Научная статья на тему 'SEMENOV ZARANGINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA SIJJAK O’RMONLARI SHAROITIDA TABIIY TARQALISHINI O’RGANISH'

SEMENOV ZARANGINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA SIJJAK O’RMONLARI SHAROITIDA TABIIY TARQALISHINI O’RGANISH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
133
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Semenov zarangi / yog’ochbop / manzarali / qanotchali meva / Semenov maple / tree / decorative / winged fruit

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Jurayev Javlon Mirzatillayevich, Xalilova Kamola Abdulxodi Qizi, Yergeshev Dostonbek Akram O‘g‘li, Yuldasheva Aziza Shavkat Qizi

Maqolada Semenov zarangining biologik xususiyatlari, xalq xo’jaligidagi ahamiyati, ekologiyasi hamda o’rmon melioratsiyasini yaxshilashdagi o’rni to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Semenov zarangining tabiiy ko’payishi tuproq va iqlim sharoitiga qanchalik darajada bog’liqligi e’tirof etib o’tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BIOECOLOGICAL CHARACTERISTICS AND RESULTS OF PHENOLOGICAL MONITORING OF THE SEMENOV MAPLE

The article provides information about the biological properties of the Semenov maple, its importance in the national economy, ecology, and its role in improving the state of forest reclamation. The dependence of the natural reproduction of Semenov's maple on soil and climatic conditions has been established

Текст научной работы на тему «SEMENOV ZARANGINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA SIJJAK O’RMONLARI SHAROITIDA TABIIY TARQALISHINI O’RGANISH»

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

SEMENOV ZARANGINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA SIJJAK O'RMONLARI SHAROITIDA TABIIY TARQALISHINI O'RGANISH. Jurayev Javlon Mirzatillayevich1 Xalilova Kamola Abdulxodi qizi2 Yergeshev Dostonbek Akram o'g'li3 q.x.f.f.d, dotsent. Toshkent davlat agrar universiteti1 O'rmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi katta o'qituvchisi2 O'rmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi magistranti3 https://doi.org/10.5281/zenodo.7190152

Annotatsiya. Maqolada Semenov zarangining biologik xususiyatlari, xalq xo'jaligidagi ahamiyati, ekologiyasi hamda o'rmon melioratsiyasini yaxshilashdagi o'rni to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Semenov zarangining tabiiy ko'payishi tuproq va iqlim sharoitiga qanchalikdarajada bog'liqligi e'tirof etib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Semenov zarangi, yog'ochbop, manzarali, qanotchali meva.

БИОЭКОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА И РЕЗУЛЬТАТЫ ФЕНОЛОГИЧЕСКОГО МОНИТОРИНГА КЛЕНА СЕМЕНОВА.

Аннотация. В статье приведены сведения о биологических свойствах клена Семенова, его значении в народном хозяйстве, экологии, роли в улучшении лесомелиоративного состояния. Установлена зависимость естественного размножения клена Семенова от почвенно-климатических условий.

Ключевые слова: клен семенова, древесный, декоративный, крылатый плод.

BIOECOLOGICAL CHARACTERISTICS AND RESULTS OF PHENOLOGICAL MONITORING OF THE SEMENOV MAPLE.

Abstract. The article provides information about the biological properties of the Semenov maple, its importance in the national economy, ecology, and its role in improving the state of forest reclamation. The dependence of the natural reproduction of Semenov's maple on soil and climatic conditions has been established.

Keywords: Semenov maple, tree, decorative, winged fruit.

Hozirda yurtimizning barcha hududlarida, aholi turar joylari, o'quv maskanlari atrofida bog'-saylgohlarimiz, shuningdek avtomobil yo'llari atrofida yerlardagi eroziyani oldini olish va chiroyli ko'rk berish maqsadida har xil turdagi manzarali va iqtisodiy-ekologik samaradorligi yuqori bo'lgan daraxt turlaridan yashil qoplamalar barpo etilmoqda. Shunday maqsadlarda ekib ko'paytirilayotgan daraxt turlaridan biri bu Semenov zarangidir.

Zarang (Acer L.) — zarangdoshlar oilasining bir turkumi. Bargi qarama qarshi joylashgan, tekis qirrali, patsimon murakkab; guli shingil, sarg'ishko'kimtir, aktinomorf. Mevasi quruq, qo'shqanotli, ikki urug'li, Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika, Markaziy Amerika va boshqa yerlarda 120 ga yaqin turi bor. O'zbekistonda 14 turi o'sadi, shundan 9 turi park va xiyobonlarda manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi. Ikkita yovvoyi turi —A. Turkestanicum Pax va A. Semenovii Rgl. O'zbekistonda keng tarqalgan bo'lib, tog'larda 2000 m gacha balandlikda ham o'sadi. Cho'l va adirlarni ko'kalamzorlashtirish maqsadida ko'plab ekiladi. Yog'ochi duradgorlikda ishlatiladi. Semenov zarangi daraxtining areali asosan yer sharining shimoliy Amerikada, g'arbiy yevropada, sharqiy-janubiy Osiyoda va qisman Indoneziyada joylashgan.

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Semenov zarangi (Acer Semenovii) daraxti zarangdoshlar oilasiga mansub daraxtdir. Barglari butun, panjasimon bo'lakli yoki murakkab toq patsimon tuzilgan. Doira shaklida joylashadi. Ko'p turlarining guli ayrim jinsli. Erkak gullari rudelegiy (qisqarayotgan) tugunchali. Urg'ochi gullari changdonida spermasiz changchilar bo'ladi yoki bo'lmasligi mumkin. Ba'zi turlari bir uyli, boshqalari ikki uylidir. Gullari shingil yoki to'pgul hosil qiladi. Mevasi ikkita qanotchali bo'lib, ikkiga ajraladi. Urug'ida endosperma yo'q, urug'chalari ko'pincha yig'ilgan holda bo'ladi. (1-rasm)

Markaziy Osiyoning tog'li mintaqalarida Semenov zarangi keng tarqalgan. Ushbu kitobda keltirilishicha zarangli sharbatda mineral tuzlar, azotli birikmalar va uglevodlar bordir. Ular semenov zarangining yog'och qismida erta bahorda vegitatsiyaning boshlanishida bo'ladi. Shimoliy Amerikada 19 asrning boshlarida semenov zarangidan shakar ola boshlagan. Ularni shakarli va o'tkir bargli zaranglardan olishadi.

Toshkentning tuproq iqlimi sharoitida yaxshi o'sishi va rivojlanish jarayoni bilan ajralib turibdi. Tabiatda 5 metrli zarang turi uchramoqda, lekin bog'larda va sug'oriladigan yerlarda 7 -metirdan baland Semenov zarangini kuzatish mumkin. Semyonov zarangi manzarali daraxt, har yilda 20 kun va undan ko'p vaqt davomida gullaydi.

Qish paytida sovuqqa yuqori chidamli. Semenov zarangining ikkinchi formasi ham mavjud va qurg'oqchilika yuqoriroq chidamliligi bilan ajralib turibdi,

Acer semenovii Regel. Tog' melioratsiyasida, jarliklarni, eroziyaga uchragan yerlrni mustahkamlashda, o'rmonzorlar barpo etishda juda ko'p ekiladi. parklarga oromgohlarga, bolalar bog'chasi atrofiga, maktab va ochiq dalalarning chetlariga ixotazorlarga ekishga tavsiya etiladi. Kasalliklarga bardoshliroq, butashdan keyin, tez o'zini qayta tiklash xusisiyatiga ega.

Semenov zarangining yog'ochi qalin, pishiq, bir tekis rangli bo'ladi. Undan mebel, cholg'u asboblari yasashda samolyotsozlikda foydalaniladi.

Ko'p turi xushmanzara daraxt sifatida ekiladi. O'rmon meliorasiyasi ishlarida ham muxim o'rinni egallaydi. Ixota o'rmon qatorlariga ekish tavsiya qilinadi.

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog'I hududidagi Burchmullo davlat o'rmon xo'jaligi Sijjak

bo'limi, semyonov zarangi jamosini florastik tarkibi kursatkichlari.

№ Joylashgan joyi Daraxt formulasi D sm H m yashovchanligi

1 Sharq-shimol 41.571770,69.81302 0 SZ-3Ta, I-2Ta, QD-4, XP-lTa, J-lTa, TO-4Ta, QZ-5Ta, N-lTa. 14 4 Sog'lom

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

2 Sharq-shimol 41.639514,69.97748 0 SZ-2Ta, I-3Ta, QD-2, XP-3Ta, TO-4Ta, QZ-5Ta,. 17 5 yaxshi

3 Shimol-g'arb 41.524655,69.93003 9 SZ-5Ta, QD-1, XP-4Ta, J-3Ta, TO-4Ta, QZ-5Ta, N-4Ta. 16 5 Sog'lom

4 Shimol-g'rab 41.659480,69.88041 8 SZ-3Ta, I-4Ta, QD-4, J-2Ta, TO-5Ta, QZ-3Ta, N-5Ta. 13 4 zararlangan

Shartli belgilar J-jiyda

SZ-semyonov zarangi TO-tog' olcha

QD-qizil do'lana QZ-qora zirk

XP-xandon pista N-namatak

Ushbu jadvaldan ko'rinib turibdiki, tadqiqod davomida Semenov zarangining sovuqqa chidamliligi, tuproq eroziyasini oldini olishi va manzaraviylik xususiyatlari bilan bir qatorda boshqa turlar bilan Simbiotik munosabatlari yuqori darajadaligi aniqlandi. Bunday turlardan Semenov zarangi bilan Qizil do'lana, Xandon pista, Jiyda, Qora zirk va Na'matak kabilarni yonma-yon uchratishimiz mumkin.

XULOSA.

Hozirgi vaqtda tabiiy Semyonov zarangi juda zich va ayrim hududlarda esa juda siyrak bo'lib, ularning holatini yaxshilash uchun singan va kasallangan shoxlarini kesish ishlarini amalga oshirish kerak.

Hozirgi paytda barcha ekinlarda bo'lgani kabi Semyonov zarangida ham turli hil kasallik va zararkunandalar ularning holatini yomonlashishiga sabab bo'lmoqda.

Semyonov zarangi mevasini atrofga tarqalishida qushlar va hayvonlar katta rol o'ynaydi. Semyonov zarangidagi yosh ko'chatlarni o'sishi 3 yoshgacha sust bo'lib, 5-6 yoshdan so'ng o'sish sur'atlari tezlashadi.

Semyonov zarangizning hozirgi holati qoniqarsiz bo'lganligi sababli ularning tabiiy tarqalishi juda past bo'lib, ular ko'payishiga ko'maklashish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish orqali yaxshilash mumkin.

• Ugom-chotqol milliy bog' iqlimi semyonov zarangini muvoffaqiyat bilan o'stirishga imkon beradi.

• Semyonov zarangini toza o'rmon sifatida emas, aralash (olma, tog' olcha) barpo etilsa ularning o'sish sur'ati tezroq bo'ladi.

• Semyonov zarangining madaniy o'rmonlarini tashkil etish, yillik yog'in miqdori 700-800 mm bo'lgan qiyalik ekspozetsiyalarida barpo etish zarur.

• Semyonov zarangini madaniy o'rmonlari ham urug'dan ham ko'chatlar orqali ko'paytiriladi. Olma, tog'olcha albatta ko'chat bilan ekiladi.

• Tabiiy Semyonov zaranglarini yorug'lik o'tkazish, parvarishlash va siyraklashtirish maqsadlarida kesish;

• Mavjud maydonlardagi Semyonov zarangida kasallik va zararkunandalarga qarshi ko'rashish chora tadbirlarini ishlab chiqish.

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

• Semyonov zarangining tabiiy o'rmonlari atrofida, ochiq maydonchalarda, yuvilmaydian chuqur tuproqlarda. Yillik yog'in miqdori 700-800 mm bo'lgan xududlarda poyasidan xar xil buta va butasimon daraxt maydonchalarini barpo etish zarur.

• Tabiiy Semyonov zaranglari qo'riqlanish darajasini kuchatirish zarur.

• Chorva mollarini mavsumiy boqilishini tartibga solish lozim.

REFERENCES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.