TEXNOLOGIYA
UDK 677.051.152.8
TAKOMILLASHTIRILGAN ARRA-METALL CHO'TKALI BARABANLI UCHDM DELINTERINI URUG'LIK CHIGIT TAYYORLASH TSEXI SHAROITIDA SINOV
ISHLARINI O'TKAZISH NATIJALARI
Abdurahmonov Olim SHoykulovich Termiz muxandislik texnologiyalari institute, t.f.f.d., v.b., dotsent, [email protected]
Annotatsiya. Maqolada takomillashtirilgan arra-metall cho'tkali barabanli UCHDM delinterini urug'lik chigit tayyorlash tsexi sharoitida sinov ishlarini o'tkazish natijasida olingan ma'lumotlar yoritilgan. O'tkazilgan taqqoslash sinovlari natijasiga ko'ra takomillashtirilgan arrali-metall cho'tkali UCHDM delinterini texnologik ish jarayonida amaldagi UCHDM delinterini ish jarayonidagiga nisbatan tuksizlantirilgan chigit bo'yicha ish unumdorligi o'rtacha 16,26 % ga yuqori bo'lishiga erishilgan.
Аннотация. В статье рассматриваются данные, полученные в результате сравнительных испитаний делинтера УЧДМ с усовершенствованным пильно-металло щеточным барабаном в условиях цеха по предпосевной подготовки семян. По резултатам сравнительных испытаний проведенных в процессе технологических работ, делинтер УЧДМ с усовершенствованным пильно-металло щеточным барабаном по сравнению с существующим делинтером УЧДМ обеспечивает производительность работы по делинтерованным семенам больше чем в среднем на 16,26% по делинтерованным семенам.
Abstract. The article discusses the data obtained as a result of comparative tests of the UChDM delinter with an improved saw-metal brush drum in the conditions of a workshop for pre-sowing seed preparation. According to the results of comparative tests carried out in the process of technological work, the UCHDM delinter with an improved metal-saw-brush drum, compared with the existing UCHDM delinter, provides work productivity for delintered seeds by more than an average of 16.26% for delintered seeds.
Kalit so'zlar: arra, metall cho'tka, baraban, delinter, urug'lik, tsex, delinterlash, ish unumi, tukdorlik, shikastlanganlik.
Ключевые слова: пила, металлическая щетка, барабан, делинтер, посевние семена, цех, делинтерование, производительность, опушенность, повреждение.
Key words: saw, metal brush, drum, delinter, sowing seeds, workshop, delintering, productivity, pubescence, damage.
Urug'lik chigit tayyorlash tsexlarida shu davrgacha ishlatib kelinayotgan UCHDM delinterlarining yuqori kamerasiga o'rnatilgan arrali barabanlarining chigitni tuksizlantirishdagi samarasi yuqori emasligi yuqorida ta'kidlab o'tildi. Bundan tashqari arralar oraliq qistirmalarini tekis metall listdan to'lqinsimon tarzda buklanib, arralar oralig'iga yig'ilish jarayoni murakkab jarayon bo'lib arrali barabanlarni tannarxini oshishiga ta'sir etadi. Bundan tashqari bu oraliq qistirmalar chigitni delinterlash jarayonida umuman qatnashmaydi va aksincha bu oraliqlarga delinterlanayotgan chigitlar qisilib qolishi natijasida UCHDM delinterini ish unumdorligi kamayib ketishiga olib keladi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va UCHDM delinterini ish samarasini oshirish maqsadida olib borilgan izlanishlar natijasida mavjud UCHDM delinterini yuqori kamerasida o'rnatilgan arrali barabanlarni kombinatsiyalashgan arrali-metall cho'tkali barabanlarga almashtirish evaziga takomillashtirildi [1, 2].
O'tkazilgan tajribalar natijasida UCHDM delinterini yuqori kamerasida chigitni delinterlash texnologiyasi va uni amalga oshiruvchi ishchi organlar ishlab chiqildi va uning
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
TEXNOLOGIYA
texnologik paramedian asoslandi. O'tkazilgan tajribalar natijasida asosiy parametrlari va ish rejimlari asoslangan arrali-metall cho'tkali barabanlar UCHDM delinterining yuqori kamerasiga o'rnatildi.
Takomillashtirilgan arrali-metall cho'tkali UCHDM delinteri Namangan viloyati CHust tumanidagi "Art Soft Cluster" MCHJ ning paxta tozalash korxonasi xududiga joylashgan urug'lik chigit tayyorlash tsexidagi texnologik mashinalari tizimiga o'rnatildi.
Sinov ishlarini o'tkazishdan maqsad:
Takomillashtirilgan arrali-metall cho'tkali UCHDM delinterini tukli urug'lik chigitni delinterlash jarayonida amaldagi UCHDM delinteriga taqqoslab o'rganish.
Sinov ishlarining vazifalariga:
- takomillashtirilgan arrali-metall cho'tkali UCHDM delinterini asosiy parametrlari asoslangan nusxasini ishlab chiqarish sharoitida sinovlarini o'tkazish;
- urug'lik chigitni delinterlash jarayonida amaldagi standart talablariga javob beradigan qoldiq tukdorlikni ta'minlagan holda taqqoslanayotgan delinter uskunalarini ish unumdorligini o'rganish;
- takomillashtirilgan arrali-metall cho'tkali UCHDM delinterini iqtisodiy baholash va uni ishlab chiqarishga joriy etish.
Sinov ishlarini o'tkazishdan avval takomillashtirilgan arrali-metall cho'tkali UCHDM delinteri barcha butlovchi qismlar bilan ta'minlanib ishchi holatiga keltirildi (1 va 2-rasm).
Takomillashtirilgan arrali-metall cho'tkali UCHDM delinterini texnologik ish jarayoni amaldagi UCHDM delinterini ish jarayonidan farq qilmaydi, farqi shundaki takomillashtirilgan UCHDM delinterini yuqori kamerasida arrali barabanlar o'rniga kombinatsiyalashgan arrali-metall cho'tkali barabanlar o'rnatilgan.
Sinov variantlarini davomiyligi bir soat bo'lib, takrorlanishlar soni 3 martaga teng bo'ldi.
Sinov ishlari vaqtida taqqoslanayotgan delinterlarga bir xil sifat ko'rsatkichlariga ega bo'lgan tukli urug'lik chigitlari delinterlarni utki shaxtasiga o'rnatilgan chigit shneklari yordamida tarqatildi. Taqqoslash sinovlarini o'tkazish vaqtida foydalanilgan tukli urug'lik chigitning sifat ko'rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan.
1-rasm. Takomillashtirilgan arra-metall cho'tkali barabanlar o'rnatilgan UCHDM delinterini tuksizlantirilgan urug'lik chigit tayyorlash tsexiga o'rnatilgan va ish xolatiga
keltirilgandagi umumiy ko'rinishi
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
2-rasm. Takomillashtirilgan arra-metall cho'tkali barabanlar o'rnatilgan UCHDM delinterini yuqori ishchi kamerasiga o'rnatilgan natural o'lchamdagi arra-metall cho'tkali
barabanlarni ish xolatidagi ko'rinishi
1-jadval
Dastlabki tukli chigitni sifat ko'rsatkichlari__
Selektsion nav reproduktsiya Qoldiq tukdorligi, % Mexanik shikastlanganligi, % Namligi, %
Namangan-34 R2 8,8 3,4 8,3
Taqqoslanayotgan delinterlarni ish jarayonida tuksizlantirilgan chigitning qoldiq tukdorligi xar ikki delinter uchun ham taxminan bir xil miqdorda, ya'ni 0,35-0,4 % ga teng bo'lishi ta'minlandi. Tuksizlantirilgan chigitni qoldiq tukdorligi urug'lik chigit tayyorlash tsexidagi etalon namunalar va laboratoriya sharoitidagi qoldiq tukdorlikni o'lchash natijalariga asoslanib nazorat qilindi. Tuksizlantirilgan chigitni qoldiq tukdorligini kerakli miqdori delinterlarning pastki kamerasiga o'rnatilgan kameradan chigitni chiqish miqdorini rostlaydigan to'skich yordamida o'rnatildi.
Taqqoslanayotgan delinterlarni sinovlari natijasida olingan ma'lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Urug'lik chigit delinterlarini ish unumdorligi va chigitni mexanik shikastlanganligi
bo'yicha taqqoslash sinovlari natijalari
Tajri-balar tarti-bi Amaldagi UCHDM delinteri Takomillashtirilgan arrali-metall cho'tkali barabanli UCHDM delinteri
Ish unumdorligi (tuksizlanti-rilgan chigit bo' yicha), kg/soat CHigitning mexanik shikatlanishi, % Ish unumdorligi (tuksizlanti-rilgan chigit bo' yicha), kg/soat CHigitni mexanik shikastla-nishi, %
1 489,3 4,9 568,8 5,1
2 496,6 4,7 576,4 5,3
3 493,4 5,0 574,7 5,3
O'rtacha 493,1 4,86 573,3 5,23
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
TEXNOLOGIYA
O'tkazilgan taqqoslash sinovlaridan ma'lum bo'ldiki, takomillashtirilgan arrali-metall cho'tkali UCHDM delinterini texnologik ish jarayonida amaldagi UCHDM delinterini ish jarayonidagiga nisbatan tuksizlantirilgan chigit bo'yicha ish unumdorligi o'rtacha 16,26 % ga yuqori bo'lib, amaldagi UCHDM delinterida olingan tuksizlantirilgan chigit miqdori o'rtacha 493,1 kg/soatga teng bo'lgan bo'lsa, takomillashtirilgan arrali-metall cho'tkali UCHDM delinterini texnologik ish jarayonida o'rtacha 573,3 kg/soat ga teng miqdorda tuksizlantirilgan chigit olindi. Lekin shuni aytib o'tish kerakki, takomillashtirilgan arrali-metall cho'tkali UCHDM delinterini texnologik ish jarayonida tuksizlantirilgan chigitlarni mexanik shikastlanganligini oshishi amaldagi UCHDM delinteriga nisbatan 0,37 % ga yuqori ko'rsatkichga ega bo'ldi. Bunga sabab takomillashtirilgan arrali-metall cho'tkali UCHDM delinterini texnologik ish jarayonida arrali-metall cho'tkali barabanlarni arrali barabanga nisbatan aktivligi oshganligida bo'ldi. Bu ko'rsatkich tuksizlantirilgan chigitlarni sifat ko'rsatkichiga sezilarli ta'sir etmasligini ham aytib o'tish kerak, chunki amaldagi standart talablariga binoan tuksizlantirilgan chigitlarni mexanik shikastlanganligi 8,0 % gacha ruxsat etiladi [3, 4].
Tajribalar natijasi bo'yicha ko'rinib turibdiki, kombinatsiyalangan arrali-metall cho'tkali barabanlar o'rnatilib takomillashtirilgan UCHDM delinterining ish unumdorligi amaldagi variantdagi arrali barabanlar o'rnatilganiga nisbatan o'rtacha 16,26 % ga ko'paydi.
CHigit tuksizlantirish delinterining ish unumdorligining 16,26 % ga oshishi urug'lik chigit tayyorlash tsexi ish unumdorligining shu ko'rsatkichga ko'tarilishini anglatadi. Bu urug'lik chigit tayyorlashdagi xarajatlarni (ish haqi, elektr energiyasi va boshqalar) o'zgartirmagan holda olinadigan mahsulot miqdorini taxminan shu ko'rsatkichga ortishini ta'minlaydi yoki urug'lik chigitni ishlab chiqarish tannarxi shuncha miqdorga kamayadi degan xulosaga olib kelish mumkin.
ADABIYOTLAR
1. V.Rakipov, A.Akramov. UCHDM rusumli chigit tuksizlantirish mashinasida arra-metall cho'tkali tsilindrining ishlashini o'rganish. Ilmiy-taqdiqot ishi bo'yicha hisobot, Toshkent 2016.
2. О.Ш.Абдурах,монов, А.А.Акромов. "Обоснование направления исследований по разработке делинтера посевных семян" Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2022.8(101). URL: https://7universum. com/ru/tech/archive /item/14185
3. O.SH.Abdurahmonov, A.A.Akromov. "Arrali-cho'tkali barabanli takomillashtirilgan UCHDM delinterini laboratoriya stendini tayyorlash va dastlabki tajriba natijalari" Buxoro muxandislik-texnologiya instituti "Fan va texnologiyalar taraqqiyoti" ilmiy-texnikaviy jurnali №2 2023 y. 207-210 s.
4. O.SH.Abdurahmonov, A.A.Akromov. "UCHDM mashinasini arra-metall cho'tkali tsilindri ta'sirida delinterlash jarayonini nazariy va tajriba-sinov tahlillari" Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti "O'zbekiston to'qimachilik" jurnali. №1 2023 y 13-20 s.
5. О.Абдурахмонов, И.Болтаев. "The test results of an improved saw with a drum with a metal brush uchdm delinters, in conditions of preparation of sowing seeds" Journal of Textile and Fashion Technology (JTFT) Vol. 13, Issue 1, 1-4 © TJPRC Pvt. Ltd. Published: Apr 17, 2023.
6. О.Ш.Абдурах,монов, А.А.Акромов. "Совершенствование конструкции делинтера с целью увеличения производительности" Сохд корхоналари учун юкори малакали кадрлар тайёрлашда миллий ва хорижий тажрибалар мавзусидаги халкаро илмий - амалий анжуман туплами. Тошкент-2022. ТТЕСИ 27 октябрь. 160-162 с.
7. A.A.Akromov, I.T.Qulmatov, O.SH.Abdurahmonov. "Urug'lik chigit delinterlash
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024
TEXNOLOGIYA
mashinalari uchun yangi konstruksiyadagi tsilindrni ishlab chiqish" Paxtachilikning innovatsion rivojlanishi: nazariy va amaliy tamoyillari xalqaro paxta kuniga bag'ishlab o'tkazilgan Ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Toshkent 2022 (2022 yil 7 okatabr). 186-188 s
8. O.SH.Abdurahmonov A.A.Akramov. "Kombinatsiyalashgan tsilindrlarni aylanish tezligini chigit tuksizlantirish jarayoniga ta'sirini o'rganish" "Muxandislik-texnologiya fan soxalaridagi muammolar: yechim va takliflar" nomli I-ilmiy texnik-texnik anjumani II-qism. Termiz 2022 (2022 yil 3 aprel) 346-349 bet.
9. Boqijonovich, I. Q. (2022). Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich. Abdunazarov Elbek Elmurodovich, and Ortiqov Nozimjon Boqijon O'g'li." Anor tuplarini ko'madigan mashina uyumlagichining konstruktsiyasi" Mexanika i texnologiya, 3(8), 98-102.
10. Кучкоров, С. К., & Меликулов, Н. (2023). ШР Яхшибоев Сравнение антисимметричных колебаний упругой трехслойной пластины. Механика и технология, (10).
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024