DORIVOR MELISSA OFFICINALIS L. NING BIOEKOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Suroj Qahramon o'g'li Qurbanboyev
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada dorivor limon o'ti o'simligining botanik tavsifi, bioekologik xususiyatlari haqida ma'lumot berilgan.
Kalit sozlar. Vegetatsiya, tannin, nektar, vitamin, vitamin, feniologik faza, efir moylari, nevroz, bronxial astma, toksikoz, klimaks.
The article provides information on the botanical characteristics of Melissa officinalis and its bioecological features.
Keywords: Vegetatsion, tannin, nectar, vitamin, phenologik phase, essential oils, neurosis, bronchial asthma, toxociosis, menopause.
Melissa officinalis L- Limono't O'zbekiston uchun noan'anaviy bo'lgan istiqbolli dorivor o'simlik bo'lib, O'rta Osiyo, Qrim, Kavkaz, Rassiyaning Yevropa qismining janubida va boshqa davlarlarda daraxt soyalarida, tog'li tumanlarda toshlar soyasida va boshqa soya joylarda o'sadi. O'zbekistonning Toshkent va Surxondaryo viloyatlarda uchraydi.
Limono't sertukli, 30-60 sm balandlikdagi o't o'simlik hisoblanadi. Poyasi bitta yoki ko'p, qarama-qarshi shoxlangan. Barglari tuxumsimon, biro z o'tkir uchli, ser tukli arrasimon qirrali bo'lib, qisqa bandi bilan poya va shoxlarda qarama-qarshi o'rnashgan. Oq rangli, tukli, ikki labli gullari gul bandi bilan barg qo'ltig'ida joylashib, to'p gulni hosil qiladi. Mevasi 4 ta yong'oqcha. Iyun-avgustda gullaydi, mevasi iyul-avgustda yetiladi.
Yer ustki qismi tarkibida 0.01-0.33% efir moyi, c vitamin, karotin, fenilkarbon kislotalar, (kofe, xlorogen, rozmarin, ferul, ptotokotex va boshqalar), 5-10% oshlovchi va boshqa moddalar, urug'ida 20-27% yog' bor. Limono'tning efir moyi geraniol, linalool, nerol, farnezol va ularni sirka kislota bilan birikmasi, limonen, pulegol, geranial, neral va boshqa terpenlardan tashkil topgan. Limono't dorivor preparatlari Ibn Sino aytishicha yurakni
ABSTRACT
mustahkamlaydi va unga beradi, shuningdek, traxoma, xiqichoq
October 5-6
tutish, og'izdan yomon hid kelishi va boshqa kasalliklarni davolaydi. Xalq tabobatida limono't bilan nevroz, bronxial astma, ayollarni toksikoz, klimaks, yurak urishini buzilishi va boshqa kasalliklarni davolaydi. Limono't damlamasi klinik sharoitda sinovlardan o'tgan va uni tibbiyot amaliyotida tinchlantiruvchi va qon bo simini pasaytiruvchi vosita sifatida qo'llashga O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat etilgan.
Mahsulot namligi 10% dan, umumiy kuli 9,7% dan, xlorid kislotaning 10% li eritmasida erimaydigan kuli 0.3% dan, mahsulotning qoraygan qismlari 10% dan, poya va yon shoxchalar bo'laklari 30% dan, organik aralashmalar 1% dan va mineral aralashmalar 1% dan ko'p hamda tarkibida titrlanadigan polifenollar yig'indisi 11% dan kam bo'lmasligi 11% dan kam bo'lmasligi kerak. Maydalangan mahs ulot uchun 7mm dan yirik bo'lgan qismlar 10% dan teshigining diametrik 0,5 mm bo'lgan elakdan o'tadigan mayda qismlar 10% dan ortiq bo'lmasligi lozim. Dorivor limono't osimligini O'zbekistonning barcha tuproq-iqlim sharoitida ekib o'stirish mumkin. O'simlikdan yuqori hosil yig'ib olish uchun unga sho'rlanmagan, mexanik tarkibi o'rtacha, unumdor, dukkakli va gallasimon ekinlardan bo'shagan yerlarni tanlash tavsiya etiladi.
Mahsulot tayyorlash. O'simlik to'liq gullagan vaqtida yuqori uchidan 20-30sm uzunlikda (poyaning pastki bargsiz qismi olinmaydi) qirqib olinadi va soya, havo o'tib turadigan yerida quritiladi. Limono't namsevar o'simlikdir, o'suv davrida 10-12 marta sug'oriladi. Har 3-4 suvdan keyin o'simlik oralari kultivatsiya bilan yumshatiladi va begona o'tlardan tozalanadi. Limono'tning xom-ashyosi juda nozik bo'lganligi uchun ehtiyotkorlik bilan yig'iladi va tezlik bilan quritilmasa sifati buziladi. Har gektar maydondan 1200kg barg yig'ib olish mumkin. Dorivor limono'tni bir dalada 5 yilgacha saqlab hosil olish mumkin. Bahorda ekishdan oldin maydonni diskali agregatlar bilan 6-8 sm chuqurlikda boronalanadi va mola bostiriladi. Ekish sabzavot ekish moslamalarida egat oralalarini 70 sm qilib ekiladi. Ekish no'rmasi gektariga 6 kg. ekish chuqurligi 2-3 sm. Bir tekis ekilishi uchun urug'lari granullangan superfosfot bilan gektariga 60 kg hisobida aralashtiriladi. Ekishdan so'ng o'rtacha sug'orish egatlari olinib jildiratib sug'oriladi.
Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Yer usti qismining damlamasi ovqat hazm qilishi buzilganda, uni tartibga solish, kamqonlik, bazi asab va yurak kasalliklarini davolash uchun hamda tirirshga qarshi ta'sir etuvchi, og'riq qoldiruvchi, surgi, siydik va yel haydovchi vostia sifatinda qo'llaniladi. Limono't bilan asosan xalq tabobatida nevroz,
bronxial astma, ayollardagi taksikoz, klimaks, yurak urishi
October 5-6
buzilishi va boshqa kasalliklar davolanadi. Bu o'simlik xalq orsida muhim ziravor sifatida ma'lum bo'lib ayrim mamlakatlarda maxsus maydonlarda o'stiriladi. Bundan tashqari parfumeriya mahsulotlarini tayyorlashda, choylarga yoqimli hid berishda ham qo'llaniladi. O'simlikning ustki qismida C, B, tannin moddasi bor, undan tashqari limon va kaxrabo kislotalari bor.
Xulosa. Bundan tashqari ularning tarkibida mineral tuzlar va minerllar ham uchraydi. Uning xushboy hidi odamni tetiklashtiradi va tonusini oshiradi, shifobaxsh alkogolsiz ichimliklar tayyorlashda qo'llaniladi. Xomashyo sifatida barglari, mayda novdalari ishlatiladi. Limono'tning gullari nektar ajratish xususiyatiga ega asalarilar uchun maxsus asal manbai hisoblanadi.
REFERENCES
1. Xojimatov K. X., Xojimatov O. K "O'simliklar hom-ashyosi resurslari " O'quv qo'llanma. Guliston 2007.- 54b.
2. Xamidov A., Nabiyev M., Odilov T. "O'zbekiston o'simliklar aniqlagichi". Toshkent "O'qituvchi" 1987. -328b
3. Xamidov G'.H., Mahsudova R.S., Mahmudov M.H "O'zbekiston o'somliklari" Toshkent "O'qituvchi". 1992 -244b
October 5-6