bo'yi 70,35 va 80,25 sm,
"SUSTAINABLE FORESTRY"
14-15 October 2022 | scientists.uz
diametri esa 0,58 sm va 0.67 sm ni tashkil etdi. Bu esa nazorat variantiga nisbatan ancha yuqori natijani ko'rsatadi.
2-rasm.
Oq akatsiya urug'ko'chatlarining tana diametrini o'lchash.
XULOSA
Yuqoridagi tajribadan ko'rinib turibdiki oq akatsiya urug'ko'chatlarini ko'paytirishda urug'larga turli xil stimulyatorlar ta'sir ettirib ularni unuvchanligini oshirish bilan birgalikda, ushbu urug'lardan o'sgan urug'ko'chat o'sib rivojlanishi davomida ham turli xil ko'rsatkichlarni namoyon qildi. Bunda urug'larga tasir ettirilgan stimulyatorlardan gibberellin va oksigumat eng yuqori ko'rsatkichlarni namoyon qildi. Oq akatsiya urug'larini ekish davomida ushbu stimulyatorlardan foydalanish yuqori samaradorli urug'ko'chatlar olish imkonini beradi.
Oq akatsiya (Robinia pseudoacacia L) ko'paytirishda urug'ko'chatlaridan foydalanishda tashqi zararli omillarga chidamli, yashovchanligi yuqori bo'lgan daraxtlarni o'stirish mumkin. Bu orqali esa turli xil tuproq yemirilishlarini oldi olinadi va yuqori sifatli asal olib yuqori samaradorlikka erishiladi.
REFERENCES
1 Губанов, И. А. и др. Robinia pseudoacacia L. - Робиния лжеакация, или Белая акация // Иллюстрированный определитель растений Средней России. В 3 т. М.: Т-во науч. изд. КМК, Ин-т технолог. иссл., 2003. Т. 2. Покрытосеменные (двудольные: раздельнолепестные). С. 461.
2 Жумабоев, Г. Ш., & Махкамов, Т. Х. (2022). Инвазив усимлик-Испан мингбоши (Vaccaria hispanica (Mill.) Rauschert) ни маданийлаштириш истикболлари ва уруг унувчанлиги. ГулДУ ахборотномаси,1, 17-23.
3 Жураев, Ж. М., Холмуротов, М. З., & Халилова, К. А. К. (2021). Биоморфологические свойства семян медоносной липы. Academic research in educational sciences, 2(7), 32-36.
4 Туракулов, А. А., & Холмуротов, М. З. (2019). Артишок уругларининг дала унувчанлиги ва майсаларнинг ривожланиши. Журнал агро процессинг, (4).
5 Yuldasheva, N. E., & Aminova, M. (2022). Albuca bracteata-hind piyozini etishtirish usullari va shifobahshlik xususiyatlari. Academic research in educational sciences, 3(2), 376384.
"SUSTAINABLE FORESTRY"
14-15 October 2022 | scientists.uz
6 Zhuraev J M, Baratova M. B, Khalilova K. A //Biomorphological Properties of Black Locust Tree (Robinia Pseudoacacia L.) Seeds Producing Herbal Honey// Middle European Scientific Bulletin (MESB) 2022, P. 7-10