Научная статья на тему 'TOVAR HARAKATI MARKETING TADQIQOTLARINI AMALGA OSHIRISHGA QO’YILADIGAN TALABLAR VA ULARNING TASNIFIY BELGILARI'

TOVAR HARAKATI MARKETING TADQIQOTLARINI AMALGA OSHIRISHGA QO’YILADIGAN TALABLAR VA ULARNING TASNIFIY BELGILARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
235
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
marketing / tovar harakati / tovar zanjiri.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Pardayev Sherzod Xolmurodovich

Mazkur maqolada muallif tomonidan tovar harakati marketing tadqiqotlarini amalga oshirishga qo’yiladigan talablar va ularning tasnifiy belgilari ishlab chiqilgan va uning uslubiy asoslari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOVAR HARAKATI MARKETING TADQIQOTLARINI AMALGA OSHIRISHGA QO’YILADIGAN TALABLAR VA ULARNING TASNIFIY BELGILARI»

TOVAR HARAKATI MARKETING TADQIQOTLARINI AMALGA OSHIRISHGA QO'YILADIGAN TALABLAR VA ULARNING TASNIFIY

BELGILARI

Pardayev Sherzod Xolmurodovich

SamISI, "Marketing" kafedrasi dotsenti v.b., PhD

Annotatsiya. Mazkur maqolada muallif tomonidan tovar harakati marketing tadqiqotlarini amalga oshirishga qo'yiladigan talablar va ularning tasnifiy belgilari ishlab chiqilgan va uning uslubiy asoslari keltirilgan.

Kalit so'zlar: marketing, tovar harakati, tovar zanjiri.

Bozor munosabatlarida korxona muvaffaqiyatini ta'minlash shartlaridan biri uning raqiblardan farqlanuvchi va iste'molchilar uchun afzallik yaratib beradigan jihatlarga ega bo'lishi hisoblanadi. Shu bilan birga korxona raqobat ustunligiga erishishni ko'zda tutar ekan, iste'molchilar uchun afzalliklar yaratib beradigan muhim jihat bu tovar harakatini tashkil qilish desak mubolag'a bo'lmaydi. aynan marketingning zamonaviy falsafasi ham tovar harakatini oqilona tashkil etish orqali iste'molni eng yuqori darajada qondirishga qaratilgandir. Albatta, tovar harakatini tashkil qilish nazariy jihatdan sodda va oson vazifa bo'lsada, amalda uni ro'yobga chiqarish raqobat kurashida g'olib chiqishga imkon beradigan juda murakkab jarayon hisoblanadi.

Ma'lumki, bugungi kunda tovarlarni sotish faoliyati samaradorligi iste'molchilarning tovarni yetkazib berish vaqti, joyi, sifati, turli nuqsonlarning bo'lmasligi kabi qo'shimcha servisni ham talab etadi. ayniqsa, iste'mol taomillarining o'zgarib borayotgan bugungi davrida inklyuziv iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida bu kabi xizmatlarni tovar tannarxiga kiritilgan holda yoki mutlaqo bepul ko'rsatish, tovarlarning texnik parametrlari yoki yetkazib berish shartlarida tafovutlar kuzatilganda qo'shimcha sa'y-harakatlarni amalga oshirish lozim bo'ladi. Bu kabi masalalar esa raqobat kurashida muvaffaqiyatga erishishni ko'zlagan barcha korxonalar uchun odatiy ish jarayoni hisoblanadi.

Shu bilan birga sotuvdan keyingi servisni tashkil qilish qo'shimcha moliyaviy resurslarni ham talab etadi. Bundan kelib chiqadiki, tovar harakatini samarali tashkil etish bilan bog'liq strategiyani ishlab chiqish avvalo iste'molchilarning ehtiyojlarini mukammal o'rganishni, bozor ishtirokchilari tomonidan qondirilish darajasini baholashni, shuningdek, tovar harakati tizimini ham puxta tashkil qilish lozim bo'ladi. Tovar harakatini tashkil qilish jarayonidagi qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash, inklyuziv mijozlarning iste'mol taomilllarini tadqiq etish marketing logistikasining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

Tovar harakatini tashkil qilishning kopleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish asosida korxonalar eng kam xarajatlar va tomonlar uchun eng manfaatli bo'lgan shartlarda tovar harakati tizimini tashkil qiladilar. Mazkur bosqichda tovar taqsimoti kanallarining optimallashuvi amalga oshiriladi.

Tovar taqsimoti kanallarini optimallashtirish kelgusida quyidagi masalalarni samarali hal qilish imkonini beradi:

- maqsadli bozorning har bir segmentini aniq ifodalash, hajmi, sig'imi va kengayish imkoniyatlarini xolis baholash. Maqsadli bozorning iqtisodiy chegarasi uning ixtisoslashuvi bilan bog'liq. Chunki kelgusida korxona tomonidan o'zlashtirilmagan segmentlar yoki iste'molchilar guruhi tovar chegarasiga kirmaydi va korxona uchun iqtisodiy jihatdan manfaat keltirmaydi. Shu bilan birga marketologlar iste'molchilarning iste'mol taomillari haqida yetarli ma'lumotga ega ekanliklari sababli mahsulot portfelini takomillashtirish bo'yicha zaruriy xulosalarni berishi mumkin.

- korxonaning narx siyosati samaradorligini baholash. Mamlakatimizda aholining xarid qobiliyatini mustahkamlash, turmushfarovonligi oshirish borasida ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarning oshirib borilishi ham amalga oshirilmoqda. 2018 yilda aholining jon boshiga real daromadlari 8215,1 ming so'mni tashkil etgan bo'lsa, 2022 yilning birinchi yarmida ushbu ko'rsatkich 11042,7 ming so'mga teng bo'ldi1. Shu bilan birga iste'mol tovarlari indeksining 1,16 darajada barqaror saqlanib qolishiga erishilgan. Bundan past narxlar strategiyasi bugungi kunda korxonalarning moliyaviy barqarorligini susaytirishi va imkoniyatlarini cheklashi tovar xarakatini takomillashtirish asosida samarali narx siyosatini shakllantirish mumkin degan xulosaga kelishimizga asos bo'ladi.

- sotishni rag'batlantirish bilan bog'lik kommunikasiya kompleksini ishlab chiqish (jumladan reklama, sotishni rag'batlantirish);

- korxonaning mahsulot portfelini, tovar assortimentini tahlil qilish, boshqarish va samaradorligini baholash. Bunda korxonaning tovar assortimentini boshqarish mahsulot nuqtai nazaridan, umumiy talab nuqtai nazaridan, shuningdek foydani shakllantirish nuqtai nazaridan ko'rib chiqilishi maqsadga muvofiq. Bu o'z navbatida tovar zahiralarini optimal hajmda saqlab qolishga, asosiy foydani shakllantiruvchi iste'molchilarni maksimal saqlab qolish imkonini beradi.

Korxonaning narx siyosatini tahlil qilish raqobat muhiti kuchayib borayotgan bugungi sharoitda muhim omil hisoblanadi. Bozor munosabatlari shakllanishining dastlabki bosqichlarida narx siyosati marketing strategiyasi sifatida qaralib, bozorga kirishga, raqiblardan o'zib ketishga, qisqa muddatli davrda sotish hajmini oshirishga qaratilgan edi. Bugungi kunda ushbu qarashlar tubdan o'zgarib narx siyosatiga oid jarayonlar ham tubdan o'zgardi. Bizning fikrimizcha, narx siyosati avvalo tovar harakatini samarali tashkil etishga asoslanishi, muomala xarajatlarni optimallashtirish, savdoning ilg'or texnologiyalari asosida iste'molchilar uchun eng maqbul, korxona uchun esa raqobatbardosh narx shakllantirishga xizmat qilishi lozim.

- tovarlarning moddiy oqimini tashkil qilish va optimallashtirish. Tovar harakatini boshqarish buyurtmalarning va tovar zahiralarining optimal hajmini aniqlash, taqsimot kanallari bo'yicha taqsimlash masalalarini hal qilishi lozim. tovarlarning moddiy oqimini tizimli tashkil qilish logistik modellar yordamida

1 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH CTaTHCTHKa rçyMHTacH Mab^yMoraapH(statuz)

modellashtirishni taqozo etadi. Natijada tovar harakatini optimal tashkil qilish borasidagi yuzaki ko'ringan yondashuvlar moddiy oqimni boshqarishning nazariy va amaliy jihatlarini ham puxta o'zlashtirishni talab etuvchi logistik yondashuvni ham talab etadi. Haqiqatan ham tovar harakati tizimini samarali tashkil qilish masalalari marketing logistikasi va logistik boshqaruvning uslubiy asoslariga asoslangan yangi bilim va malakalarni talab etadi.

Yuqorida biz tomonimizdan ko'rib chiqilayotgan yo'nalishlar an'anaviy holda marketing masalalariga taalluqli deb hisoblanadi va ilmiy iqtisodiy adabiyotlarda keng urg'u berilgan. Shu bilan birga moddiy tovarlarning harakati va taqsimoti masalalariga esa ushbu sohaga oid adabiyotlarda yetarlicha e'tibor qaratilmasdan kelingan. Bu masala bugungi kunning eng muhim, shu bilan birga eng murakkab jihatlari bo'lishi bilan biga mareketing kompleksi 4P ning P3- place, ya'ni joy, sotish kanallari yoki taqsimot tizimi hamdir. Shu boisdan ham tovar harakatini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish, uning metodologik apparatini yanada boyitish tizimli tadqiqotlar olib borishning dolzarbligini ko'rsatmoqda. Chunki tovar harakati bilan bog'liq sarflar mahsulot narxining 3G foizini tashkil qilishini hyech kimga sir emas2.

Shunday qilib tovar harakatini optimal tashkil qilish logistikaning quyidagi tamoyillarga asoslanishi maqsadga muvofiq:

- tovar harakatini tashkil qilishning ketma-ketligini ta'minlash;

- tovar harakati tizimida axborot va moddiy oqimlar xususiyatlarining o'zaro muvofiqligi;

- tovar harakati tizimi elementlarining o'zaro muvofiqligi.

Tovar xarakatini logistik tamoyillar asosida tashkil qilish marketing logistikasining uslubiy asoslrini tashkil qiladi.

Marketing logistikasining nazariy uslubiy bazasi bozorni iqtisodiy tahlil qilish va marketing tadqiqotlarini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari tadqiq qilinayotgan jarayonlar va bobyektlar xususiyatidan kelib chiqqan holda texnik-iqtisodiy, moliyaviy, tashkiliy texnik va boshqa tahlil usullaridan foydalaniladi. Bu avvalo tovar harakatini tashkil qilishda logistika rolining ortib borayotganligi, ikkinchidan esa tovar harakatini tashkil qilishda ilmiy va uslubiy tahlil apparatining yetarlicha emasligi bilan bog'liq.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Cohen, S., Roussel, J. Strategic Supply Chain Management: The Five Disciplines for Top Performance / S. Cohen, J. Roussel. - New York: McGraw Hill, 2GG5. - 316 p.

2. Donald J. Bowersox, Devid J. Closs va M. Bixby Cooper "Supply Chain Logistics Management" 2008.

3. Keegan Sheila. Qualitative research: good decision making through understanding people, cultures and markets. Kogan Page Ltd 2GG9. 26G p.

2 Pardaev Sh.X., Xolmamatov D.X. Ways to ensure the efficiency of the movement of goods and materials in the commodity market. // Solid State Technology. 2020 y. 346-354 pp.

4. Larson, Paul D., Poist, Richard F. and Halldorsson, Ami Perspectives on logistics vs. SCM: a survey of SCM professionals / Paul D. Larson, Richard F. Poist, Arni Halldorsson // Journal of Business Logistics. - 2007. - 28 (1). - 1-24 p.

5. Mentzer, J., Defining supply chain management / J. Mentzer // Journal of Business Logistics. - 2001. - 22(2). - 1-25 p.Donald J. Bowersox, Devid J. Closs va M. Bixby Cooper. Supply Chain Logistics Management. 2008.

6. Gronroos, C. Service Management and Marketing: Managing the moment of truth in the service sector / C.Gronroos. - Cambridge, Mass: Marketing Science Institute, 1990.

7. Ergashxodjaeva Sh.J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing. Darslik. -T.TDIU, 2011.-202 b.

8. Ibodov K.M. Marketing: Darslik. T.: Fan va texnologiya, 2019. 356 b.

9. Ibodov K.M. Marketing tadqiqotlari: O'quv qo'llanma / K.M. Ibodov; - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2021. - 256 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.