TOVAR-MODDIY RESURSLAR HARAKATIDAGI LOGISTIK RISKLAR
VA ULARNI BAHOLASH
Pardayev Sherzod Xolmurodovich
SamISI, "Marketing" kafedrasi dotsenti v.b., PhD
Annotatsiya. Mazkur maqolada muallif tomonidan tovar-moddiy resurslar harakatidagi logistik risklar va ularni baholash amaliyoti ishlab chiqilgan va uning uslubiy asoslari keltirilgan.
Kalit so'zlar: marketing, tovar harakati, tovar zanjiri.
Tadqiqot ishida mahsulotlarni saqlash va omborlarga joylashtirish xizmatlari ko'rsatuvchi iqtisodiy subyektlar faoliyatida tovar harakatini optimal tashkil etish va samaradorligini oshirishda logistik risklarni boshqarish va marketing strategiyasini ishlab chiqishda e'tiborga olish lozimligi asoslangan.
Mahsulotlarni saqlash omborlarida tovar harakatini, ayniqsa ho'l meva va sabzavotlarning tashib keltirish va saqlashni samarali tashkil qilish bilan bog'liq logistik xizmat ko'rsatish tizimida logistik risklarni boshqarish tashqi muhitning o'zgarishi tufayli yuzaga keladigan salbiy o'zgarishlarga tizimning barqarorligini ta'minlab turishda logistik risklarning salbiy ta'sirini kamaytirish imkonini beradi.
Logistik risklarni boshqarish modeli tovar harakatini ekonometrik modellashtirish asosida eng optimal qaror qabul qilish, shu asosda strategiyani amalga oshirishga ni ko'zda tutuvchi ilmiy gipotezaga asoslanadi.
P = [(roM,(r1,d1),... (rT, dT),}
(1)
Bu yerda r0 tashish-saqlash va omborlarga joylashtirish tomonidan muayyan buyurtma asosida realizasiya qilinishi lozim bo'lgan tovarlar hajmi; d0 - realizasiya natijasida olingan foyda; d0=0=0 bo'lsa, buyurtma bajarilmagan; d<0, buyurtmaning zarar bilan bajarilishi; rt - i>0 bo'lganda muayyan tovar turi bo'yicha buyurtma hajmi; d - i- buyurtmadan kelib tushadigan yillik daromad miqdori. U holda buyurtmaning iqtisodiy samarasi quyidagiga teng bo'ladi:
T
d0-r0 + ^¡(di-ri)
i=1
(2)
muayyan T davrda tashish-saqlash va omborlarga joylashtirishning foydasi maqsadli funksiyaning prognoz qilinayotgan qiymatini maksimallashtirishga asoslanadi:
N
f
n=1
h
n
í=i
T
(3)
Tashish-saqlash va omborlarga joylashtirishda tovar harakatini boshqarishning taklif qilinayotgan modeli chiziqli dasturlash asosida xj,n, , bu yerda (n=1 ,..., N, j=1 ,..., J) o'zgaruvchilar asosida ushbu maqsadli funksiya qiymatini maksimallashtirishga asoslangan:
Jn N Jn
Y xn'j <l,n = 1.....Nva^Y xn'j xn'j < 0
j=1 n=1j=1
(4)
Risklarning ro'y berish ehtimolini hisobga olgan holda buyurtmalarning kutilayotgan hajmini quyidagicha ifodalaymiz:
n
Vo = Y r ->V° = y skPKVO
(5)
bu yerda su risklarning ta'siri.
Tashish-saqlash va omborlarga joylashtirishda su risklarning ta'sirini hisobga olgan holda qaror qabul qiladi yoki unga bog'liq bo'lgan vaziyatlardan chetlashishga harakat qiladi. Bu yerda kutilayotgan buyurtmalar hajmi va t-davr mobaynida buyurtmani bajarishdan kelib tushayotgan daromad r u ahamiyatlilik darajasida quyidagiga teng bo'ladi:
N
C F
= Y„ Fk. uk = p*£Ft = Y^Ft'ut= cFt
k=i t
(6)
rt = i — tin Y Uk
i
Ti L(1 + nk)
(7)
Ushbu model Samarqand viloyatida joylashgan "SHOKOMIL BOBO" MChJ" tashish-saqlash va omborlarga joylashtirish faoliyatida qo'llanilib quyidagi natijalar olindi:
1-jadval
2018-2022 yillarda "SHOKOMIL BOBO" MChJ" buyurtmalarning
Villar- 2018 2019 2020 2021 2022
y illar yil yil yil yil yil
Buyurtmalar soni 80 84 112 96 102
Bajarilmagan buyurtmalar 6 7 16 4 2
k
k
k
1 Myaran^ TOMOHHgaH nm^aö HH^H^raH
Buyurtmaning bajarilmaslik ehtimoli, % 7,5% 8,3% 14,3% 4,2% 2,0%
Buyurtmalarning bajarilmaslik darajasi ehtimoli, % 10,0% 2% 4% 2% 1% 4%
5,0% 1% 2% 1% 3% 2%
1,0% 6% 3% 5% 5% 1%
Yuqoridagi formula asosida buyurtmani bajarishdan kelib tushayotgan daromad rt ning dinamikasini kuzatishimiz mumkin:
115 110 105 100 95 90 85 80 75 70
112
102
100
2018 2019 2020 2021 2022
ЙШ1 ЙШ1 ЙШ1 ЙШ1 ЙШ1
буюртмалар сош!
х,аж,ш<дтда бажарилган буюртмалар
a) Риcклapни x,uco6ra oлмaгaн x,oлдa
1-rasm. 2018-2022 yillarda "SHOKOMIL BOBO" MChJ da buyurtmani bajarishdan kelib tushayotgan daromad(rt)ning dinamikasi2
Saqlash va omborlarga joylashtirish xizmatlari so'nggi yillarda jadal suratlar bilan rivojlanayotgan xizmatlar turi bo'lib, mazkur bozor uchun mavsumiylik xarakterli ekanligini ham alohida e'tiborga olishimiz zarur. Mavsumiylik deganda jarayonlarning rivojlanish tendensiyasi va intensivligi tushunilib, tashqi omillar, shuningdek bozor xususiyatidan kelib chiqqan holda ichki omillarga ham bog'liqdir. Ombor xo'jaliklarida mavsumiy vaqtinchalik yoki ma'lum yil mobaynida takrorlanuvchi davr bo'lib, asosan iqlim o'zgarishlariga mos keladi.
Samarqand viloyatidagi saqlash omborlari faoliyatini oylar kesimida tahlil qilish asosida mavsumiylikning quyidagi turlari xarakterli ekanligi aniqlandi:
- yuqori mavsum - ombor xo'jaliklarini meva-sabzavotlar va boshqa turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan to'ldirish uchun eng qulay bo'lgan davr hisoblanib, asosan yilning avgust-oktyabr oylari eng qulay davr bo'ladi.
2 Kopxora мaълyмoтлapи acocид a мyaллиф тoмoнидaн ишлaб чщилган.
- faol mavsum - omborlarning eng yuqori to'ldirilish davri. Bu davrda ombor xo'jaliklari uchun mavsumning qulay ob-havo sharoiti ham amal qiladi.
- sust mavsum - ombor xo'jaliklaridan mahsulotlar oqimining pasayish davri bilan izohlanadi. Bu davr ombor xo'jaliklarini to'ldirish uchun juda qulay bo'lib, saqlash xizmatlari narxi sezilarli darajada pasaygan bo'ladi.
Biroq, ombor xo'jaliklarida mavsumiylik faqatgina tabiiy-iqlimiy omillarga bog'liq bo'lmasdan, mahsulot va xizmatlar iste'moli, iste'mol tarkibi hamda to'lovga qodir talabning shakllanishiga ham bog'liqdir. Shuningdek, iste'mol taomillari, masalan, ho'l meva va sabzavotlarni iste'mol qilish xususiyati, miqdori va yetkazib berish bilan bog'liq sifatli savdo xizmatlari ko'rsatish omillarining ahamiyati ham sezilarlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Cohen, S., Roussel, J. Strategic Supply Chain Management: The Five Disciplines for Top Performance / S. Cohen, J. Roussel. - New York: McGraw Hill, 2005. - 316 p.
2. Donald J. Bowersox, Devid J. Closs va M. Bixby Cooper "Supply Chain Logistics Management" 2008.
3. Keegan Sheila. Qualitative research: good decision making through understanding people, cultures and markets. Kogan Page Ltd 2009. 260 p.
4. Larson, Paul D., Poist, Richard F. and Halldorsson, Arni Perspectives on logistics vs. SCM: a survey of SCM professionals / Paul D. Larson, Richard F. Poist, Arni Halldorsson // Journal of Business Logistics. - 2007. - 28 (1). - 1-24 p.
5. Mentzer, J., Defining supply chain management / J. Mentzer // Journal of Business Logistics. - 2001. - 22(2). - 1-25 p.Donald J. Bowersox, Devid J. Closs va M. Bixby Cooper. Supply Chain Logistics Management. 2008.
6. Gronroos, C. Service Management and Marketing: Managing the moment of truth in the service sector / C.Gronroos. - Cambridge, Mass: Marketing Science Institute, 1990.
7. Ergashxodjaeva Sh.J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing. Darslik. -T.TDIU, 2011.-202 b.
8. Ibodov K.M. Marketing: Darslik. T.: Fan va texnologiya, 2019. 356 b.
9. Ibodov K.M. Marketing tadqiqotlari: O'quv qo'llanma / K.M. Ibodov; - T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2021. - 256 b.