Научная статья на тему 'KUNTUG‘MISH DOSTONIDA XOLBEKA OBRAZI TALQINI'

KUNTUG‘MISH DOSTONIDA XOLBEKA OBRAZI TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
29170
625
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Kuntug‘mish” dostoni o‘rganish masalalari / Xolbeka obrazi tahlili / “tush motivi”ining dostondagi ahamiyati / jirkanch bir tuzumning qurboniga aylangan ayol taqdiri. / Issues of studying the epic "Kuntugmish" / analysis of the image of Holbeka / the importance of the "dream motif" in the epic / the fate of a woman who became a victim of a disgusting regime.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sh. Rahmataliyeva

Ushbu maqolada folklor dostonlarida uchraydigan ayollar obrazining ishtiroki tahlil va talqin etilgan. Maqola uchun asos bo‘lgan “Kuntug‘mish” dostonining ayol qahramoni Xolbeka obrazi tahlil etiladi. Ilmiy maqolada dostonning Ergash Jumanbulbul o‘g‘li varianti tomonidan kuylangan varianti asos qilib olinadi.Shu bilan birgalikda maqolani yoritishda ko‘plab ilmiy adabiyotlar va jurnallardan foydalanildi. Maqolaning dolzarbligi, Xotin-qizlar obrazining xalq eposlaridagi quvvati, ularning ta’sirini yoritib berishdir. Shuningdek Xolbeka obrazining tahlili orqali, ayol kishining ichki va tashqi olami,atrofini qurshab olgan muhitga munosabatlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INTERPRETATION OF THE IMAGE OF HOLBEKA IN THE KUNTUGMISH EPIC

This article analyzes and interprets the participation of women in folklore epics. The image of Holbeka, the heroine of the epic "Kuntugmish", which is the basis for the article, is analyzed. The scientific article is based on the version of the saga sung by the son of Ergash Jumanbulbul. At the same time, many scientific literature and magazines were used to cover the article. The relevance of the article is to shed light on the power of the image of women and girls in folk epics and their influence. Also, through the analysis of Holbeka's image, the inner and outer world of a woman, her relationship with the surrounding environment is highlighted.

Текст научной работы на тему «KUNTUG‘MISH DOSTONIDA XOLBEKA OBRAZI TALQINI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

KUNTUG'MISH DOSTONIDA XOLBEKA OBRAZI TALQINI Rahmataliyeva Shohinur Zafarjon qizi

ToshDO'TAU O'zbek filologiyasi fakulteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7189167 Annotatsiya. Ushbu maqolada folklor dostonlarida uchraydigan ayollar obrazining ishtiroki tahlil va talqin etilgan. Maqola uchun asos bo'lgan "Kuntug'mish" dostonining ayol qahramoni Xolbeka obrazi tahlil etiladi. Ilmiy maqolada dostonning Ergash Jumanbulbul o'g'li varianti tomonidan kuylangan varianti asos qilib olinadi.Shu bilan birgalikda maqolaniyoritishda ko'plab ilmiy adabiyotlar va jurnallardan foydalanildi. Maqolaning dolzarbligi, Xotin-qizlar obrazining xalq eposlaridagi quvvati, ularning ta'sirini yoritib berishdir. Shuningdek Xolbeka obrazining tahlili orqali, ayol kishining ichki va tashqi olami,atrofini qurshab olgan muhitga munosabatlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: "Kuntug'mish" dostoni o'rganish masalalari, Xolbeka obrazi tahlili, "tush motivi"iningdostondagi ahamiyati, jirkanch bir tuzumning qurboniga aylangan ayol taqdiri.

ТРАКТОВКА ОБРАЗА ХОЛЬБЕКИ В ЭПОСЕ КУНТУГМИШ Аннотация. В данной статье анализируется и интерпретируется участие женщин в фольклорных эпосах. Анализируется образ Холбеки, героини эпоса «Кунтугмиш», который положен в основу статьи. Научная статья основана на версии саги, воспетой сыном Эргаша Джуманбюльбюля, при этом для освещения статьи было использовано множество научной литературы и журналов. Актуальность статьи заключается в том, чтобы пролить свет на силу образа женщины и девушки в народных эпосах и их влияние. Также посредством анализа образа Холбеки освещается внутренний и внешний мир женщины, ее взаимоотношения с окружающей средой.

Ключевые слова: Вопросы изучения эпоса «Кунтугмиш», анализ образа Холбеки, значение «мотива сна» в эпосе, судьба женщины, ставшей жертвой отвратительного строя.

THE INTERPRETATION OF THE IMAGE OF HOLBEKA IN THE KUNTUGMISH EPIC Abstract. This article analyzes and interprets the participation of women in folklore epics. The image of Holbeka, the heroine of the epic "Kuntugmish", which is the basis for the article, is analyzed. The scientific article is based on the version of the saga sung by the son of Ergash Jumanbulbul. At the same time, many scientific literature and magazines were used to cover the article. The relevance of the article is to shed light on the power of the image of women and girls in folk epics and their influence. Also, through the analysis of Holbeka's image, the inner and outer world of a woman, her relationship with the surrounding environment is highlighted.

Keywords: Issues of studying the epic "Kuntugmish", analysis of the image of Holbeka, the importance of the "dream motif in the epic, the fate of a woman who became a victim of a disgusting regime.

KIRISH

"O'zbek dostonchiligining qahramonlik eposi va jangnomalardan keyingi yangi taraqqiyot bosqichi - romanik dostonlar feodalizm davrining ijtimoiy-siyosiy munosabatlari bilan bog'liq bo'lib, ularning mohiyatini sevgi mojarolari, qo'rqinchli sarguzashtlar, ertakka xos fantastik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

voqealar, shu bilan birga hayotiy hodisalar tasviri belgilaydi. Ko'tarinki ishq tuyg'ulari va ya'ni ularda ulug'vor sevgi romantikasi bilan unga erishish yo'lidagi fantastik sarguzashtlar qahramonligi birlashib, chatishib, chirmashib ketgan." Sof ishqiy-romanik dostoni bo'lmish "Kuntug'mish" dostoni boshqa dostonlardan o'zining mavzu va mohiyati bilan alohida ajralib turadi. Baxshilar tomonidan bu dostonning ko'plab versiyalari kuylangan bo'lishiga qaramay, Ergash Jumanbulbul o'g'li kuylagan varianti muvoffaqiyatli chiqqan. Bizning ilmiy maqolamiz uchun asos qilib ham aynan shu baxshi repertuarida kuylangan variantini tanlab olindi. Chunki bu variant tasviriy vositalarga boyligi, badiiy o'xshatmalardan mohirona foydalanganligi bilan dostonning boshqa variantidan yaqqol ajralib turadi. Bunga sabab bevosita baxshining mahoratili ekanligidan ham darak beradi. Doston markazida adolatsiz zulm davri natijasida aziyat chekkan oshiqlar, tuban kimsalar tomonidan bir-biridan ajratilgan egiz farzandlar taqdiri turadi. Ularning atrofini o'rab olgan muhit bizga feodalizm davrini, o'sha davrdagi aholining hukmron tabaqa tomonidan ayovsiz ezilganidan hababr beradi. Bu holatlar Ergash Jumanbulbul variantida o'zining realligi, ifodaning konkretligi bilan ajralib turadi. Bu variant dastlab Buyuk Karimov tomonidan nashrga tayyorlanib, Hodi Zarifning so'z boshisi bilan chop etildi, so'ng Hodi Zarif tomonidan nisbatan to'la nashri amalga oshirildi. Dostonning boshqa variantlaridan Bekmurod Jo'raboy o'g'li nusxasi Z. Husainova tomonidan nashrga tayyorlanib M. Saidov so'zboshisi bilan bosilgan. "Kuntug'mish" dostonining birinchi tadqiqotchisi H. T. Zarifov bu va shunga o'xshash bir qator tarixiy fakt va afsonalarni qiyosiy tahlil etib, shunday xulosaga kelgan edi: "Ba'zi tarixiy va jug'rofiy faktlar, qadim naqllar bilan "Kuntug'mish" dostoni ma'lum darajada yaqinlashadi va ayrim detallarda birlashadi. Kuntug'mish" dostoni bizga yetib kelgan holida badiiy barkamol, kompozitsion pishiq, ishqiy-romanik dostonlarning eng yetugi hisoblanadi. Unda ishq, muhabbat, vafo va oila masalalari ijtimoy hayot hodisalari bilan mahkam holda tasvirlanadi. Dostonda tilga olinayotgan Xolbeka obrazi boshqa romanik ruhida yozilgan dostonlarda tasvirlangan ayollardan, o'zining qa'tiyatliligi, maqsadi yo'lida hech nimadan qaytmas o'jarligi bilan farqlanib turishi e'tiborimizni tortadi. Bu holat dostondagi bir motiv orqali juda o'rinli yoritib beriladi: " Bu qizning o'ziga talabgorlar oldiga shart qo'yishidir. Nikoh shartlari va bahodirlik musobaqalari qahramonlik eposlari uchun harakterli bo'lib, romanik doston "Kuntug'mish"da nard o'yini tarzda namoyon bo'lgan bu motiv qahramonning fahm-farosatini, aql-zakovatini sinash vositasi bo'lishligi bilan birga muhim ijtimoiy funksiyani o'taydi." Xolbeka aql-farosatli, o'z qadr-qimmatini yuqori baholaydigan chiroyda tengsiz qiz, shuningdek uning uchun yor bo'lmoqlikka ahd qilgan inson ham shu talabga javob bera oladigan dovyurak yigit bo'lishi kerak:"...Xolbeka o'n to'rtga kirgandan keyin ovozasi olamga ketdi, dong'i Dog'istondan o'tdi. Xolbekaning tavsif-vasiyatini, husn zeboligini eshitgan podsho va to'ralar, polvon-botirlar har mamlakatdan, har yurtdan, har diyordan sovchi qo'ya berdi. Sovchilarga Xolbeka: "Har kim meni olaman deb kelsa, oldiga nard o'yinini qo'yaman, o'ynayman, utsa tegaman, utdirsa so'yaman", - deb elga shuhrat berdi. Uning ruhiyatidagi ko'tarinkilik, o'ziga bo'lgan ishonch shu qadar kuchliki, u nard o'yinida osonlikcha yutqizadigan emas. Bu o'yinning mohirlaridan. Uning bu talabi ko'plab yigit va shahzodalarni o'z jonlarini halok etishlariga olib keldi. Xolbekaning bu sharti barcha uchun barobar. Uning jamoliga oshiq bo'lgan Zangar yurtining hukmdori Bug'raxon ham tinmasdan unga sovchi yuborishiga qaramasdan, unga "Podsho nomardlik qilmasin, o'ziday podsholarga ta'na-malomat bo'lmasin. Mening shu shartim, eshitmagan, bilmagan odam yo'q. Ayol bo'lsam ham qavlimdan qaytmayman, shohingdan qo'rqmayman. Bizga oshiq bo'lgan bo'lsa, kelsin, nard o'ynasin, utsa, tegaman, utdirsa podsho deb siylamayman, so'yaman, jonidan kechsa bizga kelsin",

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- deb sovchisini qaytardi. Xolbekani bu talabini bajara olmasligiga aqli yetgan hukumdor qo'l ostidagi mute kishilar maslahati bilan uning baxtini bog'lash harakatiga tushadi. Shaharga endi tashqaridan Xobekani so'rab hech kim kirmaslikka, uning nomini hatto tilga olmaslikka farmon beradi. Uning bu qilgan ishi hukmdorlar o'z hohishi yo'lida har qanday tuban ishni qilishga qodir ekanligiga namunadir. Tarixda bunday nohaqliklar ko'plab uchrab turishi odatiy hol edi. Xolbeka uchun qo'yilgan bu cheklovlar sof va samimiy muhabbat uchun qo'yilgan cheklovlar, O'rta asrlarda avj olgan feodalizmning bir ko'rinishi deb qarash mumkin. Xolbeka va uning keying taqdiri ham shu tuzimning taziyiqiga uchraydi.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Xolbekaning yuqoridagi harakatlari qahramonlik eposining yorqin vakilasi Barchin siymosini eslatadi. Alp Barchin ham to'qson alplardan hayiqmay olti oylik muddat so'ramagan edimi? Ularni o'z shartini bajarish uchun kurashga, poygaga, kamondan o'q otishga, yoy tortishga chorlamagan edimi? ! Alpomish kelganda esa suyukli yorim kelibdi deb, uni etagidan tutib ketishni emas, balki alplar bilan barobar bellashishni, uning shartlarini bajarishini talab qiladi. Xolbeka ham ayni Barchindek talabchan qiz . Lekin, Barchindan farqli o'laroq Xolbeka talabgor sovchilar bilan o'zi kurashadi. O'zbek xalq eposlarida sovchilikka kelgan oshiqni yor bilan bunday shart-sinovlashishi, yigit bilan qizning bellashuvi faqat "Kuntug'mish"da uchraydi.

Xolbeka Kuntug'mishning dastlabki tanishuvi, "tush motivi" orqali amalga oshiriladi. Umuman olganda turkiy xalq eposlarida tush motivi keng uchraydigan, muhim ahamiyatga ega bo'lgan motiv hisoblanadi: "Tush - insonni o'tmish va kelajakdan ogoh etadi, unut kechinmalarni qayta esga soladi. Ruhiy ahvolning qay darajaligidan darak beradi. Inson ruhiy dunyosi nihoyatda murakkab, og'ir, sirli jarayon ekanligini ko'rsatadi. Uni tadqiq qilish inson haqidagi bilimni oshirishga xizmat qiladi hamda bizni o'zimiz haqimizdagi yolg'onchi tasavvurlardan tozalaydi. Chunki inson ruhiyatidagi o'zgarishni birinchi bo'lib o'zida to'g'ri aks ettiradigan holat tushdir. Faqat uni to'g'ri sharhlash zarur. Shuning uchun ham xalq ertak va dostonlarida tushga alohida urg'u beriladi. Voqea qahramonning tushida kechadi, yo voqeaning butun kechmishi tushda ayon bo'ladi".

"Kunlarda bir kun Xolbeka noz uyquda yotib edi, bir tush ko'rdi: Chiltonlar va mardon g'oyiblar bir tongda suhbat qilib o'tirib edi, bir chilton kelib Xolbekaning ruhini olib bordi, bittasi kelib, Kuntug'mishning ruhini olib bordi. Chiltonlar to'y qilib, Xolbekani to'raga topshirdilar. Ikkovi bir to'shakda yotib, bir-biroviga so'z qotib, Xolbeka so'radi: "Sen kimsan, joy-manziling qayda, oting kimdir?"To'ra aytdi: "Otim Kuntug'mish, otamning oti Avliyoyi Qoraxon, otam No'g'oyga podsho, No'g'oy to'rasi bo'laman. Sen kimsan, oting kimdir, yurting qayerda?" Xolbeka aytdi: "Otim Xolbeka, otamning oti Shoir vazir, yurtim shahri Zangarda".Ikkovi bir-birovi bilan o'ynashib, to'rasining juzugini Xolbeka olib qo'liga soldi; Xolbekaning uzugini to'ra olib qo'liga soldi. Shu kecha Kuntug'mish ham shunday bir tush ko'rdi. Shu ishda ikkovi ham uyondi. To'ra bir oh tortib, bu dardini hech kimga aytolmay, niginga qarasa, boshqa nigin; qog'ozga muhr qilib bossa, Xolbekaning oti chiqadi. Xolbeka ham uyqudan uyg'onib, to'raning ishqida ilonday to'lg'onib, aslo orom-qarori qolmadi. Bu ham uzugini ko'rsa, o'ziniki emas; qog'ozga bosib ko'rsa, Kuntug'mish to'raning oti chiqadi".

Dostonda keltirib o'tilgan tush motivini ayanan keltirib o'tishimiz, biz uchun qahramonlarning ruhiy holatini yaqqolroq ko'rib anglashimiz uchun muhim. Chunki, folklor asarlarida 14 yosh balog'at yoshi deb qaraladi. Bu yoshda qahramonlar o'z juftlarini tanlab, yoki uni izlab safarga otlanadi. Kuntug'mish dostonida ham Kuntug'mish ham ayni 14 yoshda,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

yigit kishi o'rganishi kerak bo'lgan barcha bilimlarni o'rganib, ularning mohir bajaruvchisiga aylandi. Xolbeka ham ayni balog'at yoshida, uning chiroyini eshitib kelgan qanchadan -qancha shahzodalar uning shartini bajara olmay qilichdan o'tgan. Bug'raxon esa unga munosib emas, uni shartini bajarish uchun aqli ham, kuchi ham yetmaydi. Xolbekaning hayolida esa uning shartini bajara oladigan yigitgina unga munosib. Har ikki qahramonning ham ayni shunday o'y hayollar qurshab yurgan vaqtda ko'rilgan bunday tush esa bu ularning kelajak hayotlari uchun bir bashoratdir. E'tibor beradigan bo'lsak ularning ruhini chiltonlar bir yerga olib kelib uchrashtiradi, ko'rilayotgan tush esa sahar vaqtiga to'g'ri kelishi tushning rahmoniyligidan ya'ni haqiqatga yaqin ekanligini bidiradi. Qahramonlarning tushlarida bir-biriga ismlari, qayerdan ekanliklarini aytishlariga qaramay Kuntug'mish darrov Xolbekani izlab safarga otlanmaydi. Ko'rgan tushi ta'sirida uni hech kimga ayta olmay yurgan vaqtda Xolbeka allaqachon harakatga tushib bo'lgan edi. U ko'rgan tushini kanizi Bahragulga aytadi, u bilan maslahatlashib, suratini chizdirib, xat yozib, sandiqqa solib daryoga oqizib yuboradi. Xolbeka aniq bilmaydi sandiq aynan tushida ko'rgan insoniga borib yetadimi, yoki yo'qmi, lekin pok muhabbatning borligiga, yaratganning kuch-qudratiga ishonib tavakkal qiladi. Uning bu jasorati yana bir bor Xolbekani o'ziga ishonadigan, maqsadi yo'lida hech narsadan qaytmaydigan qiz sifatida gavdalantiradi . O'z tuyg'ularini maktub qilib bitib, suvratini ham solib daryoga oqizib yuborish har qanday qiz bajara oladigan ish emas, bundan biz Xolbekaning qalbida ishq-muhabbat haqidagi o'y-hayollar qoplab olganini ko'rishimiz mumkin. Yuborilgan maktub Kuntug'mishga yetib borishi, Xolbekaning suratini ko'rib to'raning ham qalbida alanga olgan ishqning yanada ortish tasvirini folklorshunos olim To'ra Mirzayev quyidagicha izohlaydi: "Bu o'rinda bir motivning bunday ikkilantirilishi qahramonning tush ko'rib oshiq bo'lishi va yana mashuqaning suratini ko'rib bu tuyg'uning yanada kuchayishi) dostonni kompozitsion tarqoqlikka emas, balki uning emotsianalligini, ishontirish quvvati va badiiy ta'sir kuchini oshirishga olib kelgan". Chindan ham agar biz tush motivi bilan maktub motivi deb ularni bir-biridan alohida tahlil qilishga kirishsak, fikran chalkashlik kelib chiqishi mumkin. Bu yerda asosan maktub emas surat ya'ni Xolbekani jamoli birinchi element sifatida turibdi. Demak, Xolbekaning ko'rgan tushidan ilhomlanib, Kuntug'mishga shu tariqa ishora berishi, uning eposdagi harakati faolligini, shuningdek tush motivini uyg'unlashib, safar motiviga o'tishidagi asosiy faol obraz sifatida deb qarashimiz mumkin. TADQIQOT NATIJASI

Romanik dostonlarining boshqa turkum dostonlaridan farqi ham ularning ishqiy sarguzasht tasvirlari bilan yo'g'irilgandir. Ayrim hollarda esa, ularda qahramonlik obrazlariga hos tasvirlarni ham uchratasiz. Kuntug'mish dostonida bir epizodik tasvir borki, bu yerda Xolbekaning ruhiyatidagi qahr-g'azabni ifodalanishi aks etadi. Bazzoz qiyofasida kelgan Kuntug'mishni kimligini aniqlash maqsadida yuborgan kanizlari orasida bir Chaqqoni bor edi. U to'rani ko'rib, aqli hushi shoshilib, o'z nomi bilan Chaqqon emasmi Xolbekaga bo'rttirib ta'rif etib, o'z hayotining zomini bo'ladi:

"Kokilingning bandin tuygin, buvushim, Yarashiqqa turli kiygin, buvushim, Bir ta'rif aylayin, kuygin, buvushim, Meni desang, shuni suygin, buvushim, Dunyodan bearmon o'tayin desang, Olmaday iskalab yotayin desang,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Erga tegsang, shunga teygin, buvushim. Xolbeka oyimning qahri kelib, ilonday zahri kelib:- Men senga mata olib kel desam, sen menga er topib kelar ekansan. Mencha bo'ldiyu, bo ziyoda

ham qoldimi? - deb qahri bilan Chaqqonga bir changal solib, qirq zinalik ko'shkidan siltab otib yubordi. Bechora Chaqqon yerga tushgancha bo'lak bo'lak

bo'lib ketdi." Keltirilgan parchadan Chaqqonning naqadar shoshqaloq, befahm kanizligi ifodalangan bo'lsa, Xolbekaning ham malikalarga xos qahrga ekanligini e'tiborga olgan joiz. Xolbeka yuqorida tilga olinayotgan yigit ayni tushida ko'rgan yigitligini, u bilan birga chiltonlar orqali nikohlanganini bilsada, buni tan olmaslikka harakat qiladi. Keyingi gal esa Bahragul kanizini borib bazzozni kimligini bilib kelishga yuboradi. Bahragul Chaqqondan farqli o'laroq, fahm-farosatli, buvishini ko'ngliga yo'l topa oladigan kanizlardan bo'lib, Xolbekaga manzur keladigan maslahatni bera oladi:

"Shonaman zulflari toblab o'rayik, Har ish bo'lsa yaratgandan ko'rayik, Bazzoz bilan sening ishing boMmasin, Ko'shkidan hovliga qaytib borayik, Shu bazzozni olib borib oldingga, Ahvolini o'zidan, buvum, so'rayik. Xolbeka oyim: - Yaxshi maslahat berding, - deb sirini ichida po'shida qildi." Qanchalik qalbidagi tuyg'usini yashirishga urinmasin Xolbekaning bu sir tutishlari Kuntug'mishni ko'rgach zoe ketadi: "Qizlarga tayin qildiki: - Shu odam eshikdan kelsa, bittang joy bersang, yo o'rningdan tursang, o'ldiraman, - dedi. Shu vaqtda to'ra borib qoldi: - Assalomu alaykum, - deb eshikdan kirib bordi. To'rani ko'rgandan, Xolbeka oyim joyidan irg'ib turib: -Va alaykum assalom, to'rga o'ting, - deb o'zi poygaga yugurib o'tganini bilmay qoldi. Xolbeka turib edi, qirqin qiz gurullab bari joyidan turdi." Kuntug'mish ham oddiy yigit emas ediki, Xolbeka o'z hislarini yashirib, o'z so'zida tura olsa. Endilikda nard o'yinida Xolbekaning o'yinni boy berishi, qahramonlarning o'zaro bir-biriga yetishishiga sabab bo'ladi. Lekin, asosiy sinov Xolbeka va uning yori uchun endi boshlanadi.

Bug'raxon tomonidan ularga nisbatan shafqatsiz berilgan azoblar bu ikki qahramonni ruhiyatida ham, hayotida ham o'zgarish yuz berishiga olib keladi. Ko'rsatilgan zulmlar ta'sirida Xolbekaning oldingi shijoatli, zabardast holati o'rnini falakdan, taqdiridan nolish, yoriga rahm-shafqatlilik kabi tuyg'ular chulg'ab oladi. Bu holatni Kuntug'mish va Xolbekani tutib olib borayotgan jallodlarga qarab yolvorish o'rinlarida yaqqol namoyon bo'ladi:

O'tar dunyo, qiyomatni o'ylanglar. Til borinda turfa-turfa so'ylanglar, Qancha gunoh desang, mening bo'ynima, Meni o'ldir, to'ramni ozod aylanglar. Quloq sol, jallodlar, qilgan dodima, Qaytayin yetmay o'ldim maqsadima. Meni o'ldir, to'ramni ozod aylanglar, Bir o'g'lon o'lmasin kasofatima. Bu epizodik tasvirdan, Xobekani Kuntug'mish uchun chekayotgan g'am-tashvishlarini tasvirini ko'ramiz. Kuntug'mish ham bu vaqtda Xolbekaga bunday o'z qadrini tushurib, jallodlarga ham, boshqalarga ham yolbormaslik tasviri dostonda chiroyli aks ettirilgan. Bundan ko'rinib

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

turibdiki, "Kuntug'mish" dostonida sof sevgi va erkin oila qurish yo'lidagi g'ovlar, boshqa romanik dostonlarda bo'lganidek, g'ayritabiy kuchlar, tabiat stixiyalari, dev va parilar emas, balki feodalizm davri qonun-qoidalari, bu qonun-qoidalar asosida harakat qilgan Buvarxon va uning amaldorlari, savdogarlar karvoni hisoblanadi. Buning o'ziyoq doston konflikti jiddiy ijodiy qarama-qarshiliklar asosida qurilganligidan dalolat beradi.

MUHOKAMA

Xolbekaga Buvarxon tomonidan ko'rsatilgan azoblari, Kuntug'mish bilan tulip ichiga solinib, sahroga sazoyi qilinish tasviri, ochlik, madorsizlik oshiqlarning qiynalishlarining ayni sababi ham aslida oddiy. Xolbeka ham boshqa qizlardek, o'ziga munosib yorni tanlab, baxtli hayot qurishga haqli edi. Lekin, "Xon g'azabi, Xudo g'azabi" deganlaridek, Buvarxonning o'rinsiz oshiqligi, jamiyatning adolatsiz tuzumi, ikki oshiqni tarafini oladigan biror-bir shaxsning yo'qligi, podsho tuzumiga barchaning muteligi, yordam berganlar ham ayovsiz jazolanish tasviridan hukmron tabaqaning insonlar taqdirini osonlikcha hal qilishlari bularning barchasi feodalizmning jirkanch bir ifodasidir.

Xolbeka obrazi tasvirida jirkanch bir tuzumning qurboniga aylangan ayol siymosi gavdalanishi bilan birga, uning bu sinovlarga sabr-bardoshi ham yetadi, qachonki yori, farzandlari yonida bo'lsa. Lekin uning yuqorida chekkan iztiroblari hali hammasi emas edi. Azbarxo'ja boshliq karvonga yo'liqqan oshiqlarni endilikda kutib turgan azoblari, Xolbeka uchun Buvarxon tomonidan berilgan azob - uqubatdan ikki hissa ko'proq ayanchli. Chunki, bu vaqtda Xolbeka dostonni boshida tasvirlanganidek, go'zallikda tengsiz chiroyi, shijoati, g'ayrati o'rnini onalik ma'suliyati egallab olgan edi. Farzandlarini sog'- omon saqlab qolishi uchun ona sifatida u o'zida borini beradi: "Xolbeka oyim...oftobning issig'idan bolalarini toshning soyasiga yotqizib, go'daklarning halqumi kuyunib, laylak qushday chirpinib, goh bunisining og'ziga, goh bunisining og'ziga tufrigini solib o'tirib edi." Bu tasvir esa uning onalik muhabbatini yorqin ifodasi edi. Bir so'z bilan aytganda "Kuntug'mish" dostoni ona muhabbatini ko'klarga ko'tarib maqtovchi, ona qalbini yuksak darajada ulug'lovchi yangroq qasida desa bo'ladi."

Savdogarlar karvoni Kuntug'mishni mast qilib, Xolbekaning go'daklaridan ayirib, Zangarga Buvarxon qo'liga olib ketish tasviri borki, kishining ruhiyatini tushkunlikka tushirmasa, uning hislarida rahm-shafqatni uyg'otmasa!? Uning karvonlarga yalinib, yolborishi dostonda juda samimiy aks etgan:

Bollarim er etgan yo'q, bo'lgan yo'q, Hali nodon hech narsani bilgan yo'q, Qancha edi go'daklarning gunohi, Norastalar o'ynagan yo'q, kulgan yo'q. Erta bilan uyqusidan turgan yo'q, Hali ochda, oq sutimga to'ygan yo'q.

Ikki nodon begunohga rahm ayla, Yangi turdi, nodonlarim emgan yo'q.

"Xolbekaning bu nolishlari Azbarxo'jaga zarracha ta'sir etmaydi. U savdogar odam, mol va mulkning qurboni, uning ko'ngli qattiq, bag'ri toshdan, unda na mehr, na muhabbat bor. Mo'ljallagani mashaqqatsiz kata daromad yo'lida kishini honavayron qilish, gunohsiz onaning bag'rini pora-pora qilish Azbarxo'ja uchun hech narsa emas. Uning yonidagi sheriklari ham o'zlariga o'xshaydilar. Bu voqealar bilan doston feodal tuzumining ikkinchi bir eksplutator

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tabaqasi - savdogarlarning ham odamgarchilikdan uzoq, razil, iflos, zolim ekanliklarini ochib beradi va ularga qarshi keskin nafratlantiradi"

Suyukli yori, hali go'dak egizlaridan ayrilgan Xolbekaning keyingi taqdiri yana Zangarda, Buvarxon uni ko'rib, Azbarxo'janing ko'rsatgan azoblari uchun zindonband etib, Xolbekani esa shirxo'ra akasi Xolmo'minga topshiradi. Doston o'z nomi bilan Romanik turkimiga kiruvchi doston emasmi, unda asosan ishqiy kechinma, qahramonning ruhiy iztiroblari bosh planga olib chiqiladi. XULOSA

Ilmiy maqolamizga xulosa qiladigan bo'lsak, Xolbeka butun doston davomida aql-farosat bobida, go'zallikda, mehr-muhabbatda tengsiz ayol siymosini yaratadi. Qahramonning boshiga qanchalik og'ir sinovlar tushmasin, umidsizlikka berilmay doston yakunida yana o'z oilasini birlashtira oladi. Xolbeka obrazi romanik eposdagi xotin-qizlar obrazining eng go'zal namunasi hisoblanadi. Chunki, u boshqa romanik eposlardagi ayollar singari pari sifatida yoki fantastik ko'rinishda emas,oddiy ayol sifatida reallikka asos bo'la oladigan holda nomayon bo'ladi. Xolbeka obrazi qalban ma'shuqalikdan onalikkacha bo'lgan mashaqqatli ma'naviy yo'lni bosib o'tgan ayol bo'lib gavdalanadi.

REFERENCES

1. Kuntug'mish.G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti.T.1975.

2. Bulbul taronalari.1-tom.171-342-betlar.

3. Xolbeka.T.1967.

4. To'ra Mirzayev.Xalq baxshilarining epik repertuari.O'zbekiston SSSR "Fan" nashriyoti.T-1979.121-b.

5. G'olima Musina.Turonning alp qizlari: (bade'a) - T.Yozuvchi. 1997. B-67.

6. Jabbor Eshonqul.Folklor obraz va talqin. Qarshi. "Nasaf"nashriyoti.1999-y. 112-b

7. To'ra Mirzayev.Xalq baxshilarining epik repertuari.O'zbekiston SSSR "Fan" nashriyoti.T-1979.98-b.

8. Ergash Jumanbubul o'g'li varianti.Kuntug'mish.T,1949.

9. Bulbul taronalari.1-tom.171-342-betlar.

10. Xolbeka.T.1967.

11. To'ra Mirzayev.Xalq baxshilarining epik repertuari.O'zbekiston SSSR "Fan" nashriyoti.T-1979.121-b.

12. To'ra Mirzayev.Xalq baxshilarining epik repertuari.O'zbekiston SSSR "Fan" nashriyoti.T-1979.124-b.

13. Kuntug'mish.G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti.T.1975.134-b.

14. Yuqoridagi asar.134-b.

15. Jabbor Eshonqul.Folklor obraz va talqin. Qarshi. "Nasaf"nashriyoti.1999-y. - B-112.

16. Kuntug'mish.G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti.T.1975. - b-140.

17. To'ra Mirzayev.Xalq baxshilarining epik repertuari.O'zbekiston SSSR "Fan" nashriyoti.T-1979. - B-123.

18. Kuntug'mish.G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti.T.1975. -B-155.

19. Hodi Zarif. "Kuntug'mish"dostoni haqida. - B-47.

20. G'olima Musina. "Turonning alp qizlari". - B-67

21. Qo 'shmoqov. M. Baxshilar xazinasi, - T., 1981. 137-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.