Научная статья на тему 'XX ASRGACHA BO‘LGAN DAVRDA O‘ZBEK XALQ CHOLG‘ULARIDA IJROCHILIK SAN’ATI'

XX ASRGACHA BO‘LGAN DAVRDA O‘ZBEK XALQ CHOLG‘ULARIDA IJROCHILIK SAN’ATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
171
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
xalq cholg‘ulai / ijrochilik san’ati / mumtoz musiqa / takomillashuv / uslub / badiiy did / an’ana / xonanda

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — O‘Lmasjon Normatovich G‘Offorov

Ushbu maqolada xx asrgacha bo‘lgan davrda o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik san’ati tarixi va shakllantirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XX ASRGACHA BO‘LGAN DAVRDA O‘ZBEK XALQ CHOLG‘ULARIDA IJROCHILIK SAN’ATI»

XX ASRGACHA BO'LGAN DAVRDA O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARIDA

IJROCHILIK SAN'ATI

O'lmasjon Normatovich G'offorov Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada xx asrgacha bo'lgan davrda o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik san'ati tarixi va shakllantirish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: xalq cholg'ulai, ijrochilik san'ati, mumtoz musiqa, takomillashuv, uslub, badiiy did, an'ana, xonanda

PERFORMING ART IN UZBEK FOLK INSTRUMENTS IN THE PERIOD

BEFORE THE 20TH CENTURY

Olmasjon Normatovich Gofforov Namangan State University

Abstract: This article covers the history and formation of Uzbek folk instruments in the period up to the 20 th century.

Keywords: folk instruments, performance art, classical music, improvement, style, artistic taste, tradition, singer

O'zbek xalq cholg'u sozlari haqida so'z yuritar ekanmiz, ularning ildizlari qadim-qadim davrlarga borib taqaladi. Eramiz boshlarida turli cholg'ulardan kundalik turmushda, ovda, xonlar saroyida, bayram marosimlarida, xalq sayllarida ijro etib kelingan. Bunday ommaviy bayramlarni xalq cholg'u ansamblari, xonanda va sozandalar, hamda raqqosalarsiz tasavvur qilish qiyin. 1

"O'zbek musiqasi" iborasi keng mazmunli tushuncha bo'lib, u, jumladan, o'z ichiga milliy musiqamizning ikki asosiy qatlamining - xalq musiqasi va ustoz -san'atkorlar ijodi bo'lgan kasbiy musiqa sohalarini hamda bastakorlik va kompazitorlik kabi zamonaviy musiqa ijodiyoti tarmoqlarining qamrab oladi. Shuningdek, "O'zbek musiqasi" mazmunida yana asosiy bo'lgan to'rtta mahalliy musiqiy uslublar ham tushunilib, ulr esa quyidagicha nomlanadi: Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi, Buxoro - Samarqand musiqa uslubi, Xorazm musiqa uslubi, Farg'ona - Toshkent musiqa uslubi.

Har bir mahalliy musiqiy uslub o'z xususiyati va an'analariga ega. Buan'analar esa uzoq vaqtlar moboynida shakllangan bo'lib, ular xalqimizning turli sharaoitlaridagi turmush tarzi, mehnat mashg'ulotlari, marosimlari, urf-odat, bayramlari va boshqa shu kabi jarayonlar bilan uzviy bog'lanib ketadi.

1 A.Odilov O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik tarixi. Toshkent. "O'qituvchi" 1995. 8-b

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

O'zbek xalq musiqasining mahalliy uslublarini o'rganishdan asosiy maqsad o'quvchilarni an'analarga boy va badiiy yetuk xalq musiqa ijodi namunalaidan baxramand etish hamda shu asosda ularda o'tkir did, yuqori badiiy saviya va nafis tuyg'ularni shakllantirishdan iborat.

An'anaviy ijrochilik san'ati improvizatsiyaga asoslangan bo'lib, cholg'uchidan yuksak mahorat bilan chalishni va har gal yangicha, ijro usullarini qo'llashni talab etadi.

Etnografik va arxeologik tadqiqotlarga tayangan ko'plab olimlar musiqa san'ati insoniyatni ibtidoiy jamiyat davrida shakllanishi, uning bevosita mehnat va dam olish jarayoni, diniy marosimlar va harbiy yurishlar bilan bog'liq holda rivoj topishini ta'kidlaydilar.

Arxeologik qazilmalar asosida qadimgi devoriy suratlarda aks etib bitilgan chizma rasmlar orqali o'lim marosimlarida ijro etiluvchi yig'i-marsiyalar, harbiy marshlar, allalar, cho'pon kuy va qo'shiqlari shu singari aynan ko'plab musiqiy janriar mavjud bolgani xususida asos yaratgan. Sharq mamlakatlarming rivojlanish davrida (mil. V-III ming yil avval) musiqa madaniyaitning ajralmas bo'lagiga aylanganligiga guvoh bo'lamiz. Qadimgi Misr, Suriya, Shumer, Bobil, Hindiston va Xitoy mamlakatlarining saroy marosimlari musiqasiz o'tkazilmagan. Musiqaga ilohiy va afsungar qudratga ega bo'lgan tirik jonzotlar, xudolar, tabiat va koinotga o'z ta'sirini o'tkazuvchi mo'jizakor kuch sifatida qaralgan.

Dastlabki xalq cholg'ulari, ma'lumotlarga qaraganda, XIII-ming yilliklarda paydo bo'lgan deb taxmin qilinadi.2 Dastlab urma zarbli cholg'ular paydo bo'lgan. Keyinchalik esa shovqinli cholg'ular paydo bo'la boshlagan. Eng qadimgi mehnat qo'shiqlari ishning ritmik tuzilishi bilan bevosita bog'liq holda kuylangan. Xalqning hayot tarzi, o'y-xayollari, mehnat sharoiti kuy va xalq qo'shiqlarida o'z aksini topgan. Forobiyning (873-950) "Katta musiqa kitobi"(kitob al musiqa al kabir), Ibn Sinoning (980-1037) "Davlat kitobi" ("Kitob ush-shifo") qomusidagi musiqa haqida risola" Al-Xorazmiyning X-asr kaliti Safiuddin Urmaviyning (1216-1294) "Oliyjanoblik haqidagi kitob" yoki "Sharafiya" kitobi Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) (musiqa haqida risola) kitoblarida musiqa ijrochiligi va xalq cholg'ulari haqida muhum va qimmatli ma'lumotlar berilgan.

Darvesh Alining (XV-asrda) Buxoroda yaratgan musiqaga doir risolasi an'anaviy xalq cholg'ulari haqidagi ma'lumot manbai sifatida xizmat qilishi mumkin3.

Darvesh Ali ta'rif bergan cholg'ulardan yettitasi: tanbur, chang, qonun, ud, rubob, qobuz g'ijjak, o'sha davrda keng tarqalgan cholg'ular edi. Darvesh Alining ma'lumotlari musiqa amaliyotida dastlab ansamblda uyg'un kolarid hosil qiladigan torli hohunli va torli kamonchali cholg'ular qo'llanilganligi haqida ma'lumot beradi.

2 Abdullayeva S.CoBpeMeHHbie азербайджанские музыкальные инструменты. Баку, 1984 й,,5-бет

3 A.Odilov O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik tarixi. Toshkent. "O'qituvchi" 1995. 12-b

G'ijjak cholg'uchi Shoh Quli-G'ijjaki shu musiqa asbobida ajoyib ijrichilik mahoratini ko'rsatgan va cholg'u kuylarini yaratgan usta san'atkor bo'lgan.

Naychi Sulton Ahmadiy Darvish Alini mashhur cholg'uchi sifatida e'tirof etgan. Ud cholg'uchisi Sulton Muhammad-Uddiy-Samarqandiyni iste'dodli cholg'uchi musiqiy asarlar ijodkori sifatida aks ettirgan.

Buxorolik Shayx Shamsiy-Rabboniy mohir rubob cholg'uchi, mashhur sozanda sifatida tanilgan. Taniqli cholg'uchi Darvesh Shadiydan ud va chang chalish mahoratini egallagan. Uning shogirdi mohir sozanda Mavlon Zaynulla Bedaniy Rumiy ko'pgina peshravlar (isfaxon, saqil, peshrav, far va bosh.q.) ijodkori edi.

Xalq cholg'ularining ko'zga ko'ringan ijrochilaridan biri Ali Shunqor dugoh ohanglarida, turk-zarb ritmida yaratilgan asarlar bastakori sifatida tanilgan. Uning "savti begumiy", "Naqshi begumiy", (bo'yoqdor - ohangdor kuylar) ohanglari xalq orasida keng yoyilgan.

Najmiddin Kavkabiy bir va Darvesh Ali risolalarida o'n ikki maqom - (Rahobiy Husayniy Zangula, Rost, Ushshoq, Navo, Bo'slik, Hijoz, Iroq, Isfahon, Zirofqand, Buzruk) asosida musiqa asarlari yaratgan bastakorlar nomi tilga olinadi.

Ijrochilikda yetuk bo'lgan Mavlon Shayxiy Tebas-Gileksiy-ibn Abdurahmoniy-Rumiy (Rud) Ustod Zaykuniy-G'ijjakiy, Xo'Ja Mahmudbek Is'hoqiy Sheyhaniy (dutor), Sayid Ahmad-bin Mehtariy Mirakiy, Ustod Qurbon Sa'diy, Ustod Poyonga (sunray va nog'ora), Ustod Amir-Kuliy Tanburiy(tanbur) Ahmad Qonuniy Samarqandiy(qonun) Shayx Ahmdiy Qabuziy (qobiz). Musiqa nazariyasining katta bilimdoni, o'z davri musiqa san'ati vakillarining ilg'ori Amir Maschiy Hirotiy (qobiz), Yusuf Mavludiy dutori xirotiy (dutor), Ustod G'ulokiy Nayi Ustod Abdusattor-Qonuniy Ustod Arob- Navziy Qobiziy, Xo'jachi Ja'fariy Qonuniy, Xofiz Boboiy Qonuniy, Hofiz Turdiy Qonuniy va boshqa ko'plab xalq cholg'u ijrochilari muhim o'rin tutganlar.

XV-XVI asr miniaturalarida chang (arfa), doira, lyutnya, barbat, ud, qonun, g'ijjak, soz, nay, rubob, tanbur kabi cholg'ulari tasvirlangan.

XIV-XV asr miniaturalarida esa cholg'ulardan tashqari qarsak jo'rligida ijro etilgan raqslar ham tasvirlangan.

Zahiriddin Muhhammad Boburning (1483-1530) e'tirof etishicha, Alisher Navoiy o'z davrida ko'plab ud cholg'uchilar, naychilar, g'ijjakchilar, changchilarning o'z iste'dodlarini namoyon etishiga ko'maklashgan. "Boburnoma"da o'zbek xalq cholg'ulari ijrojilarining nomlari zikr etilgan. Boburning ta'kidlashicha, Ustod-qul Muhammad Shayboniy va Husayniy uddiy kabi mohir cholg'uchilar Navoiyning bevosita yordami va homiyligida katta shuhrat qozondilar, ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar.4

1 BociOTHaa MHHHaTropa. TomKeHT, 1980, 99-6eT.

XIX asr oxiri XX asr boshida mashhur honanda va sozandalar Domla Halim Ibodov, Usta Shodi Azizov, Levi Boboxonov, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Sodirxon Bobosharipov, Boboqul Fayzullayev, Shonazir Sohibov, Fazliddin Shohobovlar Shashmaqomga yangi hayot baxsh etdilar.

O'zbek xalq cholg'ularining ijrochilik imkoniyatlari doimo kengaydi va takomillashdi. XIX asrda ijrochilik amaliyotida nay, qo'shnay, sunray, karnay, qo'shnog'ora, bo'lomon, chang, qashqar rubobi buxoro (afg'on) rubobi, tanbur, dutor, do'mbira, g'ijjak, sato, doira, qayroq, safoyil kabi cholg'ular mustahkam o'rin oldi.5 Cholg'u ijrochilik san'atida bir qator musiqa ustalari yetishib chiqdilar. Bular: To'ychi hofiz Toshmuhammedov, Shorahim Shoumarov, Shobarot tanburchi, Abdusoat dutorchi, Usta Usmon Zufarov (Toshkent). Rustambek Karimov (Rustam metar) surnaychi (Andijon) Ashurali Mahram, Abduqodir naychi (Qo'qon), Ahmadjon qo'shnaychi (Qo'qon), Abdulla Tarak, Ro'zimatxon changchi (Namangan), Usta Masaid doirachi va changchi Usta Olim Komilov, Yusufjon qiziq Shakarjonov (Marg'ilon) va boshqalardir. Bu san'atkorlar o'zbek xalq musiqasi xazinasi boyliklarini saqlab qolishda va iste'dodlarini tarbiyalashda, qadimiy cholg'ularining tuzilishini takomillashtirish va yangilarini yaratishda katta hissa qo'shdilar.

O'zbek xalq cholg'u ijrochilarining takomillashishi bilan bog'liq bilimlar yosh ijrochilarga yakkanavoz, ansambl ijrochiligida ijrochilik texnikasi imkoniyatlarini keng ochishga yaqindan yordam beradi. Bo'lajak mutaxassisni mashhur xalq cholg'ulari ijrochilik san'ati ustalarining ustoz-shogird an'analari asosida tarbiyalab, ular yaratgan maktablari bilan tanishtirish qatorida Respublikamizda ijod qilayotgan bastakorlarning o'zbek xalq cholg'ulari uchun yaratgan va yaratayotgan yangi-yangi musiqiy asarlari bilan yaqindan tanishtirish va ular ijodidan namunalar ijro etishdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.Odilov O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik tarixi. Toshkent. "O'qituvchi" 1995.

2. Abdullayeva S.CoBpeMeHHbie азербайджанские музыкальные инструменты. Баку, 1984 й,,

3. Восточная миниатюра. Тошкент, 1980

5 A.Odilov O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik tarixi. Toshkent. "O'qituvchi" 1995. 19-b

160

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.