Научная статья на тему 'RAYHON (OCIMUM BAZILICUM) NING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA XALQ TABOBATIDAGI O’RNI'

RAYHON (OCIMUM BAZILICUM) NING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA XALQ TABOBATIDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
238
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rayhon / bazillik / tog’rayhoni / vegetatsiya / rozmarin kislotasi / flavanoidlar / yurak-qon tomir kasalliklari / basil / vegetation / rosmarinic acid / flavonoids / cardiovascular diseases / базилик / душица / вегетация / розмариновая кислота / флаваноиды / сердечно-сосудистые заболевания

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Zulfiqorov A.N., Hamroqulova N.K.

Ushbu maqolada rayhon (Ocimum bazilicum) o’simligining dorivorlik xususiyatlari va xalq tabobatidagi o’rni yoritilgan bo’lib,ayrim kasalliklarda foydalanish uchun muhim tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEDICINAL PROPERTIES OF BASIL (OCIMUM BAZILICUM) AND ITS PLACE IN FOLK MEDICINE

This article describes the medicinal properties of the basil plant (Ocimum basilicum) and its role in folk medicine, and provides important recommendations for its use in certain diseases.

Текст научной работы на тему «RAYHON (OCIMUM BAZILICUM) NING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA XALQ TABOBATIDAGI O’RNI»

МАТЕРИАЛЫ КОНФЕРЕНЦИИ

8

RAYHON (OCIMUM BAZILICUM) NING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA XALQ TABOBATIDAGI O'RNI

ZULFIQOROV A.N.

"Turon Zarmed" universiteti b.f.n. Dotsent

HAMROQULOVA N.K.

"Turon Zarmed" universiteti o'qituvchisi ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada rayhon (Ocimum bazilicum) o'simligining dorivorlik xususiyatlari va xalq tabobatidagi o'rni yoritilgan bo'lib,ayrim kasalliklarda foydalanish uchun muhim tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: rayhon, bazillik, tog'rayhoni, vegetatsiya, rozmarin kislotasi, flavanoidlar, yurak-qon tomir kasalliklari.

ЛЕЧЕБНЫЕ СВОЙСТВА БАЗИЛИКА (OCIMUM BAZILICUM) И ЕГО МЕСТО В НАРОДНОЙ МЕДИЦИНЕ

ЗУЛЬФИКОРОВ А.Н.

кандидат биологических наук, доцент университета «Турон Зармед». Город Бухара Республики Узбекистан.

ХАМРОКУЛОВА Н.К. ассистент университета «<Турон Зармед». Город Бухара

Республики Узбекистан.

АННОТАЦИЯ

В статье рассмотрены лечебные свойства базилика, и его роль в народной медицине. Даны рекомендации по применению лекарственного растения при некоторых заболеваниях.

Ключевые слова: базилик, душица, вегетация, розмариновая кислота, флаваноиды, сердечно-сосудистые заболевания.

МАТЕРИАЛЫ КОНФЕРЕНЦИИ

MEDICINAL PROPERTIES OF BASIL (OCIMUM BAZILICUM) AND ITS

PLACE IN FOLK MEDICINE

ZULFIKOROV A.N.

Candidate of Biological Sciences, Associate Professor of Turon Zarmed University. City of Bukhara of the Republic of Uzbekistan.

KHAMROKULOVA N.K. Assistant of Turon Zarmed University. City of Bukhara of the

Republic of Uzbekistan.

ABSTRACT

This article describes the medicinal properties of the basil plant (Ocimum basilicum) and its role in folk medicine, and provides important recommendations for its use in certain diseases.

Key words: basil, vegetation, rosmarinic acid, flavonoids, cardiovascular diseases.

Kirish: Mamlakatning boy o'simlik dunyosida olti mingdan ortiq turli xil o'simliklar mavjud, ular orasida dorivor o'simliklar ham bor. Bunday o'tlar ekologik toza bo'lib oziq-ovqat, aromatik va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi.

O'simlik materiallarini kompleks qayta ishlash barcha zamonaviy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi, uning doirasida ishlab chiqarishning barcha xalqaro sifat standartlariga javob beradigan ekstraksiya, tozalash, konsentratsiya, standartlashtirish amalga oshiriladi.

O'zbekistonda eng keng tarqalgan dorivor o'simliklar rayhon (bazilik), kashnich (koriander), arpabodiyon, yalpiz, sebarga hisoblanadi. Yovvoyi o'simliklarni tekisliklarda va tog'larda topish mumkin, shuningdek, bozorlar va dorixonalarda sotib olish mumkin.

Botanik tavsifi: Rayhon (Ocimum) Oddiy rayhon (Ocimum bazilicum) labguldoshlar (Laminaceae) oilasining bir yillik, ziravor, dorivor va manzarali vakili. O'zbekistonda manzarali, ziravor va oshko'k sifatida

МАТЕРИАЛЫ КОНФЕРЕНЦИИ

10

ekib o'stiriladi. Bo'yi 25-40 sm. gacha bo'lib may- oktabr oylarida gullab, urug' hosil qiladi. Urug'lari erta bahorda ko'chatxonalrga sepiladi. Urug'lar 12-15 0C haroratda unib chiqa boshlaydi. Nihollar uchun optimal harorat 20-25 0C deb hisoblanadi va bu vaqtda ko'chatlar 9- 14 kunda paydo bo'ladi. Issiqlikka, namlikka va yorug'likka talabchan, qurg'oqchilikka chidamli o'simlik. Hosildorligi gektaridan 40-80 s ko'k masasa olinib, urug'lari unuvchanligini 4-5 yilgacha saqlaydi. Barglari tuxumsimon, rang intensivligi yashildan och binafshagacha o'zgaradi. Barg rangi va o'simlik shakliga qarab oq rayhon, sada rayhon, qora rayhon, osh rayhon, hoji rayhon kabi xillarga bo'linadi. Oddiy rayhon mineral o'g'itlarni qo'llashga juda sezgir. Azotli o'g'itlar mavjud bo'lganda, yer usti massasining hosildorligi oshadi. Fosfor va kaliy efir moyining sifatini yaxshilaydi va urug'larning shakllanishi va pishishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Respublikamizda rayhonni 2 muddatda bahorgi va kuzgi muddatlarda ekish mumkin. Yopiq maydonlarda esa yil bo'yi o'stirsa bo'ladi. Rayhon o'simligini begona o'tlar qoplab ketmasligi uchun uni tozalab turish maqsadga muvofiq bo'ladi. Vegetatsiya davomida 12-13 marta sug'oriladi va 4-5 marta kultivatsiya qilinadi. Kultivatorlar yordamida yumshatiladi. Rayhon mineral va organik o'gitlarga juda talabchan ekin hisoblanadi. Uning yaxshi o 'sishi, rivojlanishi va ko'proq ko'k massa yetishtirishda o'g'itlash tizimini to'g'ri belgilash lozim bo'ladi. Ularning 300 dan ortiq navi bor.

Dorivorlik xususiyatlari: Rayhon yoqimli hid beruvchi o'simlik bo'lib, u talabchan emas va deyarli har bir uyda o'sadi. Dunyo bo'ylab bu o'simlik bazilik sifatida tanilgan, ammo O'zbekistonda bu rayhon deb nomlanadi. Rayhon tabiiy antibiotik bo'lib, isitma tushirish va bakteriyalarga qarshi kurashuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Qadim zamonlardan beri turli patogenlar keltirib chiqaradigan shamollashni davolashda foydalanilgan. Ushbu o'simlik tarkibidagi moddalar mushaklarning og'rig'ini kamaytiradi, yallig'lanishni oldini oladi, balg'amni

МАТЕРИАЛЫ КОНФЕРЕНЦИИ 11

bronxlar va o'pkadan olib tashlaydi va yo'tal va burunning oqishi bilan kurashadi.

Bundan tashqari, rayhon parfyumeriya va efir moylarini ishlab chiqarishda faol qo'llaniladi. Rayhonning bir nechta turlari mavjud va ularning har biri o'ziga xos ta'mga ega: qizilmiya, limonli, chinnigulli, keng bargli.

Mahalliy aholi bunday o'simliklarning mo'jizaviy kuchi haqida oldindan bilishadi. Ular iste'mol qilinadi, ziravor sifatida ovqatlarga qo'shiladi, choy damlanadi, dori sifatida ishlatiladi, shuningdek kosmetologiya yo'nalishida ham qo'llaniladi. Dorixonalar va kosmetika do'konlarida siz monoo'tlardan, maxsus o'simlik damlamasi, vanna uchun o'simlik preparatlari, turli xil foydali qo'shimchalar, efir moylari va boshqalardan xarid qilish mumkin. Har bir mahsulot tarkibida tabiiy minerallar, vitaminlar va biologik faol moddalar mavjud.

Rayhonni qadimgi yunonlar yaxshi bilishgan. Rayhon-qadimgi yunoncha "monarx" so'zidan olingan bo'lib, Yunonistonda faqat monarx rayhonini yig'ish mumkin bo'lgan va xushbo'y poyalarni faqat oltin o'roq bilan kesishgan. Bugungi kunda Hindiston, Janubiy Afrika, Shri Lanka, Gruziya va Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o'lkasida bir yillik ekin sifatida keng tarqalgan. Bu o'simlik asrlar davomida xalq tabobatida xushbo'y oshpazlik o'ti va dori sifatida ishlatilgan. Yangi va quritilgan barglar yoqimli ta'mi va xushbo'yligi tufayli salatlar, makaron, sho'rvalar va dengiz mahsulotlari kabi ko'plab taomlarda xushbo'y moddalar sifatida keng qo'llaniladi Oddiy rayhon bioaktiv fitokimyoviy moddalar, ayniqsa efir moylari va fenolli birikmalarning boy manbaidir. Xususan, yashil massasi tarkibida 0,3 % gacha efir moyi saqlaydi. Rayhon an'anaviy tibbiyotda bosh og'rig'i, yo'tal, ovqat hazm qilish, yurak-qon tomir va siydik tizimi kasalliklarida qo'llaniladi. Rayhon tarkibida oqsillar, uglevodlar, yog'lar, kaliy, fosfor, kalsiy, magniy, temir, rux moddalari, C, B1, B5, B6, PP, E vitaminlari, rozmarin kislotasi mavjudligi aniqlangan. O'simlik tarkibidagi

fenolli birikmalar va flavonoidlar oziq-ovqatning organoleptik xususiyatlariga kuchli ta'sir qilishdan tashqari, antioksidant, antimikrobial va antifungal ta'sir ko'rsatish xususiyatiga ham ega. Bundan tashqari, bu o't va undan olingan mahsulotlar farmatsiya, kosmetika, parfyumeriya va oziq-ovqat qo'shimchalarini ishlab chiqarish kabi turli sanoat tarmoqlarida keng qo'llanilmoqda. Uning chiroyli ko'rinishga ega va rang-barang xillaridan dekorativ o'simlik sifatida ham foydalanish mumkin.

Xalq tabobatida tog'rayhonining yer ustki qismidan tayyorlangan damlamasi nafas qisishi, o'pka sili va bronxit kasalliklarida yo'talni to'xtatuvchi, balg'am ko'chiruvch, va terlatuvchi dori sifatida hamda meda-ichak kasalliklarida (ichakning zaiflanishi) ishtaxa ochuvchi va ovqat hazim qilishini yaxshilovchi hamda siydik va el haydovchi dori sifatida qo'llaniladi. Tog'rayhoni yer ustki qismidan damlama tayyorlash uchun qopqoqli idishga bir stakan qaynab turgan suv quyiladi, ustiga maydalangan yer ustki qismida 15 gr ( uch osh qoshiq) solib, 2 soat damlab qo'yiladi. So'ngra dokada suzib kuniga 3-4 marta bir osh qoshiqdan ichiladi. Tog'rayhon yer ustki qismi ko'krak kasaliklarida ishlatiladigan va terlatuvchi yig'ma choylar tarkibida kiradi.

Xulosa: Aynan mana shu o'simlikni ko'paytirish va bu o'simlikdan xalq tabobatida to'gri foydalanib, turli xil kasalliklarga qarshi dori sifatida foydalanish, farmasevtika sohasida ham keng ko'lamda qo'llanilishini yo'lga qo'yish nur ustiga a'lo nur boalar edi.Har xil kasalliklarga qarshi kimyoviy dorilardan foydalangandan ko'ra,mana shu bazillikka o'xshagan dorivor o'simliklardan foydalanish ham foydali,ham kamxarj usuldir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.