Научная статья на тему 'BUGUNGI SURXON NASRIDA YANGICHA IZLANISHLAR'

BUGUNGI SURXON NASRIDA YANGICHA IZLANISHLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
250
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
surxon adabiy muhiti / nasr / janr / ijod / uslub / hikoya / qissa / ijodkor / adib / yozuvch / tasvir vositalari / syujet / syujet qurish mahorati / Surkhan literary environment / prose genre / creativity / style / story / short story / creator / writer / writer / visual aids / plot / plot construction skills

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Eshnazarova, Sohiba Xolmurodovna

Maqolada hozirgi kunda surxon adabiy muhitida ijod qilayotgan iste'dodli yozuvchilarimiz haqida so'z yuritilgan. Ularning ayrim ijod namunalari haqida ilmiy adabiy qarashlar o'z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NEW RESEARCH IN TODAY'S SURKHAN PROSE

The article talks about our talented writers who are currently working in the Surkhan literary environment. Scientific and literary views on some of their works are reflected.

Текст научной работы на тему «BUGUNGI SURXON NASRIDA YANGICHA IZLANISHLAR»

Scientific Journal Impact Factor

BUGUNGI SURXON NASRIDA YANGICHA IZLANISHLAR

Eshnazarova Sohiba Xolmurodovna Termiz davlat universiteti adabiyotshunoslik: o'zbek adabiyoti yo'nalishi 1-bosqich magistranti

Annotatsiya. Maqolada hozirgi kunda surxon adabiy muhitida ijod qilayotgan iste'dodli yozuvchilarimiz haqida so'z yuritilgan. Ularning ayrim ijod namunalari haqida ilmiy adabiy qarashlar o'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: surxon adabiy muhiti, nasr, janr, ijod, uslub, hikoya, qissa, ijodkor, adib, yozuvch,tasvir vositalari, syujet, syujet qurish mahorati

Аннотация: В статье рассказывается о наших талантливых писателях, которые в настоящее время работают в литературной среде Сурхана. Отражены научные и литературные взгляды на некоторые их произведения.

Ключевые слова: сурханская литературная среда, прозаический жанр, творчество, стиль, рассказ, рассказ, создатель, писатель, писатель, наглядные пособия, сюжет, навыки построения сюжета.

Abstract: The article talks about our talented writers who are currently working in the Surkhan literary environment. Scientific and literary views on some of their works are reflected.

Keywords: Surkhan literary environment, prose genre, creativity, style, story, short story, creator, writer, writer, visual aids, plot, plot construction skills

Surxon adabiy muhiti xususida so'z yuritganimizda, ko'z o'ngimizda avvalo voha adabiy muhitiga o'zining munosib hissasini qo'shgan ustoz ijodkorlar, jumladan, Shukur Xolmirzayev, Erkin A'zam, Ra'no Uzoqova, Mengziyo Safarov, Usmon Azim, Shafoat Rahmatullo Termiziy, Tog'ay Murod, Sirojiddin Sayyid, Eshqobil Shukur, Nodir Normatov, Mirzo Kenjabek kabi ijodkorlar o'zlarining serqirra ijodlari bilan namoyon bo'lishadi. Aytish mumkinki, surxon adabiy muhitida ulg'ayib, o'z uslubi, ijodiga ega bo'lgan adiblar merosi bilan bugungi nafaqat voha, balki butun respublika kitobxonlari faxrlansa arziydi.

Abdulla Qahhordan so'ng o'ziga xos hikoyachilik maktabiga asos solgan Shukur Xolmirzayev, o'z asarlari bilan tom ma'noda "o'zbek xalqiga haykal qo'ygan" Tog'ay Murod boshlab bergan an'analarni bugun ham baholi qudrat davom ettirib kelayotgan iste'dod egalari talaygina.

Nasriy janrlarning xususiyatlari haqida gap ketganda, avval voqeabandlik tilga olinadi. Darhaqiqat, nasriy asarda makon va zamonda kechuvchi voqea hodisalar

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

tasvirlanadi, so'z vositasida o'quvchi tasavvurida reallik kartinalariga monand jonlana oladigan to'laqonli badiiy voqelik yaratiladi [1, -b. 369]

Ijodkorlarning mahorat sirlari o'rganilayotganda, albatta, ularning tug'ilib o'sgan joyi va yashagan tarixiy sharoiti, ijtimoiy hayotdagi o'zgarishlariga ham e'tibor berilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki hayot voqeligi, atrof- muhit, undagi kishilar, hattoki har bitta detal ham ijodkor dunyoqarashi, uning asarlarida o'z aksini topadi. Bu ayniqsa surxon adabiy havosidan nafas olgan adiblar ijodida yaqqol ko'rinadi. Xoh nasr - xoh nazm bo'lsin, yoki dramaturgiya bo'ladimi, o'ziga xoslik, voha xalqiga xos bo'lgan sodda va samimiylik, shuning bilan birga chapanilik nafasi ushbu diyordan yetishib chiqqan ijodkorlar asarlarida ufurib turadi.

Ushbu ishda bilishning mantiqiylik, izchillik, obyektivlik usulidan foydalanilgan bo'lib, mavzuni yoritishda tavsifiy, qiyosiy metodlardan foydalanilgan. Maqolada, bugungi kunda Surxon vohasida ijod qilayotgan ijodkorlar haqida mulohazalar yuritilgan holda, Erkin Norsafar, Sarvar To'rayev asarlari badiiy jihatdan tahlilga tortilgan holda, mavzuning dolzarbligini bayon qilishda, ijodkorlarning "O'zbek dramaturgiyasi ufqlari", "Qishning so'nggi oqshomi" asarlari asos sifatida olingan.

Uzoq yillar davomida adabiyotning nasr va dramaturgiya janrida barakali qalam tebratib kelayotgan serqirra ijodkor Erkin Norsafar (Erkin Mamadaliyev) ham bugungi surxon adabiyoti rivojiga o'zining munosib hissasini qo'shib kelayotgan adiblardan deyish mumkin. Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida tug'ilib o'sgan ijodkorning "Salamandra", "Ko'zgu", "Oq yomg'ir", "Zulmat va alanga", "Anhor", "Bekatdagi malak", "Kapalaklar ortidan", "Qoratovon", "Muhabbat va o'lim" singari katta-kichik hikoyalari, "Tog' bulbulining so'nggi xonishi" qissasi allaqachon kitobxonlar tomonidan iliq qarshi olingan asarlardan deyish mumkin.

2016-yildan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zoligiga qabul qilingan ijodkor anchagina qalami charxlangan dramaturglardan. Shu kunga qadar ijodkorning dramaturg sifatida 7 asari viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan. Jumladan "Tog' bulbulining so'nggi xonishi" dramasi 2015-yil Toshkent shahrida o'tkazilgan "Debyut-2014" V festivalida "Yilning eng yaxshi dramatik asari" nominatsiyasi g'olibi bo'lgan bo'lsa, 2018-yilda Toshkent shahrida o'tkazilgan havaskor teatrlar festivalida "Kafansiz ko'milganlar" dramasi "Yilning eng yaxshi spektakli" nomli nominatsiyasi g'olibi bo'lgan. Qolaversa, kitobxonlar ijodkorning 100 dan oshiq hikoya va qissalarini matbuotda, viloyat va respublika miqyosidagi gazeta va jurnallardan o'qib, adib ijodini kuzatib borishmoqda. Adib asarlarini kuzatar

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

ekansiz, ularda tasvirlangan voqealar ko'ngilga yaqinlig bilan kishini o'ziga jalb qiladi. Samimiy, odmigina hayot tarzidan o'zini behad baxtli sanaydigan insonlar xarakterini ochuvchi obrazlari esa butun umr esingizda qolib ketishi shubhasiz. Negaki, bu kimsalar siz-u bizga begona emas. Ayni damda biz bilan zamondosh. Hamnafas... sirdosh. Har kuni ularning o'nlab, balki yuzlabiga duch kelamiz. Ular bilan yelkama-yelka yashaymiz. Ammo, ularning qalb kechinmalarini, iztiroblarini payqamaymiz. To'g'ri, hammad o'ziga yarasha tashvish, qusur va kamchiliklar yetarlicha topiladi. Ammo, ularning hammasini ham badiiy asar darajasiga olib chiqib bo'lmaydi. Bo'ladiganlarini esa biz anglamaymiz. Ko'rmaymiz. His qilmaymiz. Kishilar qalbini uqish uchun, hayotni bir qadam ol dindan ko'rish uchun kishida ijodkor qalbi, rassom ko'zi bo'lishi kerak. Bu kabi xuso yuqtirgan isre'dodlar esa oramizda sanoqli. Erkin Norsafar ham aytish mumkinki, o'zidagi noyob iste'dodni, kuzatuvchanlikni anglab yetib, uni shakllantirgan ijodkorlar safiga sekin-astalik bilan kirib kelmoqda desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Adib o'zining tipik qahramonlari bilan aytilmay qolingan dil rozlarni baralla kuylab, butun bir millat taqdiri, uning iztirobini ochib berishga harakat qiladi. Masalan, "Tog' bulbulining so'nggi xonishi" qissasida ijodkor asar qahramoni Qo'ng'irot baxshining murakkab va achinarli qismati misolida butun tog' xalqining murakkab turmush tarzini o'ziga xos keng ko'lamda tasvirlangan.

Asar shunday jumlalar bilan boshlanadi: "" Mana yigirma kundan oshdi-ki qishloq ahlida orom yo'q. Odamlar tunda qat-qat liboslarga o'ranib qishloqda navbatchilik qiladigan, kunduzlari guruhlarga bo'linib, tog' kezishadigan bo'lishgan...

Bo'rining ulishi avvaliga ohista, bir maromda samo bo'ylab taralib, keyin zamin uzra baralla yangray boshladi. Hayratlatlanarlisi, bo'rining uvvillashi xuddi insonning nolasiga o'xshab ketardi...

Bunaqangi holatni ko'rgan yoxud eshitganligini hatto qishloqning eng keksa otaxonlari ham eslay olishmadi. Ha bo'ri samoviy ishq omuxta bo'lgan inson dardi bilan ulirdi..."[2.]

Haqiqatdan ham bu bo'ri emas inson edi. Soz chalish uchun qo'llaridan hatto tilidan ham mahrum qilingan Qo'ng'irot baxshi edi.

Ko'plab asarlarda ko'ramizki, voqealar xronologik tarzda hikoya qilinadi. Bu uslub nisbatan badiiy ilg'ami pastroq o'quvchiga moyillik uyg'otadi. Bu qissada ham voqealar oqimi yuqoridagi kabi boshlanib shiddat bilan o'tmishga qarab oqadi. 60-yillar qissachiligida yangilik bo'lib kelgan bunday retrous uslub ( asosiy voqea

Scientific Journal Impact Factor

bayoniga kirishishdan oldin bir dam orqaga nigoh tashlab olish) keyingi asl voqelikni tasvirlash uchun qo'l keladi [3. -b. 14].

Yozuvchi huddi shu uslubdan foydalanib qissa mohiyatini yoritib beradi. Voqea shunday bo'lgan edi: Qo'ng'irot baxshi Xudo yuqtirgan qobilyat egasi. U do'mbira yordamida o'zi va xalqning dardini, orzu-armonlarini aks ettirib mahorat bilan chaladiki, uni eshitgan inson yig'lamasdan qolmaydi. U bu qobilyati bilan yurtga taniladi, hatto qishloqqa ofat bo'lib yog'ilib kelayotgan chigirtka balosini ham daf qiladi. Baxshining iste'dotini ko'rolmagan Amin Hoji va Hoshimxon baxshiga o'xshagan manfur kimsalar uni yo'q qilishga harakat qilishadi. Uni ikki panjasidan ayirishadi. U endi hech kimga kerak bo'lmay qoladi, hatto sevgan yori ham uni tark etadi. Qishloqdan bosh olib, tog'u toshlarga chiqib ketgan baxshi kuysiz, musiqasiz yashay olmasdi. U musiqa uchun yaralganligini bilar, inson uchun borliq, suv va havo qanchalik zarur bo'lsa uning uchun musiqa shu qadar aziz edi. Ko'zlarini yumib, yaratgan kuylarini dimog'ida hirgoyi qilar, tushlarida sog' qo'li bilan do'mbira chalardi.

Baxshi shu darajaga yetdiki, asbobsiz dimog'ida do'mbiradek ovoz chiqarardi. Qodir Polvon buni payqab qolib, baxshiga seni o'zim asrayman deb qishloqqa qaytarmoqchi bo'ldi. Ammo baxshi qaytishni xohlamadi. Polvon xalqning ahvoli juda og'ir ekanligini aytib, zo'rg'a ko'ndirdi. Baxshining dovrug'i avvalgidanda ziyoda bo'ldi. U butun shuhratinii qaytarib oldi. Ammo Qodir Polvon baxshini asrab qololmadi. Dushmanlari uni tilidan ham mahrum qilishdi. Bu xunrezliklarga chidab turolmagan Polvon barcha dushmanlarni yer tishlatdi. Ularning joni ni sug'irib oldi. Ammo o'rtada Qo'ng'irot baxshining uvol bo'lgani qoldi.

Ijodkor tog'liklar hayoti tasvirida ularning nozik tuyg'ularini nazardan qochirmagan. Qishloq odamlarining qiyin ahvoli, insoniy munosabatlarning o'ziga xosligi jonli tasvirlanadi. Tasvirdagi Qo'ng'irot Baxshining fojeali hayoti misolida, umuman, insoniyatning xarakteri, o'tmishi va buguni, kelajagi haqida mushohada yuritgan. Inson hayotini izdan chiqarayotgan, fojealarga sabab bo'layotgan illatlarni ro'yi- rost qalamga olgan.

Albatta, surxon eli, surxon diyori azaldan baxshilar yurti bo'lib kelgan. Bu yurtda qanchadan-qancha baxshilar do'mbirasi bilan asriy cho'qqilarni zir titratib o'tmagan deysiz. Ular xalq dardi, yovuzlik va ezgulik o'rtasidagi kurashlar o'z ifodasini topgan laparu-termalar, dostonlarni kuylab bugungi avlodlarga ham meros qoldirganlarki, bugun bundan har qancha faxlansak arziydi. Erkin Norsafar qo'liga do'mbira olib baxshichilik qilmasa-da, ammo baxshilar obrazi, ularning xotirasi bilan

Scientific Journal Impact Factor

ko'ngil qatlarida yashirinib yotgan o'y-kechinmalarni yuzaga chiqarishga harakat qiladi. Va haminqadar buning uddasidan chiqadi.

Ustoz adiblar an'analarini munosib davom ettirib kelayotgan yosh ijodkorlardan biri Sarvar To'rayevdir. O'zining ixcham, lo'nda hikoyalari bilan o'z so'zi va uslubida ijod qilib kelayotgan Sarvar To'rayev bugun o'z kitobxonlaiga ega iste'dodli yoshlardan.

Surxondaryoning Denov tumani, tog'li "O'shor" qishlog'ida tug'ilib o'sgan yosh ijodkor O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetida tahsil olib yurgan kezlaridayoq "Karvonqush" nomli ilk hikoyalar to'plami nashr etildi. Undagi hikoyalardan anglasshilgani shu bo'ldiki, o'z so'zi va uslubini aytishga jur'at etayotgan yana bir iste'dod uchquni alanga olmoqda. Keyinchalik " Qishning so'nggi oqshomi" nomli yana bir to'plami nashrdan chiqdi-yu, Sarvar To'rayev nomi ancha-muncha kitobxonlarga tanish bo'lib qoldi.

Ijodkorning "Kech bo'lganda", "Zarchopon", "Qishning so'nggi oqshomi", "Turnalardan pastda, oy bilan teng", "Oy yuzidagi ayol", "Karvonqush", "Dovush", "Xayollar musavviri", "Sham va parvonalar", "Havasmandlar", "Sakkizinchi qavatdagi sariq pardali deraza" kabi hikoyalarida vohalik oddiy insonlarning turmush tarzi, orzu-o'ylari, o'ziga xos urf-odatlari, o'zaro insoniy munosabatlari, or-nomus, mehr-oqibat timsolida butun insoniyatga xos fazilatu muammolar tilga olinadi. Yozuvchining ba'zi qahramonlari dunyoviy muommolarni yechishga bel bog'lagan, ideal tafakkur yurituvchi insonlar emas. Aksincha, kiyinishlari qishloqcha jo'n, xulq-atvorlari keng, hotamona. Hayot kechirishlari haminqadar kishilar.

Sarvar To'rayevning "Kech bo'lganda" hikoyasida oddiy vohamiz kishilari hayoti qalamga olingan. Yozuvchi tasvir bayoniga kirishar ekan, gapni hikoya qahramoni kuyov degichning davrada tortishib qolib, "Istasam, bu shahar tugul, markazga borib ham rizqimni teraman, nima deyapsiz"[5. -b.69] degan gapi bilan boshlanadi.

Hikoya qahramonlari qishloq hayotini tashlab markazga, ya'ni shaharga yo'l olishadi. Albatta, shaharda yashab ketish oson emas. Ular yetti yil deganda shahardan tanish bilish orttirib, uyli- joyli bo'lishadi. Ayol oliy ma'lumotli va yurish-turishi ibratli teatr xodimasiga, erkak esa o'zining savdo do'koniga ega mulkdor, shaharning olifta kishilaridan biriga aylangan edilar. Lekin odomzod noshukr, boriga qanoat qilmaydi deganlari rost ekan. Erkak boylik orttirish bahonasida chet elga ketmoqchi bo'ladi. Ayoli uning ketishiga ko'nmaydi. Ketishga chora topolmagach, befarzand ekanliklarini aytib, davolanish bahonasida chetga ketadi.

Scientific Journal Impact Factor

Ketganda bedarak yo'qolib ketadi. Oxir-oqibat erkak ham, ayol ham xiyonat yo'liga kiradilar.

Yozuvchi hikoyada voqealarni ipidan ignasigacha yoritishni maqsad qilib olmaydi. Bunday usul qo'llanganda asar zerikarli, oddiy bayon bo'lib qolardi. Uni o'qiyotgan o'quvchi yozuvchining nima demoqchiligini o'zi anglab oladi.

Sarvar To'rayev asarlarida rivoyatlardan ustalik bilan foydalangan. Bu holni "Kech bo'lganda hikoyasida uchratamiz. Ayol o'z xiyonatini tushunib yetishi uchun "Sangardakdaryo" sharsharasi haqidagi rivoyat hikoyada tilga olinadi. Rivoyatga ko'ra qadimda bir mamlakatning shohi o'zining sadoqatli sarkardasining go'zal va oqila ayoliga ko'z olaytiradi. Ayolni yo'ldan ozdirishga urinishlari besamar ketgandan so'ng, qotil yollab sarkardani o'ldirtiradi. Shoh maqsadiga erisha olmaydi. Ayol uzoq-uzoqlarga ketib o'z yoriga sodiq qoladi.

Hikoyada shunday tasvir bor: "Juvonga sarkardani o'lmagan, qachonlardir bu joylarni o'zi topib kelishini aytishdi. Do'ppidekkina qishloqningyonginasidagi baland qoyalik bag'ridan toshni qoq ikkiga bo'lib sharshara otilib tushardi.

Juvon shu manzaraning maftuni edimi, yoki sharsharadan nariroqda, tabiiy qoyalikda kishining alp kelbati qiyofasini eslatuvchi kelbattoshni o'z yoriga o'xshatdimi... o'shayerdan ko'z uzmay qoldi. Usarkardani kutardi.

Yillar o'tdi. Ayol o'g'lini uylantirdi. Bir etak nevarali bo'ldi. Keksaydi hamki, kelbattosh va sharsharadan beri kelmasdi. U shu joyda maftunkor sharshara va qoyadagi kelbattoshning shundoqqina poyiga, ularga tikilib bu dunyo bilan vidolashdi..." [5, -b.69].

Sarkardaning ayoli bilan o'zini taqqoslagan hikoya qahramoni barcha qilgan xatolarini tushunib yetadi. Ammo kech bo'lgandi... Orqaga qaytib qilgan barcha xatolarini tuzatishning iloji yo'q.

Hikoyadan ijodkor aytmoqchi gap shuki, vaqt oliy hakam! U odamlarga bo'ysunmaydi, o'tgan yillar, boy berilgan umidlar, o'ylanmay qilingan yoki tashlangan qadam ko'nglimizda armon bo'lib qolaveradi. Ehtiroslar orqasidan quvib, yurak amriga, aqlga suyanmagan qahramonlarga- o'ylamay bosilgan qadamning saslari, umr poyonigacha insonni ta'qib etish haqida ogohlik berib turadi.

Bir so'z bilan aytganda biz bugungi surxon adabiy muhitida qalam tebratayotgan ba'zi ijodkorlarni tilga oldik. Vaholanki, ularning salmog'i anchagina. Birgina Erkin Norsafar va Sarvar To'rayev ijodi misolida ko'rishimiz mumkinki, Surxon o'lkasida buyuk adabiyotning yangi oqimi vujudga kelmoqda. Tez orada bu oqim yangi-yangi iste'dodlarni sohilga olib chiqishi shubhasiz!

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Quronov D. "Adabiyotshunoslik nazariyasi asaosalari" -T.: Navoiy universiteti, Akademnashr. 2018.

2. Norsafar Erkin. "O'zbek dramaturgiyasi ufqlari". Qissa. 2020.

3. XongopoB H^og MOXHtfra-ycnyö xochath. -Toshkent. E.-14

4. To'rayev Sarvar. "Karvonqush". Hikoyalar. -Toshkent : " Yangi asr avlodi".

5. To'rayev Sarvar. "Qishning so'nggi oqshomi", ikki hikoya. / Sharq yulduzi / 2017-y. 5-son. 69-b.

2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.