Научная статья на тему 'ABDUG’ANI ABDUVALIYEV HAJVIY HIKOYALARINING O’ZIGA XOSLIGI'

ABDUG’ANI ABDUVALIYEV HAJVIY HIKOYALARINING O’ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
169
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hikoya / hajviya / hangoma / maktub / sheva / ibora. / story / comedy / hangoma / writing / dialect / phrase.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Baxriddinova Muazzamxon Fazlitdin Qizi

Maqolada Abdug’ani Abduvaliyevning hajviy hikoyalari, xususan, “Po’sht, biz kelyapmiz” to’plamidagi hikoyalar tahlilga tortilgan. Yozuvchi hikoyalarining til xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORIGINALITY OF ABDUGANI ABDUVALIEV'S COMIC STORIES

The article analyzes the humorous stories of Abdugani Abduvaliev, in particular, from the collection “Mail, we are going”. Particular attention is paid to the linguistic features of the author's stories.

Текст научной работы на тему «ABDUG’ANI ABDUVALIYEV HAJVIY HIKOYALARINING O’ZIGA XOSLIGI»

ABDUG'ANI ABDUVALIYEV HAJVIY HIKOYALARINING O'ZIGA XOSLIGI

Baxriddinova Muazzamxon Fazlitdin qizi

Namangan davlat universiteti adabiyotshunoslik (o'zbek adabiyoti) yo'nalishi 1- bosqich

magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6569130

Annotatsiya: Maqolada Abdug'ani Abduvaliyevning hajviy hikoyalari, xususan, "Po'sht, biz kelyapmiz" to'plamidagi hikoyalar tahlilga tortilgan. Yozuvchi hikoyalarining til xususiyatlariga alohida e 'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: hikoya, hajviya, hangoma, maktub, sheva, ibora.

ОРИГИНАЛЬНОСТЬ КОМИЧЕСКИХ РАССКАЗОВ АБДУГАНИ

АБДУВАЛИЕВА

Аннотация: В статье анализируются юмористические рассказы Абдугани Абдувалиева, в частности, из сборника «Почта, мы идем». Особое внимание уделено языковым особенностям авторских рассказов.

Ключевые слова: рассказ, комедия, хангома, письмо, диалект, фраза.

ORIGINALITY OF ABDUGANI ABDUVALIEV'S COMIC STORIES

Annotation: The article analyzes the humorous stories of Abdugani Abduvaliev, in particular, from the collection "Mail, we are going". Particular attention is paid to the linguistic features of the author's stories.

Key words: story, comedy, hangoma, writing, dialect, phrase.

Kirish. O'zbek adabiyoti rivojida Namangan adabiy muhiti vakillarining ham o'ziga xos o'rni bor. Boborahim Mashrab, Usmon Nosir, Habib Sa'dulla, Robiddin Is'hoqov, Boqiy Mirzo, Dilbar Haydarova, Abdulla Jabbor, Ziyovuddin Mansur Dilorom Egasheva, Ermamat Nurmatov, Isoqjon Nishonov, Abdug'ani Abduvaliyev shular jumlasidandir.

Abdug'ani Abduvaliyev nafaqat Namangan nasri rivojida, balki o'zbek nasri rivojida ham salmoqli o'ringa ega ijodkorlardan biridir. Adib o'tkir hajviy asarlari, hangomalari va latifalari bilan kitobxonlar qalbidan chuqur o'rin egallagan taniqli yozuvchidir. Uning hayotda uchraydigan illatlarga qarshi qaratilgan, samimiy kulgi bilan yo'g'rilgan hikoyalari respublikamiz gazeta va jurnallarida muntazam chop etilgan .

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. "Assalomu alaykum", "Bizning yo'limiz", "Marhumning maktubi", singari qissalari, "Po'sht, biz kelyapmiz", "Gapiradigan qo'y" kabi to'plamlari fikrimizning yaqqol dalilidir . Yozuvchining "Echki suti" , "Qarsaklar davom etadi" kabi kitoblari adabiy jamoatchilik tomonidan e'tirof etilgan. Abdug'ani Abduvaliyev

sertashvish hayotning eng zaruriy masalalarini, muhim muammolarini , xalqning fikr-o'ylari, intilishlarini, yurakdagi gaplarini qalamga oladi, uning dardi bilan yashaydi. Yozuvchi hikoyalarida jamiyatimizdagi poraxo'rlik, laganbardorlik, birovning haqqidan qo'rqmaslik, o'z sohasini yaxshi bilmaslik, tanish-bilishchilik, ichkilikbozlik va boshqa ko'plab illatlarni ayovsiz fosh etadi. Adib hayot voqealarini haqqoniy tasvirlaydi, asarlarini o'qiganingizda, yozuvchining qahramonlari sizga tanishdek tuyuladi , ular biz yashayotgan jamiyatda hozir ham mavjudligini his etasiz. Shu jihatdan olib qaraganda, Abdug'ani Abduvaliyev asarlari turli yillarda yaratilgan bo'lsa-da, bugungi kun o'quvchisi uchun ham katta saboqlar beradi. Xususan Abdug'ani

Abduvaliyevning "Po'sht, biz kelyapmiz" kitobidagi hajviy hikoyalar jamiyat hayotining pirovard muammolarini fosh etishi bilan xarakterlanadi.

"Po'sht, biz kelyapmiz" kitobidan o'rin olgan hikoyalar yozuvchining o'zi tomonidan "Shum bolaga maktublar", "San'atkorlar hangomasi va "G'irvon latifalari" kabi 3 turkumga ajratiladi.

"Shum bolaga maktublar" turkumidan "Qassobning qayg'usi", "Pattachining arzi", "Choyxonachining chakagi", "Qayerga qo'nsam ekan", "Uzataymi?", "Oshkora gapiraman", "Po'sht, biz kelyapmiz", "Lo'tkavoy aka" kabi hajviy hikoyalar o'rin olgan. Ularda bozordagi pattachi, choyxonachi, qassob kabilarning Shum bolaga maktublari keltirilgan. "Po'sht, biz kelyapmiz" kitobiga quyidagicha muxtasar bayon yozilgan: "Hadisi muborakda shunday deyilgan: "Biror tog'ni o'rnidan boshqa joyga ko'chibdi, deb eshitsalaring unga ishonaveringlar, ammo biror kishining xulqi o'zgaribdi , deb eshitsalaring ishonmanglar, chunki u albatta tug'ma fe'liga qaytur". Ushbu muxtasar bayondan ham ma'lum bo'ladiki, ushbu to'plamdagi hikoyalarda jamiyatdagi lo'ttibozlik, o'g'irlik, munofiqlik, ta'magirlik kabi qusurlar fosh etilishi barobarida yuzingizda samimiy tabassum uyg'otadi. "Shum bolaga maktublar" turkumidagi hikoyalar hajman kichik . Ularning har biri Shum bolaga maktub, arz tarzida yozilgan. Ilk hikoya "Qassobning qayg'usi" deb nomlanadi. Hikoyaning bosh qahramoni Bozor ismli qassob. Bozor qassob bozordagi holat ustidan arz qilib, Shum bolaga xat yozadi, aniqrog'i , o'zi savodsizligi uchun pattachiga yozdiradi. Ushbu hikoyada Bozor qassobning qanday inson ekanligi o'z tilidan bayon qilinadi. Bozor qassob laganbardor, birovning haqqidan qo'rqmaydigan inson ekanligi uning ilk so'zlaridanoq ma'lum bo'ladi: " Chunki biz nastoyashiy shummiz , hi-hi-hi.... Bir kuni bir xaridorga: "Xohlagan joyingizdan ko'rsating, o'sha yerdan kesib beraman" desam, "Mana shu joyidan kesing", - dedi. Xo'p ,jonim bilan, deb kesib berdim. Ertasiga o'sha xaridor olayib kelib: "Kecha bir kilo go'sht o'rniga yeti yuz gramm suyakni bir qavat pardaga o'rab beribsiz . Ja shum ekansiz- ku!"- deb qoldi. Yaxshiyamki, o'zidan so'rab , ko'ziga ko'rsatib tortib berganman-a. Yonida turgan sherigi: " Bu odam shum emas, pokuschi"- dedi. U "shum" dedi, sherigi "pokuschi" dedi. Men bu yoqda qolib, ikkovi urishib ketdi. Rosa kuldim, hi-hi-hi". Bozor qassob qayg'u- tashvishda Bozor direktori : "Taptishev kelyaptilar, bozorni shaxsan o'zlari tekshirar ekanlar" deb ogohlantirgan kundan e'tiboran "iniga cho'p tiqilgan aridek" tinchi buzilgan. Maktub orqali Shum bolaga dardini dasturxon qiladi. Uning tinchi buzilishi bejiz emas: uning ishlariga harom aralashgan, shu sababli ham tekshiruv kelishini o'ylab o'zini qo'yarga joy topolmaydi. Keyingi maktub "Pattachining arzi" deb nomlanadi. Bu o'sha biz yuqorida tanishtirgan "pattachi-o'qituvchi - Nadiqul. Uning Bozor qassob bilan "dardi bir". U Bozor qassobning hamtovoqlaridan. Qing'ir ishlari ham Bozor qassobnikiga o'xshash. Yozuvchi Nadiqulni ham o'z tilidan so'zlatib, nutqi orqali kimligini fosh etadi. "Bozor - g'azna, olganing bilan ado bo'lmaydi",- deydi pattachi. Uning kunlik yumushi bozorni aylanib, dehqonlarni "yulish". Hech bir mehnatsiz yulg'uchligi evaziga ro'zg'or tebratadi. Uning arzini eshiting: ".mana shunday aysh qilib kun ko'rib, do'mbillab yurgan edik. Ko'z tegdi. Yaqinda go'yo bozorga bo'ron yopirildiyu, hammani chirpirak qilib yubordi". Nadiqul shu tarzda Shum bolaga arz qilar ekan, siz uning qanday inson ekanini bilib olasiz, yuzingizga tabassum yugurish barobarida qalbingizda Bozor qassobu, Nadiqul pattachiga o'xshagan razil kimsalarga nafrat uyg'onadi. Keyingi hikoya qahramoni - choyxonachi ham avvalgi qahramonlarimizga o'xshash-birovning haqqidan qo'rqmaydiganlardan. U Shum bolaga noinsofligini yuziga solgan

"choyning shamasini quritib, qayta damlagani" uchun qaynoq choyni betiga sepib yuborgan "nomard"lardan arz qiladi.

Tadqiqot natijalari. "Po'sht, biz kelyapmiz" to'plamining asosiy qismini "Shum bolaga maktublar" turkumidagi hikoyalar tashkil etadi. Hikoyalardagi bosh salbiy obraz-bozor pattachisi Nadiqul. U ko'z oldimizda avval birovning haqqidan qo'rqmaydigan pattachi, so'ngra chalasavod, otasining puliga diplom olgan tilchi o'qituvchi sifatida namoyon bo'ladi. Yozuvchi uning chalasavodligini birgina Navoiy ismini Novvoyi tarzida talaffuz qilishidayoq ko'rsatib beradi

Yozuvchining ushbu hikoyalari tili sodda va ravon. Yozuvchining qahramonlari o'ziga xosligi bialn alohida ajralib turadi. Bu ularning tilida yaqqol namoyon bo'lgan. Jumladan yozuvchi qahramonlari nutqida Namangan shevasi elementlari yaqqol ko'zga tashlanadi: Bozor qassob nutqidagi "o'chirduk", pattachi Nadiqul nutqidagi "xursan bo'lduk", "g'iybat qilmayluk", "Shum bolaxon", "gaplashayluk", "joylashturduk", "o'tib ketutti" kabi jumlalar fikrimizning yaqqol isbotidir.

Hikoyalarning barchasida qahramonlar qallob, razil, birovning haqqidan qo'rqmaydigan, ikkiyuzlamachi insonlar timsollari yaratilgan. Yozuvchi ularning qilmishlarini kinoyali kulgi orqali ochib beradi. Voqealar jonli tasvirlanadi, ularni hech qiynalmay qiziqish bilan o'qiysiz. Uning badiiy obrazlari turmush voqealarini obdon kuzatish va o'rganish asosida yaratilgan. Shuning uchun ular xatti-harakatlari, ichki va tashqi qiyofalari bilan aynan hayotdagi kishilar kabi ko'z oldingizga keladilar. Bu yozuvchining harakterlar yaratishdegi san'atkorlik mahorati samarasidir.

Adib hikoyalarida xalq maqollaridan, iboralardan, kinoyali so'zlardan, qochirim va vulgar so'zlardan (chet tilidan kirgan so'zlar) ustalik bilan foydalanadi, ushbu so'zlar vositasida qahramonlarining xarakter xususiyatlarini ochib beradi. "Qarg'a qarg'aning ko'zini cho'qimaydi", "O'lar og'riqning o'lgani yaxshi ,uydagilarning tingani", "Kalla pocha go'sht bo'lmas, Qassob hech vaqt do'st bo'lmas" "Gadoning dushmani gado" kabi maqollar; "iniga cho'p tiqilgan aridek", "tog'ni ursa talqon qiladi", "rangimiz sarg'ayib ketdi', "tuz sepilgan yaramning ustiga qalampir sepib yubording", "oydek ravshan", "gullab qo'ymaysan", "daromadning uyasi", "latta hidi kelyapti", kabi o'xshatish va iboralar qahramonlar nutqini bezash barobarida ularning fe'l-atvorini ham ochib beradi. Bu kabi xalq maqollari, o'xshatishlar, kinoyalar, iboralar adib asarlarini o'quvchiga yanada yaqinlashtiradi.

Muhokama. Abdug'ani Abduvaliyev asarlarini xarakterlaydigan, badiiyligini belgilaydigan omillardan yana biri ularning xalqchilligidir. Adib hayot voqealarini haqqoniy tasvirlaydi. Yozuvchi asarlaridagi xalqchillik yana badiiy shaklning soddaligi va boyligida, xalq jonli tili, uning oddiyligidan qochirma iboralaridan, ifodaliligidan keng va maqsadli foydalanganligida namoyon bo'ladi. Erkin A'zamov ta'biri bilan aytganda: "Abdug'ani Abduvaliyev-iste'dodli qalam sohibi, yuragi badiiyat bilan, sho'x yumor, quvnoq qahqahayu totli dard bilan uradigan inson". Bir so'z bilan aytganda, Abdug'ani Abduvaliyev yuragi xalq dardi bilan yonayotgan kuyinchak ijodkor. Uning asarlarini o'qib yuzingizga tabassum yugursa-da, yozuvchi bu asarlarni yig'lab yozganday taassurot qoldiradi. Sababi adibning deyarli barcha asarlarida turli kamchiliklar kulgi orqali ko'rsatib beriladi.

Xulosa. Hikoyalarni o'qib qotib-qotib kulsangizda, ularning zamirida xalqning qaysidir dardi, muammosi yotadi. Umuman, Abdug'ani Abduvaliyev o'zbek hajvchiligi rivojida alohida,

o'rin tutadi. Uning hajviy hikoyalarida jamiyat hayotidagi illatlarni fosh etish ruhi kuchli. Yozuvchi qahramonlari xarakteri tasviridan bugungi kun uchun saboq bera oladigan xulosalar chiqarish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Abdug'ani Abduvaliyev. "Po'sht, biz kelyapmiz". - Namangan: "Qaqnus" korxonasi,1997.

2. A. Halilbekov. "Namangan adabiy gulshani"-" Namangan" nashriyoti.2007.

3. Baxriddinova Muazzamxon fazlitdin qizi. Nam DU adabiyotshunoslik (o'zbek adabiyoti) yo'nalishi 1-bosqich magistranti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.