Научная статья на тему 'O‘ZBEK HAJVCHILIGI TARAQQIYOTIDA SAID AHMAD IJODINING O‘RNI'

O‘ZBEK HAJVCHILIGI TARAQQIYOTIDA SAID AHMAD IJODINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1623
186
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hajv / yo‘nalish / ijod / hikoya / komediya / minatyura. / comedy / direction / creativity / story / comedy / miniature.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulnoza Sayfiddinova

Ushbu maqolada yozuvchi Said Ahmadning hajviy yo‘nalishdagi asarlari uning ijodida qanday o‘rin egallaganligi xususida fikr yuritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF SAID AHMAD'S WORK IN THE DEVELOPMENT OF UZBEK COMPUTING

This article discusses the role of Said Ahmad's comic books in his work.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK HAJVCHILIGI TARAQQIYOTIDA SAID AHMAD IJODINING O‘RNI»

O'ZBEK HAJVCHILIGI TARAQQIYOTIDA SAID AHMAD IJODINING

O'RNI Gulnoza Sayfiddinova

NamDU filologiya fakulteti 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6533099 Annotatsiya. Ushbu maqolada yozuvchi Said Ahmadning hajviy yo'nalishdagi asarlari uning ijodida qanday o'rin egallaganligi xususida fikr yuritildi.

Kalit so'zlar: hajv, yo'nalish , ijod, hikoya, komediya, minatyura.

РОЛЬ ПРОИЗВЕДЕНИЯ САИДА АХМАДА В РАЗВИТИИ УЗБЕКСКОЙ КОМЕДИИ Аннотация. В данной статье рассматривается роль комических произведений Саида Ахмада в его творчестве.

Ключевые слова: комедия, режиссура, творчество, сюжет, комедия, миниатюра.

THE ROLE OF SAID AHMAD'S WORK IN THE DEVELOPMENT

OF UZBEK COMPUTING Abstract. This article discusses the role of Said Ahmad's comic books in his

work.

Keywords: comedy, direction, creativity, story, comedy, miniature.

O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning hikoyalari, komediya va miniatyuralari xalqimiz qalbidan mustakam o'rin egallagan.. Nafaqat xalqimiz qalbidan joy olgan, balki bu noyob asarlar adabiyotimiz xazinasini ham yetarlicha boyitadi.

Said Ahmadning tanqidchi N.V.Vladimirova bilan bo'lgan suhbati davomida u o'ziga ustoz deb bilgan ijodkorlar haqida so'z yuritganini ko'rishimiz mumkin. "Abdulla Qodiriy, G'afur G'ulom,Abdulla Qahhor hikoyalari o'zbek hikoyasining taraqqiy etishida haqiqatan juda katta xizmat qildi. Abdulla

Qodiriyning,ayniqsa,G'afur G'ulomning 30-yillarda yozgan hikoyalari menda katta taassurot qoldirgan. Shu hikoyalarning ko'plarini hozirgacha yoddan bilaman. Keyinchalik o'zbek hikoyachiligiga hozirgi zamon rus hikoyachiligi bilan tenglashib keladigan darajada ixchamlik va fikrning tiniqligini olib kirgan. Abdulla Qahhor asarlari meni o'ziga maftun qilib qo'ydi. Umuman men hikoyachilikdagi ustozlarim deb Abdulla Qodiriyni, G'afur G'ulomni, Abdulla Qahhorni bilaman"

Ana shunday ulug' ijodkorlarning an'analarini davom ettirgan yozuvchi o'zining asarlarida inson obrazini mukammallashtiradi. Uning qahramonlari qandaydir shoirtabiat, murakkab emas, balki juda tabiiy va oddiy insonlardir. Ularning o'zlarini tutishlari, gap-so'zlari, qiliqlari, xattoki orzu-istaklari ham tabiiy. Bu odamlar hayotlarida jinday yutuqqa erishishsa ham chin dildan quvonadilar, agarda ma'lum to'siqlarga duch kelishsa, qayg'urib, iztirob chekadilar.Shuning uchun bu qahramonlarning har bir harakatlari , u xoh hissiy bo'lsin, xoh jismoniy, tabiiy va ishonarli tuyiladi. Samimiy tasvirlangan obrazlar Said Ahmad hikoyalarining o'ziga xos, betakror tarovatini ta'minlaydi. Ularni bugungi kun kitobxoni uchun qadrli qiladi.

Adib dastavval hikoyanavis sifatida taniladi. Uning birinchi to'plami -1940-tilda "Tortiq" nomi bilan yuzaga keladi. Ijodini shunday boshlagan yozuvchining hikoyalarida hajviy ruh asosiy o'ringa chiqdi. "Cho'l shamollari", "Cho'l burguti" kabi turkum hikoyalari, "Kukuchka", "Kolbasa qori", "Hindcha o'yin", "O'rik domla" kabi asarlari shular jumlasidandir. Ushbu hikoyalardagi obrazlar orqali yozuvchi xalqimizga xos bo'lgan betakror so'z o'yinlari, askiya va mubolag'alari asar tilini nihoyatda jozibador qiladi. Uning "Begona", "Mening do'stim Boboyev", "Xanka va Tanka" singari komediyalarida insonlar xarakterida uchrab turuvchi manmanlik, kibr-u havoga berilish, ig'vogarlik singari yomon illatlar mahorat bilan fosh etiladi.

Said Ahmad kichik hajviy asarlari bilan o'zbek radio va televideniyasida quvnoq miniatyuralar teatriga asos soldi. Adib bundan tashqari "Farmonbibi arazladi", "Kelinlar qo'zg'oloni", "Kuyov" kabi komediyalari bilan ham katta

shuhrat qozondi. Uning hajviyot bobidagi xizmatlari alohida e'tirofga sazovor. Chunki u ijodi davomida o'nlab hajviyot to'plamlarini e'lon qilib, o'zbek milliy hajviyotining chinakam ustasiga aylandi. Hozirgi kunda o'zini shu yo'nalish bo'yicha sinab ko'rmoqchi bo'lgan shoir yoki yozuvchi borki, ularning bari Said Ahmadni o'zlariga ustoz deb biladilar. Adibning "Xandon pista" to'plami uning hajvnavis sifatida mohir ekanligini yana bir bor isbotlaydi. U o'zining hajviy hikoyalarida rivojlanishimizga to'siq bo'layotgan yaramas urf-odatlar ustidan oshkora kuladi, ma'naviy masalalarni o'rtaga qo'yadi. "Lampa shisha", "Xanka va Tanka" singari o'nlab hikoyalari yuqoridagi fikr-mulohazalarimizning dalilidir.

Said Ahmad tabiatidagi lirik va yumoristik hislat yozuvchining tasvir uslubiga, asarlariga ko'chgan desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi.Filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov yozuvchi haqida shunday fikrlar bildiradi: "Said Ahmad ijodiga nazar tashlaganda bir-biri bilan bog'liq ikki yo'nalishni ko'rish mumkin. Said Ahmad - ham lirik, ham yumorist yozuvchi".

Hajviy asarlar asosan ikki xil yo'nalishda bo'ladi: Satira va Yumor. Satira so'zi yunonchadan olingan bo'lib, komiklik turi, tasvir obyektini ayovsizkulgivositasi orqali anglash degani. U voqelikni badiiy aks ettirishning o'ziga xos usuli bo'lib, unda jamiyatdagi bema'ni, asossiz, noto'g'ri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real ko'rinishini o'zgartirib, mubolag'a qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa ko'pgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali satiric obrazga "ishlov" beriladi.

Yumorda esa yengil tanqid, hazil ruhi yetakchilik qiladi. Shu xususiyati bilan u satiradan farq qiladi. Badiiy adabiyotga mansub bunday asarlarda yozuvchi ijtimoiy hayotdagi, shaxsiy turmushdagi, xususan ayrim odamlardagi ba'zi nuqsonlar ustidan kulib, uni tanqid qiladi. Satirada yumor unsuri bo'lganidek, yumorda ham satiraning unsurlari bor.

Said Ahmad har ikki yo'nalishda ham birdek qalam tabratgan. Uning "Qoplon" hikoyasi satiraning yetuk namunasi hisoblansa, "Sobiq"hikoyasi esa yumorga boy asardir. "Qoplon"hikoyasida kishilardagi hushomadgo'ylik,

laganbardorlik, o'z manfaati yo'lida andishaga ham bormay surbetlarcha ish tutishi, kishilarni mansabiga qarab munosabat ko'rsatishi kabi illatlar tanqidi aks etgan. Bu hikoyadagi Qurbonboy obrazi misolida yozuvchi o'zini hali tanimagan rahbarlar pinjiga kirishning nozik yo'llarini topib olgan va o'zining laganbardorligidan orlanmaydigan, oriyatsiz bir shaxning qiyofasini ko'rsatib beradi.

Sobiq hikoyasida yozuvchi jamiyatimizda halol kishilarning xatti-harakatlarida paydo bo'layotgan dabdababozlik, nozarur yumushlarga chalg'ib, kulgili vaziyatlarga tushib qolish kabi nuqsonlar ustidan yengil kuladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Said Ahmad. Saylanma, 3-jild. Toshkent, G'afur G'ulom nashriyoti. 2008

2. Said Ahmad. Kiprikda qolgan tong. -Toshkent, Sharq nashriyoti. 2008

3. Said Ahmad.Yo'qotganlarim va topganlarim. -Toshkent, Sharq nashriyoti.

2008

4. www. Google.uz.

5. www.ziyo.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.