Научная статья на тему 'TOSHKENT VILOYATI BOSTONLIQ TUMANI HUDUDIDA TULIPA KAUFMANNIANA REGEL POPULYATSIYALARINING TARQALISHI'

TOSHKENT VILOYATI BOSTONLIQ TUMANI HUDUDIDA TULIPA KAUFMANNIANA REGEL POPULYATSIYALARINING TARQALISHI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
104
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Tulipa L / yuvenil / generativ / T. kaufmanniana / GAT xarita / qo’riqxonalar / populyatsiya / ex situ / in situ / Tulipa L / juvenile / generative / T. kaufmanniana / GAT map / reserves / population / ex situ / in situ

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — D.A. Abdullayev, J J. Jo‘raqul O‘g‘li, M.D. Turgunov, N.Q. Iskanov

Maqolada Chotqol tizmasining janubiy-g‘arbiy qismida tarqalgan T. kaufmanniana turining populyatsiyasi, o’simliklarning umumiy soni, generativ va yuvenil o’simliklar nisbati haqida ma’limotlar keltirilgan. Muhofazaga olingan va tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo’lgan hududlarda lolalarning saqlanib qolish darajasi va ularning kamayib ketish sabablari o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DISTRIBUTION OF REGEL POPULATIONS OF TULIP KAUFMANNIANA IN THE BOSTONLYK DISTRICT OF THE TASHKENT REGION

The article provides information on the abundance of T. kaufmanniana, the total number of plants and the proportion of generative and juvenile plants common in the southwestern part of the Chotkal Range. The level of conservation of tulips and the reasons for their decline have been studied in protected areas open to the public.

Текст научной работы на тему «TOSHKENT VILOYATI BOSTONLIQ TUMANI HUDUDIDA TULIPA KAUFMANNIANA REGEL POPULYATSIYALARINING TARQALISHI»

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

TOSHKENT VILOYATI BOSTONLIQ TUMANI HUDUDIDA TULIPA KAUFMANNIANA REGEL POPULYATSIYALARINING TARQALISHI D.A. Abdullayev, J.J. Jo'raqul o'g'li, M.D. Turgunov, N.Q. Iskanov

O'zR FA Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog'i, Tabiiy flora o'simliklari introduksiyasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimlari https://doi.org/10.5281/zenodo.7192071

Annotatsiya. Maqolada Chotqol tizmasining janubiy-g'arbiy qismida tarqalgan T. kaufmanniana turining populyatsiyasi, o'simliklarning umumiy soni, generativ va yuvenil o'simliklar nisbati haqida ma'limotlar keltirilgan. Muhofazaga olingan va tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo'lgan hududlarda lolalarningsaqlanib qolish darajasi va ularningkamayib ketish sabablari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: Tulipa L, yuvenil, generativ, T. kaufmanniana, GAT xarita, qo'riqxonalar, populyatsiya, ex situ, in situ.

РАСПРОСТРАНЕНИЕ РЕГЕЛЬНЫХ ПОПУЛЯЦИЙ TULIP KAUFMANNIANA НА РАЙОНЕ БОСТОНЛЫКСКОГО РАЙОНА ТАШКЕНТСКОЙ ОБЛАСТИ Аннотация. В статье приведены сведения о численности T. kaufmanniana, общей численности растений и доле генеративных и вегетативных растений, распространенных в юго-западной части Чоткальского хребта. Уровень сохранности тюльпанов и причины их упадка изучались на охраняемых территориях, открытых для посещения.

Ключевые слова: Tulipa L, ювенил, генератив, T. kaufmanniana, карта GAT, заповедники, популяция, ex situ, in situ.

DISTRIBUTION OF REGEL POPULATIONS OF TULIP KAUFMANNIANA IN THE BOSTONLYK DISTRICT OF THE TASHKENT REGION Abstract. The article provides information on the abundance of T. kaufmanniana, the total number of plants and the proportion of generative and juvenile plants common in the southwestern part of the Chotkal Range. The level of conservation of tulips and the reasons for their decline have been studied in protected areas open to the public.

Keywords: Tulipa L, juvenile, generative, T. kaufmanniana, GAT map, reserves, population, ex situ, in situ.

O'rta Osiyo lolalarning - Tulipa L.turkumining kelib chiqishi markazi va turkumlarning turli tumanligi eng yuqori bo'lgan xudud hisoblanadi. Bu yerda lolalar turlari hosil bo'lishining tarixiy tarkib topgan to'rtta o'choqlari mavjudligi aniqlangan. Ulardan biri O'rta Osiyoning cho'llarida va yarim cho'llarida, boshqasi baland tog'larda joylashgan. Uchinchi o'chog' deb Pomir-Oloy tog'lari tizimi topilgan. To'rtinchisi esa G'arbiy Tyan-Shanning adirlari va tog'lariga to'g'ri kelib o'ziga xosligi bilan ajralib turadi [1]. O'rta Osiyoda lolalarning 63 turi o'sadi. Bu turlar ichida Kaufman lolasi (Tulipa kaufmanniana Regel) aloxida etiborga molik tur hisoblanadi.

Lola turlarini o'rganishga botanik olim, biologiya fanlari nomzodi A.I.Vvedenskiy[2] ulkan hissa qo'shgan .U lolalarni 12 ta yangi turini aniqlagan va Tulipa L. turkumining dunyoda eng mashhur bo'lgan tizimlaridan birini ishlab chiqqan [1]. Bundan tashqari O'rta Osiyo lolalarni o'rganishda prof Z.P.Bachantseva[3], b.f.n A.X.Sharipov[4] prof K.Sh.Tojiboyev[5], kabi olimlar ulkan hissa qo'shishgan.

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Ayni paytda Tulipa turkumining O'zbekiston florasida 34 turi ro'yxatga olingan [8]. Bu turlarning aksariyat qismi Tulipa kenja turkumiga mansub turlar hisoblanadi. Ro'yxatdan o'rin olgan turlar tarkibini tartiblaganimizda ular qatorida T. carinata Vved., T. fosteriana Hoog ex W. Irving, T. ingens Hoog, T. lanata Regel, T. micheliana Hoog, T. tubergeniana Hoog, turlarini sanab o'tishimiz mumkin. Bu turlar Markaziy Osiyoni lolalarning asosiy kelib chiqish markazlaridan biri ekanligini asoslashda muhim ahamiyatga ega. Ular orasida ko'p turlar (T. fosteriana, T. lanata, T. carinata, T. micheliana) zamonaviy madaniy navlar assortimentini yaratishda asos bo'lib xizmat qilgan [9]. T. kaufmanniana bo'yi 10-30 sm ba'zan 50 sm gacha. Piyozi uzunchoq tuxumsimon, dumaloq, diametri 6 sm gacha, seret tangachalari qoramtir qo'ng'irdan tillarang, jigarrangacha. Oralari ochiq joylashgan barglari 2-3-(5) ta, ko'kimtir, eng quyidagilarining eni 2-20 mm, nashtarsimon yoki tasmasimon. Gullari asosan bitta, uzunligi 4-6 sm, odatda sarg'ish qizil, biroq oq sarg'ish, sariq, zarg'aldoq va och qizili ham uchraydi, tubi sariq. Changchi ipi va changdoni sariq. Ko'sagi somon-sariq, uzunligi 9 va eni 4 sm gacha, cho'ziqroq. Urug'i och jigarrang, dumaloq uch uchburchak, uzunligi 1,3 va eni 0,8 sm gacha. Mart-arelda gullaydi, may-iyyunda mevalaydi. Tog' etagidan yaylov mintaqasigacha bo'lgan toshloq tuproqlarda o'sadi. Toshkent va Namangan viloyatlari (Qurama, Chotqol, Korjontog', Ugom, Maydontol, Ko'ksuv tizmalari) da o'sadi [1].

Bo'stonliq tumani— Toshkent viloyati tarkibidagi tuman. 1955 yil 19 aprelda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabr da Yuqori Chirchiq tumaniga qo'shib yuborilgan, 1968 yil 25 dekabr da qayta tuzilgan). Bo'stonliq. tumani. shimolida Qozog'iston Respublikasining Janubiy Qozog'iston viloyati, sharqda Qirg'iziston Respublikasining Talas viloyati, janubi-sharda O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyatining Pop tumani, shimoli-g'arbda Toshkent viloyatining Qibray, janubida Yuqori Chirchiq, Parkent, Ohangaron tumanlari bilan chegaradosh. Maydon 4,93 ming km2. Bo'stonliq. tumanida tumanga bo'ysunuvchi 1 shahar (G'azalkent), 18 qishloq fuqarolari yig'ini (Bog'iston, Bo'stonliq, Dumaloq, Jahonobod, Ozodbosh, Pargos, Sijjak, Soyliq, Toshpo'lat Dadaboyev, Ugom, Xumson, Chimboyliq, Chimyon, Yangiovul, Qoramanas, Qo'shqo'rg'on, G'alaba, Hondayliq) bor. Markazi — G'azalkent shahri (Toshkent shahrigacha 58 km).

Tabiati. Bo'stonliq. tumani hududi Tyanshan tog' tizimidagi Ugom, Piskom, qisman Qorjontov (shimoli-sharqda), Chatqol (janubi-g'arbda) tizmalari oralig'ida joylashgan. Tog' oldi va tog' etaklarining bal. 600-800 m. Eng baland nuqtasi 4291 m (Beshtor tog'i). Yiliga 500 -600 mm, ayrim joylarda 1000 mm gacha yog'in tushadi. Yanvarning o'rtacha temperaturasi —9°, —15°, iyulniki 17°— 21°. Daryo va soylari Chirchiq daryosining irmoqlari bo'lib, ularning eng muhimlari Piskom, Ugom, Ko'ksuv, Chatqol, Oqtosh, Chimyon va boshqalar. Yangikanal, Xodolak, Kemir, Ters va boshqa. kanallar qurilgan. Piskom va Chatqol daryolari qo'shilgan joyda Chorvoq suv ombori va gidrouzeli (to'g'oni) barpo etilgan. Daryo vodiylari o'zlashtirilgan. Balandlik zonalari bo'yicha bo'z tuproq, tog' jigarrang tuproq va baland tog' ochqo'ng'ir o'tloqidasht tuproqlarida dasht o'tlari, siyrak daraxtli archa o'rmonlari, o'tloqidasht va dasht o'simliklari o'sadi. Tumandagi o'rmonzorlarning aksari qismi o'rmon xo'jaligi tomonidan barpo qilingan. Bahor oylarida turli o'to'lanlar, lola, chuchmoma, boychechak atrofni gilamdek qoplab ajib bir manzara hosil qiladi. [6].

G'arbiy Tyan-Shan okrug g'arbdan Toshkent-Mirzachol okrugi bilan o'ralgan, shimoldan, sharqdan va janubdan uning chegarasi shartli ravishda O'zbekistonning Qozog'iston, Qirg'iziston

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

va Tojikiston bilan bo'lgan ma'muriy chegarasiga to'g'ri keladi. Bu chegara shimoli-g'arbda Qorjantog', shimolda Talas Olatovi, sharqda Pskom tog'larining o'ng qismidan janubda esa Qurama, Mo'g'ultog' tog'larining suvayirg'ich qismlari orqali o'tadi [7].

1 - rasm

Katta Chimyon tog'i.

2-rasm.

T. kaufnanniana

Afsuski, o'tgan asr oxiriga kelib antropogen omillar ta'sirining kuchayishi natijasida ko'plab turlar arealining qisqarib ketishi jiddiy muammolardan biriga aylanib qolmoqda. Buning asosiy sabablari sifatida - lola piyozlari va gullagan o'simliklarning betartib terib olinishi, tur areallarida chorva mollarining boqilishi, atrof-muhit degradatsiyasini sanab o'tishimiz mumkin. Floramizda tarqalgan lola turkumiga mansub noyob o'simliklarimizni saqlab qolish va muhofaza qilish maqsadida, ularni populyatsiyalari keng tarqalgan hududlar nazorat ostiga olinmoqda.

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Tabiiy floraga ziyon yetkazmagan xolatda o'simliklar kolleksiyalarini yaratishda Botanika bog'larida turli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

3-rasm

.Toshkent viloyati Bostonliq tumani hududida Tulipa kaufmanniana Regel ning GAT

xaritasi

68°0'0"b. fl. 69°0'0"b. fl. 70"0'0"b. fl. 71°0'0"b. r.

68°0'0"b. fl. 69°0'0"b. a- 70°0'0"b. fl. 71°0'0"b. fl.

1-jadval

T. kaufmanniana turning tarqalish koordinatalari, populyatsiyadagi generativ va yuvenil

o'simliklar miqdori

№ Umu miy soni Gener ativ o'siml iklar soni % Yuvenil o'simlikl ar soni % JPS kordinata Dengiz sathidan balandli gi

N E

1 14 6 42,86 8 57,14 41,55 70,067 1284

2 16 4 25 12 75 41,551 70,069 1239

3 16 5 31,25 11 68,75 41,551 70,068 1254

4 22 11 50 11 50 41,552 70,067 1296

5 24 6 25 18 75 41,551 70,069 1242

6 24 9 37,5 15 62,5 41,551 70,067 1302

7 30 21 70 9 30 41,551 70,068 1253

8 47 24 51,06 23 48,94 41,551 70,067 1303

9 70 40 57,14 30 42,86 41,552 70,068 1268

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

10 71 28 39,44 43 60,56 41,551 70,067 1306

M + m 33,4+ 6,51 15,4+ 3,67 42,93+ 15,65 18+ 12,15 57,08+ 15,65

Chotqol tizmasining janubiy-g'arbiy qismida Bo'stonliq. tumani Burchmulla qish log'ining

yuqori qismiqa joylashgan o'rmon xo'jaligi hududinida T. kaufmanniana lolasining zieh joylashgan populyatsiyasi aniqlandi. Bu hududning har 10 m2 qismida lolalar o'rtacha 33,4 ±6,51 miqdorda o'sishi aniqlandi. Hududda mavjud lolalarning 42,93±15.65% qismi generativ holatda, qolgan 57,08±15,65 % qismi esa yuvenil holatda ekanligi aniqlandi. Bu holatning sababi sifatida hududda o'rmon xo'jaligining tashkil etilganligi va hududning juda yaxshi himoya ostiga olinganidir. Hudud qo'riqlanganligi sababli chorva mollarining boqilishi kuzatilmaydi. Ammo olingan natijalarda eng past ko'rsatkich, 14 ta lola olingan hudud o'rmon xo'jaligiga tashrif buyuruvchi sayyohlar yuradigan yo'l yoqalarida joylashgan. Lolalar ko'p o'sib turgan joylar esa odamlar nisbatan kam boradigan yuqoriroq qisimlarda joylashgan. Buning sababi dam oluvehilar o'simliklarni ko'p miqdorda uzib nobut qilishida ekanligi bilan izohlanadi.

REFERENCES

1. Tojibaev K, Kadirov R (2010) Tulips of Uzbekistan. Tashkent: Sharq.

2. Vvedensky AI (1941) The genus Tulipa L. In: Flora Uzbekistanica. Tashkent, The Publishing house of the Academy of Sciences UzSSR, 1: 502-520.

3. Botschantzeva ZP (1982) Tulips: taxonomy, morphology, cytology, phytogeography and physiology. CRC Press, Rotterdam

4. Sharipov AH, Pechenitsyn VP, Ashurmetov OA (2002) Wild tulips of Central Asia. In: Tilip and Man. Almaty. Proceedings of the symposium: 37-42.

5. KomiljonTojibaev, Farkhod Karimov, Byoung-Un Oh, Seung Hwan Oh, Chang-gee Jang (2018) A checklist of the geophytes of Fergana Valley, Middle Asia - Monocotyledonous plant and biogeographical analysis. Journal of Asia-Pacific Biodiversity 11 (3): 431-441. https://doi.org/10.1016/jjapb.2018.06.003

6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Bo%CA%BBstonliq_tumani.

7. http://www.hozir.org/buxoro-davlat-universiteti-ozbekiston-tabiiy-geografiyasi-fani.html?page=139

8. Tojibaev K, Beshko N (2015) Reassessment of diversity and analysis of distribution in Tulipa (Liliaceae) in Uzbekistan. Nordic Journal of Botany 33 (3): 224-234. https://doi.org/10.1111/njb.00616

9. Marasek-Ciolakowska A, Ramanna MS, Van Tuyl JM (2009) Introgression breeding in genusTulipa analysed by GISH. Acta Horticulturae 836: 105-110. https://doi.org/10.17660/ActaHortic.2009.836.14

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.