Научная статья на тему 'TOG’RAYHON O’SIMLIGINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI'

TOG’RAYHON O’SIMLIGINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Mayda gulli tog’rayhon (Origanum tythanthum jontseh) / yalpizdoshlar (Laamiaceae).

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Davronov Qaxramonjon Anvarjonovich, Yusufjonova Gulzira Saydullo Qizi

Maqolada tog’rayhon o‘simligining shifobaxshlik xususiyatlari, biologiyasi, morfologiyasi va yetishtirish texnoliyasi haqida bayon etilgan. Tog’rayhon o’simligini parvarishida ekish usullari va muddatlarini paxta hosilini o‘zgarishiga ta’sirini laboratoriya va dala sharoitlarida fenologik kuzatuvlar asosida o’rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOG’RAYHON O’SIMLIGINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI»

TOG'RAYHON O'SIMLIGINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI

1Davronov Qaxramonjon Anvarjonovich, 2Yusufjonova Gulzira Saydullo qizi

1Q.x.f.d., dotsent - Farg'ona davlat universiteti 2Farg'ona davlat universiteti 20.78- guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11240360

Annotatsiya. Maqolada tog'rayhon o'simligining shifobaxshlik xususiyatlari, biologiyasi, morfologiyasi va yetishtirish texnoliyasi haqida bayon etilgan. Tog'rayhon o'simligini parvarishida ekish usullari va muddatlarini paxta hosilini o'zgarishiga ta 'sirini laboratoriya va dala sharoitlaridafenologikkuzatuvlar asosida o'rganildi.

Kalit so'zlar: Mayda gulli tog'rayhon (Origanum tythanthum jontseh), yalpizdoshlar (Laamiaceae).

Tog'rayhon (Origanum tyttanthum)- yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasiga kiradigan ko'p yillik efir moyli o'simlik hisoblanadi. Uni tog' qora rayhoni, o'rmon yalpizi, sebinak ham deyishadi. Tog'rayhonning bo'yi 30-60 ba'zan 90 smgacha yetadi. Tog'rayhonning ildizpoyalari o'rmalovchi tuproqning 0,5 smdan 8 smgacha bo'lgan qismida joylashadi. Poyasi tik o'sadi, bir nechta yuqori qismi shoxlangan, tukli hamda to'rt qirrali bo'ladi. Barglari oddiy, bandli, cho'zinchoq 2-4sm uzunlikda va 1-2,5sm kenglikda bo'ladi, poyada qarama-qarshi joylashadi. Barg yuzasi ko'zga tashlanadigan bezlar bilan qoplangan. Gullari pushti rangda mayda boshoqqa yig'ilib rovaksimon to'pgul hosil qiladi. Iyul-avgust oylarida gullaydi. Mevasi 4ta tuxum simon jigarrang tuksiz boladi. Sentabr oyida yetiladi.

Geografik tarqalishi. Tog'rayhon o'simligi quruq, ochiq bo'lgan o'tloqlarda, tog' yonbag'irlari, shuningdek, tepaliklarda, o'rmon chetlari va butazorlarda o'sadi. U asosan Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkaz, Sibirning janubida, Qozogiston hamda Qirg'izistonning ayrim hududlarida uchraydi. O'zbekistonda Toshkent, Andijon, Farg'ona, Samarqand va Surxondaryo hududlarida tarqalgan. Tog'rayhonning bir yuz ellikka yaqin turi bor.

Kimyoviy tarkibi. Tog'rayhonning yer ustki qismi tarkibida efir moyi, geranil atsetat, askorbin kislota, oshlovchi moddalar, kumarinlar, flavonoidlar va boshqa moddalar bor. Mahsulot tarkibida 0,12-1,20% efir moyi, oshlovchi moddalar, askorbin kislota (gulida 166 mg %, bargida 565 m g % gacha) va fenol-karbon kislotalar bo'ladi. XI DF ga ko'ra mahsulot tarkibidagi efir moyining miqdori 0,1% (qirqib maydalangan mahsulotda 0,08%) dan kam bo'lmasligi kerak. Efir moyi tarkibida 44% gacha fenollar (timol va karvakrol), 12,5% bitsiklik va tritsiklik seskviterpenlar, 12,8-15,4% sof holdagi spirtlar va 2,63-5% geranilatsetat bor. Tog'rayhonning urug'ida o'ttiz foizgacha moy bor.

Ishlatilishi. Tog'rayhon Qadim zamonlardan to hozirgi kungacha parfyumeriya, oziq-ovqat uchun ziravorlar va dorivor maqsadlarda ishlatilib kelingan. Tog'rayhonning yoqimli hidi taomlarga o'zgacha maza beradi. Tog'rayhonning bargi, guli, shoxchalari pazandalikda jumladan, bodring, qo'ziqorin, pomidor tuzlab yopishda qo'llanadi. Quritib maydalangan tog'rayhonni don mahsulotlari, guruchlarga, mevalarga, kiyimlarga sepib qoyilsa, zararkunandalar kelmaydi. Undan turli xil alkogolsiz ichimliklar, atirsovunlar hamda tish pastalariga shirin hid berishda ham foydalanish mumkin. Dorivor tog'rayhon o'simligini tabobatda shoxchalari, yaprog'i, urug'i ishlatiladi. Xalq tabobatida tog'rayhonning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama o'pka sili, bronxit, nafas qisishi kasalliklarida yo'talni to'xtatuvchi, balg'am ko'chiruvchi hamda terlatuvchi dori sifatida, raxit kasaliga uchragan bolalarni cho'miltirishda ishlatiladi. O'tdan olingan efir moyi tish og'rig'i uchun og'riq

qoldiruvchi vosita sifatida tashqaridan ishlatiladi. Tashqi tomondan, barglar va gullar skrofula, toshma va tomoq kasalliklari uchun kompresslar, chayishlar va aromatik vannalar shaklida qo'llaniladi. Bundan tashqari, tog'rayhon xushbo'y hidli va gullari chiroyli bo'lganligi sababli ba'zan odamlar manzarali o'simlik sifatida ham ekishadi. O'simlik tibbiyot hamda veterenariya fanida va insektitsid sifatida qo'llanadi.

Shifobaxsh damlamalari. Tog'rayhon tarkibida katta miqdorda mavjud bo'lgan efir moylari va vitamin nafas yo'llarining bir qator kasalliklarini davolashda ham ishlatiladi. Mahsulot ter haydovchi va ko'krak kasalliklarida ishlatiladigan yig'malar - choylar tarkibiga kiradi.

• Tograyhonni yer ustki qismidan damlama tayyorlash uchun qopqoqli idishga bir stakan qaynab turgan suvni solamiz, ustiga maydalangan tograyhonning yer ustki qismidan 15 gramm solib, ikki soatga damlab qo'yamiz. So'ngra dokadan suzib olib, kuniga 3-4 marta bir osh qoshiqdan ichiladi.

• Uch yuz gramm tog'rayhon o'simligi uch litr suvga solinadi. Past olovda yarim soatcha qaynatiladi. Dokadan o'tkazilib, katta idishdagi suvga solinadi. Bu muolaja cho'milishda ishlatiladi.

• O'ttiz gramm tog'rayhonni bir litr qaynagan suvga solib, ikki soat damlab qo'yamiz. So'ng ellik gramm asal qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz. Har kuni bu damlamadan yarim stakandan ichib turilsa, bu moddalar almashinuvini yaxshilab, qon hosil bo'lishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot barg va gullar aralashmalaridan tashkil topgan. Bargi qisqa bandli, cho'ziq tuxumsimon, o 'tkir uchli, tekis qirrali, yoki bilinar-bilinmas tishsimon, ustki tomoni to 'q yashil, pastki tomoni esa kulrang-yashil, uzunligi 1-4 sm. Gul oldi bargchalari tuxumsimon bo'lib, to 'q binafsha rangga bo'yalgan. Gullari mayda, och qizil, gulkosachasi qo 'ng'iroqsimon, besh tishli, og'izchasida oq tuklar bo'ladi, gultojisi ikki labli, otaligi 4 ta, onalik tuguni to 'rt bo'lakli, yuqoriga joylashgan. Barg hamda gulkosachabargida efir moyli bezlar bor. .

XIDF ga ko'ra mahsulotning namligi 13%, umumiy kuli 10%, qoraygan va qo'ngir rangli o'simlik bo'lakchalari 7%, poya va yon shoxlar bo'lakchalari 40%, organik aralashmalar 1%, mineral aralashmalar 1% hamda qirqib maydalangan mahsulot uchun teshigining diametri 7 mm li elakdan o'tmaydigan yirik qismlar 10% dan va teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o'tadigan mayda qismlar 10% dan ko'p bo'lmasligi kerak. To'rayhon o 'tlari yig'ib olingandan so'ng soyada quritiladi. Quritilgan o 'simIikni 2-2,5 sm li teshikli elaklardan guli bilan barglarini poyalaridan ajratib olinadi. Tayyor bo'lgan mahsulotni 25 yoki 50 kg li xaltalarda saqlanadi. Xom -ashyoning saqlash muddati 1 yildan oshmasligi kerak. Xom -ashyoning tarkibida 13 foiz namlik, 10 foiz umumiy kul, sarg'aygan va qoraygan o 'simlik qismi 7%, organik va mineral aralashmalar 1% dan oshmasligi lozim.

O'stirish texnologiyasi. Urug'larni ekishdan avval erta bahorda yerlar borona va mola mexanizmlari bilan tekislanadi. Tuproqning harorati +20, +22 c ga yetganda mart oyining oxirlarida urug'lar yer yuzasidan 0.5 -1 sm chuqurlikda ekiladi. Urug'lar mayda bo'lganligi uchun qumga aralashtirib ekiladi. Bir gektarga o'rtacha besh kg gacha urug' sarflanadi. Maysalar unib chiqqandan so'ng o'toq va yagana qilinadi. Qator oralari 60 sm, o'simliklar orasi 15-20 sm dan qilib, har bitta uyaga bitta yoki ikkitadan o'simlik qoldiriladi. Tog'rayhon birinchi yili 9-10 martagacha, keyingi yillarda yog'ingarchilik va haroratni hisobga olgan holda 7-8 marta sug'oriladi. Tog'rayhon o'simligini ko'chatlar bilan ham ko'paytirsa bo'ladi.

REFERENCES

1. Axmedov O', Ergashev A, Abzalov A, M.Yo'lchiyeva, Mustafakulov D ,,Dorivor o'simliklarni yetishtirish texnologiyasi''. Toshkent-2020.

2. O\ Pratov, Q. Jumayev. Yuksak o'simliklar sistematikasi. Toshkent2003

3. Muhammadjonova Rashida Ismoilovna, Mamadaliyev Amir Mamarasul og'li „TOG'RAYHONI ORIGANUM TYTTHANTHUM GONTSCHNING XO 'JALIKLARIDA YETISHTIRILADIGAN MIQDORI'' DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCEInternational scientific-online . 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.