Научная статья на тему 'TOVAR-MODDIY RESURSLAR HARAKATINI BOSHQARISHDA MARKETING TADQIQOTLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI'

TOVAR-MODDIY RESURSLAR HARAKATINI BOSHQARISHDA MARKETING TADQIQOTLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
48
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
marketing / tovar harakati / tovar zanjiri / marketing tadqiqotlari

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Pardayev Sherzod Xolmurodovich

Mazkur maqolada muallif tomonidan Tovar-moddiy resurslar harakatini boshqarishda marketing tadqiqotlarining ahamiyati va xususiyatlari ochib berilgan va uning uslubiy asoslari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOVAR-MODDIY RESURSLAR HARAKATINI BOSHQARISHDA MARKETING TADQIQOTLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI»

TOVAR-MODDIY RESURSLAR HARAKATINI BOSHQARISHDA MARKETING TADQIQOTLARINING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI

Pardayev Sherzod Xolmurodovich

SamISI, "Marketing" kafedrasi dotsenti v.b., PhD

Annotatsiya. Mazkur maqolada muallif tomonidan Tovar-moddiy resurslar harakatini boshqarishda marketing tadqiqotlarining ahamiyati va xususiyatlari ochib berilgan va uning uslubiy asoslari keltirilgan.

Kalit so'zlar: marketing, tovar harakati, tovar zanjiri, marketing tadqiqotlari

So'nggi yillarda marketing boshqaruvida nisbatan yangi konsepsiya - tovar harakatini boshqarish keng ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Raqobatning kuchayishi, mahsulot hayotiylik davrining qisqarishi, axborot texnologiyalarining rivojlanishi, mahsulot sifati va logistik xizmatlariga bo'lgan talabning ortishi bilan tovar harakatini tadqiq qilish va boshqarishga integrasion yondashuv qo'llanila boshlandi. Bu korxonada xarajatlarni tejash va resurs ta'minotini yaxshilashda tovar-moddiy resurslar(TMR) ta'minot zanjirini, shuningdek, logistik va biznes jarayonlarini optimallashtirishga bo'lgan sa'y-harakatlarning yanada dolzarb vazifa ekanligidan dalolat beradi. Jumladan xizmatlar raqobatbardoshligi va raqobat ustunliklarini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar zamonaviy korxonada qiymat va qo'shilgan qiymat yaratish zanjirining barcha jarayonlarini, ya'ni TMRni xarid qilish, ishlab chiqarishdan yakuniy iste'molchiga tayyor mahsulotni sotish va sotuvdan keyingi xizmat ko'rsatishgacha bo'lgan barcha xizmatlarni optimallashtirishni ko'zda tutgan bo'lishi lozim.

O'zbekistonda marketing tadqiqotlarining nazariy va amaliy jihatdan o'rganish 2000-yillardan e'tiboran boshlandi. Ushbu davrda marketingga ilmiy adabiyotlari, marketing va menejment sohasi bo'yicha xorijning yetakchi olimlari ilmiy ishlari [4, 9, 12, 13, 19, 21, 37, 46, 67] asosida mamlakatimiz olimlari Sh.J.Ergashxodjayeva1, M.A.Yusupov2, M.A.Ikramov3, K.M.Ibodov4, D.X.Xolmamatov5lar tomonidan turli o'quv va ilmiy adabiyotlari yaratildi. Shuni ham alohida ta'kidlab o'tish joizki, mamlakatimizda tovar-moddiy resurslar harakatini tadqiq etishga qaratilgan marketing tadqiqotlari bugungi kunga qadar ham yetarli darajada o'rganilmagan.

1 Ergashxodjaeva Sh.J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing. Darslik. - T.TDIU, 2011.-202 b.

2

3 Икршов М.А., Абдyхaлиловa Л.Т. MapKerarn- тaдкикотлaридa стaтистик тaxлил. Укув кyллaнмa. - Т.: -И^тисодиёт, 2017 й. 418 б.

4 K.M. Ibodov. Marketing tadqiqotlari: O'quv qo'llanma / K.M. Ibodov; - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2021. - 256 b.

5 Д.Х.Холмaмaтов. Улгуржи сaвдодa мaркетингнинг сервис стрaтегиясини тaкомиллaштириш. Моногрaфия. Т:, "Turon" нaшриёти 2020 й,-152 б

Buning asosiy sababi mamlakatimiz korxonalarining "tijorat siri"ni niqobi ostida o'z sotish hajmi va marketing faoliyati haqidagi axborotlarni sun'iy ravishda oshkor qilmasligi, logistik xizmat ko'rsatish tizimining sust rivojlanganligi hamda marketing va logistikaning tarqoq holda o'rganilganligi, tadqiqotlarda iste'molchilar va ta'minotchilar o'rtasida so'rovnomalar o'tkazilmaganligi hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi kunda ham mamlakatimiz aholisi marketing tadqiqotlari va turli ijtimoiy so'rovlarga nisbatan salbiy fikrga ega bo'lib, ko'pchilik hollarda yolg'on ma'lumotlar berishga moyilligi yuqoridir.

Marketing tadqiqotlarining obyekti va subyektlari tadqiq qilinayotgan tovar-moddiy resurslarning turlari va harakat xususiyatlari o'ziga xos jihatlarga ega bo'lib, ularni hisobga olish kelgusida tadqiqot maqsadlariga samarali erishish imkonini beradi. Bu borada marketing tadqiqotlariga nisbatan ilmiy yondashuvlarga alohida to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq.

F.Kotler marketing tadqiqotlari "firma oldida turgan ma'lumotlarni marketing vaziyatlariga bog'liq holda tizimlashtirish, to'plash, tahlil qilish va hisobotini tuzish" sifatida izohlab, 5 bosqichdan iborat deb hisoblaydi. Ushbu bosqichlar: 1) tadqiqot muammosi va maqsadini aniqlash; 2) axborot manbalarini tanlash; 3) axborotlarni to'plash; 4) to'plangan ma'lumotlarni tahlil qilish; 5) olingan axborotlarni taqdimot qilishdan iborat6.

F.Kotler tomonidan takif qilingan tadqiqot bosqichlari asosan yirik kompaniya va marketing-konsalting firmalari uchun mo'ljallangan holda tadqiqot yondashuvi, tadqiqotni loyihalashtirish va ishchi guruhni shakllantirish jihatlariga alohida yondashilmaganligi, kelgusida malakali marketologlarni jalb etishni talab etadi. Bu o'z navbatida kichik korxonalarda marketing tadqiqotlarini tashkil qilishda kadrlar bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqaradi.

G.Cherchill marketing tadqiqotlarini "iste'molchilarni ishlab chiqaruvchilar bilan axborotlar orqali bog'lashga qaratilgan funksiya bo'lib, bozor imkoniyatlari va xatarlarini aniqlash, marketing tadbirlarini belgilash va baholash, samaradorligini aniqlash hamda marketingni jarayon sifatida talqin etilishiga ko'maklashish" sifatida izohlab, 7 bosqichdan iborat ekanligini ko'rsatib o'tgan. Ushbu bosqichlar: 1) muammoni aniqlash, 2) tadqiqot loyihasini tanlash, 3) ma'lumotlarni to'plash usullarini aniqlash, 4) tadqiqot jarayonida to'ldiriladigan anketa shakllarini ishlab chiqish, 5) tanlanmani loyihalashtirish va ma'lumotlarni to'plash, 6) ma'lumotlarni tahlil qilish va ularning interpretasiyasi; 7) tadqiqot natijalari bo'yicha hisobotni tayyorlashdan iborat7.

6 Котлер, Филип. К73 Основы маркетинга Краткий курс Пер с англ — М Издательский дом "Вильяме", 2007 — 656 с

7 Черчилль Г.А. Маркетинговые исследования. СПб: Питер, 2000. 752 с.

G.Cherchill tomonidan taklif etilgan tadqiqot jarayonida anketa shakllarini ishlab chiqish alohida ko'rsatilgan bo'lib, takroriy tadqiqotlar (post apriori)da ortiqcha vazifalarning paydo bo'lishiga olib keladi.

RF olim L.Shabanovaning fikriga ko'ra marketing tadqiqotlari "raqobatchilar va bozorning xulq-atvori, iste'molchilar, hohish-istaklari va afzalliklarini aniqlashga qaratilgan biznes jarayonlarni tadqiq qilish va amaliy sosiologiyaning yo'nalishlaridan biri bo'lib, tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda 10 bosqichdan iborat: 1) tadqiqot maqsadini aniqlash; 2) tadqiqotchiga qo'yiladigan talablar; 3) tadqiqot qiymatini aniqlash; 4) tadqiqotning qoplanish muddati; 5) tadqiqot obyektini aniqlash; 6) axborot manbasini tanlash; 7) tadqiqot usullarini aniqlash; S) tadqiqot joyi va vaqtini aniqlash; 9) axborotlarni qayta ishlash va tahlil qilish; 10) tavsiyalarni o'z ichiga oladiS.

L.Shabanova tomonidan taklif etilgan tadqiqot jarayonlarini rejalashtirish uslubiyati murakkab bo'lib, amaliy ish jarayonida ayrim qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, shuningdek, 5-,6- va S-bosqichlar buyurtma asosida amalga oshiriladigan tadqiqotlarda ortiqcha vazifa hisoblanadi.

Ye.V.Anoxin va V.Ye.Anoxinlarning fikricha "Marketing tadqiqotlari tovar, ish va xizmatlar bozorining rivojlanishiga oid ma'lumotlarni manfaatdor subyektlarga taqdim qilish maqsadida to'plash, tahlil qilish va hisobot shaklda taqdim qilishdir". Marketing tadqiqotlari 9 ta bosqichni qamrab oladi: 1) tadqiqot muammosini aniqlash; 2) tadqiqot konsepsiyasini ishlab chiqish; 2) kabinet tadqiqotlari; 5) bozor konyunkturasini tahlil qilish; 6) tashqi bozorlarni tadqiq qilish; 7) imitasion modellashtirish; S) marketing axborot tizimini shakllantirish; 9) boshqaruv qarorini qabul qilish9.

Bizning fikrimizcha, Ye.V.Anoxin va V.Ye.Anoxinlar marketing tadqiqotlarining jihatlariga alohida yondashilmagan. Shu bilan birga tadqiqotlarni har doim ham modellashtirish imkoni mavjud bo'lmagan holda turli tavsiyalar berish orqali ham kifoyalanishi mumkinligi hisobga olinmagan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Cohen, S., Roussel, J. Strategic Supply Chain Management: The Five Disciplines for Top Performance / S. Cohen, J. Roussel. - New York: McGraw Hill, 2005. - 316 p.

2. Donald J. Bowersox, Devid J. Closs va M. Bixby Cooper "Supply Chain Logistics Management" 2008.

S Шaбaновa Л. Проблемы совершенствовaния методики проведения мaркетинroвых исследовaний // Проблемы

теории и ^aRTOEH yпрaвления. 2007. № 10. C. 119-126.

9 Е. В. Анохин, В. А. Анохин. Эволюция мaркетинговых исследовaний 3a рyбежом и России // Вестник АГТУ. Сер^гатами^^^. №3.

3. Keegan Sheila. Qualitative research: good decision making through understanding people, cultures and markets. Kogan Page Ltd 2009. 260 p.

4. Larson, Paul D., Poist, Richard F. and Halldorsson, Arni Perspectives on logistics vs. SCM: a survey of SCM professionals / Paul D. Larson, Richard F. Poist, Arni Halldorsson // Journal of Business Logistics. - 2007. - 28 (1). - 1-24 p.

5. Mentzer, J., Defining supply chain management / J. Mentzer // Journal of Business Logistics. - 2001. - 22(2). - 1-25 p.Donald J. Bowersox, Devid J. Closs va M. Bixby Cooper. Supply Chain Logistics Management. 2008.

6. Gronroos, C. Service Management and Marketing: Managing the moment of truth in the service sector / C.Gronroos. - Cambridge, Mass: Marketing Science Institute, 1990.

7. Ergashxodjaeva Sh.J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing. Darslik. -T.TDIU, 2011.-202 b.

8. Ibodov K.M. Marketing: Darslik. T.: Fan va texnologiya, 2019. 356 b.

9. Ibodov K.M. Marketing tadqiqotlari: O'quv qo'llanma / K.M. Ibodov; - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2021. - 256 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.