Научная статья на тему 'MAQOLLARNING LINGVOPRAGMATIK TADQIQI TOG'AY MUROD "OYDINDA YURGAN ODAMLAR" ASARI MISOLIDA'

MAQOLLARNING LINGVOPRAGMATIK TADQIQI TOG'AY MUROD "OYDINDA YURGAN ODAMLAR" ASARI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
407
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
LINGVISTIK PRAGMATIKA / MAQOL / KOMMUNIKATIV NIYAT / OILA

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yoqubjonova M.Ya.

Ushbu maqolada maqol va uning badiiy qudrati haqida so'z borgan.Uning tilshunoslikdagi, zamonaviy yo'nalish bo'lmish pragmalingvistikaning tadqiqot metodlaridagi mavqeyi borasida fikr bildirilib, bu borada maqollardan misollar keltirilib o'tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGVOPRAGMATIC STUDY OF PROVERBS TOGAY MUROD ON THE EXAMPLE OF "PEOPLE WALKING ON THE MOON"

In this article there is a mention of the proverb and its artistic power.His views on the position of pragmalinguistics in the methods of research in linguistics,which is a modern direction, are given examples of articles in this regard.

Текст научной работы на тему «MAQOLLARNING LINGVOPRAGMATIK TADQIQI TOG'AY MUROD "OYDINDA YURGAN ODAMLAR" ASARI MISOLIDA»

Yoqubjonova M. Ya. III-bosqich talabasi filologiya fakulteti Andijon davlat universtiteti

MAQOLLARNING LINGVOPRAGMATIK TADQIQI TOG'AY MUROD "OYDINDA YURGAN ODAMLAR" ASARI MISOLIDA

Annotatsiya: Ushbu maqolada maqol va uning badiiy qudrati haqida so'z borgan.Uning tilshunoslikdagi, zamonaviy yo'nalish bo'lmish pragmalingvistikaning tadqiqot metodlaridagi mavqeyi borasida fikr bildirilib, bu borada maqollardan misollar keltirilib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Lingvistikpragmatika, maqol, kommunikativ niyat,oila

Yoqubjonova M. Ya.

stage 3 student faculty of philology Andijan State University

LINGVOPRAGMATIC STUDY OF PROVERBS TOGAY MUROD ON

THE EXAMPLE OF "PEOPLE WALKING ON THE MOON"

Annotation: In this article there is a mention of the proverb and its artistic power.His views on the position ofpragmalinguistics in the methods of research in linguistics,which is a modern direction, are given examples of articles in this regard.

Keywords: linguistic pragmatics, proverb, communicative intention,f

amily.

Lingvistik pragmatikaning xususiy masalalari aynan nutq ishtirokchilari va nutqiy vaziyat tushunchasi bilan bog'liqdir.Bizga ayonki,so'zlovchi o'z maqsadini ifoda etuvchi jumla qurish uchun olamda mavjud bo'lgan narsa,predmet hodisalarning nomini bilishi hamda ma'lum grammatik qonun-qoidalar bilan tanish bo'lishining o'zi kifoya qilmaydi. So'zlovchi nutqiy vaziyat tushunchasi mohiyatini ham bilishi kerakki,bu albatta,so'zlovchi bayon qilmoqchi bo'lgan kommunikativ niyatning to'g'ri ifodalanishida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.So'zlovchi nutqiga xos kommunikativ niyatning aniq va to'g'ri ifodalanishi uchun yana milliy urf-odatlar bilan bog'liq ijtimoiy qonun qoidalarni bilish ham talab qilinadi.10

10 M.Hakimov O'zbek pragmalingvistikasi asoslari.T-2013 B-21

Ko'rinadiki, pragmalingvistikaning muhim masalalaridan biri kommunikativ niyatning adresatlarga yetkazib berilishi.Bunday niyatning aniq va to'g'ri ifodalanishi uchun maqollar ham o'z o'rniga ega.

Til, falsafa va badiiy ijodning o'ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl,ammo teran mazmunga ega bo'lgan bir janridir.11

Bilamizki, yolg'izlik faqat yaratgangagina xosdir.Xalqimizda azal-azaldan oila muqaddas hisoblanadi.Tog'ay Murodning"Oydinda yurgan odamlar" asarida jamiyatning bir bo'lagi oila va uning tayanchi farzand ekanligi haqida ko'plab maqollar uchraydi. Aynan kommunikativ niyatning maqollar orqali yetkazib berilishini ushbu asarda ko'rishimiz mumkin.

-Men undaychikin odamni bilmayman...

-Endi bilasan-da.Aytganimdan qolma.Chiroying borida chinoringni top!

Yanga va qiz o'rtasidagi bu suhbatda maqol orqali ko'zda tutilgan so'zlovchining kommunikativ niyati:"Yoshlik vaqtingda o'z tengingni,jutftingni top keyin attang qilib yurmagin."

-Sen qatorilar bolali bo'ldi,-dedi otasi,-O'g'li borning o'zi bor,qizi borning izi bor.

-Umr o'tayapti.Bo'laringda bo'lib o't bo'z yo'rg'aday yelib o't.

Yozuvchining birinchi maqol orqali yetkazib bermoqchi bo'lgan kommunikativ niyati:"Qachongacha befarzand yurmoqchisan? O'g'ling yoki qizing bo'lmasa sening bu dunyoda qoldiradigan izing ham bo'lmaydi."Keyingi maqolga ahamiyat bersak, so'zlovchi birinchi maqolning aniqlashuviga,niyatning yaqqol aks etishiga ishora qilyapti.Ya'ni, hozir farzand uchun yoshligingda qayg'urgin,bo'z yo'rg'a kabi bo'lgin degan noan'anaviy o'xshatish qilyapti.Bu yerda yozuvchining individual uslubini ham ko'rishimiz mumkin.

Yo'l olis bo'lsa, yana tag'in to'qson so'mlik qorovullik bo'lsa,nimasiga orzumand bo'lasiz,demaydimi?Olisdagi palovdan yaqindagi sho'rva yaxshi demaydimi?

Ushbu maqolda yozuvchi ifodalamoqchi bo'lgan kommunikativ niyati:"Olisda bo'lgandan ko'ra,o'z tug'ilib o'sgan joyingda yurganing yaxshi.Ko'proq topgandan o'z joyingda oziga qanoat qilgin."

Oymomo,yomondan qochda qutul,yo ton-da qutul,deya ketdimi?

Savol orqali berilgan maqol orqali yetkazib berilmoqchi bo'lgan kommunikativ niyat:"Yomon odamdan yo qochib qutulasan,yoki aytgan gaping ma'qullab qutulasan."Bu yerdagi ayiruv yuklamalar ma'noni kuchaytirish uchun xizmat qilgan.

Keyin,eshitmish-bilmish ig'volardan gapirdi. Ta'bi xushlamovchi ayollar g'iybatini qildi.

Elakka bormish ayolning ellik og'iz gapi bo'ldi!

11 O'zbek xalq maqollari.T-2005.B-3

Maqolda ko'zda tutilgan kommunikativ niyat:"Hamsoya ayol elakka chiqqanligi,ellik og'iz gapning ichida g'iybat,ig'volarni gapirishi.Birgina elak detali orqali ayollarning bekorchi gaplari borligini" ifodalagan.

-Bedana tezotar bo'lsa,o'z boshini o'zi yoradi!-dedi bir ayol.

Maqoldagi o'xshatishning o'zidayoq kommunikativ niyat borligini ko'ramiz.Bedana orqali insonga tegishtirish ya'ni, bedan kabi ko'p gapirsang o'z boshingga yetasan,hammasi o'sha suyaksiz tildan kelib chiqadi degan fikrlarni anglaymiz.

-Bir qishning bir yozi bo'ladi,qarg'aning qag'illagani qoladi,Oymomo do'stim!

Bir qarashda maqol orqali inson insonga dalda berayotganini ko'ramiz.Dalda berish orqali so'zlovchi yetkazmoqchi bo'lgan implitsit ma'no:"Hali yaxshi kunlar oldinda,odamlar qarg'a kabi qag'illaganicha qoladi sen ularga parvo qilmagin. "

Xulosa qilib aytganda, ushbu maqollarda adresatlarga yetkazib berilmoqchi bo'lgan kommunikativ niyat o'z aksini topgan.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.M.Hakimov O'zbek pragmalingvistikasi asoslari.T-2013 2.O'zbek xalq maqollari.T-2005 3.T.Murod "Oydinda yurgan odamlar " asari T-2017

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.