Научная статья на тему 'TOVAR-MODDIY RESURSLAR HARAKATI VA MARKETING LOGISTIKASINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI'

TOVAR-MODDIY RESURSLAR HARAKATI VA MARKETING LOGISTIKASINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
73
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
marketing / tovar harakati / tovar zanjiri.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Pardayev Sherzod Xolmurodovich

Mazkur maqolada muallif tomonidan tovar-moddiy resurslar harakati va marketing logistikasining zamonaviy yondashuvlari ishlab chiqilgan va uning uslubiy asoslari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOVAR-MODDIY RESURSLAR HARAKATI VA MARKETING LOGISTIKASINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI»

TOVAR-MODDIY RESURSLAR HARAKATI VA MARKETING LOGISTIKASINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Pardayev Sherzod Xolmurodovich

SamISI, "Marketing" kafedrasi dotsenti v.b., PhD

Annotatsiya. Mazkur maqolada muallif tomonidan tovar-moddiy resurslar harakati va marketing logistikasining zamonaviy yondashuvlari ishlab chiqilgan va uning uslubiy asoslari keltirilgan.

Kalit so'zlar: marketing, tovar harakati, tovar zanjiri.

Shuni ham alohida ta'kidlab o'tish joizki, bugungi kunda taraqqiy etib borayotgan axborotlashgan jamiyatda iqtisodiy subyektlar imkoniyatlari boshqa subyektlar ta'siri va hamkorligida kengayib bormoqda, bunda o'zi-o'zini tashkil etish masalalari dolzarb bo'lib, boshqaruvning sinergetik yondashuvga almashinuviga, menejmentning asosiy konsepsiyasi "subyekt-subyektni boshqarish"ga almashinuvi ro'y beradi.

Shu bilan birga tovar harakatini boshqarishning funksional sohasida ham sifat jihatidan o'zgarishlar ro'y bergan holda boshqaruv to'g'ridan-to'g'ri taqsimot zanjirining barcha tuzilmalarga yo'naltiriladi, logistik xizmatlarni tashkil etish va boshqarishning yangi tamoyillari hamda yondashuvlari shakllanadi. Boshqaruv sohasidagi munosabatlarning ham postindustrial jamiyat talablariga moslashib borishi boshqaruv axborotlari almashinuvi uchun ham yangi imkoniyatlar ochadi, bu esa biznes samaradorligining oshishiga olib keladi. Boshqaruvning kraudsorsing asosida tashkil qilinishi tashkilotlarga tegishli bo'lmagan inson kapitalining tovar harakati tizimida iqtisodiy faoliyatga jalb qilinishi, "motivasiya" funksiyasining interaktiv hamkorlik asosida qo'shimcha qiymatni shakllantirishi, mehnat resurslarini masofadan boshqarishda o'z aksini topadi. Boshqaruvning nazorat-tahlil funksiyasining samaradorligi ham ortib boradi. Natijada nazoratning "diskretlik tamoyili" ham "uzluksizlik tamoyiliga"ga o'zgaradi. Logistik jarayonlar va funksiyalarning keng miqyosda virtuallashuvi bilan yuqori darajada shaffoflikka erishiladi.

Tovar harakati tizimida ham B2B munosabatlarining kengayishi, internet texnologiyalarining keng qo'llanilishi juda yuqori bo'lib, bozor analitikasi va internet orqali savdo xizmatlarini amalga oshiradi.

Bozor munosabatlari rivojlanishining global xarakteri tovar harakatini tadqiq etishda yangi tushunchalarining paydo bo'lishiga olib keldi. Ayniqsa logistika va tovar harakatini boshqarish ilmiy bo'yicha nuqtai nazarlar alohida diqqatga sazovordir. Tovar harakatini tadqiq qilishning ko'rib o'tilgan konsepsiyalarini yaxlit holda quyidagicha tasvirlash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: (1-rasm).

Tarmoqli

ishlab chiqarish

Innovasion ishlab chiqarish Moslashuvcha nlik

Tezkor ishlab chiqarish O'ziga xos innovasiya O'ziga xos innovasiya

Moslashuvcha n ishlab chiqarish Vaqt Vaqt Vaqt

Ishlab chiqarishni sifatga yo'naltirish Moslashuvcha n tovar dasturi Moslashuvcha n tovar dasturi Moslashuvcha n tovar dasturi Moslashuvcha n tovar dasturi

Ishlab chiqarishga yo'naltirish Sifat Sifat Sifat Sifat Sifat

Ishlab chiqaruvchi narxi Ishlab chiqaruvchi narxi Ishlab chiqaruvchi narxi Ishlab chiqaruvchi narxi Ishlab chiqaruvchi narxi Ishlab chiqaruvchi narxi

Ishlab Sifat chiqarish iqtisodiyoti iqtisodiyoti Sifat Miqyos yondashuvi samarasi Iste'molchi Iqtisodiy kapitali drayverlar, Iste'molchilar JIT ga konsepsiyasi yo'naltirilganl ik Axborot Kompetensiya iqtisodiyoti va o'zaro ta'sir axborotlashga iqtisodiyoti n jamiyat Xulq-atvor iqtisodiyoti

1960-70 yillar 1970-80 yillar 1990 yillar Hozirgi davr

1-rasm. Tovar harakatini tadqiq qilishning ilmiy yondashuvlari

Raqobatbardoshlikni ta'minlash va raqobat afzalliklarini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar zamonaviy korxonada qiymat yaratish zanjirining barcha jarayonlarini, ya'ni tovar-moddiy resurslarni xarid qilish, ishlab chiqarishda iste'molchilarga yetkazib berishdan tortib, yakuniy iste'molchiga sotishdan keyingi xizmat ko'rsatishgacha bo'lgan xizmatlarni optimallashtirishi kerak. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, bugungi bozor sharoitlarida tovar harakatini tadqiq qilishda zamonaviy yondashuvlarini qo'llash zarurati tobora ortib bormoqda.

TMR harakatini tadqiq qilish va boshqarish konsepsiyasi ilmiy yo'nalish sifatida o'tgan asrning o'rtalarida shakllangan bo'lsada, bozor munosabatlarining qaror topishi bilan yanada rivojlandi. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko'rsatmoqdaki, tovar harakatini boshqarishning turli jihatlari uni tadqiq etish va hududiy bozorga optimal sotish kanallari orqali yo'naltirish ushbu sohalarida tizimli tadqiqotlar olib borish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Tovar-moddiy resurslar harakatini o'rganish kelgusida logistik konsepsiyaning shakllanishi va rivojlanishiga turtki berganligini alohida qayd etishimiz lozim. Masalan, institusional nazariyalar doirasida tashkilotlarning o'zaro ta'siri va hamkorlik muammolari (J.Kommons, P.Konvers, O.Chayld), hamkorlik va ularni baholash, bitim ishtirokchilari manfaatlarining uyg'unligiga, o'zaro

munosabatlarning asosi huquqiy munosabatlarga tayanishi ilgari surilgan.

Tovar-moddiy resurslar harakatini boshqarish logistikaning tadrijiy davomi sifatida neo-institusionalizm doirasida shakllanib bordi. Mazkur nazariyaga asoslanadigan bo'lsak, tashkilotlar o'zaro bir-biridan ajralgan holda mustaqil faoliyat yurita olmaydi, faoliyatning ko'zlangan maqsadiga erishish uchun ta'minot zanjirining boshqa ishtirokchilari bilan yaqindan hamkorlik qilishlari kerak bo'ladi. Bundan kelib chiqqan holda tovar harakatini tadqiq etish nafaqat korxona, balki ta'minotchi va iste'molchilar doirasida ham marketing faoliyatining o'zaro aloqadorligi va uyg'unlashuvini ta'minlashga qaratilgan deyishimiz mumkin.

"Tovar harakatini boshqarish" tushunchasi 1980 yilda A.Andersen tomonidan taklif qilingan bo'lib, yakuniy iste'molchilar va boshqa manfaatdor tomonlarga qiymat yaratuvchi barcha tovarlar, xizmatlar va ma'lumotlarni yetkazib beruvchilarni qamrab oluvchi asosiy biznes jarayonlar integrasiyasi sifatida izohlanadi. Tovar moddiy resurslar harakati uning manbalaridan yakuniy iste'molchigacha taqsimlashning barcha bosqichlarida qo'shimcha qiymat yaratish ko'zda tutiladi. Logistika esa o'z navbatida "qiymat yaratish zanjirining alohida (mahalliy) bo'limlarida moddiy oqimlarning real harakatlanishi uchun mas'uldir. Ta'minot zanjiri boshqaruvi qiymat zanjiri bo'ylab umumlashgan ehtiyojlarni qondirish va ta'minot tizimini barqarorlashtirish muvozanatlash uchun mas'uldir" 1.

Tadqiqot natijalari asosida shuni qayd qilish lozimki, jamiyat uchun marketing strategiyasi qanchalik samarali bo'lsa, logistikadan foydalanish va rasional logistik tizimlarini, shu jumladan marketing logistikasini ishlab chiqish imkoniyatlari ham shunchalik ko'p bo'ladi, chunki makur holatda tadbirkorlik subyektlarida tovar harakatini samarali tashkil qilish orqali iqtisodiy samaraga erishiladi.

Xorijlik olimlardan D.Bauyersoks, D.Kloss va B.Kuper(Donald J. Bowersox, Devid J. Closs va B.Cooper)larning fikricha "Marketing mahsulot yoki xizmatning xususiyatlarini aniqlash va ular bilan iste'molchilarni tanishtirish, shuningdek oldi-sotdi bitimlarini tuzish mexanizmini ishlab chiqish uchun xizmat qiladi. Logistika esa mahsulot yoki xizmat mijozlarga qachon va qayerda va qancha hajmda zarur bo'lishini aniqlash va ta'minotning optimalligini ta'minlashi zarur"2.

Shuningdek M.Kristofer, X.Peklarning ta'kidlashlaricha, marketing logistikasi ta'minot zanjirida marketing va logistik jarayonlarning o'zaro aloqasini boshqaradi va mijozlarga logistik xizmatlar ko'rsatish asosida raqobat ustunligiga erishishni nazarda tutadi.3 Biroq, ushbu olimlarning nazariy va amaliy jihatlari mamlakatimiz korxonalari amaliyotida yetarli darajada tatbiq etilmaganligi milliy tovarlar harakatini takomillashtirishda ayrim noaniqliklarga sabab bo'lmoqda.

1 Пардаев Ш.Х., Товар-моддий ресурслар харакатини такомиллаштиришда маркетинг логистикасининг урни ва ахамияти // Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 2-son. 116-122 бб. https://doi.org/10.55439/ECED/vol23 iss2/a18

2 Donald J. Bowersox, Devid J. Closs ва M. Bixby Cooper "Supply Chain Logistics Management" 2008.

3 Кристофер M., Пек Х. Маркетинговая логистика / пер. с англ. И. Касимова. М.: Издтельский Дом «Технологии», 2005. 200 с.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Cohen, S., Roussel, J. Strategic Supply Chain Management: The Five Disciplines for Top Performance / S. Cohen, J. Roussel. - New York: McGraw Hill, 2005. - 316 p.

2. Donald J. Bowersox, Devid J. Closs va M. Bixby Cooper "Supply Chain Logistics Management" 2008.

3. Keegan Sheila. Qualitative research: good decision making through understanding people, cultures and markets. Kogan Page Ltd 2009. 260 p.

4. Larson, Paul D., Poist, Richard F. and Halldorsson, Arni Perspectives on logistics vs. SCM: a survey of SCM professionals / Paul D. Larson, Richard F. Poist, Arni Halldorsson // Journal of Business Logistics. - 2007. - 28 (1). - 1-24 p.

5. Mentzer, J., Defining supply chain management / J. Mentzer // Journal of Business Logistics. - 2001. - 22(2). - 1-25 p.Donald J. Bowersox, Devid J. Closs va M. Bixby Cooper. Supply Chain Logistics Management. 2008.

6. Gronroos, C. Service Management and Marketing: Managing the moment of truth in the service sector / C.Gronroos. - Cambridge, Mass: Marketing Science Institute, 1990.

7. Ergashxodjaeva Sh.J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing. Darslik. -T.TDIU, 2011.-202 b.

8. Ibodov K.M. Marketing: Darslik. T.: Fan va texnologiya, 2019. 356 b.

9. Ibodov K.M. Marketing tadqiqotlari: O'quv qo'llanma / K.M. Ibodov; - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2021. - 256 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.