TORLI CHOLG'ULAR VA ULARNING TASNIFI
Sh.Maxanov
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Maqolada torli cholg'ular va ularning tasnifi hamda taraqqiyot yo'li haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: cholg'u, torli cholg'ular, damli cholg'ular, barbat, dutor, tanbur STRING INSTRUMENTS AND THEIR CLASSIFICATION
Sh.Makhanov
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: The article talks about stringed instruments and their classification and development.
Keywords: instrument, string instruments, wind instruments, barbat, dutor, tanbur
Musiqiy cholg'ular insoniyat ma'naviyatini ohanglarda tarannum etuvchi vosita, ya'ni xalq ijodiyoti mahsuli bo'lib, azal-azaldan omma orasida shakllanib, mohir soz ustalari tomonidan yasalib, tobora mukammallashib kelayotgan mo'jizaviy va ifodaviy asboblardir. Cholg'ularda har bir xalqning milliy g'ururi, an'anasi, qadriyatlari o'z ifodasini topganki, ulardan taraladigan ovoz ham shunga moslashgan. Bular barchasi yaratilajak cholg'ulaming shakliga va milliylik mezoniga asos bo'lib xizmat qiladi. Tarix davomida doimo musiqiy cholg'ularga bo'lgan e'tibor katta bo'lishi bilan birga tarbiyaviy tomonlari bilan ham alohida ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Zamonaviy jarayonda o'tmish an'analariga yangicha qarash, ilg'or rivojlangan texnikadan munosib foydalanish hamda komil insonni tarbiyalash kabi omillarga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Torli cholg'ular qadim zamonlardan shakllanib, turli xalqlar amaliyotida o'z ma'naviyati va an'anasi doirasida rivoj topib kelgan musiqiy asboblardan bir turi hisoblanadi. Torli cholg'uning kelib chiqishi tarixiga aniq bir ma'lumot berish mushkul. O'tmish manbalarida keltirilgan rivoyatlaiga ko'ra, birinchi kashf etilgan torli cholg'uning nomi Barbat bo'lgan va ilk bor buyuk yunon olimi Fisog'urs (Pifagor) tomonidan ixtiro etilganligi qayd etiladi.1
1 Fisog'urs yunoncha ismi Pifagor. Eramizdan oldingi VI asrda yashab ijod etgan buyuk faylasuf alloma. Musiqiy cholg'ular yaratilishiga bog'liq rivoyatlar I.Rajabovning «Maqomlar masalasiga doir» kitobida, musiqada yettita tovush niujassamligi borasida A.Navoiyning «Lison ut-tayr» kitobidagi «Qaqnus» hikoyasida keltiriladi.
fTTTyiS^^™] 285 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Darhaqiqat, ilk yasalgan (yaratilgan) cholg'u har tomonlama sodda va oddiy bo'lgan va keyinchalik rivojlangan. Bu haqda maqomshunos olim I.Rajabov yozadi: «Fisog'ursdan so'nggi davrlarda yashagan musiqachilar barbatni takomillashtiradilar va uning asosida 2-3-4 torli musiqa asboblari yasadilar. Barbatni esa, ko'p manbalarda hamma torli asboblaming yuzaga kelishida asos bo'lgan, deb ko'isatiladi»2
Barbat esa udsimon cholg'u ekanligi va ud cholg'usini yasashda Barbat asos bo'lganligi ham ko'p manbalarda bayon etilgan. Inson tafakkuri torli cholg'uni ixtiro etib, uni ma'lum darajada rivojlantirgandan so'ng, uning umumbashariy rivoji har bir xalqning madaniyati, ma'naviyati va an'anasi asosida shakllanib rivoj topadi. Cholg'ulami har bir xalqning o'ziga xos va turli vositalar orqali ijro etiladigan namunalari yuzaga keladi. «Oldiniga torli cholg'ulaming shakllari, - deb yozadi V.Belyayev, — yoysimon bo'lgan. Ya'ni, yog'ochli (taxtali) egma tanali (korpusli) bo'lgan va unga bir va bir nechta torlar tortilgan. Vaqt o'tishi bilan ushbu taxtali tana to'g'rilanib borgan va dasta yoki cholg'u asbobi dastasi shakliga kelgan. Shu bilan birga dastaga mos rezonator vazifasini bajaradigan kosaxonalar, avvaliga jonzodlardan (toshbaqa, zihr) yoki o'simlik mevalari (qovoq, kakos yong'og'i va h.k.) biriktirilgan. Taraqqiyot jarayoni esa har bir xalqning o'z cholg'u asboblarini yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Cholg'ularning kosaxonasi qaysi jihozdan va uning katta-kichiklik hajmi, dastasining uzun-qisqaligi hamda torlar soni va nisbati davrlar o'tishi bilan rivojlanib takomillashib borgan. O'rta Osiyo xalqlarida bir qator tanbursimon, dutorsimon va qo'biz g'ijjak kabi cholg'ular yaratilib amaliyotda keng qo'llanila boshlangan. O'rta asrlarga kelib musiqiy cholg'ulaming har biri shaklu shamoyiliga, ovoz tarannum nufuziga va xalq orasida katta e'tiboriga ega bo'lgan. Cholg'u sozlarning xalq orasidagi ommalashuvi o'z zamonasining faylasuflari, allomalari tadqiqotlarining manbaiga aylanishiga ham asos bo'lgan. Bu sohadagi tadqiqotlaming boshida IX asrda yashab ijod etgan qomusiy olim Abu Nasr al-Forobiy turadi. «Musiqada cholg'u asboblar, tajribadagi amaliy izlanishlar natijasi va umumlashmasi degan qarashlardan kelib chiqqan holda Forobiy musulmon olamining mumtoz sozlari bo'lmish ud, tanbur, rubob, qonun, arganun (organ), nay, sumay va boshqalaming ilmiy tavsifini bergan... olimlar Kurd Zaks va Erix Xoribostellaming fikricha, asbobshunoslik (organologiya) faniga Forobiy asos solgan. Musiqa haqidagi katta kitobida musiqashunoslik tarixida birinchi bor cholg'u sozlarining ilmiy tasnifoti bayon etilgan».3 Forobiydan keyin musiqiy cholg'ular va cholg'u ijrochiligiga xos turli ma'lumotlar Ibn Sino «Javomi ilm al-musiqa» (X asr), Abu Abdulloh Xorazmiy (X asr), Abduqodir Marog'iy «Kitob ul-nag'am» (XIV asr), Zaynullobiddin Husayniy «Risola dar bayoni qonuni va amaliy musiqiy» (XV asr), Abdurahmon Jomiy «Risolai musiqiy» (XV asr), Amuliy (XIV asr)
2 I.Rajabov, «Maqomlar masalasiga doir». T., «Fan»
3 O.Matyoqubov, «Maqomot». T., «Musiqa», 2004, 272-b.
«Risolai musiqiy» Darvesh Ali Changiy «Risolai musiqiy» (XVIII asr) kabi olimlaming musiqiy risolalarida o'z ifodasini topdi.
O'rta asrlarda yashab ijod etgan ushbu olimlar o'z risolalarida torli cholg'ulaming qadimiy namunalari nuzxa, navxa, chang, qonun, rubob, ud, rud, tanbur, do'mbira va dutor qo'buzlarning tavsifini zikr etganlar. XX asrda esa A.Fitrat o'zining «O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi» risolasida o'zbek xalq cholg'ularini tavsiflab beradi. V. Belyayev va F.Karomatlilar cholg'ulaming tavsifi bilan birga xususiyatlariga ko'ra tasnifotini bayon etadilar. Musiqiy cholg'ulaming rivoji awalo ijro amaliyoti bilan bog'liq. Cholg'ulaming takomillashishi yoki aksi ulami ijrochilik mezonidagi o'mi bilan xarakterlanadi. Shu bois, O'rta asrlarda yaratilgan risolalarda yoki badiiy adabiyot namunalarida o'tmish sozanda va xonandalarming nomlari va amaliy ishlari ham o'z ifodasini topgan. Jumladan: Darvesh Ali Changiy ushbu an'anaga rioya qilib risolaning to'rt bobini (VII, VIII, IX, X) o'z zamonasining buyuk kishilari, musiqachilari, musiqa bilimdonlari va musiqani asrovchi, bastakorlari hamda mohir xonandalarming ijodiy faoliyatiga bag'ishlaydi. Har bir namoyanda haqida eng kerakli ma'lumotlarni keltiradi. Mashhur musiqachilar qatoriga Mavlono Miraki Changiy, Darvesh Ahmadi Qonuni, Shoh Quli G'ijjakiy, Alijon G'ijjaki, Ustod Zaytuni G'ijjaki, Ustod Amir Qulixon Tanburi, Yusuf Mavdudi dutori, Hofiz Tanish, Hofizi Poyandan Qobuzi, Mavlono Qosim Qonuni, Ustod Sulton Muhammad Tanburi, Ustod Huseyn Udi kabi o'z kasbining ustalari hamda ijroda mohirlikka erishgan allomalar haqida tegishli ma'lumotlar bayon etadi. Zamonaviy jarayonda xonanda va sozandalikda mohirlikka erishgan namoyandalarning ijodi alohida o'rganilib nashr etilishi ahamiyatlidir. Zero, sozanda va xonandalar ijodini yoritishga bag'ishlangan monografiyalarda ularning hayoti, ijodiy faoliyati, ustoz-shogirdlik sabog'i, ijrochilik uslubi va maktabi, bastakorlik ijodi hamda ulardan namunalar keltirish an'ana bo'lgan. Ayni paytda benazir ustozlar, ijrochilik san'atining zabardast namoyandalari Hojixon Boltayev, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Hoji Abdulaziz Abdurasulov (Mahmud Ahmedov), To'xtasin Jalilov (Ikrom Akbarov), Yunus Rajabiy, Faxriddin Sodiqov (Ravshan Yunusov), Orifxon Xotamov (S.Begmatov) Turg'un Alimatov (R.Qosimov), Muxtorjon Murtazoyev (S.Begmatov, A.Zokirov)lar ijodiga bag'ishlangan monografiyalar nashr etilgan.
Mohir sozanda va xonandalar ijodini o'rganish zamonamizga munosib tarzda davom etayotganini e'tirof etish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.Rajabov, «Maqomlar masalasiga doir». T., «Fan»
2. O.Matyoqubov, «Maqomot». T., «Musiqa», 2004
3. Saydaliyev, S. G. (2023). Issues of Improvement of Performance Skills in Dutor Musical Instrument. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(6), 98-101.
4. Rafiqov, M. (2022). Conducting as a Kind of Performing Art. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 253-256.
5. Saidaliyev, S. (2022). Traditional Uzbek Musical Instruments. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 122-126.
6. Saidaliyev, S. (2022). Performance Skills on the National Instruments. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 206-209.
7. Гапуров, М. К. (2022). РАЗВИТИЕ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯНА ОСНОВЕ ОПЫТА ИСТОРИЧЕСКИХ ДЕЯТЕЛЕЙ ИСКУССТВА. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ ИСКУССТВА БАЛЕТА И ХОРЕОГРАФИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 243-246).
8. Kurbonova, S. (2022). Makom Art is an Artistic Masterpiece of Uzbek People. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(6), 20-22.