TOHIR MALIK HIKOYALARIDA KELTIRILGAN MAQOLLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI Jurayeva Mavludaxon Abdulxamid qizi
Andijon davlat pedagogika instituti 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8000663
Annotatsiya: Tohir Malik xalq og'zaki ijodiga - maqollarga yuksak badiiy tafakkur xazinasi sifatida qaraydiki, asar qahramonlari nutqining ta'sirchan ifodalanishida, aniq va teran yoritilishida maqollar bebaho badiiyat xazinasi bo'lgan. Ayniqsa, adib o'z asarlaridagi davr ruhini ochib berishda qaharamonlarning nutqini maqollar orqali individuallashtirishga ham e'tibor bergan.
Kalit so'zlar: ijod, maqollar, lingvopoetika, madaniyat, urf-odat, xalq, ko'chma ma'no, uslubiyat.
ЛИНГВОПОЭТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПОСЛОВИЦ, УПОМЯНУТЫХ В РАССКАЗАХ ТАХИРА МАЛИКА
Аннотация: Тахир Малик рассматривает устное народное творчество - пословицы как сокровищницу высокого художественного мышления, утверждая, что пословицы были бесценным сокровищем искусства в их трогательном выражении, ясном и глубоком освещении речи героев произведения. В частности, писатель обращал внимание и на индивидуализацию речи героев пословицами, раскрывая в своих произведениях дух эпохи.
Ключевые слова: творчество, пословицы, лингвопоэтика, культура, традиция, народ, переносное значение, методология.
LINGUOPOETIC FEATURES OF PROVERBS MENTIONED IN THE STORIES
OF TAHIR MALIK
Abstract: Takhir Malik views folk oral creativity - Proverbs as a treasure of high artistic thinking, proverbs in the impressive expression, clear and thoughtful illumination of the speech of the heroes of the work have been an invaluable treasure of artistry. In particular, adib also focused on individualizing the discourse of the qaharamons through proverbs in revealing the spirit of the times in his works.
Keywords: creativity, proverbs, linguopoetics, culture, tradition, people, portable meaning, style.
KIRISH
Xalqning madaniyati , tarixi va urf- odatlarini ixcham tarzda yetkazib berish va xalqning mentaliteti, madaniyatini ko'rsatib berishda maqollar paremiologik birliklar ichida yetakchi o'rinni egallaydi. Chunki maqollarda fikr tugalligi, ixchamlilik, mazmuniylik va ta'sirchanlik boshqa nutq vositalariga nisbatan kuchli bo'ladi. Bunday birliklar fikrni lo'nda va tiniq ifodalash imkoniyatining mavjudligi, nutqning ta'sirchanligini ta'minlashda juda qo'l keladi. Maqollar -grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi, kichik, ixcham, o'tkir mazmunli, ko'chma ma'noda yoki ham ko'chma ma'noda, ham o'z ma'nosida qo'llanadigan hikmatli xalq iboralaridir.1 Har bir janrda o'ziga xos uslub va yo'nalishga egalik asosida betakror asarlar yaratgan yozuvchi
1Yo'ldoshev M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. - Toshkent:Fan, 2008. - 66- b.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
T.Malik hikoyalarida qo'llanilgan maqollarni tadqiq etish uning asarlari tili, qolavesa ularning milliy o'ziga xosligini ko'rsatib berishga xizmat qiladi. Bunda qahramonlar nutqini boyitish, emotsional- ekspressivlikni oshirish, qahramonlarning xarakter- xususiyatlarini yoritishda maqollar lingvopoetik qimmat kasb etgan. Rahima erining kelganini ko'rsa ham, o'rnida jilmay ishini davom ettirdi. Eridan "Nima qilyapsan?" degan savolni kutdi. Ergash anqayib turavergach:
-Ha, ko'cha xandon,uy zindon, keldingizmi?- deb ming'irladi.("Qarg'ish",264-b.) Ma'lumki, xalqimiz orasida ko'chadan beri kelmaydigan, o'z uyini muhofaza qilishga intilmaydigan insonlarga nisbatan aynan yuqoridagi parchada keltirilgan maqollarni qo'llash holatlarini uchratamiz. Adibning bu o'rindagi mahorati shundaki, birinchidan, qahramonning nutqi orqali uning qanday harakterga ega ekanligini ko'rsatish bo'lsa, ikkinchidan, uning shunday zaharhanda vaziyatga tushib qolishida faqatgina o'zi emas balki, atrofidagi insonlarning ham hissasi borligi va birgina maqolni keltirish orqali qaharamon nutqi qaratilgan shaxsning ham harakter-xususiyati ochib berilganligidadir. Bugina emas, T.Malik hikoyalarining hayotiyligiga u yozgan hikoyalar bilan tanish bo'lgan har bir kitobxon guvoh bo'lgan desak mubo'ag'a bo'lmaydi. Buning isboti tariqasida yuqoridagi kabi boshqa hikoyalarni ham keltirish mumkin. Ulardan o'rin olgan maqalollarning ahamiyati ham o'zgacha. Ya'ni xalqning zamonlar osha hukm surib kelayotgan oilaning jamiyatdagi o'rni va ahamiyati, farzandlar kelajagiga bevosita ta'sirini belgilovchi hayotiy holatlari haqqoniy tarzda ifodalangan ko'rinishlari mavjud.
Qaytish bizlarning qismatimizda bo'lmasa, sizlarnikida bordir. Zurriyodimiz ota yurtda tup qo'yib, palak otsa, ming bor shukur qilamiz...("Baxtli kelin" 339-b.)
"Tup qo'yib, palak otmoq" maqoli aslida insonlarning baxtli kelajak hayotini qurishiga qarata aytilgan maqollar sirasida bo'lsa-da, yozuvchi bu maqolni o'z badiiy istagiga bo'ysundirgan holda qo'llaganligi ko'zga tashlanadi. Sababi, bu parchada o'z orzu-istaklari va o'tmish xotiralariga bandi bo'lib, farzandlarini bu istaklar oqimida qurbon qilayotgan otaning harakter-xususiyati ochib berilgan. Garchi ushbu "Baxtli kelin" hikoyasidan o'rin olgan ota obrazi asarning boshidan oxirigacha qatnashmasa-da, uning bir necha gaplari farzandining xotira siniqlaridagina gavdalantirilgan holda asar bosh qahramoni bo'lgan ayol (Mahbuba)ning baxtsiz turmush sohibasi bo'lishiga aybdor shaxs sifatida berilgan. Zero, hikoyaning nomi ham qo'shtirnoq ichidagi "Baxtli kelin" dir.
TADQIQOT NATIJALARI
T. Malik xalq og'zaki ijodiga - maqollarga yuksak badiiy tafakkur xazinasi sifatida qaraydiki, asar qahramonlari nutqining ta'sirchan ifodalanishida, aniq va teran yoritilishida maqollar bebaho badiiyat xazinasi bo'lgan. Ayniqsa, adib o'z asarlaridagi davr ruhini ochib berishda qaharamonlarning nutqini maqollar orqali individuallashtirishga ham e'tibor bergan: Chakki bezovta bo 'libsan. Raisliging o'zingga buyursin. Men tuya emasmanki, hammomni orzu qilsam. Tirikchiligim shu "oshihalol" bilan o'tib tursa bas.("Zilzila",202-b.) Keltirilgan misolda quyidagicha holat aks etganki, halol mehnat qilib kun kechirayotgan oddiy xalq vakillari shaxsga sig'inish davrida hatto orzu qilishga va o'z kelajak rejalarini-da aytishga ojiz ekanliklari ochiq ifodalangan.
Maqollar shakliga ko'ra ixcham,ammo chuqur mazmunga ega bo'lib, uning vujudga kelishiga asosiy sabab sifatida xalqning ko'p asrlik kuzatishlari,turli siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy tajribalariga asoslangan holda yaratilganligini aytish mumkin. Shuning uchun ham uzoq yillar davomida o'z qimmatini o'zgartirmay keladi. Yozuvchi Tohir Malik o'z asarlariga ana
shunday sayqallangan janr na'munalarini faqatgina ajdodlar nigohi bilan ko'rmay, o'z hayotiy tajribalarini o'rtoqlashmoqchiday yangidan teran ma'no kasb etgan holda singdirgan. O'z hayotiy tajribalariga asoslanib, hikoyalarining estetik saviyasini oshirishda o'zbek xalq maqollaridan foydalangan. Bu esa, asardagi katta mazmunni kichik shakl vositasida anglatish bilan birga ixchamlilik orqali kitobxonga estetik zavq berish vazifasini ham bajargan: ...O'tgan yilgi qahatchilik odamlarning sillasini quritdi. Yo'g'on cho'zilib, ingichka uziladigan kunlarda Zohid uyidagi supra ham quridi. "Boy tebramasa, och to'ymaydi", deb bejiz aytmaganlarkim, bu shaharda qashshoqlarga non, tebrani qo'yishi lozim bo'lgan boylarga esa insof yetishmay qolgan edi.("Nomus",8-b.)
Ona o'g'lining buzuqligiga emas, tuhmat balosiga uchraganiga aniq ishonadi.U damlarda eri ham tuhmat balosidanketgan edi."O'rmonga o't ketsa,ho'l-u quruq baravar yonadi", deganlaridek, ko'p qatori chidashga majbur edilar.("Voy, onajonim",30-b.)
O'g'lining zulmidan aziyat chekkan ota nima qilishi kerak?Dardini birovga darrov ayta olmasa...Ha,sabr qiladi. Ammopichoq borib suyakka qadalsa-chi? ("Oqibatul-amr", 78-b.)
MUHOKAMA
Shuningdek, arabcha "qavlun"- gapirmoq, aytmoq so'zidan olingan xalq ijodi namunasi bo'lmish bu janrning T.Malik ijodida o'zgacha jilolanishi va badiiy jihatdan ta'sirliligi oshgan hikoyalari qatoriga " Oxirat ", " Kurort ", " Sunami ", "Tiriklik suvi ", " Kir o'ra " kabilarni qo'shish mumkin:
-Kartoshkani yaxshi archarkasan, - dedi kulimsirab. - O'zbeksan-a? O'zbeklarning bir maqolini bilaman: "Piyozni boyning bolasi, sabzini kambag'alning bolasi archsin", deyishadi. Buningma'nosini bilasanlarmi?("Oxirat", 154-b.)
Shunday bo'lishini ko'nglim sezib turardi. "Birga tug'ilmoq bor, birga turmoq yo'q", degan hikmat bor.("Oqibatul-amr", 127-b.)
Ota-ona farzandlarini bir xil mehr bilan ardoqlashadi. Farzandlarning ota va onaga nisbatan bo'lgan mehr va sevgilari esa bir xil bo 'lmaydi. "Bir ota o'n o'g'ilni boqadi, o'n o'g'il bitta otani boqa olmaydi", degan naqlshuningoqibatidayuzaga chiqqan.("Sunami",168-b.)
Husaynning so'zi og'zida qoldi.Abu Sahlfikrini oydinlashtirdi: - Ha aynan uqdingiz. It kim suyak tashlasa ketaveradi. Odamzod zinhor unday qilmas. Maslahatimni durust topsangiz Gurganjdan chiqaylik.("Tirikliksuvi", 206-b.)
Maqollar fikr mohiyatini aniq va ixcham ifodalaydi. U qanchalik ko'p ishlatilishiga qarab emas, qanday ishlatilishiga, orinli qo'llanilishiga qarab ta'sir ko'rsatadi. Bunday vaziyatda esa yozuvchi o'z bilim va tajriba saviyasidan kelib chiqqan holda maqollarni asar mohiyatiga, mazmuniga mos ravishda tanlashi kerak bo'ladi. Shu jihatdan olib qaralganda adib o'z hikoyalarida faqatgina o'zbek xalq maqollaridan faydalanibgina qolmay, boshqa millat maqollarini ham o'rni bilan qo'llaganini kuzatishimiz mumkin: Rahima kelgach, shom qorong'isi tushmay turib, erta kundan eshik tambalanadigan bo'lgan edi.Bir kuni Ergash: "Namuncha qo'rqasan, bo'ri yeydimi?" deb tanbeh berganida "Orislarning maqoli bor: "Ozingni ehtiyot qilsang, Xudo ham seni saqlaydi", deb javob qaytargandi. ("Qarg'ish", 268-b.)
Uning to'satdan lovullab ketishiga bu bir bahona,xolos. Asl sababini bilsa ham, tan olgisi kelmaydi. "Puling bo'lsa xaltada- boravergin Yaltaga". "Men Yaltaga ketmayapman-ku?"("Kurort",292-b.) Asar mazmuni va voqelik vaziyatidan kelib chiqqan holda boshqa millat maqollaridan badiiy maqsad va estetik zavqni kitobxonga ulashish maqsadida foydalanilganini ifoda etgan maqollar asar sujeti va estetikligiga o'zining katta ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak,Tohir Malik hikoyalarida lingvomadaniy harakterga ega bo'lgan maqollar badiiy voqelikni yorqin aks ettirishga xizmat qilish bilan birga davr ruhini berishda, turli xil voqealarni , vaziyatlarni tasvirlashda, qahramonlar xarakterini aks ettirishda, ularning nutqini individuallashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etgan.Shuningdek, adib ilgari surgan g'oyani estetik jihatdan umumlashtirishda muhim lingvopoetik vazifa bajarganligini ham ko'rishimiz mumkin.
Adabiyotlar:
1. Yo'ldoshev M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. - Toshkent:Fan, 2008.
2. Shukurova Z. "Qissasi Rabg'uziy" da maqollar. Ozbek tili va adabiyoti. 2012-y, 2-son.
3. Yo'ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili. - Toshkent:Fan, 2000.
4. Muqimova Z. Maqollarning lingvopoetik va lingvomadaniy xususiyatlari. O'zbek tili va adabiyoti. 2020-y,5-son.