Научная статья на тему 'ULGURJI SAVDO RIVOJLANISHINING DOLZARB MASALALARI: XORIJ VA O’ZBEKISTONDA'

ULGURJI SAVDO RIVOJLANISHINING DOLZARB MASALALARI: XORIJ VA O’ZBEKISTONDA Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
586
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ulgurji savdo / xorij tajribalari / savdo markazlari / omborlar / savdo faoliyati.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xolmamatov Diyor Haqberdiyevich

Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimizda savdo sohasini rivojlantirish, ayniqsa, ulgurji savdo faoliyatini takomillashtirish, xorij tajribalarini o’rgangan holda ulgurji savdoni mamlakatimizda yetakchi tarmoqlarga aylantirish, savdo markazlari orqali savdoni jadallashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ULGURJI SAVDO RIVOJLANISHINING DOLZARB MASALALARI: XORIJ VA O’ZBEKISTONDA»

ULGURJI SAVDO RIVOJLANISHINING DOLZARB MASALALARI: XORIJ VA O'ZBEKISTONDA

Xolmamatov Diyor Haqberdiyevich

Samarqand iqtisodiyot va servís instituti "Marketing" kafedrasi dots., PhD e-mail: xolmamatov_d@mail .ru

Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimizda savdo sohasini rivojlantirish, ayniqsa, ulgurji savdo faoliyatini takomillashtirish, xorij tajribalarini o'rgangan holda ulgurji savdoni mamlakatimizda yetakchi tarmoqlarga aylantirish, savdo markazlari orqali savdoni jadallashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: ulgurji savdo, xorij tajribalari, savdo markazlari, omborlar, savdo faoliyati.

Kirish. O'zbekiston iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o'zgartirishlar va diversifikasiyani amalga oshirilishi hududlarda mahalliy xom ashyo resurslarini ishlab chiqarishga yo'naltirilishi, mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi, korxonalarda tayyor mahsulotlar assortimentining kengayishiga olib kelmoqda. Bu esa o'z navbatida tayyor mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish bilan bog'liq ishlar hajmini oshirmoqda.

Bugungi kunda mahsulotlarni bozorlarga taklif etish, yetkazib berish, saqlash masalalari dolzarb bo'lib bormoqda. Bu borada 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida maqroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda alohida respublika hududlarida savdo infratuzilmasini rivojlantirish vazifasi belgilangan. Bunda: har bir hududda yirik ulgurji savdo markazlari, jumladan, logistika, muzlatgich, omborxonalarni tashkil etish, yirik tuman va shaharlarda kamida 3 tadan zamonaviy savdo markazlarini tashkil etish ko'zda tutilgan1.

Belgilangan maqsad vazifalar bevosita mamlakatimizda tovarlar harakatini tashkil etish zanjirlari (ta'minot zanjiri)ning muhim bo'g'ini bo'lgan ulgurji savdoni ham rivojlantirish bilan bog'liq.

Tahlil va natijalar. Savdo bozor munosabatlarining asosiy tashkilotchisi bo'lib, tijorat operasiyalarini amalga oshirilishini ta'minlaydigan katalizator hisoblanadi. Savdoning muhim shakli ulgurji savdo texnik-ishlab chiqarish maqsadlarga mo'ljallangan mahsulotlar (ishlab chiqarish vositalari) bozori va iste'mol bozorida talab hamda taklif muvozanatini ta'minlashda muhim faoliyat hisoblanadi [7, s. 352]. Bozorning eng muhim funksiyasi - xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida iqtisodiy, hududiy va davlatlararo aloqalarni o'rnatish bo'lsa, ulgurji savdo esa iste'molchilar, hududlararo, davlatlararo ayriboshlashni ta'minlaydi.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60 sonli Farmoni

Demak, ulgurji savdo korxonalari tovar ishlab chiqaruvchilar, chakana savdo korxonalari, vositachi korxonalar va boshqa xaridorlar o'rtasida iqtisodiy aloqalami o'rnatish, tovarlar ayriboshlashni tashkil etadi. Ulgurji savdo rivojlanishining asosiy ko'rsatkichi bo'lib, ishlab chiqarish korxonalarining xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va boshqa ishlab chiqarish vositalariga bo'lgan ehtiyoji, aholining iste'mol tovarlariga bo'lgan talabi va xarid qobiliyati darajasi hisoblanadi. Ulgurji tovar aylanmasi o'sishi, shuningdek, marketing nuqtai nazaridan iste'molchilarning xatti-harakatidagi xarid tanlovi, talabni shakllantirish va sotishni rag'batlantirish tadbirlari, tovarlarning hayotiy sikli bosqichlari, logistik servis: me'yorida tovar zaxiralari bo'lishini ta'minlash, kerakli joyga, kerakli hajmdagi tovarlarni, o'z vaqtida yetkazib berish, sotuvdan keyingi servis kabilar bilan ham bog'liqdir [8. s. 384].

Mamlakatimizda ulgurji savdoning rivojlanishi sobiq totalitar tizimidan keyingi davrda mahsulotlarni markazlashtirilgan taqsimotining bekor qilinishi, zamonaviy sharoitlarga javob beradigan ulgurji savdo tizimini shakllantirish va rivojlantirish bilan bog'liq bo'lmoqda.

Ulgurji savdoning yetarli darajada rivojlanmasli mamlakat tovar bozorlari faoliyati samaradorligini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu esa, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni ichki va tashqi bozorlarga chiqishiga o'z ta'sirini o'tkazadi. Ichki va tashqi bozorlar haqidagi axborotlarni o'z vaqtida olmaslik, tashqi muhitdagi o'zgarishlarga kechikib javob berish, tovar harakati tizimini izdan chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilarda tayyor mahsulotlar zaxirasi me'yoridan ortib ketadi. Bu esa korxonaning aylanma mablag'larini "muzlab" qolishiga olib keladi. Natijada jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Xo'sh, O'zbekistonda ulgurji savdo rivojlanishining holati qanday? Bugungi islohotlar bu faoliyatni chetlab o'tmayapdimi? Xorijda ulgurji savdoning bugungi holati qanday? Mamlakatimiz bilan taqqoslaganda qanday ustuvorliklar bor, ulardan qay yo'sinda tajriba sifatida foydalanishimiz mumkin.

O'zbekiston iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o'zgartirishlar, sanoatda diversifikasiyani amalga oshirilishi ulgurji savdo faoliyatida ham chuqur tarkibiy o'zgarishlar va diversifikasiyani amalga oshirishni taqozo qilmoqda. Mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o'rtasida aloqalarni bog'laydigan, ularning integrasiyasi va kooperasiyasini ta'minlaydigan faoliyat ulgurji savdo hisoblanadi. Bu borada xorijiy tajribani o'rganish va O'zbekiston sharoitida ulgurji savdo faoliyatida tarkibiy o'zgartirishlar va diversifikasiyani amalga oshirish muhim masalalardan hisoblanadi.

Ulgurji savdo faoliyatining zamonaviy rivojlanishi xorij amaliyotida 70-yillarning o'rtalariga to'g'ri keldi. Bundan 30 yil oldin, xorijiy marketing mutaxassislari ulgurji savdo korxonalarini ijtimoiy hayot sahnasidan yo'qolib ketishini aytishgan. Ammo ushbu prognozlardan farqli o'laroq, ulgurji savdo o'zining pozisiyasini shu qadar mustahkamlab, iqtisodiyotda muhim rol o'ynay boshladi. Xorijiy iqtisodchilarining fikriga ko'ra, ulgurji savdo tashkilotlari zamonaviy ilmiy-

texnologik inqilob sharoitida o'z faoliyatini qayta tashkil etish, yangi sharoitlarga moslashish, sanoat va chakana savdo bilan yangi aloqalar shaklining o'rnatilishi, ishlab chiqarish va chakana savdo korxonalariga xizmat ko'rsatish funksiyalarini o'z zimmalariga olishi sababli muvaffaqiyatga erishib kelmoqda. 80-yillarda ulgurji savdo xizmatlari hajmi kengayish tendensiyasi sezilarli darajada oshdi.

Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar tovar bozorlarida sotiladigan mahsulotlarning asosiy qismi ulgurji-vositachilik tuzilmasi orqali sotiladi. Chunki, ko'pchilik tovar ishlab chiqaruvchilar, ayniqsa, kichik va o'rta korxonalar o'zlarining xususiy taqsimot kanallarini yaratishga mablag'larini sarflashlaridan ko'ra tovarlarini ulgurji-vositachilik tuzilmalari orqali sotishni samaraliroq deb hisoblashadi. So'nggi 20 yil ichida G'arbiy Yevropa mamlakatlarida tovarlarni sotishda ulgurji-vositachilik faoliyati 25 foizdan 40-45 foizga oshdi. Bundan tashqari, Angliyada chakana tovar aylanmasining qarib 25 foizi ulgurji-vositachilik orqali o'tgan bo'lsa, AQShda bu ko'rsatkich 50 foizni tashkil etmoqdi.

Xorijiy mamlakatlarda bugungi kunda ulgurji savdo faoliyatining savdo funksiyalarini diversifikasiya qilish jarayoni jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda. Ulgurji savdo korxonalarining ko'payib borishi ularning faoliyatini faqat asosiy operasiyalar bilan cheklanib qolmasdan, balki sanoat korxonalari bilan kooperasiyalashuvi, o'zining ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etish, shuningdek chakana savdoga faol kirib bormoqda. Ulgurji savdo korxonalari tizimi sanoat korxonalari tijorat xizmatlari tarkibi o'zgarishi natijasida bir-biri bilan chambarchas bog'liq holda chuqur o'zgarishlar ko'zatilmoqda. Ulgurji savdo korxonalarining jadal rivojlanishi ta'minot-taqsimot faoliyati ehtiyojlari bilan ham bog'liq bo'lmoqda.

O'zbekistonda innovasion iqtisodiyot sharoitida ulgurji savdo faoliyatini rivojlantirish, ulgurji tovar aylanmasini oshirish sanoatda chuqur tarkibiy o'zgartirishlar va diversifikasiya bilan chambarchas bog'liq. O'zbekiston iqtisodiyotida ham ulgurji savdoning rol va o'rni yanada ortib bormoqda. Bugungi kunda ulgurji savdo faoliyatini zamonaviy bozor mexanizmlariga mos ravishda sanoat va chakana savdo bilan aloqalarni tashkil etishning yangi shakllarini hamda ulgurji savdo xizmatlarini diversifikasiya qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada xorij tajribasini o'rganish, ularning tajribasini O'zbekiston sharoitida qo'llash muhim. Shundan kelib chiqqan holda, iqtisodiyoti eng rivojlangan AQSh, Yaponiya, Germaniya va Rossiyaning ulgurji savdo faoliyatining tashkiliy tuzilmasi, iqtisodiyotdagi o'rni o'rganildi.

AQSh ulgurji savdosi

AQSh ulgurji-vositachilik faoliyatining tashkiliy tuzilmalari xilma-xilligi bo'yicha eng yetakchi bo'lib, ular 20 tagacha turli xil vositachilik tuzilmalarini o'z ichiga oladigan bir necha ming ulgurji savdo tashkilotlaridan iborat. Miqdoriy jihatdan qaraydigan bo'lsak, AQShda 300 ming ulgurji savdo firmalari va 70 mingga yaqin ulgurji vositachilar faoliyat yuritadi. AQShdagi ulgurji-vositachilarni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:

1) mustaqil ulgurji firmalar - tovarlarga egalik qilish huquqiga ega bo'lganlar;

2) vositachi firmalar - tovarlarga egalik qilish huquqiga ega bo'lmaganlar;

3) sanoat kompaniyalarining ulgurji filiallari;

4) ta'minotchi tashkilotlar va chakana savdo firmalarining ulgurji omborlari;

5) qishloq xo'jaligi mahsulotlari zaxiralarini tayyorlovchi ulgurji korxonalar;

6) neft mahsulotlari bo'yicha ulgurji firmalar.

1. Mustaqil ulgurji savdo firmalari tovar aylanmasida ustunlikka ega. Umumiy ombor maydonining 8G %, ishchilar sonining deyarlik 8G %, sotuv hajmining 5G % atrofida mustaqil ulgurji firmalar hissasiga to'g'ri keladi. Mustaqil ulgurji firmalar soni ulgurji savdo korxonalari umumiy sonining qarib 7G % ni tashkil etadi.

2. Vositachilik firmalari tovarlarga egalik qilmaydilar, ulgurji savdo korxonalar umumiy sonining qarib 1G foizini va sotishning 1G foizini tashkil etadi.

3. Sanoat kompaniyalarining ulgurji filiallari ulgurji savdo korxonalarining qarib 1G % va tovarlarni ulgurji sotish hajmining 35 % ini tashkil etadi.

4. Ta'minotchi tashkilotlar va chakana savdo korxonalarining ulgurji omborlari bir nechta chakana savdo korxonalariga birgalikda egalik qiladi va o'z do'konlarini tovar ta'minotini amalga oshiradi.

5. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari zaxirasini tayyorlovchi ulgurji savdo korxonalari qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtiruvchilardan qishloq xo'jalik mahsulotlarini xarid qilib, keyinchalik iste'mol bozoriga yetkazib beradi.

6. Neft mahsulotlari savdosi bilan shug'ullanuvchi ulgurji savdo firmalari -bular ixtisoslashgan ulgurji savdo korxonalari bo'lib, neftni qayta ishlovchi kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlaydigan, ularga omborxona va savdo xizmatlari ko'rsatadi.

AQSh ulgurji savdo faoliyatining tovar tarkibi bo'yicha tahlili shuni ko'rsatadiki, ulgurji savdo korxonalarining 6G % uzoq muddatli tovarlar taqsimoti bilan shug'ullanadi. Ularda umumiy ishlovchilarning 59 % va jami ulgurji savdo hajmining 5G % amalga oshiriladi. Mashinalar, uskunalar, ehtiyot qismlar, oziq-ovqat mahsulotlari, neft va neft mahsulotlari kabi tovar guruhlari bo'yicha sotuvlar hajmi eng salmoqli hisoblanadi. AQShda shuningdek, to'qimachilik tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlari (asosan konservalangan mahsulotlar) savdosida ulgurji-vositachilik tarmog'i juda rivojlangan.

Yaponiya ulgurji savdosi

Yaponiya iqtisodiyotida ulgurji-vositachilik tuzilmasi ahamiyatli o'ringa ega. Chakana savdodagi barcha tovarlarning qarib 8G % ulgurji savdo orqali amalga oshiriladi. Ulgurji-vositachilik faoliyatining tashkiliy tuzilmasi bosqichli tuzilishga ega. Yirik sanoat kompaniyalarining savdo funksiyalarini bajaruvchi katta savdo hajmiga ega I darajali "asosiy" ulgurji firmalar. Ular sanoat kompaniyalaridan tovarlarni sotib oladi, ularni saqlaydi va savdo assortimentini shakllantiradi, transportirovka qiladi va II va III darajali ulgurji firmalar hamda yirik chakana savdo korxonalariga sotadi.

Yirik ulgurji sotuvchilar faqat yetkazib berishni tashkil etadi va komission mukofot oladi. II va III darajadagi "ikkilamchi" ulgurji savdo korxonalari "asosiy" ulgurji sotuvchilardan tovarlarni sotib olishadi va kichik do'konlarni tovar bilan

ta'minlaydi. Yaponiyada ulgurji-vositachi firmalarning umumiy soni 4GG mingdan oshadi va ularning tarkibi quyidagicha:

- ularning 33 % I darajali "asosiy" firmalar;

- 41 % oraliq II darajali firmalar;

- 26 % yakuniy III darajali ulgurji firmalar.

Yaponiyada mikrorayonlarda kichik va o'rta ulgurji vositachilar kooperativlarga birlashtirilgan. Shunday qilib, 174 ta mikrorayonda 8GGG tagacha ulgurji savdo korxonalari birlashmalari mavjud. Yirik shahar markazlarida o'z transport vositalariga va omborxonalariga ega ulgurji savdo korxonalari ham mavjud.

Shu bilan birga, Yaponiyada ichki va tashqi bozorlarda faoliyat yuritadigan 9 ta yirik unversal savdo kompaniyalari mavjud. Ularning aksariyati mashhur "o'z vaqtida" (mijozga o'z vaqtida va kerakli miqdordagi tovarlar hajmini yetkazib berish bo'yicha) tizimga ega. Bu kompaniyalar quyidagi xizmatlar turlarini keng miqyosda taklif etib keladi:

- ijara;

- injiniring xizmatlari;

- ishlab chiqarish sohasida eng yangi texnologiyalarni joriy etish.

Germaniya ulgurji savdosi

Ulgurji savdo Germaniya iqtisodiyotining muhim sektorlaridan biri bo'lib, sanoatdan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Ulgurji savdo operasiyalari ikki guruhga bo'linadi:

- xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar bilan operasiyalar;

- tayyor mahsulotlar bilan operasiyalar.

Germaniyada buyurtmachilar bilan shartnomaviy munosabatlar asosida xizmat ko'rsatish natijasida vositachilik faoliyati keyingi 20-25 yil ichida keng rivojlandi. Bu esa sanoat korxonalarida yangi moddiy oqimlarni boshqarish tizimini joriy qilganda va ombor maydonlari yetarli bo'lmagan vaziyatlarda yanada samarali bo'ladi. Ulgurji savdo operasiyalari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

1) mustaqil ulgurji savdo korxonalari;

2) kooperativ tashkilotlarning oldi-sotdi birlashmalari;

3) ulgurji savdo agentliklari;

4) firmalarning savdo agentlari.

Germaniyada jami 1GG mingga yaqin savdo taqsimotida ulgurji savdo firmalari mavjud. Germaniyada chakana savdo korxonalari (iste'mol tovarlari) bilan savdo aloqalari va taqsimotsiz korxonalar (ishlab chiqarish vositalari uchun) bilan savdo aloqalariga ajratiladi.

Vositachi korxonalar va sanoat korxonalar o'rtasidagi munosabatlarning funksional asosi ular tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar doirasida belgilanadi. Ular ishlab chiqarishga buyurtma berishadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning reklamasida faol qatnashadilar, sanoat kompaniyalarining marketing va ishlab chiqarishni rejalashtirish bo'limlarini jalb qiladilar.

Germaniyada so'ngi yillarda, o'z savdo tarmoqlarini (savdo vakolatxonalari va filiallari) tashkil etadigan sanoat korxonalari ko'paymoqda. Sanoat korxonalarida ulgurji savdo tarmoqlarini tashkil etilish sabablari quyidagilardan iborat:

1) tegishli taqsimot tarmoqlari orqali savdo qilish iqtisodiy jihatdan samarali;

2) savdo sohasida yetarlicha darajada profssonal tayyorgarlikni yo'qligi;

3) mijozlar uchun o'z taqsimot tarmog'i orqali rasional va tezkor servis ko'rsatish;

4) yirik korxonalarning mijozlar bilan bevosita aloqada bo'lishining maqsadga muvofiqligi;

5) tovarlarning sifatini ta'minlash;

6) tovarlarning o'ziga xosligi;

7) narxlarni belgilashda moslashuvchan shart-sharoitlar;

8) taqsimot sohasining hududiy cheklanganligi.

Ayrim xorijiy mamlakatlarda savdo va vositachilik tuzilmalari tuzilishida ma'lum farqlar mavjud bo'lib, umumiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:

1. Vositachilik tashkilotlari turlarining ko'payishi, ularning turli funksiyalarini birlashtirilishi, unversallashuvi va ixtisoslashuvi.

2. Mahsulotlarni qadoqlash va saralash, guruhlarga ajratish, omborga qayta ishlash uchun yetkazib beruvchilar va iste'molchilarga logistika xizmatlarini ko'rsatishda savdo-vositachilik tuzilmalarining roli oshib bormoqda.

3. Ishlab chiqaruvchi iste'molchilarning xarid-taqsimot xizmatlari rolini oshirish, ishlab chiqaruvchi va sanoat firmalarining tijorat bo'linmalari bilan mustaqil vositachilik tashkilotlari o'rtasidagi farqlarning bosqichma-bosqich yo'qolib borishi, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar manfaatlariga muvofiq ularning o'zaro hamkorligini ko'chaytirish. Masalan, avtomobil ishlab chiqaruvchi yapon firmalari o'zlarining taqsimot kompaniya va filiallari tarkibida hududiy vositachilik (distribyutorlik) tarmog'ini rivojlantira boshladi. AQShda sanoat firmalarining taqsimot filiallari bilan bir qatorda mustaqil distribyutorlik korxonalari tarmog'ini shakllantira boshladi.

4. Shartnomali yoki aksiyadorlik asosida shakllantirilgan vositachilik tuzilmalari faoliyatining qisqa yoki uzoq muddatli tavsifga ega vositachilik tashkilotlari xizmatlarining bir qismini yoki to'liq qamrab oladigan integrasion shakllarini rivojlantirish. Bunga Shvesiya yagona "Shved savdo" ko'p tarmoqli ulgurji savdo uyushmalarini tuzilganini misol qilish mumkin.

5. Davlat ishtirokidagi ulgurji-vositachilik faoliyati, ya'ni davlat shartnomalarini tuzish, markazlashgan moliya-kreditdan foydalanish, maqsadli dasturlarni amalga oshirish bilan bog'liq davlat shartnomalarini tuzish. So'ngi 15 -20 yil ichida Yaponiya, AQShda ulgurji savdo bilan shug'ullanuvchi davlat tashkilotlarining keng tarmog'i shakllandi.

Rossiya ulgurji savdosi

Bugungi kunda Rossiyada ulgurji savdo yuqori sur'atlar bilan rivojlanish bosqichida. Rossiyada ulgurji savdo chakana savdo bilan uzviy bog'liqdir. Ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari sonining tez sur'atlar bilan o'sishi Rossiya

bozoriga yirik chakana savdo tarmoqlari, shu jumladan, gipermarket va supermarketlarning kelishi bilan bog'liq. Oxirgi yillarda Rossiyada ulgurji savdo tovar aylanmasining yillik o'sishi 14-15 % ni tashkil etib, uning hajmi 2G trillion rubl bo'lmoqda.

Rossiya ulgurji savdosida yirik ulgurji savdo korxona va firmalari atiga ro'yxatdan o'tgan korxonalarning 5 foizini tashkil etsada, mamlakat ulgurji savdo tovar aylanmasining 37-45 foizi ularning hissasiga to'g'ri keladi. Ulgurji savdo Rossiyada kichik biznesning eng taraqqiy etib borayotgan sohasi hisoblanadi. Aynan shu sohada faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari boshqa sohalarga nisbatan son jihatdan ko'pdir. 2,7 foiz davlat ulgurji savdo korxona va tashkilotlari mavjud.

Rossiya ulgurji savdosida uchta yo'nalishdagi tovarlar guruhi bo'yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi yetkachilik qiladi. Mamlakat ulgurji savdo tovar aylanmasining 2G-22,5 foizi yoqilg'i mahsulotlar ulgurji savdosiga, 2G foiz atrofida oziq-ovqat mahsulotlar ulgurji savdosiga va 17-18 foiz nooziq-ovqat mahsulotlar ulgurji savdosiga to'g'ri keladi. Rossiyada ulgurji savdoning asosiy qismi kooperasiya shaklida amalga oshiriladi.

Rossiya ulgurji savdo korxonalarining asosiy qismi poytaxtda joylashgan. Ulgurji savdo rivojlanishi Rossiya hududlarida bir xil emas. Ayrim hududlarda ulgurji savdo tovar aylanmasi sust rivojlanmoqda.

O'zbekiston ulgurji savdosi

O'zbekiston Respublikasida so'ngi 2-3 yilda ulgurji savdo korxonalari va firmalari soni keskin ortib bormoqda. Avtomobil va motosikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo korxona va tashkilotlari soni 5G mingga yaqinlashib qoldi. 2G21 yilda O'zbekiston ulgurji savdo korxona va tashkilotlarining ulgurji tovar aylanmasi 172790,1 mlrd. so'mni tashkil etgan bo'lsa, 2022 yilda 238614,2 mlrd. so'mni tashkil etgan. Respublikaning ayrim viloyatlarida so'ngi 2-3 yilda ulgurji savdo aylanmasi keskin o'sgan. Jumladan, Navoiy, Jizzax va Xorazm viloyatlarid a erkin iqtisodiy zonalar, kichik sanoat hududlarini tashkil etilishi natijasida ulgurji savdo faoliyati rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Lekin iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ulgurji savdo kompaniyalari soni, tashkiliy tuzilmalari, ulgurji savdo aylanmasiga nisbatan mamlakatimiz iqtisodiyotida ulgurji savdoning salmog'i ancha past. Iqtisodiyotning muhim sektori bo'lgan ulgurji savdoni mamlakatimizda yanada rivojlantirish bo'yicha ulkan imkoniyatlar mavjud.

O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan ulgurji savdo tashkilot va korxonalarning asosiy qismini mustaqil ulgurji savdo faoliyati bilan shug'ullanuvchi subyektlar tashkil etadi. Shuningdek, tovar-xomashyo bozorlarida faoliyat olib borayotgan ulgurji vositachi firmalar, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ulgurji savdosi bilan "O'zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi shug'ullanib kelmoqda.

Xulosa va takliflar. Ulgurji savdo mamlakat ichki savdosini rivojlanishi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishni kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, zaruriy xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar zaxirasini yaratish, saqlash, mamlakat transport infratuzilmasida yuk tashish hajmini oshirish, yangi ish o'rinlari ochishga ko'maklashadigan iqtisodiyotning muhim

sektori hisoblanadi. Xorij tajribasidan kelib chiqqan holda O'zbekistonda ulgurji savdo tashkiliy tuzilmasi, ulgurji savdo aylanmasini ko'paytirish, ushbu sektorni mamlakat iqtisodiyotidagi salmog'ini hamda aholining bandligini yanada oshirish bo'yicha quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

1. Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishni, mahalliy mineral-xomashyolarni chuqur qayta ishlash asosida tayyor mahsulotlar hajmini oshirishga qaratilayotgan e'tibordan kelib chiqib, xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar ulgurji savdo operasiyalari bilan shug'ullanadigan, jumladan, rangli va qimmatbaho metallar, kimyoviy va uglevodorod kabi xom ashyolar ulgurji savdosi bilan shug'ullanadigan ulgurji kooperativ tashkilotlarini tashkil etish.

2. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash borasida qishloq xo'jalik mahsulotlari zaxirasini tayyorlash va ulgurji savdosini amalga oshirishni yanada rivojlantirishda "O'zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi faoliyatini kengaytirish. Buning uchun "O'zbekmevasabzavotzaxira" va "O'zbekoziqovqatzaxira" uyushmalariga ajratish. Meva-sabzavotlar zaxirasini tayyorlash, saqlash, sovitgichli sig'imlar hajmini oshirish, meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalari va chakana savdo korxonalariga yetkazib berishni tashkil etish bilan "O'zbekmevasabzavotzaxira" uyushmasi, qolgan barcha muhim oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari, ularni saqlash va savdosi bilan "O'zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi shug'ullanishini yo'lga qo'yish lozim. Bu uyushmalarni mamlakatimizning har bir viloyat, tuman va shaharlarining imkoniyatlaridan kelib chiqib, ixtisoslashgan filiallarini tashkil etish.

3. Iqtisodiy erkin zonalar, kichik sanoat zonalari, yirik sanoat hududlarida ulgurji-taqsimot markazlarini tashkil etish. Bu markazlarda ichki va tashqi bozorlarda faoliyat yuritadigan ulgurji savdo tashkilotlari va korxonalari sonini oshirish.

4. Tayyor mahsulotlar savdosi (iste'mol bozori) bilan vositachilik asosida shug'ullanadigan ulgurji savdo subyektlari sonini oshirish maqsadida Respublika tovar-xom ashyo birjasi huzurida "Vositachi korxonalar" uyushmasini tashkil etish maqsadga muvofiq. Bu vositachilik faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar sonining oshishiga, ulgurji savdoning vositachilik shaklini rivojlanishiga olib keladi.

5. Bugungi kunda mamlakatimizda ixtisoslashgan ulgurji savdo korxonalari ham faoliyat ko'rsatmoqda. Lekin ularning salmog'i juda past, ularni sonini oshirish uchun iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida ixtisoslashgan ulgurji savdo tashkilotlarini tashkil etish. Masalan, "O'zbekyengilsanoatzaxira" ulgurji savdo tashkilotini, uning tayyor charm-poyabzal, to'qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari, shisha-keramika kabi ixtisoslashgan ulgurji korxonalarini tashkil etish, shunga o'xshash boshqa mahsulotlar, neft-gaz, farmatsevtika, qurilish materiallariga ixtisoslashgan ulgurji savdo korxonalarini tashkil etish.

6. Yirik sanoat korxonalarining ulgurji savdo bo'linmalarini tashkil etish. Ularning ichki va tashqi bozorlardagi savdo vakllik idoralarini, savdo markazlari faoliyatini yo'lga qo'yish.

7. Mamlakatimizning barcha hududlarining imkoniyatlaridan kelib chiqib, ixtisoslashgan transport-omborxona majmualarini, markaziy va oraliq omborlarni tashkil etish.

8. Tashqi bozorlarda savdo uylarini ochish, mamlakatimizning chegara va tranzit imkoniyatlari yuqori hududlarida erkin savdo zonalarini tashkil etish.

9. Ulgurji savdo faoliyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun kichik ulgurji savdo korxona va firmalarini tashkil etishda litsenziyalash tartibini olib tashlash lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60 sonli Farmoni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni.// "Xalq so'zi", 8 fevral 2017 yil

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 oktyabrdagi "Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va "O'zbekoziqovqatzahira" uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3344 son Qarori, www.lex.uz

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 oktyabrdagi "Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5564-sonli Farmoni, www.lex.uz

5. A.Coskun Samli & Adel I. EI-Ansary (2007). The role of wholesalers in developing countries. The International Review of Retail, Distribution and Consumer Research Journal, vol. 17, pp. 353-358

6. Kholmamatov D. Dynamics and problems of wholesale trade in the regions of Uzbekistan. Journal of Management, Value and Ethics (INDIA). July-Sept. 19 Vol.9 No.3 75-81 p.

7. Голиков, Е. А. Оптовая торговля. Менеджмент. Маркетинг. Логистика. Финансы. Безопасность / Е. А. Голиков. - М.: Экзамен, 2010. - 352 с.,

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Диянова С.Н., Денисова Н.И. Оптовая торговля. Организация и управление коммерческой дечтельностью М.: - 2015. 384 с.,

9. Дубровская, М. Е. Некоторые методические аспекты управления сбытовой деятельностью в оптовой торговле / М. Е. Дубровская // Вестник Белгородского университета кооперации, экономики и права. - 2011. - № 5. -С. 186 - 188.

10. Организация, технология и проектирование предприятий (в торговле)/Дашков Л.П., Памбухчиянц В.К., Памбухчиянц О.В., -12-е изд., перераб и доп. - М.: Дашков и К., 2018 - 456 с.

11. Памбухчиянц О.В. Основы коммерческой деятельности. Учебник/ О.В.Памбухчиянц - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К0», 2014.-284 с.

12. Токманев С.В. Методология управления запасами и деятельностью оптово-посреднических организаций в условиях развития логистической инфраструктуры: монография / С.В.Токманев; Рос. гос. соц. унт (фил. РГСУ в г. Тольятти). Тольятти, 2009. — 418 с.

13. Services of Wholesalers to Manufacturers and Retailers. https://accountleaming.com/services-of

14. www.servicewholesale.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.