Научная статья на тему 'Transplantologiya rivojlanishining etik-huquqiy jihatlari'

Transplantologiya rivojlanishining etik-huquqiy jihatlari Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
723
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
transplantologiya / transplantatsiya / me’yoriy hujjatlar / dunyoqarash / bioetika

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Laylo Raxmatullayevna Usmonova, Dilshodbek Akmal O’g’li Egamberdiyev

Inson salomatligi hech qanday mezonga tenglashtirib boʻlmaydigan eng buyuk neʼmatdir. Bugungi kunda aholi salomatligini mustahkamlash, sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish va zamonaviy usullarni joriy etishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur maqolada tibbiyot tizimidagi oʻzgarishlarning, xususan, transplantologiya sohasining rivojlanish tarixi va etik-huquqiy asoslarining muhim jihatlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Transplantologiya rivojlanishining etik-huquqiy jihatlari»

Transplantologiya rivojlanishining etik-huquqiy jihatlari

Laylo Raxmatullayevna Usmonova Dilshodbek Akmal o'g'li Egamberdiyev

SamDTU

Annotatsiya: Inson salomatligi hech qanday mezonga tenglashtirib bo'lmaydigan eng buyuk ne'matdir. Bugungi kunda aholi salomatligini mustahkamlash, sog'liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish va zamonaviy usullarni joriy etishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur maqolada tibbiyot tizimidagi o'zgarishlarning, xususan, transplantologiya sohasining rivojlanish tarixi va etik-huquqiy asoslarining muhim jihatlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: transplantologiya, transplantatsiya, me'yoriy hujjatlar, dunyoqarash, bioetika

Ethical and legal aspects of transplantology development

Layla Rakhmatullayevna Usmonova Dilshodbek Akmal oglu Egamberdiyev

SamSMU

Abstract: Human health is the greatest blessing that cannot be equated with any criterion. Today, consistent reforms aimed at strengthening the health of the population, fundamentally improving the health care system and introducing modern methods are being implemented. This article highlights the important aspects of the development history and ethical-legal basis of changes in the medical system, in particular, the field of transplantology.

Keywords: transplantology, transplantation, regulatory documents, outlook, bioethics

Transplantologiya - bu tibbiyotning inson a'zolarini ko'chirib o'tkazish va sun'iy inson organlarini yaratish bo'yicha masalalarni va muammolarni o'rganuvchi sohasidir.Transplantatsiyaning bir necha turlari mavjud bo'lib, asosan quyidagi yo'nalishlarga bo'lib o'rganiladi.

1) Ksenotransplantatsiya - bu boshqa turga mansub bo'lgan individlar o'rtasida transplantatsiya qilish.(Hayvonlar a'zosini insonlarga ko'chirib o'tkazish)

2) Avtotransplantatasiya - bu inson bir a'zosidan boshqa a'zosiga transplantatsiya qilish.

3) Eksplantatsiya - sun'iy moslama va a'zolarni ko'chirib o'tkazish.

4) Allotransplantatsiya - insonlar orasida transplantatsiya.

Transplantologiyaning tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ushbu sohaning paydo bo'lishi va rivojlanishi fransuz jarrohi Aleksis Karrel bilan bevosita bog'liq. Aleksis Karrelning qon tomirlarning tikib chiqish usulini tibbiyotga tadbiq etishi jarrohlikning ko'pgina masalalariga yechim va transplantatsiyani rivojlanishiga asos bo'ldi. Keyinchalik hayvonlardan ekspirement sifatida foydalanish ularning a'zolarini ko'chirib o'tkazish tajribalari o'tkazildi. Asta sekinlik bilan sovet va yevropa olimlari va jarrohlari tomonidan plastik jarrohliklar (N.I.Pirogov), buyrak (Voronoy), miya (Demixov), jigar (Tomas Starzl), me'da osti bezi (Uilyam Kelly, Richard Lilxey) va o'pka (Joel Copper) transplantatsiyalari o'tkazildi. Transplantatsiyaning keying yutug'i sifatida afrikalik Kristian Bernard tomonidan o'tkazilgan yurak transplantatsiyasi hisoblanadi.

Transplantalogiya hozirgi kunda tibbiyotning rivojlanib borayotgan sohalaridan biri bo'lib ko'pgina kasalliklarga yechim bo'lmoqda. Ammo bu sohaning ham o'ziga yarasha etik muammolari va etik-huquqiy jihatlari mavjuddir. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, transplantologiyaning rivojlanishi tibbiyotning yutug'i sifatida qaralsada, donor organlarning yetishmasligi, mamlakatning donor a'zolar bilan ta'minlay olmasligi natijasida jamiyat uchun xavfli bo'lgan odam savdosi kabi global muammolarni yuzaga keltiradi. Transplantatsiyaning shu va shunga o'xshash muammolari, jumladan axloqiy, huquqiy, fiziologik va shunga o'xshash muammolar har taraflama, xususan tibbiy, siyosiy-ijtimoiy va diniy taraflama ko'rib chiqilib, ma'lum bir tizimga solinadi.

Shu paytgacha transplantologiya sohasiga ta'luqli qonuniy me'yorlardan quyidagilarni aytib o' tishimiz mumkin:

- 1987-yildagi Butun dunyo tibbiyot assotsiasiyasining "Inson organlarini transplantatsiya qilish to'g'risida"gi deklaratsiyasi;

- 1989-yilda Gong Kongda o'tlkazilgan 41-Butun dunyo tibbiyot assambleyasining "Fetal to'qima transplantatsiyasi xolati" nomli xujjati;

- 1996-yildagi Yevropa maslahat boimeditsina va inson huquqlari konvensiyasi;

- 1992-yil 22-dekabrda qabul qilingan Rossiya Federatsiyasining "Inson organlari va to'qimalarini transplantatsiya qilish to'g'risida"gi qarori;

Yuqorida ta'kidlab o'tilgan odam savdosi va bola og'irlash kabi muammolarga yechim topish maqsadida 2008-yil Turkiyaning Istanbul shahrida yig'ilish bo'lib o'tdi va bu yig'ilishda har bir davlat o'zining tibbiyot sohasidagi donor yetishmovchiligini hal qilishi, shuningdek, donor a'zolar bilan ta'minlay olishi kerakligi to'g'risida mulohaza yuritildi.

Yurtimizda transplantologiyaning barcha sohasini qonuniy jihatdan tartibga solish maqsadida bir qancha normativ hujjatlar qabul qilingan. Jumladan jinoyat

kodeksining 135-moddasi «Odam savdosi», 137-moddasi «Odam o'g'irlash» va 133-moddasi «Odam tana a'zolari va (yoki) to'qimalarini olib qo'yish va transplantatsiya qilish shartlari va (yoki) tartibini buzish» to'g'risida bo'lib, shu sohaga bag'ishlanadi. O'zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining "Qarindoshlar o'rtasida buyrak va jigar bo'lagini transplantatsiya qilish tartibi to'g'risida"gi vaqtinchalik nizomi ham transplantologiyaning muammolarini hal qilish va tartibga solishga asoslangan.

Transplantatsiyada tirik odamlardan va murdalardan donor sifatida foydalanishda quyidagi tibbiy-huquqiy muammolarga duch kelish mumkin:

¡.Tirik organizmda

a) donor roziligi;

b) organizmga ziyon yetkazmaslik; (Gippokrat modelining "Ziyon yetkazma" tamoyili asosida)

c) a'zo va to'qimalarga donorlik qilgani uchun haq to'lash;

2. Murdalarda

a) biologik moslik;

b) murdaning hayotlik davridagi roziligi;

c) a'zo va to'qimalarning olingan vaqti;

d) a'zo va to'qimalarning qay sharoitda va qay tarzda olinganligi;

e) transplantatsiya jarayonining olib borish sharoiti;

f) ijobiy natija berishiga kafolat;

G'arb mamlakatlarida asosan materialistik dunyoviy qarashlarning ustunligi tufayli transplantologiyaning ko'pgina sohalarida deyarli to'sqinlikka yo'l qo'yilmaydi. Yani diniy aqidalarga mos kelishi yoki mos kelmasligi deyarli hisobga olinmaydi (Misol: Jinsni almashtirish transplantatsiyasi).Yana shuni aytib o'tish kerakki, tibbiyot sohasining nafaqat transplantologiya sohasi balki ko'pgina sohalari juda yaxshi rivojlangan. Tarixan ma'lumki, g'arbda tibbiyot 2-jahon urushi yillarida va undan keying yillarda avj olib rivojlana boshladi. Bunga asirga olingan harbiylar va turmalardagi mahbuzlardan tajriba sifatida foydalanilganligi sabab bo'lgan. Bu voqealarni etik-huquqiy nuqtai nazaridan tartibga solish maqsadida 1947 yilda "Insonning ixtiyoriy roziligisiz unda tajriba o'tkazish taqiqlanishini" muhim qoida sifatida belgilab qo'ygan Nyurnberg kodeksi qabul qilinadi.

Sharq mamlakatlari, ayniqsa, oldingi Movaruonnahr hududida aholining aksariyat qismi Islom diniga e'tiqod qilganligi sababli transplantologiyaning har qanday sohasiga ham ruxsat berilmaydi. Islom dini ulamolari va shifokorlar o'rtasida organizmda miyaning o'limi va a'zolar transplantatsiyasi bo'yicha muzokaralar bundan ancha ilgari vujudga kela boshlagan. Lekin bu masala haligacha islom mamlakatlarida murakkab masala va muammoligicha qolmoqda. Shuningdek bu masala bioetika muammolarining reytingida 6-o'rinni egallaydi. Islom dinining muqaddas kitobi Qur'oni Karimda va islomiy an'analarda yuqorida aytib o'tilgan

mavzuga doir aniq bir ko'rsatma yo'q. Shuning uchun ham din ulamolari bu masalaga yechim topishga uringanlar, ya'ni bu ijtihod masalasi bo'lgani uchun turli xil qarashlar va qarama-qarshi fikrlar vujudga kelgan. Ammo, dinda inson hayotini saqlab qolish muhim ekanligiga asoslagan holda ba'zi islomiy davlatlarda miya o'lgach, murdaning a'zolarini tirik organizmga transplantatsiya qilishga imkon beruvchi qonun qoidalar mavjud.

Bugungi kunda transplantologiya sohasi g'arbning AQSh, Germaniya, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi kabi mamlakatlarida, sharqda esa Hindiston, Isroil, Janubiy Korea kabi davlatlarda yaxshi rivojlanganganligini aytishimiz mumkin. Masalan Hindiston dunyo bo'yicha tibbiyot sohasi rivojlangan davlatlar qatorida yetakchi o'rinda turadi. Hozirda ko'pgina transplantatsiyalar Isroilda amalga oshirilmoqda va yaxshi natijalarga erishilmoqda. Janubiy Korea esa plastik transplantatsiya (avtotransplantatsiya) sohasida dunyo bo'yicha 1-o'rinda turadi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, so'nggi davrda tibbiy faoliyat bilan bog'liq jarayonlarning, xususan, transplantologiyaning xususiyatlari sezilarli darajada rivojlanib bormoqda. Binobarin, ilgari ushbu faoliyatni muvaffaqiyatli olib borish uchun tibbiyotga oid tegishli bilim, ko'nikmalarga ega bo'lish yetarli deb qaralgan bo'lsa, hozirgi kunda bu faoliyat bilan bog'liq bo'lgan etik qoidalar va huquqiy me'yorlarga rioya qilish, bilish va ularga izchil amal qilish ham zarurdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Махмудова А. Н. Шахс хукукдй ижгимоийлашувида ижтимоий назорат тушунчаси ва тизими //международный журнал Консенсус. - 2020. - Т. 1. - №. 1.

2. Nugmanovna M. A. et al. EDUCATION OF TOLERANCE IN YOUNGER GENERATION //Conferencea. - 2022. - С. 52-55.

3. Nugmanovna M. A., Kamariddinovna K. A. Modern biotechnical problems of medicine and their solutions //Archive of Conferences. - 2021. - Т. 13. - №. 1. - С. 169-173.

4. Nugmanovna M. A. et al. EDUCATION OF TOLERANCE IN YOUNGER GENERATION //Conferencea. - 2022. - С. 52-55.

5. Rakhmatullaevna U. L. THE MANIFESTATION OF THE EASTERN ROMANTIC SPIRIT IN MINIATURE ART //European science review. - 2021. -№. 5-6. - С. 65-68.

6. Rakhmatullayevna U. L. THE ROLE OF AESTHETIC EDUCATION IN THE MODERN WORLD //Confrencea. - 2022. - Т. 1. - №. 1.

7. Махмудов С. Х. ТУРИСТИК ОБЪЕКТЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШДА ДАВЛАТ ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИК

ШЕРИКЛИГИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ //Интернаука. - 2020. - №. 42-2. - С. 68-69.

8. Махмудов С. Х. и др. ТАРИХИЙ-МАДАНИЙ ТУРИСТИК САЛОХДЯТИДАН ФОЙДАЛАНИШ САМАРАДОРЛИГИНИ БА^ОЛАШ УСУЛЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //Интернаука. - 2020. - №. 25-2. - С. 31-32.

9. Bahromovna S. K., Kamariddinovna K. A. Theoretical bases of tourism activity and socioeconomic factors of the concept of its priority development //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - Т. 11. - №. 1. - С. 769-773.

10. Суюнова К. Б. ТУРИЗМ СОХДСИДА ИННОВАЦИОН ФАОЛИЯТНИ ДАВЛАТ ТОМОНИДАН КУЛЛАБ-^УВВАТЛАНИШИ //Икгисодиётда инновация. - 2020. - Т. 4. - №. 3.

11. Мажидов Ш. Ф., Саидова Х. Реформы в сфере образования и личность преподавателя //Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития. - 2007. - Т. 5. - С. 225-225.

12. Мажидов Ш. Ф. К вопросу об этнокультурных процессах в Центральной Азии и Европейском Союзе //Евразийство: теоретический потенциал и практические приложения. - 2014. - №. 7. - С. 238-243.

13. Артикова Ш. И. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ ЗАНЯТОСТИ НАСЕЛЕНИЯ В УСЛОВИЯХ РАЗВИТИЯ СФЕРЫ УСЛУГ //Приоритетные направления развития науки и образования. - 2020. - С. 60-62.

14. Артикова Ш. И. и др. Ах,оли турмуш даражасини оширишда маиший хизмат курсатиш сохдсининг урни //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 11. - С. 1278-1284.

15. Артикова Ш. И. Маиший хизматлар сохдси ривожланишининг узига хос хусусиятлари ва шарт-шароитлари //Экономика и финансы (Узбекистан). -2022. - №. 6 (154). - С. 33-42.

16. Ilyasovna A. S. METHODS OF EVALUATING THE QUALITY OF HOUSEHOLD SERVICES AND WAYS TO IMPROVE IT //World Economics and Finance Bulletin. - 2022. - Т. 17. - С. 00-00.

17. Turaeva D. A. ANALYSIS, ROLE, IMPORTANCE OF ANONYMOUS LETTERS IN THE UZBEK LANGUAGE ON THE BASIS OF THE NATIONAL CORPUS //International Journal of World Languages. - 2021. - Т. 1. - №. 2.

18. Turaeva D. A. THE BASIS OF THE CREATION OF THE NATIONAL CORPUS OF NONLITERARY ELEMENTS IN PERSONAL CORRESPONDENCE IN THE UZBEK LANGUAGE //Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka. - 2021. - Т. 1. - №. 2.

19. Turayeva D. THE ROLE OF COMMUNICATION IN HUMAN LIFE //Science and innovation in the education system. - 2022. - Т. 1. - №. 2. - С. 16-20.

20. Турсунова Г. Б. РОССИЯ ИМПЕРИЯСИ ТОМОНИДАН СИРДАРЁ ВИЛОЯТИГА АХ,ОЛИНИНГ КУЧИРИШ СИЁСАТИ ЖАРАЁНИДА СОЛЩ ТИЗИМИДА БУЛГАН УЗГАРИШЛАР //ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ. - 2022. - Т. 5. - №. 8.

21. Tursunova G. B. Tibbiyotda ma'naviyat masalalari, shifokor ma'naviyati //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 790-793.

22. Hamida A. PHILOSOPHICAL AND METHODOLOGICAL ISSUES OF THE PARADIGMAL APPROACH TO THE CONCEPT OF MODERNIZATION //Archive of Conferences. - 2020. - Т. 10. - №. 1. - С. 15-18.

23. Abdumajidova K. GLOBALIZATION AND MODERNIZATION AS AN IMPORTANT FEATURE OF THE DEVELOPMENT OF MODERN SOCIETY //Theoretical & Applied Science. - 2021. - №. 4. - С. 75-78.

24. G'offorov S. S., Umurov S. R. Rossiya imperiyasining Turkistonda ta'lim sohasi va vaqf mulkchilik siyosatiga munosabati tarixshunosligi masalalari //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 11. - С. 1120-1126.

25. Sharif Radjabovich Umurov Turkistonda XIX asrning ikkinchi yarmida vaqf mulklarining ahvoli // Science and Education. 2022. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/turkistonda-xix-asrning-ikkinchi-yarmida-vaqf-mulklarining-ahvoli.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.