Научная статья на тему 'ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDOGOGIK USLUBLARDAN FOYDALANISH (“UFQ” TRILOGIYASI MISOLIDA)'

ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDOGOGIK USLUBLARDAN FOYDALANISH (“UFQ” TRILOGIYASI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2564
170
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
“Ufq” romani / trilogiya / innovatsion / pedagogik texnologiya. / Novel "Ufq" / trilogy / innovative / pedagogical technology.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mohigul Movlonova

Ushbu maqolada mashhur adib Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasidan berilgan darslikdagi parchani o‘quvchilarga dars jarayonida qanday yetkazib berish, pedagogik texnologiyalardan foydalanib ta’lim samaradorligini oshirish, dars jarayonida ta’limiy ssenariylardan foydalangan holda o‘quvchilarni dars jarayonidagi faol ishtirokchiga aylantirish yo‘llari hamda adabiyot fanidagi mavzulardan kelib chiqib, berilgan mavzu orqali o‘quvchilarga chuqur tarbiya berish yo‘llarini yaratish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF MODERN PEDAGOGICAL METHODS IN LITERATURE LESSONS (ON THE EXAMPLE OF THE “UFQ” TRILOGY)

This article describes how to deliver an excerpt from the famous writer Said Ahmad's "Horizon" trilogy to students in the classroom, how to increase the effectiveness of education using pedagogical technologies, how to make students active participants in the classroom using educational scenarios. and to create ways of educating students deeply through a given topic, based on topics in the field of literature.

Текст научной работы на тему «ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDOGOGIK USLUBLARDAN FOYDALANISH (“UFQ” TRILOGIYASI MISOLIDA)»

ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDOGOGIK USLUBLARDAN FOYDALANISH ("UFQ" TRILOGIYASI MISOLIDA)

Mohigul Movlonova

Toshkent viloyat Chirchiq davlat pedagogika instituti mohiguluralovna@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mashhur adib Said Ahmadning "Ufq" trilogiyasidan berilgan darslikdagi parchani o'quvchilarga dars jarayonida qanday yetkazib berish, pedagogik texnologiyalardan foydalanib ta'lim samaradorligini oshirish, dars jarayonida ta'limiy ssenariylardan foydalangan holda o'quvchilarni dars jarayonidagi faol ishtirokchiga aylantirish yo'llari hamda adabiyot fanidagi mavzulardan kelib chiqib, berilgan mavzu orqali o'quvchilarga chuqur tarbiya berish yo'llarini yaratish.

Kalit so'zlar: "Ufq" romani, trilogiya, innovatsion, pedagogik texnologiya.

USE OF MODERN PEDAGOGICAL METHODS IN LITERATURE LESSONS (ON THE EXAMPLE OF THE "UFQ" TRILOGY)

ABSTRACT

This article describes how to deliver an excerpt from the famous writer Said Ahmad's "Horizon" trilogy to students in the classroom, how to increase the effectiveness of education using pedagogical technologies, how to make students active participants in the classroom using educational scenarios. and to create ways of educating students deeply through a given topic, based on topics in the field of literature.

Keywords: Novel "Ufq", trilogy, innovative, pedagogical technology.

Ma'lumki, adabiyot darsligida o'zbek adabiyotining shoh asarlari bo'lgan yirik epik va dramatik asarlardan parchalar berilgan. O'quvchi nafaqat parcha bilan tanishishi, balki asar haqida ham to'liq tasavvurga ega bo'lishi darsning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ta'lim jarayoniga "interfaol usullar" nomi bilan kirib kelgan usullar o'qituvchi uchun ortiqcha kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi. Ilmiy konferensiya, taqdimot (reklama), bilimdonlar bellashuvi, bahs va munozaralardan o'rinli foydalanilsa, o'quvchilarning kitob o'qishga bo'lgan ishtiyoqi, so'z boyligi, og'zaki nutqi oshadi.

Said Ahmadning hajman katta bo'lgan, o'zbek xalqi hayotining o'n yilini qamrab olgan "Ufq" trilogiyasini "taqdimot" usulida quyidagi ketma-ketlikda o'tish maqsadga muvofiqdir. Taqdimot usulining afzalligi shundaki, o'quvchilarga shartlar

oldindan e'lon qilinadi. O'quvchilar romanni to'liq o'qib chiqadilar va ko'rgazmali materiallarni tayyorlaydilar.

Darsning kirish qismida O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning hayot yo'li va ijodiy merosi haqida hikoya qiluvchi slayd namoyish etiladi. Rasmlarni o'qituvchi va oldindan tayyorlangan 2-3 ta o'quvchi sharhlab boradi.

Darsning asosiy qismi - "Ufq" trilogiyasi taqdimoti o'qituvchining kirish so'zlari bilan boshlanadi: "Ufq" trilogiyasi yozuvchi ijodida alohida o'rin tutadi. Yozuvchi asar ustida o'n yildan ortiq tinimsiz ter to'kadi. Asar o'zbek xalqi hayotining o'n yillik davrini, ya'ni urush arafasi, urush va urushdan keyingi yillarini qamrab olgan. Adib ana shunday tarixiy voqealar orqali xalqning ma'naviy boyligini ochadi, mehnatkash xalqning xarakteriga xos boqiy fazilatlarni - mardlik, tantilik, oliyjanoblik, birdamlik kabi tuyg'ularni o'ta samimiy va ro'y-u rost talqin qiladi. Xuddi mana shu fazilatlar tufayli xalq 45 kun ichida qo'l kuchi bilan ulkan kanalni bunyod etadi. Urush davrida adoqsiz azob-uqubatlarni, musibatlarni yengib o'tadi. Trilogiyada har bir personajning o'z hayot yo'li, xarakteri, o'ziga xos xususiyatlari jonli va aniq chizib beriladi. Asarda Farg'ona vodiysi, Marg'ilon, Oltiariq, Kuyganyor, Zirillama, Chorterak, Qoratepa, Nayman kabi joy nomlari uchraydi va voqealar shu joylarda bo'lib o'tadi.

Trilogiya "Qirq besh kun","Hijron kunlari", "Ufq bo'sag'asida " deb nomlangan uchta romanni o'z ichiga olgan. O'quvchilar uyga berilgan topshiriq asosida trilogiyaning uchta romaniga tayyorgarlik ko'rib kelishgan va o'z guruhlarini shu kitob nomi bilan atashgan: 1-guruh "Qirq besh kun"; 2-guruh "Hijron kunlari"; 3-guruh "Ufq bo'sag'asida" deb ataladi.Taqdimot shartlari quyidagilardan iborat:

1-shart: asar haqida qisqa ma'lumot berish va sujet elementlariga to'xtalib o'tish; kitobning nomlanishiga izoh berish.

2-shart: roman qahramonlariga qiyosiy tavsif berish.

3-shart: romandan olingan parcha asosida "Tursunboy nima uchun vatan xoiniga aylanadi?" jadvalini to'ldirish.

Shartlarning baholanishi "5" ballik tizim asosida bo'lib, bunda o'quvchilarning o'zlarini tutishlari, nutqining aniq va ravonligi hamda guruhning uyushqoqlik bilan ishlash jarayoni e'tiborga olinadi.

"Qirq besh kun" jamoasining taqdimoti: (Ko'rgazmali qurollar: "Ufq" romani, Usmon Yusupov, Yo'ldosh Oxunboboyev, Tamaroxonim, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon portretlari, Katta Farg'ona kanali qurilishi tasvirlangan fotosuratlar, proyektor, ekran.)

1-o'quvchi: "Ufq" trilogiyasining birinchi kitobi Katta Farg'ona kanali qurilishi voqealariga bag'ishlangan bo'lib, u "Qirq besh kun" deb nomlangan. Yozuvchining asosiy maqsadi Katta Farg'ona kanali qurilishining hamma jarayonini bosqichma -bosqich yoritib berish emas, balki kanal qurilishining umumiy manzarasi hamda bu jarayondagi o'zbek xalqining g'ayrat-shijoatini tasvirlash bo'lgan va bunga to'la

erishgan. Haqiqatan ham, Katta Farg'ona kanalining qurilishi respublikamiz tarixidagi aql bovar qilmaydigan, g'oyat noyob mo'jiza bo'lgan. Bir necha yuz ming xalq bir tan, bir jon bo'lib bir yuz sakson chaqirimlik kanalni qirq besh kunda qurib bitiradi. Asarning nomlanishi ham aynan shu tarixiy voqea bilan bog'liq. Asar 1939-1940 yillar voqealarini o'z ichiga oladi.

2-o'quvchi: "Qirq besh kun" romanida Azizxon , Ummatali, Tursunboy, Ikromjon, Jannat xola, Eshpolvon, Jo'ra polvon, Lutfinisa , Akbarali, Vazira kabi obrazlar o'z ifodasini topgan. Bundan tashqari, asarda tarixiy shaxslar ham gavdalantiriladi. Masalan, Yo'ldosh Oxunboboyev, Usmon Yusupov, Stalin, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Tamaraxonim shular jumlasidan. Asar voqealari mana shu obrazlar atrofida birlashadi.

3-o'quvchi: Endi "Qirq besh kun" romanining sujet elementlariga to'xtalib o'tamiz. Dastlab, sujet elemetlarining o'ziga ta'rif beramiz. Sujet elementlarining birinchisi -ekspozitsiya. Ekspozitsiya - lotincha "tushuntirish" degan ma'noni bildiradi. Asarning kirish qismida ro'y beradigan o'rin -joy tasviri. "Qirq besh kun" romanining ekspozitsiyasi Zirillama qishlog'ining tasviri, yaktagining bariga 4-5ta handalak solib kelayotgan 50 yoshlardagi kishining shoshilmay yurishi va ko'cha yuzida joylashgan uylarning fayzli tasviri bilan boshlanadi.

4-o'quvchi: Sujetning ikkinchi qismi - tugundir. Tugun-badiiy asarda voqea va qahramonlar o'rtasidagi ziddiyatning paydo bo'lishidir. Asarning tuguni deb Azizxonning Lutfinisani o'g'irlashi voqeasini olishimiz mumkin. Azizxon sinfdoshi Lutfinisani sevadi, lekin Lutfinisanining akasi Akbarali Azizxonga singlisini bermaydi. Shu voqeadan so'ng Azizxon bilan Akbarali o'rtasida ziddiyat paydo bo'ladi.

1-o'quvchi: Sujetning keyingi qismi - voqealar rivojidir. Voqealar rivoji tugundan so'ng asarda voqealarning kuchayib, keskinlashib borishidir. Asardagi voqealar rivoji Azizxonning Lutfinisani to'yi kuni o'g'irlab qishloqdan chiqib ketishi, mirob Belyavskiy bilan uchrashib kanal qurilishiga kelib qolishi va jon-jahdi bilan ishlashi voqealaridir.

2-o'quvchi: Sujet elementlarining eng oliy nuqtasi- bu kulminatsion nuqta. Kulminatsiya so'zi lotincha "cho'qqi" degan ma'noni bildiradi. Badiiy asardagi voqealar rivojining eng oliy nuqtasi, ish-harakat va kurashning keskinlashgan o'rni. Romanning kulminatsion nuqtasi esa Kuyganyorda ayollar brigadasi bilan kanal qazish ishlarida jonbozlik ko'rsatayotgan, bolaligidan yetimlikda akasining qo'lida kelinoyisining eski kiyimlarini kiyib katta bo'lgan, mehr ko'rmagan, faqat Azizxonning muhabbati bilangina shod bo'lgan Lutfinisaning akasi Akbarali tomonidan pichoqlab o'ldirilishidir.

3-o'quvchi: Sujet elementlarining eng oxirgi qismi- yechim. Yechim badiiy asar asosida yotgan ziddiyatning hal etilishidir. Asarning yechimi esa Katta Farg'ona kanali qurilishining bitkazilishi , Lutfinisa qotilining taqdir tomonidan jazolanishidir.

4-o'quvchi: Endi esa romandagi bosh qahramon Azizxon ta'rifiga to'xtalamiz. "Qirq besh'' kun romanining bosh qahramoni Azizxon yozuvchining yutug'i sanaladi. Yozuvchi butun xalqning mehnati, harakatlari tasvirini Azizxonning taqdiri bilan tutash holda beradi. Asarda Azizxonning qisqa bir muddat - 45 kun ichidagi hayoti aks etadi. Shu 45 kun uning butun borlig'ini alg'ov- dalg'ov qilib yuboradi. Kechagina ko'cha changitib, o'tganning o'rog'ini, ketganning ketmonini olib, kuch- quvvatini qayerga qo'yishni bilmay, yurt ko'zidan chetda mayda, foydasiz ishlar bilan shug'ullanib yurgan bola kanal qurilishiga keladi-yu, mehnat qahramoniga aylanadi, xalq nazariga tushadi, partiyaning, davlat arboblarining e'tiboriga tushadi. Ilk bor u o'zining hayotdagi o'rni, el-yurt, ota-ona oldidagi farzandlik burchi haqida o'ylay boshlaydi, endi u o'zining qilmishlari haqida o'ziga hisob beradigan bo'ladi. Shu 45 kun ichida uning shaxsiy hayotida butun bur umriga tatiydigan hodisalar ro'y beradi. Majburan uzatilayotgan sevgilisi Lutfinisani qutqaradi. Qisqa vaqt bo'lsa-da baxtli bo'ladi, lekin o'z akasi Akbarali tomonidan Lutfinisa pichoqlab o'ldiriladi. Azizxon tuganmas qiynoqlar qa'rida qoladi.

"Hijron kunlari'' guruhi taqdimoti:

(Ko'rgazmali qurollar: "Ufq" romani, II jahon urushi tasvirlari, o'zbek yigitlarining frontdagi suratlari va front orqasida mehnat qilayotgan o'zbek xalqining o'g'ir hayoti aks ettirilgan slayd.)

1-o'quvchi: "Hijron kunlari"- "Ufq" trilogiyasining ikkinchi romani hisoblanadi. Asarda II jahon urushi voqealari, urush davrida front orqasidagi mehnatkash o'zbek xalqining og'ir hayoti va, shu bilan bir qatorda, jamoat ishiga fidoyilik va tantilik kabi tuyg'ulari aks ettiriladi. Trilogiyaning "Qirq besh kun" romani 1939 -1940 yillar voqealari bilan yakunlanadi. "Hijron kunlari" romani esa bevosita uning uzviy davomi hisoblanadi. "Qirq besh kun" romanida uchramagan obrazlar "Hijron kunlari" romaniga kirib keladi. Masalan: Nizomjon, Dildor, A'zamjon, Asrora, Risolat, Inoyat oqsoqol va boshqalar. Asar ekspozitsiyasi - "Charosga rang kirib qoldi" jumlasi bilan boshlanib, asar voqealarining yoz oyida ro'y berayotganligiga ishora qiladi. Sujet Farg'onaning Chorterak qishlog'i tasviri, Nizomjon va Dildorning uchrashib qolishi lavhasi bilan boshlanadi.

2-o'quvchi: Asarning tuguni Dildorning Nizomjonni emas, uning urushdan yarador bo'lib vaqtinchalik ta'tilga kelgan akasi A'zamjonni sevib qolishidir.

Asarning voqealar rivoji deb esa Nizomjonning akasinining to'yi kuni uyidan bosh olib chiqib ketishi, Ikromjon bilan uchrashib, uning uyiga borib qolishi va butunlay o'sha joyda qolib ketishi, A'zamjondan "qoraxat" kelishi voqealarini olishimiz mumkin.

3-o'quvchi: "Hijron kunlari" romanining kulminatsion nuqtasi esa urushdan qochib ketib ota-onasining boshini egib qo'ygan "vatan xoini" deb nom olgan to'rt oydan beri to'qayda hayvonlardek iflos-isqirt holda yashayotgan, o'z onasining tobutini ham

ko'tarishga yaramagan noqobil, qochoq o'g'il Tursunboy bilan otasi Ikromjonning nogahon to'qayda uchrashib qolishi voqeasidir.

4-o'quvchi: Asarning yechimi - Tursunboyning oila, yor-u do'stlaridan uzoqda, chaqirsa ovozi yetmaydigan to'qayda xor-u zor bo'lib o'lishi, Nizomjon bilan Zebining bir-biriga ko'ngil qo'yishi, Dildorga A'zamjondan tirik ekanligi haqidagi xabarning kelishidir.

1-o'quvchi: "Qirq besh kun" romani bilan "Hijron kunlari" romanini bir-biriga bog'lab turuvchi qahramonlarning keyingi hayoti voqealar rivojida aks etadi. Jumladan, Zirillama qishlog'ini zirillatgan Azizxon "Qirq besh kun" romanida kanal qazishda mehnat fidoyisiga aylanib, partiyaning va xalqning e'tiboriga tushadi. Shu bilan birga sevgilisi Lutfinisadan ayrilib, adoqsiz azob-uqubatda qoladi. "Hijron kunlari" romanida esa u urushga ketib qahramonlik ko'rsatadi. Azizxon tufayli Zirillama qishlog'i butun mamlakatga taniladi.

2-o'quvchi: Yana bir qahramon Tursunboyni esa "Qirq besh kun" romanida olifta, erkatoy, tantiq, dangasa, faqat o'ziga oro beradigan, qizlarni o'ziga qaratishni yaxshi ko'radigan obraz sifatida ko'ramiz. "Hijron kunlari" romanida bu obrazning salbiy jihatlari yanada mukammallashib, "Vatan xoini" darajasigacha borib yetadi va o'quvchida nafrat uyg'otadi.

"Ufq bo'sag'asida" jamoasining taqdimoti:

(Ko'rgazmali qurollar: "Ufq" romani, Yozyovon, Nayman cho'llarining urushdan oldingi va o'zlashtirilgandan keyingi tasviri; botayotgan quyosh- ufq tasviri ekranda namoyon bo'ladi.)

1-o'quvchi: "Ufq bo'sag'asida" romani "Ufq" trilogiyasining yakunlovchi asaridir. Trilogiyanining "Ufq" deb atalishi ham mana shu uchinchi qism bilan bog'liq. Bu roman ikkinchi jahon urushi tugagandan keyingi dastlabki yillar voqealarini, Yozyovon va Nayman cho'llarining o'zlashtirilishini tasvirlab beradi. Uchinchi kitobda ham o'zbek xalqiga xos bo'lgan mardlik, tantilik, birdamlik, olijanoblik kabi tuyg'ular ulug'lanadi. Molparastlik, xudbinlik, vafosizlik kabi illatlar qoralanadi. Asarda oldingi ikkita romanda tasvirlangan qahramonlarning keyingi hayotlari aks ettiriladi. Masalan, "Qirq besh kun" romanidagi Ikromjon, Ummatali, To'lanboy, Raimberdilarning uchinchi romanda yangi-yangi qirralari ochiladi, Nayman cho'llarini o'zlashtirishdagi fidokorona mehnatlari tasvirlanadi. "Hijron kunlari" orqali kirib kelgan Nizomjon, Dildor, Asroralar esa romandan romanga o'sadi, ulg'ayadi, taqdir sinovlarida toblanib, hayotda o'z o'rniga ega bo'ladilar

2-o'quvchi: Asar ekspozitsiyasi "Gorchakovo stansiyasiga odam sig'maydi" jumlasi va "qoraxat" kelib hamma o'lgan deb o'ylagan A'zamjonning urushdan omon qaytishi hamda butun oila a'zolari, shu jumladan, Dildorning uni vokzalda kutib olish jarayoni bilan boshlanadi.

3-o'quvchi: Asarning tugun qismi ham ana shu voqeadan keyin ro'y beradi, ya'ni qaynotasi Inoyat oqsoqol bilan qaynopasi Risolatning eridan "qoraxat" olgandan keyin ko'rsatgan a'zoblariga chiday olmagan Dildor eri urushdan qaytgach ham uning uyiga bormaydi." Agar oilang, o'g'ling kerak bo'lsa, o'zing biz bilan yashaysan", deb shart qo'yadi. Shundan so'ng voqealar rivoji davom etadi. A'zamjon bilan Dildor yarashib, Yozyovon cho'lini o'zlashtirish uchun qishloqdoshlari bilan cho'lga jo'naydi. Afsuski, A'zamjon Dildorni yana tashlab ketadi va va boshqa qizga uylanib oladi.

4-o'quvchi: Romanning kulminatsiyon nuqtasi esa umrida og'ir ish qilib ko'rmagan, lekin cho'lda qora moyga botib traktor haydab jonbozlik ko'rsatayotgan , eri tashlab ketgan Dildorning uchinchi marta sevilishi va sevib qolishidir. "Ufq bo'sag'asida" romaniga yangi kirib kelgan, urushda qahramonlik ko'rsatib ikki ko'ksi to'la orden va medallar bilan qaytgan qahramon Xolmatjonga oshiq bo'lib qolishidir.

1-o'quvchi: Asarning yechimi Yozyovon va Nayman cho'llarining o'zlashtirilishi, asar qahramonlarining baxtli bo'lishi, ya'ni Dildor bilan Xolmatjon, Nizomjon bilan Zebixon, Asrora bilan Karimjon va Azizxonning urushdan qaytib kelishi haqidagi voqealardir.

2-o'quvchi: Asarning "Ufq bo'sag'asida" deb nomlanishiga sabab trilogiyaning bosh qahramoni Ikromjon ufqni, uning tovlanishini tomosha qilishni sevardi. Ufqni o'zlari o'zlashtirgan Nayman cho'liga, aniqrog'i, Naymanni ufqqa olib borishni istardi. Ikromjon tong otayotgan paytda o'g'li Nizomjonning yelkasiga bosh qo'ygancha, ufq bo'sag'asida ufqqa tikilgancha jon beradi.

3-o'quvchi: Ufq so'zining yana bir ma'nosi "istiqbol'' degani. Ramziy ma'noda xalq tomonidan o'zlashtirilgan Nayman cho'lining, Nayman qishlog'ining istiqboli porloqdir. Aniqrog'i istiqbol bo'sag'asidagi Nayman qishlog'i degan ma'noni ifodalaydi.

O'qituvchi , taqdimotning ikkinchi shartiga ko'ra, guruhlarga asar qahramonlari nomlari yozilgan varaqlarni tarqatadi (1-guruhga: Ikromjon va Inoyat oqsoqol; 2-guruhga: Azizxon va Tursunboy; 3-guruhga: Dildor va Asrora.) Har bir guruh ikkitadan qahramonga ta'rif yozadi va sharhlab beradi Mavzuni mustahkamlash uchun ''VENN diagrammasi'' to'ldiriladi.

Uchinchi shartga ko'ra guruhlarga "Nima uchun?" sxemasi tarqatiladi. O'quvchilar "Tursunboy nima uchun Vatan xoiniga aylanadi?" savoliga yozma javob beradilar .

O'qituvchi guruhlarning barcha shartlar asosida yig'ilgan ballarini umumlashtirib, sharhlab yakuniy baholarini e'lon qiladi. Uyga vazifa sifatida Said Ahmadning "Qorako'z Majnun" hikoyasini o qib kelish va obrazlarga ta'rif yozish vazifasini beradi.

O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning "Ufq" trilogiyasi va undan olingan "Qochoq" parchasini shu yo'sinda o'rganish, shubhasiz, ijobiy natija beradi. O'quvchi

badiiy asar kompozitsiyasi haqida ham nazariy, ham amaliy ma'lumot oladi. Tursunboyning inson qiyofasini yo'qotishiga sabab bo'lgan haqiqiy omillarni tushunib yetadi. "Ufq" trilogiyasini to'liq o'qib chiqish istagi paydo bo'ladi.

REFERENCES

1. Adabiyot. 8-sinf uchun darslik. -T.: G'afur G'ulom,2019. -187 b.

2. Yarashova Barchinoy. Bitiruv malakaviy ishi. - B. 2017. - 54 b.

3. http//.library.ziyonet.uz

4. Murodova, F. (2021). ADABIYOT DARSLARIDA KICHIK EPIK JANRLARNI XALQARO TADQIQOT TALABLARI ASOSIDA O'TISH TEXNOLOGIYASI (8-SINF DARSLIGIDAGI SH. XOLMIRZAYEVNING "OT EGASI" HIKOYASI ASOSIDA). ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 683687.

5. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI FANINI O 'QITISHDA INNOVATSION VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O 'RNI VA VAZIFALARI. Scientific progress, 2(3), 933-937.

6. Shaykhislamov, N. (2021). IMPROVING B1 LEVEL LEARNER'S VOCABULARY COMPETENCE. Ilm-fan va ta'limni rivojlantirish: imkoniyat va tendensiyalar, (1), 37-39.

7. Шайхисламов, Н. (2021). ИЗУЧЕНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ С ИМЕНАМИ ЧИСЛИТЕЛЬНЫМИ. The 21st Century Skills for Professional Activity, (8), 69-73.

8. Шайхисламов, Н., & Норбоева, Д. (2021). ПЕДАГОГИК ТАЪЛИМ КЛАСТЕРИ - ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ АСОСИ. Pedagogik ta'lim klasteri: muammo va yechimlar, (1), 350-354.

9. Шайхисламов, Н. (2021). ИШ ЮРИТИШ ХУЖЖАТЛАРИДАГИ КОЛИПЛАШГАН СУЗ БИРИКМАЛАРИНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ. The 21st Century Skills for Professional Activity, (6), 60-63.

10. Shaykhislamov, N. (2021). THE DIRECTION OF MODERN LINGUISTICS THE CONCEPT OF COGNITIVE LINGUISTICS. Scientific progress, 2(2), 16411646.

11. Шайхисламов, Н. (2021). УКУВЧИЛАРНИНГ НУТКИЙ КОМПЕТЕНЦИЯЛАРНИ РИВОЖЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ. Keng raqamlashtirish sharoitida til va adabiyotni o 'qitish muammolari, 287-290.

12. Абдурасул, Х., & Абдукавдорова, К. (2021). ИЖТИМОИЙ ЧЕГАРАЛАНГАН ЛЕКСИКАНИНГ НУТКИМИЗДАГИ УРНИ. Scientific progress, 2(4), 886-880.

13. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili fanini o'qitishda interfaol usullardan foydalanishning samarasi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (9), 23-25.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.