Научная статья на тему 'INGLIZ VA O'ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA BAXT MOTIVI DIFFERENSIALLIGI'

INGLIZ VA O'ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA BAXT MOTIVI DIFFERENSIALLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
35
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
motiv / baxt motivi / asarning badiiy markazi / madaniyat / stereotip / Yevropa / Sharq / sevgi-muhabbat / onalik baxti / farzand / emotsiya. / motive / motive of happiness / artistic center of the work / culture / stereotype / Europe / East / love / happiness of motherhood / child / emotion.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shermamatova, Sevara O‘ktamjon Qizi, Isaqova, Ozoda Islom Qizi

Ushbu maqola adabiyotshunoslik sohasi ruhida yozilgan bo’lib, unda qiyosiy tahlillar muhim o’rin tutadi. Maqola baxt motivi, uning adabiyotshunoslikdagi o’rni va turli madaniyatlarda turlicha ifodalanishi haqida keng ma’lumot beradi. Ikki turlicha milliy ruhda yozilgan asarlar Teodor Drayzerning “Jenni Gerhardt” va Tog’ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” asarlarida baxt motivi qanday konseptlar asosida tushunilishi maqolaning asosini tashkil etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIFFERENTIALITY OF HAPPINESS MOTIF IN ENGLISH AND UZBEK LITERATURE

This article is written in the spirit of the field of literary studies, in which comparative analysis takes an important place. The article provides extensive information about the concept of happiness, its importance in literary studies, and how it is expressed in different cultures. The basis of the article is the understanding of the concept of happiness in two works written in different national spirit: "Jenny Gerhardt" by Theodore Dreiser and "Oydinda yurgan odamlar" by Togay Murad.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O'ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA BAXT MOTIVI DIFFERENSIALLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

INGLIZ VA O'ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA BAXT MOTIVI

DIFFERENSIALLIGI

Shermamatova Sevara O'ktamjon qizi

Farg'ona davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Amaliy ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi Isaqova Ozoda Islom qizi Farg'ona davlat univerisiteti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti

21.88 guruh talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola adabiyotshunoslik sohasi ruhida yozilgan bo 'lib, unda qiyosiy tahlillar muhim o 'rin tutadi. Maqola baxt motivi, uning adabiyotshunoslikdagi o 'rni va turli madaniyatlarda turlicha ifodalanishi haqida keng ma'lumot beradi. Ikki turlicha milliy ruhda yozilgan asarlar Teodor Drayzerning "Jenni Gerhardt" va Tog'ay Murodning "Oydinda yurgan odamlar" asarlarida baxt motivi qanday konseptlar asosida tushunilishi maqolaning asosini tashkil etadi.

Kalit so'zlar: motiv, baxt motivi, asarning badiiy markazi, madaniyat, stereotip, Yevropa, Sharq, sevgi-muhabbat, onalik baxti, farzand, emotsiya.

ABSTRACT

This article is written in the spirit of the field of literary studies, in which comparative analysis takes an important place. The article provides extensive information about the concept of happiness, its importance in literary studies, and how it is expressed in different cultures. The basis of the article is the understanding of the concept of happiness in two works written in different national spirit: "Jenny Gerhardt" by Theodore Dreiser and "Oydinda yurgan odamlar" by Togay Murad.

Key words: motive, motive of happiness, artistic center of the work, culture, stereotype, Europe, East, love, happiness of motherhood, child, emotion.

АННОТАЦИЯ

Данная статья написана в духе литературоведения, в котором важное место занимает сравнительный анализ. В статье представлена обширная информация о мотиве счастья, его месте в литературоведении и способах его выражения в разных культурах. В основу статьи положено понимание концепции счастья в двух произведениях, написанных в разном национальном духе: «Дженни Герхардт» Теодора Драйзера и «Люди, идущие по Луне» Тогая Мурада.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Ключевые слова: мотив, мотив счастья, художественный центр произведения, культура, стереотип, Европа, Восток, любовь, материнское счастье, ребенок, эмоция.

KIRISH

Aslida, psixologiyada juda ko'p marta qo'llaniluvchi motiv so'zi motivatsiya so'ziga birmuncha yaqin tushuncha bo'lib, insonni qandaydir xohishga undovchi omildir. Baxt motivi esa insonni baxtli bo'lishiga sabab bo'lgan turtki va maqsaddir. Baxt ko'pincha nisbiy tushuncha sifatida tushuniladi, mutloq va tugal baxt bo'lmaydi. Kimnidir baxtli deb o'ylashimiz mumkin, biroq baxtni qanday ma'noda tushunish shaxsning ijtimoiy o'rniga, bilimi, yoshi, dunyoqarashiga bog'liq. Baxtni qanday tushunish kishilarning tasavvurlari, jinsi, millati, madaniyati, stereotipi, ijtimoiy kelib chiqishi uzviy bog'liqdir. Adabiyotshunoslikda baxt motivi tushunchasiga juda keng yondashiladi. Deyarli barcha asarlarning: u xoh siyosiy ruhdagi, xoh detektiv ruhdagi asar bo'lsin; xoh dramatik, xoh tragedik roman bo'lsin, badiiy markazida avvalo inson taqdiri va uning baxtli yashashga bo'lgan intilishi birinchi o'rinda turadi.

O'tkir Hoshimovning bir hikoyasi talqini bilan aytganda ko'cha-ko'yda raqs tushib, ko'chmanchi jamoa bo'lib yashagan va shu madaniyatning bir qismiga aylangan lo'li qiz bir oilaning tutumli bekasi bo'lishdan baxt topishi qiyin. Yoki Ahmad Lutfiy Qozonchi qalamiga mansub "O'gay ona" asarining diqqat markazida turuvchi Fotima ismli personaj Yevropaning erka va kiborli xonimi bo'lishdan manfaat va baxt topa oladi deyish imkonsiz. Xuddi shu yerda buyuk rus yozuvchisi Aleksander Pushkinning "Yevgeniy Onegin" asarida o'zining imkoniyatlarini to'g'ri baholay olmagan va qalb va aql o'rtasida qolib o'z baxtini bir umrga yo'qotgan erka va boyvachcha yigit Yevgeniy personajini eslab o'tish ham maqsadga muvofiqdir. Yuqorida eslab o'tilganidek baxt motivida juda ko'plab tushunchalar muhim ahamiyat kasb etadi. Garchi Yevgeniy va ko'ngilchan qiz Tatyana o'rtasidagi muhabbat hali o'z kuchini yo'qotmagan bo'lsa-da, asarda vaqt konsepti baxt motivi ta'sirini kamaytirishga yetarlicha asos bo'la oladi. Chunki vaqt o'tgani sari, insonning baxt va baxtli bo'lishga nisbatan qarashlari birmuncha yoki butunlay o'zgaradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Darhaqiqat, chinakam baxtli bo'lish uchun har bir shaxs erkin, teng, o'z iste'dod va qat'iyatini har tomonlama namoyon qilishi, moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo'lmog'i va o'z xohishlarini his qila olmog'i zarur, chunki har kim turlicha usulda baxt topadi. Kimnidir to'kis hayot, kimnidir sevgi-muhabbat va oshiq-mashuqlik, yana kimlarnidir farzand, ba'zi bir insonlarni esa Vataniga xizmat qilishdek kasbga ega bo'lish hissi baxtli qila oladi (Said Ahmadning

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

"Ufq" romanining "Hijron kunlarida" deb nomlangan qismida ikkinchi jaxon urushida oyog'idan o'q yeb, bir oyog'idan ayrilgan va yarador bo'lib qaytishiga qaramasdan Vataniga sadoqat bilan xizmat qila olgan, medal olgan kuni yuzidan tabassum arimagan Ikromjon aka; ushbu romanning "Qirq besh kun" deb nomlangan birinchi qismida o'zining halol mehnati bilan xalqiga xizmat qilgan, kecha-yu kunduz tinim bilmay ishlagan Aziz polvonning qalbidan kechgan baxtga limmo-lim hissiyotlari baxtning turlicha bo'lishiga yana bir isbot bo'la oladi).

Darhaqiqat, asarlar ham hayotdan olinadi, chunki yozuvchi hayotdan ilhom oladi. Har bir ijodkor o'zi yashab turgan tevarak olamni yaxshiroq anglaydi va o'z asarlarida ushbu manzarani chizadi, shuning uchun ham kitobxon yozuvchi tasvirlagan olamga tushib qolgandek his qiladi o'zini.

Misol uchun, buyuk amerika yozuvchisi, iqtidorli ijodkor «Baxti qaro Kerri», «Moliyachi», «Titan», «Matonat», «Daho» va «Amerika fojiasi» kabi dunyoga mashhur asarlar muallifining yana bir olamshumul asari "Jenni Gerhardt" asarini mutolaa qilayotgan inson 19-asrning oxirlaridagi Amerikada mavjud muhitni, undagi odamlar, qiyinchilik, ijtimoiy va siyosiy tuzum haqida so'z yuritadi. Romandagi asosiy tugun bu kapitalistik tuzum vujudga keltirgan erksizlik tushunchasidir, ya'ni kambag'allarning jamiyatda tutgan "ahamiyatsizligi" Uning ushbu romanida oddiy qiz taqdiridagi ijtimoiy-axloqiy masalalar, pulning halollik ustidan qanday qilib fojiali tarzda hukmron bo'lganligi haqidadir. Teodor Drayzer boshqa asarlarida bo'lganidek ushbu asarida ham realizm yaratadi va o'sha davrning ko'pgina shavqatsizliklarini, chirkin siyosatini, insoniylikning naqadar yerga urilganini ro'yi -rost bayon etadi. "Jenni Gerhardt" asari tabiiylikka, ya'ni oddiy xalq tushunadigan tilda yaratishga muvaffaq bo'lingan, ya'ni g'oyaviy bezaklarsiz, badiiy umumlashma va tanlashlardan holi, tashqi jihatdan aynan hayotiy aks ettirilgan ushbu asar bir qizning hayot yo'lini ochiq tarzda bayon etadi. Bu asar markazida ajoyib qalb sohibasi bo'lgan qiz Jennining va uning oilasining taqdiri turadi. Yaxshi niyatli, his-tuyg'ulari beg'ubor bo'lgan Jenni o'zining halol mehnati bilan kun ko'rishga, oliyjanob va yetuk inson bo'lib yetishishga intiladi. Biroq kapitalistik tuzumning yovuz kuchlari, o'sha davrdagi chirkin ijtimoiy tuzum bu pokiza qiz taqdirini ham o'z girdobiga oladi, sof muhabbatini paymol etadi. U kambag'allar hayotining bir vakilasi. Inson har doim ham o'zi xohlagandek yashay olmasligi, bunga atrof-muhit, yaqinlari, moliyaviy hayoti va holati juda kata ta'sir qilishi aynan Jenni misoli orqali yoritiladi. Jenni xuddi shunday muhitning qurboni bo'ldi. Yoshlik chog'idayoq turli sinovlarga duch keldi. Ehtiyotsizlik qilib xato ish qilib qo'ydi: bir insonga ko'ngil berdi: 18 yoshdaligida onasi bilan mehmonxonaga ishga kirganida Jenni o'zidan yoshi katta bo'lgan va shu paytgacha umuman uylanmagan senatorni yaxshi ko'rib

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

qoladi. Chunki senator uning qashshoq oilasini pul bilan ta'minlaydi. Aslida, u faqatgina boylik sabab senatorni sevib qolmaydi, u senatordan baxt kutadi. Senatorning iliq tafti Jenni uchun najot edi, biroq Jenni doimo hayotning ayanchli taqdiriga munosibday edi. Oradan ko'p o'tmay senator olamdan o'tdi. Garchi bu og'ir judolik bo'lsa-da, o'zi hali bolalik dunyosidan chiqmagan Jennining yoshgina farzandning onasi bo'lishi unga hayotda quvonch bag'ishladi, baxt kelsa, qo'sha-qo'sha keladi deyishganidek, uni yana muhabbat quchoq ochib kutib oldi. Zodagon Lester, yosh va ko'rkam yigit, uni sevib qoladi.

Voqealar shu tarzda shiddatli davom etadi, asosiy qahramon Jenni qayerda bo'lsa, o'quvchi ham xuddi o'sha joyga sayohat qiladi. Jenni Gerxardt asarida bu dard "homiylik" va "oshiqlik" tushunchalari bilan uyg'unlashadi. Qayerga bormasin, nima ish qilmasin, sohibjamol Jenniga hamma oshiq bo'laveradi, uning asosiy muammosi bo'lmish qashshoqligiga o'zining homiyligi bilan javob qaytaradi. Ayol kishi qalbiga suyanib yashaganidek, Jenni ham har gal muhabbatga ishonadi. Jenni boylikdan baxt izlamaydi, pul unga oilasi, onasi, otasi, aka va ukalarini ta'minlash uchun kerak xolos. Garchi dastlab Jenni uni boyligi va oilasiga beradigan puli sababli Lesterga ko'nglini ochgan bo'lsa, ich-ichidan Lester unga chin baxt bera olishiga ishonadi va umid qiladi, qalbiga ishonib tavakkal qiladi. Hattoki u bilan noqonuniy xotin bo'lib yashaydi. Boy ota o'glining bu ishidan jahli chiqib vasiyatnomani o'zgartiradi. Jenni uchun baxt kerak edi, unga boylik obro' ahamiyatga ega emasdi. Lester uni tashlab ketganda ham u xafa bo'lmadi, bir kuni Lesterning qaytishiga umid qilib yashadi. Chunki u Lesterni chindan sevdi. Lester ham unga borini tuhfa etdi. Faqat ularning behikoh turmushi Lesterning otasini jahlini chiqardi, agar qarorini o'zgartirmasa, meros bermasligini aytdi. Nachora, Lester qashshoq hayotga o'rganmagandi, Jennidan voch kechdi, ammo bu qaroridan butun umr afs uslandi. Buni asar oxiridagi Lester va Jennining mehmonxonada o'tkazgan oxirgi kunlaridan va bir biriga aytgan dilso'zlaridan ilg'or o'quvchi tezda anglab olishi mumkin.

Jenni uning shuncha qilmishlaridan keyin ham bir ikki og'iz shirin so'ziga yupandi. Orada o'tgan qancha baxtsizlikning barini Lesterning qalbidan otilib chiqqan bir-ikki og'iz qaynoq so'zlar baxtga almashtirdi. Lesterning o'limi oldidan Jennini chaqirtirishi va unga so'ngi bor dil so'zlarini to'kib solishi, ajralishgan bo'lishlariga qaramay Jennining qalbida bu so'zlardan iliqlik uyg'onishi va Lester bilan so'nggi nafasigacha mehmonxonada qolishi haqiqiy Amerika hayot tarzida tez-tez uchrab turadigan holatlardan biridir.

Bunga zid ravishda esa o'zbek millatining eng ta'sirli asarlaridan biri hisoblangan Tog'ay Murodning "Oydinda yurgan odamlar" asari qahramonlari muallifning o'z so'zi bilan aytganda, "ne kunlarni ko'rmagan", eng murakkab taqdir

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

egalaridir. Qissa qahramonlari Qoplon va Oymomo ismli ikki yosh bir-birini sevib turmush quradi. Ularning bir-biriga bo'lgan sevgisi, mehri va hurmati shu qadar cheksiz ediki, atrofdagilar, xususan aziz kitobxon ham ularning baxtli bo'lishiga shubha qilmaydi. Biroq, hamisha biri kam bo'lgan dunyo ularni farzandsizlik sinovi bilan "siyladi". Ushbu sinovga qarshi mardonavor turib bergan ikki yoshni yillar o'z bag'riga oldi. Ushbu yillar davomida qalbi siniq, dili qisiq bo'ldi ularning. Bir-birini yupatish uchun, o'zlariga biroz dalda bo'lishi uchun "bobosi, momosi" deb atay boshlashdi. Biroq, bu dalda o'rniga ko'proq alam olib keldi. O'zbek millatida "Bolalik uy bozor, bolasiz uy mozor", "Bola aziz, odobi undan aziz" kabi maqollar borki, ular farzand ne'matining qanchalik azizligini ifodalaydi.

Ammo Qoplon va Oymomo farzand orzu ilinjida kun, oy, yillarni bir-biriga ulab yashashdi. Hali tug'ilmagan go'dakning birisi bobosi, biri momosi bo'lib, zurriyotni, bir-birlarini e'zozlashdi, ardoqlashdi. Biroq, otalik va onalik baxtini ular his qilmadi. Faqatgina, asar oxirida yilt etgan uchqun kitobxonni ham, asar qahramonlarini ham birozgina bo'lsa-da, baxtni his etishlariga sabab bo'ladi. Qo'shni kelinning farzandini ko'tarib turgan Oymomo (endi u yosh va navqiron qiz emas, yoshi ulug' momo bo'lgan edi) birdan vujudida g'alati mo'jizani his etadi. Shiringina bolakayni ko'tarib turib, ko'kragiga sut kelganini, yaratgan uni bir bora, bir lahza bo'lsa-da, onalik baxti bilan siylaganini his etadi. Qo'shni bolakayni o'z orzulari va yashagan umri kabi oppoq va pok sut bilan emizadi. Emizadi-yu, bir qancha vaqt o'tib, bu dunyodan ko'z yumadi.

Shu yerda ikki asarga diqqat qilaylik, Yevropa personaji Jenni farzand ko'radi, farzandining o'limini ham mardonavor yengib o'tadi, hatto buni unutish uchun boshqa bolalarni asrab oladi, lekin yozuvchi Teodor Drayzer asarning bu jihatlariga uncha e'tibor bermaydi, har gal Jennining baxtga intilishiga, uning qalbi sevgi va muhabbat suviga chanqoq ekanligiga urg'u beradi. Ularning o'rtasida farzandning yo'qligi munosabatlariga salbiy ta'sir ko'rsatmadi, asar qahramonlari hattoki bu bo'yicha tanishganlaridayoq salbiy qaror qabul qilishgan edi. Asar oxirida ham Jenni sevgan va ardoqlagan Lester o'limi oldidan Jennini chorlashi, uning uchun tuganmas baxt edi. Chunki sevgi Yevropa xalqining eng sevimli mavzusi, ushbu madaniyatda inson sevgi topa olsa, baxtli hisoblanadi.

O'zbek madaniyatiga yo'g'rilgan ikkinchi asarda esa garchi ushbu ikki inson, Qoplonbek va Oymomo o'rtasida sof sevgi ularni umr bo'yi tark etmagan bo'lsa-da, ular uchun bu baxt motivi bo'la olmadi. Ularga hayotlari davomida onalik va otalik baxti yetishmadi. Asar oxirida esa Oymomo buni his etib, baxtiyor holida dunyodan ko'z yumdi. Garchi bir-birini sevsa-da, zurriyod qoldirish, farzand tarbiya qilish hissi ularni bir zum tark etmadi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Baxt — ma'naviy-axloqiy tushuncha. Kishi yashash tarzidan mamnunlik, muayyan maqsadga yetganlik, orzu-umidning ushalishi, bearmonlik holatidan baxtli yoki baxsiz bo'lishi mumkin, lekin mentalitet, millatning qarashlari va milliy o'y -fikri bu bo'yicha ulkan ahamiyat kasb etadi, yuqoridagi ikki asar ushbu fikrning yaqqol isboti o'laroq tahlil va muqoyasa qilindi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Tog'ay murod "Oydinda yurgan odamlar" asari

2. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

3. TOG'AY MURODNING "OYDINDA YURGAN ODAMLAR" QISSASINING SYUJET QURILISHI, Ro'ziyeva Xolida Shomirzayevna.

4. R. H. Elias. Teodor Drayzer, pp. 18-19.

5. Teodor Drayzer "Jenni Gerxardt": Roman/ / Ruschadan E. Nosirov tarjimasi. -T.: "Yosh gvardiya", 1982. - 328b.

6. https://fayllar.org/togay-murod-qissalarida-milliylik-va-umuminsoniylik-konsepsiya.html?page=4

7. Normatov U. Kechmishdan qolgan armonlar. ,,Xalq so'zi" gazetasi, 16-iyul, 1993-yil.

8. Isanova, F. (2023). STRUCTURAL AND SEMANTIC ANALYSIS OF THE TERMS OF INTERNATIONAL LAW IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 3(1 Part 1), 76-80.

9. Rahmon Qo'chqor. "O'tgan kunlar" ning davomi... "Milliy tiklanish" gazetasi, 5 dekabr 1995 yil.

10. Исанова, Ф. (2024). INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA XALQARO HUQUQ SOHASIGA OID FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QIYOSIY TAHLILI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(4), 32-34.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.