Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATI SAROSIYO TUMANI SANGARDAK HUDUDIDA TULIPA CARINATA VVED POPULYATSIYALARINING TARQALISHI'

SURXONDARYO VILOYATI SAROSIYO TUMANI SANGARDAK HUDUDIDA TULIPA CARINATA VVED POPULYATSIYALARINING TARQALISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
132
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tulipa L / yuvinil / generativ / T. carinata / GAT xarita / PUM / HUM / UMK / Tulipa L / juvinyl / generative / T. carinata / GIS map / PSP / RSP / SPR

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — J J. Jo‘raqul O‘g‘li, D.A. Abdullayev, N.Q. Iskanov

Maqolada Hisor davlat qo’riqxonasida va Sangardak daryosining o’ng soxil, tog’ yonbag’irlaridan T. carinata lolasining populyatsiyalari bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari populyatsiyada mavjud generativ lolalarning tabiiy sharoitdagi urug’ mahsuldorligi bo’yicha olingan natijalar aniqlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DISTRIBUTION OF TULIP CARINATA VVED POPULATIONS IN SANGARDAK AREA, SAROSIYO DISTRICT, SURKHONDARYO PROVINCE

The article presents information about the populations of tulips T. carinata in the Gissar State Reserve and the right bank of the Sangardak River, mountain slopes. In addition, the results of seed productivity of generative tulips in a population under natural conditions were determined.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATI SAROSIYO TUMANI SANGARDAK HUDUDIDA TULIPA CARINATA VVED POPULYATSIYALARINING TARQALISHI»

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

SURXONDARYO VILOYATI SAROSIYO TUMANI SANGARDAK HUDUDIDA TULIPA CARINATA VVED POPULYATSIYALARINING TARQALISHI J.J. Jo'raqul o'g'li, D.A. Abdullayev, N.Q. Iskanov

O'zR FA Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent botanika

bog'I, Tabiiy flora o'simliklari introduksiyasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimlari https://doi.org/10.5281/zenodo.7192100

Annotatsiya. Maqolada Hisor davlat qo 'riqxonasida va Sangardak daryosining o 'ng soxil, tog'yonbag'irlaridan T. carinata lolasiningpopulyatsiyalari bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari populyatsiyada mavjud generativ lolalarning tabiiy sharoitdagi urug' mahsuldorligi bo'yicha olingan natijalar aniqlangan.

Kalit so'zlar: Tulipa L, yuvinil, generativ, T. carinata, GATxarita, PUM, HUM, UMK.

РАСПРЕДЕЛЕНИЕ ПОПУЛЯЦИЙ TULIP CARINATA VVED САНГАРДАКСКОГО РАЙОНА САРОСИЙСКОГО РАЙОНА СУРХОНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация. В статье представлены сведения о популяциях тюльпанов T. carinata в Гиссарском государственном заповеднике и правобережье реки Сангардак, горных склонах. Кроме того, были определены результаты семенной продуктивности генеративных тюльпанов в популяции в естественных условиях.

Ключевые слова: Tulipa L, ювинил, генератив, T. carinata, карта ГИС, ПСП, РСП,

КСП.

DISTRIBUTION OF TULIP CARINATA VVED POPULATIONS IN SANGARDAK AREA, SAROSIYO DISTRICT, SURKHONDARYO PROVINCE

Abstract. The article presents information about the populations of tulips T. carinata in the Gissar State Reserve and the right bank of the Sangardak River, mountain slopes. In addition, the results of seed productivity of generative tulips in a population under natural conditions were determined.

Keywords: Tulipa L, juvinyl, generative, T. carinata, GIS map, PSP, RSP, SPR.

O'rta Osiyo lolalarning - Tulipa L.turkumining kelib chiqishi markazi va turkumlarning turli tumanligi eng yuqori bo'lgan xudud hisoblanadi. Bu yerda lolalar turlari hosil bo'lishining tarixiy tarkib topgan to'rtta o'choqlari mavjudligi aniqlangan. Ulardan biri O'rta Osiyoning cho'llarida va yarim cho'llarida, boshqasi baland tog'larda joylashgan. Uchinchi o'chog' deb Pomir-Oloy tog'lari tizimi topilgan. To'rtinchisi esa G'arbiy Tyan-Shanning adirlari va tog'lariga to'g'ri kelib o'ziga xosligi bilan ajralib turadi [1]. O'rta Osiyoda lolalarning 63 turi o'sadi. Bu turlar ichida pushtagli lola (Tulipa carinata Vvedj aloxida e'tiborga molik tur hisoblanadi.

Lola turlarini o'rganishga botanik olim, biologiya fanlari nomzopdi A.I.Vvedenskiy[2] ulkan hissa qo'shgan .U lolalarni 12 ta yangi turini aniqlagan va Tulipa L. turkumining dunyoda eng mashhur bo'lgan tizimlaridan birini ishlab chiqqan [1]. Bundan tashqari O'rta Osiyo lolalarni o'rganishda prof Z.P.Bachantseva[3], b.f.n A.X.Sharipov[4] prof K.Sh.Tojiboyev[5], kabi olimlar ulkan hissa qo'shishgan.

Ayni paytda Tulipa turkumining O'zbekiston florasida 34 turi ro'yxatga olingan [6]. Bu turlarning aksariyat qismi Tulipa kenja turkumiga mansub turlar hisoblanadi. Ro'yxatdan o'rin olgan turlar tarkibini tartiblaganimizda ular qatorida T. carinata Vved., T. fosteriana Hoog ex W. Irving, T. ingens Hoog, T. lanata Regel, T. micheliana Hoog, T. tubergeniana

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Hoog, turlarini sanab o'tishimiz mumkin. Bu turlar Markaziy Osiyoni lolalarning asosiy kelib chiqish markazlaridan biri ekanligini asoslashda muhim ahamiyatga ega. Ular orasida ko'p turlar (T. fosteriana, T. lanata, T. carinata, T. micheliana) zamonaviy madaniy navlar assortimentini yaratishda asos bo'lib xizmat qilgan [8].. T. carinata Vved. bo'yi 50 sm gacha. Piyozi tuxumsimon, diametri 3 sm gacha, qoramtir jigarrang, seret, ichki tomoni tukli qoplovchi tangachalar bilan o'ralgan. Poyasi tukli. Barglari 3-4 ta, sal qayrilgan, yirik burmali, qirrali, pastkisi keng nashtarsimon, uzunligi 21 va eni 6,5 sm gacha. Guli bitta, uzunligi 5-6 sm, qizil, tubi qora. Changchi ipi qora, changdoni qizg'ish qora, kamdan-kam sariq. Ko'sagi oqish somon-sariq, uzunligi 5,5 va eni2,2 sm gacha, dumaloq slindr shaklida. Urug'inig uzunligi 1 va eni 0,9 sm gacha, och jigarrang, keng, egri-bugri hoshiyali. Aprel-may oylarida gullaydi. Tog'larning o'rta va yuqori qisimlarida, toshli yonbag'irlarida o'sadi. Surxondaryo viloyatining tog'li tumanlari (Ko'hitang, Boysun, Cho'libair, Xisor tizmalari) [1].

Sariosiyo tumani - Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1959-yildan Denov, 1962-yildan Uzun tumanlari tarkibida, 1964-yil 22 fevraldan Sariosiyo tumani nomi bilan qaytadan tuzilgan. Janubi-sharqdan Uzun, janubi-g'arbdan Boysun, jan.dan Denov, Qumqo'rg'on tumanlari, shimoliy va sharqdan Tojikiston Respublikasi, shimoli-g'arb va g'arbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 3,15 ming km2. Aholisi 217,7 ming kishi (2022). Tumanda 1 shaharcha (Sariosiyo), 1 shahar (Sharg'un), 9 qishloq fuqarolari yig'ini (Bo'ston, Dashnobod, Navro'z, Sangardak, Sariosiyo, So'fiyon, Toqchiyon, Xufar, O'zbekiston) bor. Markazi — Sariosiyo shahri. Tuman viloyatning shimoliy qismida joylashgan. Relyefi xilmaxil. Shimoliy Hisor (eng baland joyi — Xo'japiryax tog'i — 4303 m) tog' tizmalari va ular orasidagi Surxondaryo, Tupolondaryo va irmoqlarining vodiylaridan iborat. Janubi-g'arbiy qismi Bobotog' va Boysuntog' tizmalari (eng baland joyi — Zarkosa tog'i, 2290 m) va ular orasidagi pastbaland adirlar bilan band. Xufor, Xondiza, Istoch, Vochax, Maland, Zoxona qishloqlari 25002800 m balandlikda joylashgan. Yer usti tuzilishining xilmaxilligi iqlim, tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosiga ham ta'sir etgan. Iqlimi quruq subtropik iqlimga xos, qishi qisqa, yozi esa davomli. Yillik o'rtacha temperatura 15,6°. Tekislik qismida yanvarning o'rtacha temperaturasi 2,5, iyulniki 28°. Eng yuqori temperatura 44°. Vegetatsiya davri 270— 280 kun. Yillik o'rtacha yog'in miqdori 200-300 mm. Tog'larda 790 mm. Janubi-g'arbdan esuvchi, quruq, changbo'ronli afg'on shamoli salbiy ta'sir ko'rsatadi. Tumanning hududidan o'tuvchi eng uzun va sersuv To'polondaryo Surxondaryoga quyiladi, shuningdek, Obizarang, Sangardakdaryolari ham bor. Yozda daryo va soylarda suv keskin kamayadi. To'polon suv ombori Surxondaryo viloyatining 10 ta tumanini suv bilan ta'minlaydi. Hisor tog'i etaklarida oddiy yoki tipik bo'z, qo'ng'ir bo'z tuproqlar, Bobotog' etaklarida och bo'z, shag'alli bo'z, daryo vodiylarida esa alp o'tloqi, o'tloqibotqoq, tekisliklarda och bo'z tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi o'simliklardan: tog'larda zarang, yong'oq, archa, bodom, qatrang'i; butalardan pista, do'lana, itburun, chiya; kserofitlardan tikanli kavrak, betaga, chaytab, oqmomiq, to'ng'izsirt, suvrang, choyo't, chalov, qiziltikan, astragal va boshqa o'sadi.[7].

1 - rasm

Sangardak tog'lari

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

2-rasm.

T. carinata Vved

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Afsuski, o'tgan asr oxiriga kelib antropogen omillar ta'sirining kuchayishi natijasida ko'plab turlar arealining qisqarib ketishi jiddiy muammolardan biriga aylanib qolmoqda. Buning asosiy sabablari sifatida - lola piyozlari va gullagan o'simliklarning betartib terib olinishi, tur areallarida chorva mollarining boqilishi, atrof-muhit degradatsiyasini sanab o'tishimiz mumkin. Floramizda tarqalgan lola turkumiga mansub noyob o'simliklarimizni saqlab qolish va muhofaza qilish maqsadida, ularni populyatsiyalari keng tarqalgan hududlar nazorat ostiga olinmoqda. Tabiiy floraga ziyon yetkazmagan xolatda o'simliklar kolleksiyalarini yaratishda Botanika bog'larida turli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

3-rasm

Sangardak hududidan terilgan T. cariata Vved ning GAT xaritasi

a 66°0'0"s..i. 67°0'0"B. a. MPO'O"». a.

66°0'0"B. a. 67°0'0"i». a. 68°0'0"B. A.

1-jadval

T. cariata Vved ning tarqalish koordinatalari, populyatsiyadagi generativ va yuvenil

o'simliklar miqdori

№ Umu miy soni Gener ativ o'siml iklar % Yuvenil o'simlikl ar soni % JPS kordinata Dengiz sathidan balandli gi

soni N E

1 22 4 18,2 18 81,8 38,482816 67,507272 2135

2 45 2 4 43 96 38,482934 67,507374 2138

3 94 25 26,6 79 73,4 38,482631 67,507346 2137

4 74 17 59,46 56 40,54 38,482796 67,507365 2136

5 69 12 17,4 57 82,6 38,482804 67,507680 2137

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

6 104 11 10,6 93 89,4 38,484531 67,509405 2138

7 94 7 7 87 93 38,48488 67,510778 2186

8 55 8 14,6 47 85,4 38,485203 67,511459 2159

9 12 3 25 9 75 38,495044 67,507907 1999

10 9 2 22,22 7 77,78 38,498684 67,502231 1866

M 57,8 9,1 20,51 49,6 79,49

m 10,52 2,23 12,77 15,81 12,77

2-jadval

T. cariata Vved ning urug' maxsuldorligi koeffitsienti (UMK).

Ko'rsatkichlar PUM HUM UMK

M± m 196,6±15,74 62,7±7,42 33,5±14,92

Izoh*: PUM-potensial urug' mahsuldorligi, HUM-haqiqiy urug mahsuldorligi, UMK-urug' mahsuldorlik koeffisienti.

Hisor davlat qo'riqxonasida va qo'riqxona hududidan tashqarida Sangardak daryosining o'ng soxil, tog' yonbag'irlaridan T. carinata lolasining zich joylashgan populyatsiyasi aniqlandi. Bu hududning har 1 m2 qismida lolalar o'rtacha 57,8 ±10,52 miqdorda o'sishi aniqlandi. Hududda mavjud lolalarning o'retacha 9,1±2,23% qismi generativ holatda, qolgan 79,49±12,77 % qismi esa yuvenil holatda ekanligi aniqlandi. Bu holatning sababi sifatida qo'riqxona hudida inson omilining cheklanganidir. Hudud qo'riqlanganligi sababli chorva mollarining boqilishi kuzatilmaydi. Shu sababdan lolalar qoniqarli xolatda ya'ni har 1 m2 da 104 tagacha o'smoqda Ammo olingan natijalarda eng past ko'rsatkich, 9 ta lola olingan hudud qo'riqxonadan tashqarida qayt etildi. Buning sababi sifatida qo'riqxonadan tashqarida chorva mollarining boqilishi bilan izohlanadi.

REFERENCES

1. Tojibaev K, Kadirov R (2010) Tulips of Uzbekistan. Tashkent: Sharq.

2. Vvedensky AI (1941) The genus Tulipa L. In: Flora Uzbekistanica. Tashkent, The Publishing house of the Academy of Sciences UzSSR, 1: 502-520.

3. Botschantzeva ZP (1982) Tulips: taxonomy, morphology, cytology, phytogeography and physiology. CRC Press, Rotterdam

4. Sharipov AH, Pechenitsyn VP, Ashurmetov OA (2002) Wild tulips of Central Asia. In: Tilip and Man. Almaty. Proceedings of the symposium: 37-42.

5. KomiljonTojibaev, Farkhod Karimov, Byoung-Un Oh, Seung Hwan Oh, Chang-gee Jang (2018) A checklist of the geophytes of Fergana Valley, Middle Asia - Monocotyledonous plant and biogeographical analysis. Journal of Asia-Pacific Biodiversity 11 (3): 431-441. https://doi.org/10.10167j.japb.2018.06.003

6. Tojibaev K, Beshko N (2015) Reassessment of diversity and analysis of distribution in Tulipa (Liliaceae) in Uzbekistan. Nordic Journal of Botany 33 (3): 224-234. https://doi.org/10.1111/njb.00616

7. https://uz.wikipedia.org/wiki/Sariosiyo_tumani

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

8. Marasek-Ciolakowska A, Ramanna MS, Van Tuyl JM (2009) Introgression breeding in genusTulipa analysed by GISH. Acta Horticulturae 836: 105-110. https://doi.org/10.17660/ActaHortic.2009.836.14

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.