Научная статья на тему 'FRANSUA MORIAKNING «ILONLAR KOMIDA» ROMANIDA PERSONAJLAR PORTRETINI YARATISH VOSITALARI VA ULARNING O‘ZBEK TILIDA QAYTA YARATILISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

FRANSUA MORIAKNING «ILONLAR KOMIDA» ROMANIDA PERSONAJLAR PORTRETINI YARATISH VOSITALARI VA ULARNING O‘ZBEK TILIDA QAYTA YARATILISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
98
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
F. Morua / Ilonlar komida / kompozisiya / personaj / antiteza / qiyoslash / tarjima. / F. Maurois / Serpent Comedy / composition / character / antithesis / comparison / translation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Tursunmuratova Dilnoza Turamuratovna

Maqolada «Ilonlar komida» romanidagi ko‘plab qahramonlar qiyofasini yaratishda antiteza va qiyoslashdan foydalanilganligi va bu vositalar qahramonlarning ichki olamini va tashqi ko‘rinishini aks ettirishda va muallif g‘oyasini amalga oshrishda tayanch vazifasini o‘taganligi, asarning o‘zbek tiliga tarjimasida ham obrazlarni qayta yaratishda asosan antitezadan foydalanilgan degan xulosa asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEANS OF CREATION OF PORTRAITS OF CHARACTERS IN FRANCOIS MORIAC'S NOVEL "THE SNAKE OF THE SNAKES" AND THE FEATURES OF THEIR RE-CREATION

The article substantiates the conclusion that the portraits of many characters, as well as in the composition of the novel "A Tangle of Serpents", are based on antithesis and opposition, which serve to implement the author's intention, and that when recreating images translated into Uzbek language, antithesis and opposition are the main techniques.

Текст научной работы на тему «FRANSUA MORIAKNING «ILONLAR KOMIDA» ROMANIDA PERSONAJLAR PORTRETINI YARATISH VOSITALARI VA ULARNING O‘ZBEK TILIDA QAYTA YARATILISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

FRANSUA MORIAKNING «ILONLAR KOMIDA» ROMANIDA PERSONAJLAR PORTRETINI YARATISH VOSITALARI VA ULARNING O'ZBEK TILIDA QAYTA YARATILISHINING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Tursunmuratova Dilnoza Turamuratovna

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, fransuz filologiyasi

kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya:Maqolada «Ilonlar komida» romanidagi ko'plab qahramonlar qiyofasini yaratishda antiteza va qiyoslashdan foydalanilganligi va bu vositalar qahramonlarning ichki olamini va tashqi ko'rinishini aks ettirishda va muallif g'oyasini amalga oshrishda tayanch vazifasini o'taganligi, asarning o'zbek tiliga tarjimasida ham obrazlarni qayta yaratishda asosan antitezadan foydalanilgan degan xulosa asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: F. Morua, Ilonlar komida, kompozisiya, personaj, antiteza, qiyoslash, tarjima.

Аннотация: В статье используются антитезы и сравнения при создании образа многих героев романа «Змеиный комикс», и эти инструменты служат основой для отражения внутреннего мира и внешнего вида героев и реализации задумки автора. также на основании вывода о том, что антитезис в основном использовался при реконструкции изображений.

Ключевые слова: Ф. Моруа, Змеиная комедия, композиция, персонаж, антитезис, сравнение, перевод.

Annotation: The article substantiates the conclusion that the portraits of many characters, as well as in the composition of the novel "A Tangle of Serpents", are based on antithesis and opposition, which serve to implement the author's intention, and that when recreating images translated into Uzbek language, antithesis and opposition are the main techniques.

Keywords: F. Maurois, Serpent Comedy, composition, character, antithesis, comparison, translation.

KIRISH

Har bir badiiy asar nafaqat yozuvchi dunyoqarashining balki u taalluqli bo'lgan ijtimoiy muhit, tarixiy davr mahsuli sifatida dunyoga keladi. So'z san'atkori o'zining ijodiy g'oyasini amalga oshirishda obrazlar tizimidan foydanadi. Badiiy asar qahramonlarining ichki dunyosi va ularning ko'rinishida hech bir narsa tasodifiy emas hammasi bir qonuniyatga asar g'oyasiga bo'ysundiriladi. Mana shu ma'noda

1052

Scientific Journal Impact Factor

O

Fransua Moriakning XX asr shoh asarlaridan bo'lmish "Ilonlar komida" asarining ilk sahifalaridanoq butun asarda hukmron bo'lgan ichki kurash ruhini "je survive à ma haine" - nafratimni yenga oldim, "J'ai cru longtemps que ma haine était ce qu'il y avait en moi de plus vivant"-"Men uzoq vaqt o'z nafratimni o'zimdagi eng boqiy narsa deb bilib kelgandim" jumlalari orqali kashf etamiz.

Butun asar ichki ruhiy kurashdan iborat bo'lib, butun umr o'z nafratlangan kishilarga g'amxo'rlik qilib, ular bilan kurashib o'tgan keksa advokat tilidan yozilgan. Asar nomining o'zi ham ruhiy azob, kurash, nomaqbul muhit tushunchasini anglatib turadi. Asarni o'qish jarayonida bu keksa advokatni o'rab olgan ilonlar bu uning ochko'z, oqibatsiz faqat moddiy manfaatlar uchungina uning atrofini o'rab olgan oilasi, ya'ni avvalo uning rafiqasi mashhur Fondadejlar oilasi vakili, go'zal, yosh xonim bo'la turib oddiy, qishloqcha tarbiya ko'rgan, to'pori yigit Luiga manfaat yuzasidan turmushga chiqqan Iza, shuningdek uning farzandlari uning aksiyalariga ko'z tikib qachon o'lishini poylab kun sanayotgan o'g'li Gubert va tekinxo'r kuyovi uchun doimo nimadir undirish niyatida bo'lgan qizi Jenevyev degan tasavvur tug'iladi. Lekin asarda voqealar rivojlana borib, har bir personaj bosh qahramon nuqtai nazaridan tahlil qilib boriladi va faqat asarning ohirgi sahifalaridagina bu asarga asrga tatigulik umrboqiylik ato etgan asl g'oyani kashf etamiz. Asarga mavzu bo'lgan ilonlar bu insonning qalbida paydo bo'lib, uning ongi shuurini yemirib tashlagan shubha, gumon, ishonchsizlik, nafrat, qasd olish kayfiyati ekanligini yozuvchi oddiy haqiqatlar, o'xshatish va bir insonning besamar o'tgan og'riqli hayoti misolida yetkazib beradi.

Yozuvchi o'z muddaosini amalga oshirish uchun asar ibtidosidan to XVIIbobgacha, ya'ni Iza vafotigacha bo'lgan sahifalarda, mehr va nafratni, mehribonlar va manfaatparastlarni qiyoslab tasvirlash yo'lidan boradi, ya'ni asar qahramonlarining psixologik portretini yaratishda antitezadan samarali foydalanilgan. Ziddiyat oddiy tasvir zamiriga ham mahorat bilan singdirilgan. "J'attends, sans impatience, dans cette chambre où j'ai dormi enfant, où sans doute je mourrai-Sabr bilan kutib yotishga majburman. Bolaligimda shu xonada yotib yurganman, ko'zim ham shubhasiz shu xonada yumiladi." Bemorligi tufayli egallab turgan xonasini u bolalik va keksalik uchrashgan joy sifatida ortiqcha o'xshatishlarsiz ifodalaydi.

Asarda qahramonlar tasvirida badiiy vositalardan keng foydalanilgan. Advokat Luining onasi obrazi asarda birinchi marotaba Lui uchun janjalga bo'lgan ishtiyoq ota meros ekanligini isbotlash uchun keltiriladi. Onasi unga bolaligidan bot-bot otasi o'z

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

ota-onasi bilan urishganligini, ular esa o'z navbatida qizlarini uydan haydagach o'ttiz yil yuz ko'rishmasdan olamdan o'tganliklarini hikoya qilib bergan. Luining oilaviy munosabat haqidagi mazkur g'ayrioddiy fikri ham insonni mushohadaga chorlaydi. "Les familles unies, certes, ne manquent pas; Quand on songe à la quantité de ménages où deux êtres s'exaspèrent, se dégoûtent autour de la même table, du même lavabo, sous la même couverture, c'est extraordinaire comme on divorce peu! Ils se détestent et ne peuvent se fuir au fond de ces maisons... - To'g'ri, ahil oilalar ko plab topiladi, lekin bir-birining joniga tekkan, bir dasturxondan ovqat yeb, bir jo'mrakdan yuz yuvib, bir yostiqqa bosh qo'yib, bir-biridan nafratlanadigan er-xotinlardan iborat ro'zg'orlar naqadar ko'pligini nazarga olsak, ajralishlar sonining qanchalar kam ekanligiga ishonch hosil qilamiz! Ularning bir-birlarini ko'rarga ko'zlari yo'q va ayni paytda uylaridan bosh ham olib ketolmaydilar."

O'zinig oltmish sakkiz yoshini yolg'iz, hech qanday shirinlik, sovg'alarsiz qarshilayotgan Lui butun salbiy bo'yoqlarga ega bo'lgan, be'etibor oila a'zolarini mehr muhabbatga to'la marhum onasi bilan qiyoslaydi. Va buni oddiygina tug'ilgan kuni unga berilgan oxirgi guldasta, bu uning umri zavol topib borayotgan xastahol onasi bergan atirgullar ekanligi bilan ifodalaydi. "Le denier bouquet que j'aie reçu ce jour-là, ma pauvre mère l'avait cueilli de ses mains déformées; elle s'était traînée une dernière fois, malgré sa maladie de coeur, jusqu'à l'allée des rosiers."

Lui romanning ikkinchi bobida o'z bolaligini ishtiyoq bilan tasvirlar ekan. Uning qalamiga mansub mazkur so'zlar uning bolaligidagi yagona mehriboni bo'lgan onasini ifodalaydi "la veuve d'un modeste fonctionnaire, chef de service à la Préfecture, peut donner de soins à un fils qui est tout ce qui lui reste au monde. Mes succès scolaires la comblaient d'orgueil. Ils étaient aussi ma seule joie ", "la stricte économie dont ma mère s'était fait une loi Déjà, du vivant de mon père, ils avaient «en saignant aux quatre veines» acheté Calèse maman allait le moins possible «au boucher»"

Uning bolaligidagi yagona intilishi bu oliy ta'lim maktabiga kirish bo'lgan. Hattoki Virgiliy va Pasin kabi buyuk yozuvchilar asarlarini ham hech qanday zavq-shavq, mushohada va taassurotsiz shunchaki imtihon savollarida borligi uchungina qunt bilan o'rgangan. Kitoblar ustiga muk tushgan bu bolakay faqatgina payshanba va yakshanba kunlari toza havodan bahramand bo'lish uchun ko'chaga chiqarib yuborilar edi. Mazkur bobda u o'zini quyidagicha tasvirlaydi-«à quel point j'étais un enfant gâté. J'étais «un bûcheur» et m'en faisais gloire: un bûcheur, rien que cela. Voilà l'idiot que j'étais et que je fusse demeuré peut-être sans l'émoptysie... C'était la

Scientific Journal Impact Factor

О

rançon d'une enfance trop studieuse, d'une adolescence malsaine; un garçon en pleine croissance ne vit pas impunément courbé sur une table, les épaules ramenées, jusqu'à une heure avancée de la nuit, dans le mépris de tous les exercices du corps.1 » Uning bolalik xotiralarini beg'ubor o'yinlar, beg'am kunlar emas balki Enosh va Rodrig nomli bolalar bilan birinchi o'rin uchun jon jahdi bilan kurashish egallaganligini u afsus va nadomat bilan keksayganda eslaydi. U his tuyg'ularga berilmaganligini quyidagicha ifodalaydi. "J'étais un enfant féroce pour qui prétendait m'aimer. J'avais horreur des «sentiments»"

U litseyda o'qiyotgan paytlarida yagona ko'ngli bo'shlik qilgan payti uning otasini sog'inishi edi. Nazarida uning otasi vafot etmaganu vaqtincha yo'q bo'lib turgan va uning o'qishdan qaytishini uyda kutayotgandek bo'lardi. U ko'chalarni kesib o'tib, zinalardan ikkitasini bir qilib bosib yugurib kelganida, onasi har doimgidek deraza oldida kir osayotgan va dadasining surati har doimgi joyida turgan bo'lardi. U umidsizlikka tushib yana kitob o'qishga mukka tushardi.

Lui o'zining sog'ligi tufayli bolaligidan oliy maqsadi bo'lmish universitetga kirish va huquq sohasini o'rganish orzusidan bir oz chekinganligini quyidagicha ifodalaydi .-la ruine de ma santé consommait le naufrage de mes ambitions universitäres. Bu jumlalar tarjimon Sh.Minovarov tomonidan o'zbek tilida quyidagicha tasviriy uslubda o'girilgan -o'qish haqidagi tashvishlardan butunlay xalos bo 'Iganim tufayli sog 'ligim tiklana boshladi2

Lui o'zining Arkashonda o'tkazgan vaqtlarini qog'ozga tushirar ekan onasining o'sha paytdagi ahvolini -chaque jour elle vivait dans l'attente de «l'heure du thermomètre» deya tasvirlaydi. Bu holatni Sh. Minovarov o'zbek kitobxonlariga -Onam har kuni "issiqni o'lchash" vaqtini bezovtalik bilan kutardi. -shaklida yetkazilgan. Shu yerda keksa advokat Lui o'zining bolalikdagi va hozirgi betob ahvolini solishtirib -j'ai été justement puni de ma dureté, de mon implacabilité de garçon trop aimé. Bolaligimda shafqat nima ekanligini bilmaganim, diydam qattiqligi, bor-yo'q mehrini menga bag'ishlagan onamga bag'ritoshlik qilganim uchun taqdir meni jazolayotgan bo'lsa kerak , deb o'ylab qolaman. Mohir tarjimon Sh. Mirovarov diydasi qattiq frazeologik birligini qo'llash orqali mazkur jumlaning o'zbek kitobxonlari tomonidan yengil o'qilishiga va qahramon qiyofasining haqqoniy aks ettirilishiga erishgan.

1 François Mauriac. Le noeud de vipères.Edition Bernard Grasset, 1933

2 Франсуа Мориак. Илонлар комида. Тошкент, 2012, 13 бет

1055

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Shuningdek Fransua Moriak o'z qahramonlari qiyofasini yaratishda hayvonlar tasviridan ham foydalanadi. Masalan qari advokatni uning nevara kuyovi Fili «le vieux crocodil »3 -"qari timsoh" deb atasa, Lui o'zining merosxo'rlari bo'lmish oila a'zolarini-sette meute familiale -ovchi itlar to'dasi deb tilga oladi va ularga qarata -vous-vous battrez comme des chiens autour de mes terres, autour de mes titres . Tarjima albatta yo'qotishlarsiz bo'lmaydi, asardan haqiqiy mutolaa zavqini tuyish uchun uni asliyatda o'qish lozim. Yuqoridagi tasvir tarjimon tomonidan bir oz o'zgarishlar bilan o'zbek tiliga ag'darilgan, ya'ni sette meute familiale ilorasi tushurib qoldirilib, -O'shanda hozirgi ahilligingizdan asar ham qolmaydi:erlarimni, aksiyalarimni itdek talashasizlar.-tarzida ifodalangan.

XULOSA

Shunday qilib Fransua Moriakning "Ilonlar komida" kuchli realistik romanining muddaosi - bu ilohiy ya'ni katolik nur ila yoritilmagan inson qalbining metaforik ifodasidir. Mazkur asarda har bir burjua oilasi a'zosi o'z nafrati bilan boshqalarni zaharlaydi. Oilada mehr va muhabbatning yo'qligi baxtsiz nikoh natijasi emas, balki butun jamiyat illatidir.4

Muallif mazkur niyatni amalga oshirish uchun ko'plab badiiy -tasviriy vositalardan foydanlangan, ushbu tadqiqot ishida bu vositalarning ayrimlari va ularning o'zbek tiliga tarjimasi tahlil qilindi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Salomov G'. Tarjima nazariyasi asoslari. Toshkent -"O'qituvchi"-1983

2. Musaev Qudrat. Tarjima nazariyasi asoslari. Toshkent-"Fan" -2005

3. François Mauriac. Le Noeud de vipères. Paris.1933

4. Fransua Moriak. Ilonlar komida. Toshkent.2017

3 P73

4 https://ru.wikipedia.org/wiki/MopMa-0paHcva k

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.