Научная статья на тему 'TOVAR HARAKATI TIZIMIDA “TA’MINOTCHI-DISTRIBYUTORSAVDO” ZANJIRINI TAKOMILLASHTIRISH MODELI'

TOVAR HARAKATI TIZIMIDA “TA’MINOTCHI-DISTRIBYUTORSAVDO” ZANJIRINI TAKOMILLASHTIRISH MODELI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
122
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
marketing / tovar harakati / tovar zanjiri.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Pardayev Sherzod Xolmurodovich

Mazkur maqolada muallif tomonidan tovar harakati tizimida “ta’minotchi-distribyutor-savdo” zanjirini takomillashtirish modeli ishlab chiqilgan va uning uslubiy asoslari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOVAR HARAKATI TIZIMIDA “TA’MINOTCHI-DISTRIBYUTORSAVDO” ZANJIRINI TAKOMILLASHTIRISH MODELI»

TOVAR HARAKATI TIZIMIDA "TA'MINOTCHI-DISTRIBYUTOR-SAVDO" ZANJIRINI TAKOMILLASHTIRISH MODELI

Pardayev Sherzod Xolmurodovich

SamISI, "Marketing" kafedrasi dotsenti v.b., PhD

Annotatsiya. Mazkur maqolada muallif tomonidan tovar harakati tizimida "ta'minotchi-distribyutor-savdo" zanjirini takomillashtirish modeli ishlab chiqilgan va uning uslubiy asoslari keltirilgan.

Kalit so'zlar: marketing, tovar harakati, tovar zanjiri.

Hozirgi davrda ko'p kanalli tijorat modelining rivojlanishi bilan tovar harakati tizimida logistik xizmatlarning o'rni katta bo'lib, "ta'minotchi-distribyutor-savdo" zanjirida qo'shimcha qiymat yaratishning asosiy omili bo'lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, yirik chakana va onlayn-savdo operatorlarining ko'payib borish tendensiyasi qiymat yaratish zanjiridagi ustunliklari hisobiga mayda chakana savdo raqobatbardoshligining pasayishiga olib kelmoqda. Tovar harakati tizimida "ta'minotchi-distribyutor-savdo" zanjirini takomillashtirish dolzarbligini bir nechta omillar orqali asoslashimiz mumkin.

Birinchidan, tovar-moddiy resurslar harakatini takomillashtirishning ilmiy va amaliy masalalarini boyitish avvalo ishlab chiqarish va iste'mol sohasida ta'minot jarayonlarini tashkil etishdagi tub o'zgarishlarga bog'liq holda, aniq moliyaviy qiymat yaratishga asoslangan. Bugungi kunda ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bozor muhitida alohida ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar emas, balki ta'minot zanjirlari raqobatlashmoqda. Mamlakatimizda ham bu kabi jarayonlar jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Biz tomonimizdan ilgari surilayotgan jihat shundan iboratki, tovar-moddiy resurslar harakatida ta'minot zanjirlari avvalo yirik savdo majmualari, ulgurji va chakana savdo tarmoqlari tomonidan shakllantiriladi, ularning barchasi o'zining "bozor vazni"ga va "miqyos samarasi" ga ega bo'lib, sinergetik samara tufayli yanada rivojlanmoqda. Ushbu tovar-moddiy resurslarning ushbu harakati tizimining va qiymat yaratish zanjirining barqarorligini va iqtisodiy samaradorligini oshirish borasida esa turli xil marketing vositalari va chora-tadbirlari qo'llanilib kelinmoqda.

Ikkinchidan, qiymat zanjiri tushunchasining nafaqat bir kanalli, balki ko'p kanalli savdoda ham ahamiyatliligi, ham nazariy, ham amaliy jihatdan marketing amaliyotida tobora kengroq qo'llanilishiga imkon berdi. Aynan shu omil marketing amaliyotida logistik yondashuvning keng qo'llanilishiga, tovar-moddiy resurslar harakatida logistik xizmatlar ko'rsatishning 3RL va 4PL logistik provayderlari rimkoniyatlaridan keng foydalanishning kuchayishiga olib keldi. 2010 yildan e'tiboran marketing logistikasining izchil rivojlanishi chakana savdoda tub o'zgarishlarga olib keldi, tovar harakatining multi va omnikanalli sxemalari ishlab chiqila boshlandi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ham marketing logistikasi savdo

sohasining jadal rivojlanishi, transport infratuzilmasining rivojlanishi va logistik markazlarning tashkil qilinishi, iste'mol bozorining savdo va chakana ta'minot tizimini infratuzilmaviy jihatdan qo'llab-quvvatlovchi logistika infratuzilmasini barpo etilishiga va kengayishiga imkon berdi. Markaziy Osiyo xududi bo'yicha yuklarni temir yo'l va avtomobil yo'llari orqali optimal tarzda yetkazib berish, hamda yuk oqimlarini xavo transporti orqali Shimol-Janub va G'arb-Sharq yo'nalishlari bo'yicha optimal tashkil qilish va boshqarish maqsadida xalqaro multimodal logistik markaz tarkibida terminallar barpo qilindi. 2011 yilda Navoiy intermodal logistik markazi orqali 60 ming tonadan ortiq yuk tashildi. Navoiy intermodal logistika markazini yuk terminali bir yilda 100 ming tonna, sutkasiga esa 300 tonna yukka ishlov berish quvatiga ega. Bu yuk terminali zamonaviy ombor jihozlari bilan jixozlangan bo'lib, u 20 tonna va 5 tonnalik tarozilar va yuklarni qabul qilishda foydalaniladigan boshqa uskunalar bilan ta'minlangan.Unda 6 ta qabul qilish, jo'natish maydonlari, sovutish va muzlatish kameralari, isitish kameralari hamda xavfli va tez buziladigan mahsulotlar va hayvonlarni saqlash uchun maxsus hududlar bunyod qilingan1.

Internet va elektron savdoning rivojlanishi bilan tovar harakatini ko'p kanalli tashkil etishga hamda ulgurji va chakana savdo sifat jihatdan keskin o'zgarishiga olib keldi.

An'anaviy logistika(1PL)dan farqli ravishda, tovar-moddiy resurslar harakatini ko'p kanalli asosda tashkil qilish (3PL, 4PL) orqali marketing texnologiyalarini yanada takomillashtirdi va ko'p kanalli savdoning logistika xizmatlari ko'rsatishning zamonaviy tus olishiga imkon berdi.

Internet-marketingning jadal rivojlanishi va iste'molchilarga yo'naltirilganlik tovar harakati ko'p kanalli savdo makonda iste'molchilarning xulq-atvori va iste'mol taomillarini modellashtirish asosida tovarlarni yetkazib berish bilan bog'liq murakkab jarayonlarning logistika xizmatlar, xaridor uchun eng qulay tarzda tovarlarni qabul qilish va yetkazib berish asosida raqobat ustunligiga erishish mumkinligini ko'rsatdi. Bundan tashqari, "ta'minotehi-distribyuter" zanjirida logistik xizmatlar ko'rsatish imkoniyati sotuvchilarga asosiy diqqat-e'tiborni sotishga qaritishni, mijozlar bazasini yanada kengaytirishni ta'minlaydi2.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, marketing logistikasining ilmiy nuqtai nazaridan yondashgan holda ko'p kanalli tovar harakati amaldagi stasionar chakana savdo zanjiriga nisbatan sezilarli darajada murakkab ekanligini anglashimiz mumkin. Tovar harakatini tashkil qilishning ko'p kanalli sxemalari o'z navbatida logistik oqimning asosiy tendensiyasini tashkil qiladi, bunda tovar harakati tizimi yangi ta'minot kanallari bilan takomillashib boradi.

Tovar-moddiy resurslar harakatida taqsimot kanallari sonining ko'payishi bilan iste'molchilarning qoniqqanlik darajasi ortadi, keng qamrovli ko'p kanalli logistik xizmatlarga ehtiyoj ortib boradi. Masalan, tovar harakatining iste'molchilar

1 Узбекистан Республикаси Президентининг "Навоий ша^ар аэропорты базасида халкаро интермодал логистика марказини ташкил этиш чора-тадбирлари тугрисида"ги П^-1027-сонли Кдрори 31.12.2008 йил

2 Жуков А. Фулфилмент в России - в самом начале развития // Retail&Loyalty. 2013. №3 (36). С.39.

buyurtmani qabul qilishdan tortib uni yetkazib berishgacha bo'lgan to'liq siklida sotuvchi tovarni bepul yetkazib berishini kutadi. Albatta buning amalda imkoni yo'q. Shunga qaramasdan, tovar harakatida taqsimot zanjirlarining iste'molchilar talablariga maksimal moslashuvchanligi uning raqobat ustunligi omiliga aylantiradi. Ya'ni, logistik xizmatlar va jarayonlar iste'molchilar uchun mahsulot va xizmatlar taklifining ajralmas qismiga aylanadi va eng muhimi, chakana savdo geografiyasini

Boshqaruv va nazorat

Iste'molchilarning qoniqqanlik darajasi

Funksiyalarning ikkilanishi

Ixtisoslashuv

Tezkor boshqaruv

Taqsimot bilan bog'liq shartlar

1-rasm. Tovar harakatini tashkil qilishda sotish kanallari sonining ko'payishi

bilan kutiladigan o'zgarishlari4

Shunday qilib, zamonaviy sharoitlarda tovar harakati tizimida ko'p kanalli tuzilmaning qo'llanilishi markazlashgan ta'minot va an'anaviy logistikadan farqli ravishda ichki va tashqi omillar ta'sirini hisobga olishni, zanjirning turli darajalarida xarajatlarni kamaytirishni va tovar harakatini bir vaqtning o'zida bir nechta kanallar bo'ylab tashkil qilish va uning uzluksiz monitoringi(treking)ni talab qilish asosida "ta'minotchi-distribyutor-savdo" zanjirini sezilarli darajada murakkablashtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Cohen, S., Roussel, J. Strategic Supply Chain Management: The Five Disciplines for Top Performance / S. Cohen, J. Roussel. - New York: McGraw Hill, 2005. - 316 p.

2. Donald J. Bowersox, Devid J. Closs va M. Bixby Cooper "Supply Chain Logistics Management" 2008.

3. Keegan Sheila. Qualitative research: good decision making through understanding people, cultures and markets. Kogan Page Ltd 2009. 260 p.

3 Гаспарян В. Омниканальный ритейл в России: мифы и реальность // Retail&Loyalty. 2015. №7 (52).

4 K.M. Ibodov. Marketing. - Darslik. Toshkent:, - "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2019 yil.- 356 bet. 256-бет

4. Larson, Paul D., Poist, Richard F. and Halldorsson, Arni Perspectives on logistics vs. SCM: a survey of SCM professionals / Paul D. Larson, Richard F. Poist, Arni Halldorsson // Journal of Business Logistics. - 2007. - 28 (1). - 1-24 p.

5. Mentzer, J., Defining supply chain management / J. Mentzer // Journal of Business Logistics. - 2001. - 22(2). - 1-25 p.Donald J. Bowersox, Devid J. Closs va M. Bixby Cooper. Supply Chain Logistics Management. 2008.

6. Gronroos, C. Service Management and Marketing: Managing the moment of truth in the service sector / C.Gronroos. - Cambridge, Mass: Marketing Science Institute, 1990.

7. Ergashxodjaeva Sh.J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing. Darslik. -T.TDIU, 2011.-202 b.

8. Ibodov K.M. Marketing: Darslik. T.: Fan va texnologiya, 2019. 356 b.

9. Ibodov K.M. Marketing tadqiqotlari: O'quv qo'llanma / K.M. Ibodov; - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2021. - 256 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.