Научная статья на тему 'TIBBIYOT XODIMLARINING HUQUQIY JAVOBGARLIGI'

TIBBIYOT XODIMLARINING HUQUQIY JAVOBGARLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

12275
438
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bioetika / sfera / profilaktika / biomededtsina / genetika / ijtimoiy xavfli qilmish / harakat yoki harakatsizlik / javobgarlik / JSST / shoshilinch tibbiy yordam.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Farangiz Rashidjon Qizi Aliyeva

Respublika miqyosida biotibbiyot tadqiqotlarini o`tkazish, biomeditsina va genetikada innovatsion texnologiyalarni qo`llash va joriy etishda xalqaro huquq normalarini ratsifikatsiya qilinganligi va ulardagi standart mezonlar asosida amaldagi qonun va qonunosti hujjatlarga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritilmoqda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIBBIYOT XODIMLARINING HUQUQIY JAVOBGARLIGI»

TSDI & TMA | International Conference | 2022 Tashkent State Dental Institute

Google Scholar indexed Tashkent Medical Academy

^0:10.24412/2181-1385-2022^

TIBBIYOT XODIMLARINING HUQUQIY JAVOBGARLIGI

Farangiz Rashidjon qizi Aliyeva

Toshkent davlat yuridik universiteti 1-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Respublika miqyosida biotibbiyot tadqiqotlarini o'tkazish, biomeditsina va genetikada innovatsion texnologiyalarni qo'llash va joriy etishda xalqaro huquq normalarini ratsifikatsiya qilinganligi va ulardagi standart mezonlar asosida amaldagi qonun va qonunosti hujjatlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilmoqda.

Kalit so'zlar: bioetika, sfera, profilaktika, biomededtsina, genetika, ijtimoiy xavfli qilmish, harakat yoki harakatsizlik, javobgarlik, JSST, shoshilinch tibbiy yordam.

Milliy qonunchilik tizimimizda har bir ijtimoiy sohani tartibga solish izchil ravishda yo'lga qo'yilgan bo'lib, ayniqsa, bugungi kunda nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyo miqyosida global ideal masala sifatida talqin etilayotgan, demokratik davlatlarning xalqaro imidjida belgi vazifasini bajaruvchi tibbiyot sohasi va uning vakillari e'tibor markazida. Tibbiyot xodimlarining huquqiy maqomi esa, xalqaro huquq normalarini ratsifikatsiya qilish va ulardagi standart mezonlar asosida amaldagi qonun va qonunosti hujjatlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish natijasida mukammal tarzda bayon etilmoqda.

Axloq ijtimoiy ong shakli sifatida jamiyatda insonlaming o'zaro munosabatlarini tartibga soladi. Tarixan insonlarning birgalikdagi hayoti va faoliyati jarayonida ma'naviyat deb ataladigan va ularning xulqini tartibga soladigan ma'lum bir odat, qoida va me'yorlar majmuasi vujudga kelgan. Tibbiy etika - tibbiy xodimlar faoliyatining o'ziga xosligi va jamiyatdagi o'rni bilan belgilanadigan axloq me'yorlari va tamoyillari majmuasidir. U shuningdek, tibbiy faoliyatni tartibga soluvchi axloq me'yorlari va mezonlaridan tashkil topgan kasbiy tibbiy xulq sifatida ham e'tirof etilgan bo'lib, "bioetika" atamasi orqali ommalashgan. "Nyurnberg kodeksi" o„n banddan iborat bo'lib, ulaming birinchisida tibbiy va boshqa tajribalami o'tkazishda tajriba o'tkazilayotgan shaxsning ixtiyoriy roziligi mutlaq ko'rinishdagi asosiy shartlardan biri ekanligi ta'kidlangan. Kodeksda xavf va zararni minimal darajagacha kamaytirish, xavf va foydani mutanosib tarzda taqsimlash zaruriyati, vrachlaming yuqori malakaga ega bo'lishi, shuningdek sinovlarga olingan shaxsni istagan vaqtda

42

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-42-45

quq

tajribalardan voz kechish imkoniyati mavjudligi ko'rsatib o'tilgan. Ushbu Kodeksda aynan, bioetika masalasiga taalluqli bandlar mavjud bo'lib, ulardan qonunchiligimzda namuna sifatida foydalanilgan.

O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik tizimida har bir elementaristik sferalarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar ishlab chiqib, takomillashtirib borilmoqda. Jumladan, tibbiyot sohasining sog'liqni saqlash, aholi salomatligini mustahkamlash, bolalar va ayollar o'rtasida profilaktika ishlarining samarali yo'lga qo'yilganligi e'tirofga sazovor. Shuningdek, Respublika miqyosida biotibbiyot tadqiqotlarini o'tkazish, biomeditsina va genetikada innovatsion texnologiyalarni qo'llash va joriy etishda xalqaro huquq normalarini ratsifikatsiya qilinganligi va ulardagi standart mezonlar asosida amaldagi qonun va qonunosti hujjatlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilganligi "Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish to'g'risida^gi Qonunda oz aksini topdi.

O'zbekiston Respublikasida sog'liqni saqlashni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo'lib, ular tibbiy-klinik tadbirlar va biotibbiyot tadqiqotlarini amalga oshirilishi ustidan axloqiy-huquqiy nazoratni amalga oshirishning aniq chora-tadbirlari va resurslarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar, umumdavlat dasturlarini qabul qilish uchun asos bo'ladi. Aynan, ushbu konsepsiyada mamlakatimizda ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga tibbiy xizmat ko'rsatishning samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish ta'minlanganligi, BMT Ming yillik rivojlanish maqsadlarining asosiy parametrlariga erishilganligi muayyan ma'noda pozitivlik kasb etadi.

Tibbiyot sohasi bevosita "inson-inson" tamoyiliga asoslangan sohalar qatoridan o'rin olgan bo'lib, tibbiyot xodimlari, ayni vaqtda, muayyan sohada faoliyat yurituvchi subyektlar(jismoniy va yuridik shaxslar) nafaqat, jamiyat va fuqarolar, balki, qonun oldida ham javobgarlikka egadirlar. O'zbekiston Respublikasi qonunlarida, hukumat qarorlarida, Sog'liqni saqlash vazirligining buyruq va ko'rsatmalarida mustahkamlangan tartib-qoidalar esa, ayni vaqtda, tibbiyot sohasi vakillari uchun huquq va erkinliklardan tashqari, burch va majburiyatlarni ham yuklaydi. Ma'lumki, qonunchiligimizda, xususan, Jinoyat Kodeksi 14-moddasining birinchi qismida "kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo'llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi", - deb belgilangan va yuqorida keltirilgan harakat yoxud harakatsizlik oqibatida ham jinoyat yuzaga kelishi mumkinligi qayd etilgan. Bundan ko'rinib turibdiki, shifokorlar ham o'zlarining

harakatsizligi sababli ham javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu

May 12, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-42-45

quq

esa, tibbiyot xodimlari o'z lavozimlariga sovuqqonlik bilan yondashgan holda, Gippokrat qasamyodiga hamda qonunga xilof tarzda aybli qilmish sodir etishlarini jinoyat deb topilishini bildiradi. Ya'ni, shifokorlar qasamyodni buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladilar.

"Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining 13-moddasida keltirilishicha "Davlat fuqarolarda kasalliklarning har qanday shakllari borligidan qat'i nazar, ularning kamsitishlardan himoya qilinishini kafolatlaydi. Ushbu qoidani buzishda aybdor bo'lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar". Demak, yuqoridagi normaga muvofiq, davlat va u vakolat bergan tibbiyot subyektlarining fuqarolar tomonidan kamsitishi ham javobgarlikni keltirib chiqarishi belgilanganligi bu normaning Jinoyat Kodeksida qo'riqlanadigan fuqarolarning huquqlari poymol etilishi, tibbiyot xodimlarining harakat oqibatida jinoyat sodir etishi haqida ma'lumot beradi. Ushbu qonunning 30-moddasida esa "Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari fuqarolarga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatishlari shart. Ular shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatishdan bo'yin tovlaganlik, shuningdek fuqarolarning sog'lig'iga yetkazilgan zarar uchun qonunga muvofiq javobgar bo'ladilar" deb belgilangan va albatta, ushbu qilmish protsessual qonunchilikda snaksiya qo'llashga sabab bo'ladi.

Aholi salomatligini muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini, insonlarda klinik, biotibbiyot va genetik tadqiqotlar o'tkazishning huquqiy, iqtisodiy va axloqiy asoslari yuqorida keltirib o'tilgan qonun, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sog'liqni saqlash vazirligi to'g'risidagi qonun, JSST rahbarligida qabul qilingan qonun hujjatlariga ko'ra taribga solinmoqda. Amaldagi qonunchilikni buzayotgan sog'liqni saqlash tizimi xodimlarini ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortish kabi sanksiya kuchiga ega bo'lgan normalarning batafsil bayon etilishini ham tibbiyot xodimlarining huquqiy javobgarligi sifatida ko'rish mumkin.

Bugungi kunda, Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash kodeksi loyihasi ishlab chiqildi. Loyihada davlat tomonidan tartibga solish, sohani boshqarish, tibbiyot muassasalarida nazorat va kuzatuvni, shuningdek sog'liqni saqlash sohasida idoralararo o'zaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi keltirilgan. Kodeksda sog'liqni saqlash tizimini moliyalashtirish mexanizmlari bayon etilgan bo'limlar ham mavjud. Bundan tashqari, sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil etish batafsil ko'rib chiqilgan. Keltirilgan faktlar va islohotlar shuni ko'rsatadiki, mamlakatimizda ham xalqaro amaliy tajribalardan keng foydalanilib, tibbiyot

xodimlarining huquqiy javobgarligi,umuman olganda, ularning

May 12, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-42-45

quq

huquqiy holati yuzasidan munosabatlarni tartibga solish qaratilgan bir qator tadbirlar yo'lga qo'yilgan.

2022-yil 18-mart kuni Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 13 mingdan ziyod tibbiyot xodimlari bilan "O'zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida ochiq muloqotda uchrashdilar. Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad, tibbiyot sohasi vakillariga e'tiborni kuchaytirish, sohani rivojlantirish va ham moddiy, ham ma'naviy rag'batlantirishdan iborat bo'ldi. Ta'kidlash joizki, yangi farmonda aynan shifokorlar himoyasi uchun bandlar ham keltirilgan, endi shifokorlarni haqorat qilish yoxud ularga munosib muomalada bo'lmaslik ham ma'lum bir ma'noda javobgarlikka sabab bo'lishi aytib o'tildi. Demak, xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, tibbiyot xodimlari va iste'molchi(bemor)lar o'rtasida o'zaro qonuniy munosabatlarni tartibga solish, muammoli vaziyatlarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish uchun islohotlar amalga oshirilishi maqsad qilib qo'yildi. Yuqorida ta'kidlanganidek, shifokorlar, meditsina yo'nalishida tehsil oluvchi va bir paytda tibbiyot xodimi vazifasini bajaruvchi shaxslar o'zlarining qonuniy bo'lgan va qonuniy bo'lmagan(legal,nolegal) xatti-harakatlari uchun keltirib o'tilgan qonunlar asosida himoya qilinishi yoxud javobgar sifatida talqin qilinishi mumkin.

REFERENCES

1. Heinrich Rickert, Kulturwissenschaft und Naturwissenschaft VII, 1926.

2. SHamov I.A. Biomeditsinskaya etika: Uchebnik. - M.: OAO «Izdatelstvo «Meditsina», 2006;

3. .Mamajonova G.K. Bioethics is applied ethics//Teoriya i praktika sovremennoy nauki. - 2018. -№. 1.

4. https://lex.uz/docs/-26013

5. https://lex.uz/docs/-4776770

6. https://lex.uz/docs/-111453

May 12, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.