Научная статья на тему 'ODDIY LIGUSTRUMNI QALAMCHALARI ORQALI KO'PAYTIRISHDA ILDIZ O'SISH KO'RSATKICHLARINI O'RGANISH'

ODDIY LIGUSTRUMNI QALAMCHALARI ORQALI KO'PAYTIRISHDA ILDIZ O'SISH KO'RSATKICHLARINI O'RGANISH Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
115
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ligustrum / qalamcha / stimulyator / kornevin / yantarnaya kislota

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Jurayev Javlon Mirzatillayevich, Xalilova Kamola Abdulxodi Qizi, Saydullayev Narzullo Bahodir Ogli

Burchmulla davlat o’rmon xo’jaligida mavjud bo’lgan ligustrum plantatsiyalaridan olingan qalamchalarda 1 yillik ildiz o’sish ko’rsatkichlarida quyidagi natijalar aniqlandi. Tadqiqotda o’rganilayotgan 4 ta variant qilib ekilgan urug’lardan unib chiqqan 1-yil o’sish ko’rsatkichlari bo’yicha urug’ko’chatlarni ildiz o’sib rivojlanishi o’lchab, o’rganish ishlari olib borildi. Bunda quyidagi ko’rsatkichlarni namoyon qildi. 1-variant bo’yicha ko’chat ildiz uzunligi 26 sm, 2-variant bo’yicha ko’chat ildiz uzunligi 30 sm, 3-variant bo’yicha ko’chat ildiz uzunligi 27 sm; 4-variant bo’yicha ildiz uzunligi 41 sm ko’rsatkichlar aniqlandi. Bunda qalamchalarga tasir ettirilgan stimulyatorlardan kornevin va oksigumat eng yuqori ko’rsatkichlarni namoyon qildi. Ligustrum qalamchalarini ekish davomida ushbu stimulyatorlardan foydalanish yuqori samaradorli ko’chatlar olish imkonini beradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ODDIY LIGUSTRUMNI QALAMCHALARI ORQALI KO'PAYTIRISHDA ILDIZ O'SISH KO'RSATKICHLARINI O'RGANISH»

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

ODDIY LIGUSTRUMNI QALAMCHALARI ORQALI KO'PAYTIRISHDA ILDIZ O'SISH KO'RSATKICHLARINI O'RGANISH. Jurayev Javlon Mirzatillayevich1 Xalilova Kamola Abdulxodi qizi2 Saydullayev Narzulla Bahodir o'gli3 q.x.f.f.d, dotsent. Toshkent davlat agrar universiteti1 O'rmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi katta o'qituvchisi2 Toshkent davlat agrar universiteti magistranti3 https://doi.org/10.5281/zenodo.7191362

Annotatsiya. Burchmulla davlat o'rmon xo'jaligida mavjud bo'lgan ligustrum plantatsiyalaridan olingan qalamchalarda 1 yillik ildiz o'sish ko'rsatkichlarida quyidagi natijalar aniqlandi. Tadqiqotda o'rganilayotgan 4 ta variant qilib ekilgan urug'lardan unib chiqqan 1-yil o'sish ko'rsatkichlari bo'yicha urug'ko'chatlarni ildiz o'sib rivojlanishi o'lchab, o'rganish ishlari olib borildi. Bunda quyidagi ko'rsatkichlarni namoyon qildi. 1-variant bo'yicha ko'chat ildiz uzunligi 26 sm, 2-variant bo'yicha ko 'chat ildiz uzunligi 30 sm, 3-variant bo'yicha ko 'chat ildiz uzunligi 27 sm; 4-variant bo'yicha ildiz uzunligi 41 sm ko'rsatkichlar aniqlandi. Bunda qalamchalarga tasir ettirilgan stimulyatorlardan kornevin va oksigumat eng yuqori ko'rsatkichlarni namoyon qildi. Ligustrum qalamchalarini ekish davomida ushbu stimulyatorlardan foydalanish yuqori samaradorli ko'chatlar olish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: ligustrum, qalamcha, stimulyator, kornevin, yantarnaya kislota.

O'simliklarni qalamchalar, parxish va payvandlash orqali ko'paytirish keng qo'llaniladi. Ammo ulardan eng ko'p qo'llaniladigani qalamchalar orqali ko'paytirishdir. Mana shu tufayli o'simliklarni xilma-xilligi saqlanib qoladi. Ayrim hollarda ushbu o'simliklarning bir-biridan morfologik farqlanishi turlarga nisbatan ham ko'proq bo'lishi mumkin. Qalamchalar orqali ko'paytirishda, qalamchalarning o'simlikning qaysi qismidan olinishiga ham e'tibor berish lozim. Masalan, qalamcha o'simlikning meva tugadigan novdasidan olinsa ushbu novdadan ko'karib chiqqan o'simlik gullashi mumkin va ularning mevaga kirishi o'simlikning yuvenil qismidan ko'paytirilgan o'simliklarga nisbatan anchagina vaqtli boshlanadi. Qalamchalarning ko'karishi bir qancha muhit omillariga bog'liq. Ammo yosh o'simliklardan olingan qalamchalarning qari o'simliklardan olinganlarga nisbatan tuproqda yaxshi ko'karib ketishi ya'ni tutishi ehtimoli anchagina yuqori. Ko'pchilik turlarning qalamchalardan yaxshi ko'paygani, ayrim turlariniki qiyinroq kechadi.

O'simliklarni vegetativ yo'l bilan ko'paytirish ishlari ulardan tezroq hosil olishga qaratilgan bo'lib, ushbu yo'nalishda turli xil istiqbolli turlar ustida tadqiqotlar olib borilgan [1, 2]. Shu bilan birga ko'chatlarga tuproq substratining ta'siri [3], ularning bioekologik hususiyatlari [4, 5] va foydalanish istiqbollari [6] tadqiq qilingan.

Tadqiqot uslubi. Burchmullo davlat o'rmon xo'jaligida onalik ko'chatlarini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonida Oddiy ligistrumni qalamchasi yordamida ko'paytirish ishlari olib borildi va o'sish ko'rsatkichlari aniqlandi.

Ligustra (Ligustrum) — zaytundoshlar oilasiga mansub buta va pakana daraxtlar turkumi. 35 (ba'zi ma'lumotlarda 50) turi bor. Ko'pchiligi Osiyoning tropik va subtropik qismida o'sadi. Oddiy L. (L.vulgaris) O'rta Osiyoda o'stiriladi. Bo'yi 2-5 m, barglari oddiy, qisqa bandli, yaltiroq,

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

cho'ziq yoki nashtarsimon, novdada qarama-qarshi joylashgan. Guli ikki jinsli, oq yoki sarg'ish tusda, shakli voronkasimon, gulbargi 4 ta. Mevasi qora yoki to'q ko'k, rezavor. May—iyunda gullab, avgust — sentabrda meva tugadi. Ligustrum manzarali o'simlik. Ko'pchilik mamlakatlarda, jumladan, O'zbekistonda ham, asosan, yashil devor hosil qilish uchun ekiladi.

Tadqiqot natijalari. Tajriba 2021-yil fevral oyida qo'yilgan. Bunda qalamchalarni 4 ta variant bo'yicha, 1-variant oksigummat, 2-variant yantarnaya kislota, 3-variant nazorat, 4-variant kornevin stimulyatorlari ta'sir ettirib tajriba qo'yilgan. Qalamchalarni ekish uchun yer maydoni 20sm chuqurlikda kovlanib qum bilan to'ldirildi. Suv aeratsiyasi yaxshilash maqsadida dastlab shag'al so'ngra qum solindi. 200 dona qalamcha ekildi. Qalamchalarni o'rtacha 25sm qilib kesib tayyorladik,so'ngra yerga 20sm chuqurlikda ekildi 5sm kurtak barg chiqarish uchun qoldirdim. Qalamchalar ildiz otish uchun muntazam sug'orilib borildi, 10-kun ichida qalamchalarni birlamchi barglari ko'rina boshlandi. Har 1 haftada sug'orilib borildi. Begona o'tlardan esa qalamchalar qo'yilgan kundan 15 kun o'tib tozalandi, tajribamizni 3-4 kunda kuzatib bordik, 1 haftada 5-6mm o'sishi kuzatildi. Kuzatishlarimizni dala daftarga qayd etib bordik. Tadqiqotda o'rganilayotgan 4 ta variant qilib ekilgan urug'lardan unib chiqqan 1-yil o'sish ko'rsatkichlari bo'yicha urug'ko'chatlarni ildiz o'sib rivojlanishi o'lchab, o'rganish ishlari olib borildi. Bunda quyidagi ko'rsatkichlarni namoyon qildi. 1-variant bo'yicha ko'chat ildiz uzunligi 26 sm, 2-variant bo'yicha ko'chat ildiz uzunligi 30 sm, 3-variant bo'yicha ko'chat ildiz uzunligi 27 sm; 4-variant bo'yicha ildiz uzunligi 41 sm ko'rsatkichlar aniqlandi. (1-jadval)

1-jadval

Ochiq dala sharoitida legistrumning qalamchalarini o'stiruvchi stimulyatorlar

ta'sirida ildiz olishi

Oddiy Ligustrum (Ligustrum vulgaris)

Stimulyatorlar

Ekilgan

qalamchalar

soni,dona

Ildiz olgan qalamchalar soni, dona

Ildiz olish

darajasi, %

Ildiz uzunligi,

sm

Oksigummat

50

40

80

26

Yantarnaya kislota

50

38

76

30

Nazorat (oddiy suv)

50

35

70

27

Kornevin

50

46

92

41

Yuqoridagi jadvaldan ko'rinib turibdiki, 1-variantda yani oksigumat ta'sir ettirib ekilgan qalamchalar tutib qolishi 40 dona, ildiz olish darajasi 80 %, ildiz uzunligi esa 26 sm; 2-variantda esa yantarnaya kislota kornevin ta'sir ettirib ekilgan qalamchalar tutib qolishi 38 dona, ildiz olish darajasi 76 %, ildiz uzunligi 30 sm; 3-variant nazorat varianti bo'lib, hech qanday stemulyatorlar

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

ta'sir ettirilmadi va qalamchalar tutib qolishi 35 dona, ildiz olish darajasi70 %, ildiz uzunligi 27 sm; 4- variantlarda kornevin ta'sir ettirib ekilgan qalamchalar tutib qolishi 46 dona, ildiz olish darajasi 92 %, ildiz uzunligi 41 sm ko'rsatkichlarini tashkil etdi.

1-rasm.

Varintlar bo'yicha ildiz qismini o'zgarishi

XULOSA

Yuqoridagi tajribadan ko'rinib turibdiki ligustrum qalamchalari orqali ko'chatlarini ko'paytirishda qalamchalarga turli xil stimulyatorlar ta'sir ettirib ularni unuvchanligini oshirish bilan birgalikda, ushbu qalamchalardan o'sgan ko'chat o'sib rivojlanishi davomida ham turli xil ko'rsatkichlarni namayon qildi. Bunda qalamchalarga tasir ettirilgan stimulyatorlardan kornevin va

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

oksigumat eng yuqori ko'rsatkichlarni namoyon qildi. Ligustrum qalamchalarini ekish davomida ushbu stimulyatorlardan foydalanish yuqori samaradorli ko'chatlar olish imkonini beradi.

Ligustrumni qalamchalaridan ko'paytirishda qisqa vaqt ichida sifatli va ko'p miqdorda ko'chatlarni yetishtirish imkonini beradi. Ligustrum ko'chatlaridan ko'kalamzorlashtirishda va o'rmonchilikda turli xil tuproq yemirishlarini oldini olish maqsadida keng qo'llash tavsiya etiladi. Bundan tashqari sifatli asal olib yuqori samaradirlikka erishiladi.

REFERENCES

1. Бердиев, Э. Т., & Холмуротов, М. З. Вегетативное размножение калины обыкновенной (Viburnum opulus L.) в Ташкентском оазисе. In Актуальные проблемы устойчивого развития лесного комплекса": Международная научнопрактическая конференция, посвященная (Vol. 70, pp. 130-135).

2. Холмуротов, М. З. (2016). Урожайность местных форм фисташки настоящей при их вегетативном размножении в узбекистане. редакционный совет, 4, 201642.

3. Хамзаев, А. Х., Эшанкулов, Б. И., & Холмуротов, М. З. (2019). Влияние состава почвенного субстрата на приживаемость и рост сеянцев фисташки в контейнерах. Вестник Ижевской государственной сельскохозяйственной академии, (4), 49-52.

4. Jurayev J.M., Xolmuratov M.Z., Khalilova K.A. Phenology and growth indicators of honey trees and bushes in Uzbekistan. E3S Web Conferences 244, 02050 (2021) EMMFT-2020.

5. Jurayev J.M., Xolmurotov M.Z., Xalilova K.A. Биоэкологические особенности меданосних растений в засулушивих условиях Узбекистана. 2020 International virtual forum on greenning and land degradation neutrality in dryland 2020. P 298-382.

6. Jurayev J.M., Xolmuratov M.Z., Kayimov A., Xalilova K.A. O'zbekistonda asal beruvchi daraxt va butalar assortimenti va ulardan foydalanish imkoniyatlari. Agrar fan nazariyasi va amaliyotidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari "Toshkent davlat agrar universiteti tashkil etilganligining 90 yilligiga" 2020 yil 14-15 dekabr. 314-318-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.