Научная статья на тему 'TOG’AY MURODNING “OYDINDA YURGAN ODAMLAR” ASARIDA QO‘LLANILGAN MILLIY QIYOFANI AKS ETTIRUVCHI VOSITALAR'

TOG’AY MURODNING “OYDINDA YURGAN ODAMLAR” ASARIDA QO‘LLANILGAN MILLIY QIYOFANI AKS ETTIRUVCHI VOSITALAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
15
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliylik / milliy qiyofa / milliy taom nomlari / milliy kiyim nomlari / marosim nomlari / to’y / xalq qo’shiqlari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Umurzakova Umida Ahmadjon Qizi

Ushbu maqolada Tog’ay Murodning “ Oydinda yurgan odamlar” asarida qo‘llangan milliy qiyofani aks ettiruvchi vositalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOG’AY MURODNING “OYDINDA YURGAN ODAMLAR” ASARIDA QO‘LLANILGAN MILLIY QIYOFANI AKS ETTIRUVCHI VOSITALAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

TOG'AY MURODNING "OYDINDA YURGAN ODAMLAR" ASARIDA QO'LLANILGAN MILLIY QIYOFANI AKS ETTIRUVCHI VOSITALAR Umurzakova Umida Ahmadjon qizi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11061326

Annotatsiya. Ushbu maqolada Tog'ay Murodning " Oydindayurgan odamlar" asarida qo'llangan milliy qiyofani aks ettiruvchi vositalarning o'rni va ahamiyati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: milliylik, milliy qiyofa, milliy taom nomlari, milliy kiyim nomlari, marosim nomlari,to'y, xalq qo'shiqlari.

Abstract. This article analyzes the role and significance of the tools used to reflect the national image in Togay Murad's work " Oydinda yurgan odamlar".

Keywords: nationality, national image, names of nationalfood, names of national clothes, names of ceremonies, wedding, folk songs.

Аннотация. В данной статье анализируется ролъ и значение инструментов, исползуемых для отрожения национального образа и произведении Тогая Мурада " Oydinda yurgan odamlar ".

Ключевые слова: национальность, национальный образ, названия национальной еды, названия националъной одежды, обрядовые названия, свадъба, народные песни.

Tog'ay Murod asarlarini o'qir ekanmiz, ulardagi milliy qiyofa, milliy ruh, milliy o'ziga xoslik bizni lol qoldiradi. Avvalo, milliylik so'zining ma'nosi nima? "O'zbek tilining izohli lug'ati"da milliylik so'ziga shunday ta'rif beriladi: "Milliylik - tarixan tashkil topgan barqaror ijtimoiy-etnik birliklarni, ya'ni millatlar va elatlarni boshqa barqaror ijtimoiy birliklardan, masalan, ijtimoiy sinflardan farqlovchi tomonlar, xususiyatlar, ma'naviy, ruhiy va madaniy qirralar hamda tafovutlar majmui". Shunga asoslangan holda milliy qiyofa esa biror millatning ma'naviy, ruhiy, axloqiy va madaniy xususiyatlari , ongi, dunyoqarashi, bilim saviyasi va shu kabilarning majmuidir.

T. Murodning " Oydinda yurgan odamlar" asaridagi milliy qiyofani aks ettiruvchi vositalarni quyida berilgan guruhlarga ajratishni ma'qul ko'rdik.

Milliy taom nomlari:

a) palov - asosiy masalligi guruch,yog', go'sht va sabzidan iborat, qovurib, qaynatib va damlab tayyorlanadigan quyuq ovqat; osh;

b) sumalak - undirib yanchilgan bug'doy, un va yog' aralashmasidan , asosan, bahorda tayyorlanadigan ovqat;

c) halim - suvga bug'doy yormasi va go'sht solib, uzoq (hil-hil bo'lib ketguncha) qaynatib pishiriladigan quyuq ovqat; bundan tashqari, ko'k patir, ko'k somsa, ko'k oshi va boshqalar.

Dasturxonlarda sumalak, osh, halim,ko'k patir, ko'k somsa, ko'k oshi, deya atalmish dori-darmon taomlar bo'ldi ("Oydindayurgan odamlar" 266-bet).

Milliy kiyim - kechak nomlari:

beqasam (to'n), beqasam kamzul, shoyi belbog', atlas ko'ylak, qo'qoncha do'ppi va boshqalar.

Birgina atlas matosining o'n to'rtta turini sanab o'tadi, unga juda chiroyli ta'riflar beradi:

Elimiz kamalakni matoga ko'chirdi. Oti atlas bo'ldi...Atlasda o'ziga loyiq rangi bo'ldi, rangiga loyiq nomi bo'ldi: Sakkiztepkilik, Marg'ilon xonatlasi, Samarqand oqshomi, Marg'ilon

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

mash'ali, Farg'ona yo'llari, Layli, Guli, Shirin, Mahliqo, Shotikapak, Shodiqara, Qo'chqorshoxi, Tiri kamon, Oltin kalit...

("Oydinda yurgan odamlar" 231-bet) Do'ppining ham bir necha turlarini keltiradi:

Bodomcha, iroqi do'ppilar, chorgul, baxmaltepa do'ppilar g'uj-g'uj bo'ldi ("Oydinda yurgan odamlar" 231-bet).

Ro'mol turlarini ham aytib o'tadi: Boshlarda ottuyoq ro'mol, sholro'mol, balxiro'mol, qulmiro'mol, shotutro'mol, simro'mol, harir ro'mollar havolandi ("Oydindayurgan odamlar" 231-bet). Diniy tushunchalarni ifodalagan nomlar:

> Ramazon oyi - arabcha "ro'za oyi" demakdir. Qamariya yil hisobida 30 kundan iborat to'qqizinchi oyning arabcha nomi.

Emishki, yil, melodiy olti yuz o'ninchi yil bo'ldi. Oy, Ramazon oyi bo'ldi ("Oydinda yurgan odamlar" 342-bet).

> Laylat ul-Qadr , ya'ni "Qadr kechasi" - Ramazon oyining muqaddas sanaluvchi yigirma yettinchi tuni.

Oydin bo'ldikim, Laylat ul-Qadr Ollohi taolo Muhammad rasulullohimiz uchun yaratmish kecha bo'ldi ("Oydindayurgan odamlar" 342-bet).

Qurbon hayit - qurbon oyida uch kun bo'ladigan diniy bayram. Hayit bayramlarida hamma yangi kiyim - bosh kiyadi, bir-birini bayram bilan qutlaydi, xotin-qizlar qo'llariga xino qo'yadilar, bemorlar holidan xabar olinadi

Qurbon hayit bo'ldi. Ahli mo'minlar qurbonlik qildi. Jonliq so'yib qon chiqardi ("Oydinda yurgan odamlar" 237-bet).

> Hazrati Xizr ezgulik ramzi sifatida qadrlanadi. Uni uchratgan inson niyat aytsa, u amalga oshadi, deb hisoblanadi.

A? Ko'p-ko'p farzand beraman dedingizmi? Qachon-qachon? Qulluq, hazrati Xizr bovajonim, qulluq! Qani endi, ko'p-ko'p bo'lsa! O 'nta bo'lsa, o'rni boshqa, qirqta bo'lsa qilig'i, hazrati Xizr bovajonim!..

("Oydinda yurgan odamlar" 316-bet)

Milliy urf-odat, an'ana, marosim, bayram nomlari:

To'y - ma'lum munosabat bilan uyushtiriladigan marosim. Bu marosim o'zbek tabiati, didi, dunyoqarashi kabi mental xususiyatlarni ko'rsatib berishi bilan ham ahamiyatlidir. Millat ongida shakllangan ezgu orzu-havaslarning yorqin ko'rinishi. O'z taqdiri, hayot tarzini jamoaviylikda ko'ruvchi o'zbeklar borini el bilan baham ko'rishni istaydi. To'y bozor oqshomi bo'ldi To'yxona to'la to'ylovchi bo'ldi. (225-bet)

a) to'y kuni o'tkaziladigan marosimlar: It g'irillatar,

Kampir o'ldi, Soch siypatar, Qo'l ushlatar bo'ldi.

Oyna ko'rsatar baridan-da zavqli bo'ldi, baridan-da gashtli bo'ldi ("Oydinda yurgan odamlar" 231-bet).

b) Navro'z bayramini eng go'zal tashbeh, tashxislar bilan to'liq tavsiflab beradi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Tabiatni to'lg'oq tutdi. To'lg'oqdan farzand tug'ildi. Farzand oti Navro'z bo'ldi. YurtimizgaNavro'z keldi!

Subhi sodiq mahaldan sarrin-sarrin sabolar esdi. Mayin-mayin sabolar kezdi. Sabolar tanlarni silab-siypadi, sabolar vujudlarni erkalab o'ynadi. Navro'z olamga maysalardangilamlar to'shadi, boychechakdan sirg'alar taqdi. Navro'z bundanyetti mingyilmuqaddamjoriy etilmish Quyoshyil-oy kuni bilan barobar bino bo'ldi. Emishki, Quyosh olamni biryilda bir bor aylanadi. Shu aylanmishyo'lida o'n ikkita burjga ro'paro' keladi. Quyosh har burjni bir oy mobaynida aylanib o'tadi. Zulmat bilan ziyo teng bo'lmish kunda Hamal deya atalmish burjga yetib keladi. Quyosh ana shu Hamal burji boshidan chiqmish kunda olam o'zgacha rang oladi. Olam bir boshqacha bo'ladi.Taxmuraslar sulolasidan bo'lmish Jamshid podsho ana shu kunni Navro'z deya atadi.

Keyin, Qayumarspodsho bo'ldi. UNavro'zni sharafladi, Navro'zni ulug'ladi. Navro'zni hayit qildi!

Shu - shu Navro'z o'lik-tirik ozod kun bo'ldi. Navro'z asir-tutqun ozod kun bo'ldi. Navro'z qirg'inbarot to'xtar kun bo'ldi.

Navro'z kina-kudurat tarqar kun bo'ldi ("Oydinda yurgan odamlar" 263-264-betlar). O'zbek ayollariga xos taqinchoq nomlari:

Kelin peshonasida tillaqosh bo'ldi. Quloqlarida zirak bo'ldi. Ko'kraklarida sakkiz kumush nishonli zebigardon bo'ldi ("Oydindayurgan odamlar" 230-bet). Ayrim milliy tushuncha nomlari:

> Beshik - chaqaloqni belab va tebratib uxlatish uchuntol yoki tut yog'ochidan yasalgan yo'rg'a oyoqli maxsus moslama. O'zbeklarda doimo bolani tinchlantirish, uning qomati chiroyli o'sishini ta'minlash, uxlatish uchun farzandlarini beshikka belaydilar.

Onamiz beshikka engashdi. Shunda... shunda, dimog'i go'dak isini tuydi ("Oydinda yurgan odamlar" 347-bet).

Ijodkor o'zbek folklorining xalq qo'shiqlaridan ham insonlarning hayot tarzini tasvirlashda foydalangan.

a) alla:

Alla-alla, ahdi bor-a, alla-yo, alla-yo, Uyquning ham vaqti bor-a, alla-yo, alla-yo, Alla aytgan enangni-yo , alla-yo, alla-yo, Qop-qoraygan baxti bor-a, alla-yo, alla-yo. Dasht-u dalada uzum, alla-yo, alla-yo, Uzganimni kim bilar-a, alla-yo, alla-yo, Hasrat-u armon bilan, alla-yo, alla-yo,

Jon berganimni kim bilar-a, alla-yo, alla-yo ("Oydindayurgan odamlar" 347-bet). Ushbu allada tirnoqqa zor ayolning bor dardi aks ettirilgan.

b) "Turey-turey" qo'shig'i:

Qo'y sog'aman qo 'shoqda, turey-turey, Qo'y ishqi menga yoqqan, turey-turey, Qo'y sutini ichganlar, turey-turey,

Kundan-kun shifo topgan, turey-turey ("Oydindayurgan odamlar" 347-bet).

c) aza qo'shig'i: Osmondagi qirq yulduz

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Qiyalab ketadi botgani Voy momom-ovv, momom-ovv! Men momomni bir o'payin Qiyomat ketadi yotgani Voy momom-ovv, momom-ovv!

Xulosa qilib aytganda, Tog'ay Murod asarlarida milliy ruh, milliy qiyofani aks ettirishda, avvalo, o'z xalqi folkloriga, milliy qadriyatlariga, milliy taomlariga, milliy liboslariga alohida ahamiyat bergan. Asar yozishdan oldin ularni sinchiklab o'rganib, so'ng asar davomida har bir detaligacha mukammal tasvirlab bergan. Bu haqida Said Ahmad ham: "Tog'ay Murod qissalarida tasvirlangan odamlarga boshqa xalq libosini kiydirsangiz ham o'zbekligi bilinib turadi. Ularning xulq-atvori ham boshqa xalqqa also o'xshamaydi", - deya ta'kidlagan edi. Shuning uchun ham Tog'ay Murod asarlari hali hamon o'z qimmatini yo'qotmay kelmoqda.

REFERENCES

1. Hakimov M. O'zbek pragmalingvistikasi asoslari. - Toshkent : Akademnashr, 2013.

2. Sh. Usmonova. Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari. - T.: 2015 1-103- betlar

3. Махмудов. Н. Тил тилсими таджики. - Тошкент: Mumtoz so'z.2017. 40

4. Т.Мурод.Отамдан колган далалар.-Т.:Шарк.1994.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.