Научная статья на тему 'TILAK MAZMUNLI BIRLIKLARNING DINIY VA SOTSIOLOGIK XOSLANGANLIGI'

TILAK MAZMUNLI BIRLIKLARNING DINIY VA SOTSIOLOGIK XOSLANGANLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
560
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
duo qilmoq / duoibad / qarg`ishlar / mulozamat / lingvomadaniy kod / milliy kolorit. / to pray / supplication / curses / servise / linguocultural code / traditions

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sulaymonova, Husnida Haydarjon Qizi

Mazkur maqolada o`zbek xalqi nutqiy aktida keng qo`llaniladigan duo nutqiy janri tilak mazmunidagi birliklar sifatida olinib, ularning diniy va sotsiologik xoslanganligi haqida ba`zi mulohazalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RELIGIOUS AND SOCIOLOGICAL CHARACTERISTICS OF WISHES

This article considers the genre of prayer, which is widely used in the Uzbek people`s speech act, as a unit of desire, and provides some comments on their religious and sociological characteristics.

Текст научной работы на тему «TILAK MAZMUNLI BIRLIKLARNING DINIY VA SOTSIOLOGIK XOSLANGANLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TILAK MAZMUNLI BIRLIKLARNING DINIY VA SOTSIOLOGIK

XOSLANGANLIGI

Sulaymonova Husnida Haydarjon qizi

Andijon davlat universiteti e-mail: sulaymonovahusnida 123 @gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada oлzbek xalqi nutqiy aktida keng qo Haniladigan duo nutqiy janri tilak mazmunidagi birliklar sifatida olinib, ularning diniy va sotsiologik xoslanganligi haqida ba^zi mulohazalar berilgan.

Kalit so zlar: duo qilmoq, duoibad, qarg^ishlar, mulozamat, lingvomadaniy kod, milliy kolorit.

This article considers the genre of prayer, which is widely used in the Uzbek people^s speech act, as a unit of desire, and provides some comments on their religious and sociological characteristics.

Key words: to pray, supplication, curses, servise, linguocultural code, traditions

В данной статье рассматривается жанр молитвы, широко используемый в речевом акте узбекского народа, как единица желания, а также даются некоторые комментарии к его религиозно-социологической характеристике.

Ключевые слова: молиться, моление, проклятия, служение, лингвокультурный код, традиции.

Duo qilmoq. Bu ibora o zbek xalqi turmush tarzida keng qo llaniladi. Duo qilmoq diniy mazmun kasb etuvchi urf-odat hisoblanib, ozbeklarda arab istilosidan so'ng islom dini bilan birga tilovatdan so'ng bajariladigan harakat sifatida kirgan, yani fotiha qilinayotganda aytiladi. Yoshi katta kishilar nutqida ko'p kuzatiladi. Umuman olganda, duo qilish nutqda gender xoslanish bilan ham bogliq. Duo qilish ikki kaftni birlashtirib yuziga fotiha tortish bilan amalga oshiriladigan xatti-harakat bolib, bu harakat o'zbeklar madaniyatida "tugamoq", "oxirlamoq" manolarida qollaniladi. Shuning uchun ham eng ko'p aza bolgan xonadonda fotihaga qol

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ochilish holati kuzatilishi mumkin. Buning o'zga bir manosi umri tugagan marhum haqiga duo-tilak bildirish. Bu ham tugash bilan bo'gliq holat.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Duo qilish bilan bog'liq holatlar, asosan, dasturxon yig'ilishidan oldin, minnatdorlik ifodalanganda, yaxshilik tilaganda, qabriston yonidan o'tganda, birovning o'limidan voqif bo'lganda bajariladi.

"Ozbek tilining izohli lug'atf'da bu ibora 4 manoda keltirilgan. DUO[a-iltijo, chaqirish, davat 1 din. Xudoga yolvorib, unga iltijo qilib, o^zi yoki boshqalar uchun yaxshi, ezgu tilak tilash. Ko^pchilikning duosi ko^p bolur. Duo qiling bolsin meningfarzandim. Maqol. 2 din. Fotihada o^qiladigan Qur'on surasi. Duoyi fotihadan keyin hammalari o'rinlaridan turib, yo'l hozirligini ko'ra boshladilar. M.Osim, Ibn Sino qissasi.. 3. Kishining sog'lig'i, o'limi, baxtsizligiga sababchi deb hisoblanuvchi turli yovuz kuchlar, ins-jinslarni qaytarish, kimsani kimsaga isitish va shu kabilar uchun azayimxonlar, duoxonlar tomonidan o'qiladigan yoki tumor va sh.k ga yozib beriladigan matn, xat. Ozbek oyimning miyasi aynadimi yoki sehrchi hinduning duosi asar qildimi, har nuchuk, uch yillik adovatlar va gina -kuduratlar barchasi ham allaqayoqqa qarab uchib ketdilar. A.Qodiriy, "Otkan kunlar" 4.Umuman kishilar bir-birlariga tilaydigan yaxshiliklar; yaxshi niyatlar. Oltin olma, duo ol. Duo oltin emasmi.

Duo va tilak so'zlarining izohli lug'atdagi manolaridan kelib chiqib, ularni nutqiy aktda ifodalanishi va lingvomadaniy aspektdagi holatlarni hisobga olib, tilak mazmunli birliklarni 3 turga ajratishni lozim topdik: 1- duolar (Xudoyimdan iltijo qilib nimadir so'rash va Qur'on suralaridan keyin o'qiladigan fotihadagi duolar) 2-tilaklar (insonlarning bir-birlariga bildiradigan niyat-tilaklari, biror ish oldidan aytiladigan niyatlar, marosim, urf-odatlarda bildiriladigan tilaklar) 3- duoibad yoki qarg'ishlar (kimnidir qarg'ab, yomonlik tilaydigan duolar va duoxonlar tomonidan qilinadigan issiq-sovuq niyatlari).

Duo nutqiy janri orqali islom diniga e'tiqod qiluvchi o'zbek xalqi Xudoga iltijo qilib o'zi uchun yoki boshqalar uchun yaxshiliklar tilash, to'y-hasham, marosimlarda fotiha o'qish kabilarni amalga oshirib, diniy amallarni ham bajaradilar. Duo nutqiy janri, tilak -istak bildirish, insonlarni qarg'ash bevosita o'sha xalq e'tiqodi va dini bilan uzviy bo'gliq bo'lib, buni duolarning aytilish o'rni, lisoniy tuzilishi, gap qurilishidagi saqlanib qoluvchi qoliplar, bajaradigan funksiyasi ham asoslab turadi: Toy onamni oldingi o^rindiqqa o^tqizdi. Yarim soatcha aylantirib keldi. Onamning yosh boladek birovning mashinasiga tushib "kataysa" qilishi menga erish tuyildi. Ammo onam xursand edi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- Nordek yigit bo^pti,- dedi quvonib. - Istolovoyda sheppovar ekan. Xudoyo, umridan baraka topsin. [Dunyoning ishlari, 28-b] Yoki boshqa bir o'rinda:

Ermon buva xo^p o^ynadi! Yalang oyog^ining boldirigayopishgan loy aralash qorlar namatga sachrab ketdi. Keyin u charchab cho^kkalab qoldi. Kavshandoz tomonga qarab yuziga fotiha tortdi.

-Ilohi omi-i-in! Yurtimiz tinch bolsin, illo- billo qirg^inbarot bolmasin. Ollohu akbar! [Dunyoning ishlari, 58-b] kabi misollardan ko'rinib turibdiki, duo-istaklar avvalo, Ollohning nomi bilan aytilib, tilaklar 3-shaxs buyruq-istak maylida, "Xudoyo", "Ilohi-omin" "Ilohim", "Inshaalloh" kabi jumlalar bilan boshlanadi. Tugallanish qismi ham kop tilaklarda takrorlanuvchi "Ollohu akbar", "Omin", "Xizr barakasini bersin!", "Pirlar madad qilsin!" kabi turg'un birikmalar bilan tugallanadi.

Duo, olqish, qarg'ishlarning tildagi funksional jihatlarini hisobga olib, sotsiolingvistik, psixolingvistik, lingvomadaniy, gender tomonlama tahlil qilish mumkin. Duo-olqishlar kopchilik tomonidan va yakka tartibda aytiluvchi tilaklarga bolinadi. Bunda ko'pchilik tomonidan aytiladigan olqish -tilaklarga to'y-hashamlarda, turli yig'inlarda el-yurt uchun tinchlik omonlik so'rash, yurtboshi uchun salomatlik tilash kabilar, mehmondorchilikda ko pchilik mehmonlar tomonidan mezbonlar uchun, yurt egalari uchun sihat tilashlar, sovchilar tomonidan yoshlarga baxt tilashlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Yurtimiz tinch bolsin! Ilohim yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, yurtboshimiz omon bolsin. Davlatimiz doimo ravnaq topsin. Zurriyotlarimiz texnologiyalarni yanada puxtaroq egallab, bundan-da aqlliroq, zukkoroq, bilimdonroq bolibyetishsin va bizdan ko^ra baxtliroq bolib yashasin! Jahonda o^zbek eli hamda millatining obro^si tobora oshib boraversin. Barkamol avlodlarimiz ajdodlar merosini e^zozlab, qadriyatlarimizni ardoqlasin. Birdamlik, totuvlik, ahilligimiz yo^qolmasin. Butun dunyo xalqlari halovati buzilmay, baxtli hayot kechirsin! Mazkur tilak bugungi mustaqillik zamonda qariyalarimiz tilidan aytiladi va unda yurtimiz ozod ekanligi, ozbek eli va millati butun jahonda oz mavqeiga ega ekanligi, yangi texnika -texnologiyalar joriy etilganligi bildirilayotgan olqishdan anglashilib turadi. Tilakda sinonimlarning va sifat darajalarining qollanilishi bilan yurtimiz kishilariga xos sofdillik fazilati namoyon boladi. Xalqimizga xos ezgu niyat bildirish qadim zamonlardan har zamonaga mos tarzda amalga oshirilib kelingan bo'lib, yurtboshi johil bir kimsa bolishiga qaramay unga nisbatan ham yaxshi tilak tilash odat tusiga ega:

Azizbek tashakkurini bitirgach, hudaychi qo^rg^on ustidagi qahramonlarg^a hamma tovshini qo yib qichqirdi.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

-Bek janoblari bu kungi rustamona g^ayratlaringizga rahmat aytib, haqlaringizga duo qiladirlar!

Mudofi 'lar dunyoni buzib javob berdilar:

-Qulluq taqsir, qulluq! Taqsirimiz dunyo turguncha turib, soyai davlatlari boshimizdan kam bolmasin!1 Asarda Azizbekka tarif berilganda uning odil hukmdor ekanligi anglashilmasada, qo'l ostidagi mudofi'lari tomonidan unga nisbatan duo -olqish bildirilishi o' sha davr ruhiyati va siyosiy holat bilan bog'liqdir. Yana bir misol, sobiq SSSR davlatini boshqargan Leninga atab xalq orasida har yig'inda aytilgan tilak-olqishlar va shu kabilar tilaklarni zamon va davr bilan ham bevosita bogliqligi omillarini ochib beradi. Sotsiolingvistik tahlil talab etuvchi bu kabi tilak-olqishlarning bir qanchasi xaql orasida mavjud bo'lishiga qaramay, ularga qarshi tur yani qarg'ishlar bu borada uchramaydi. Chunki bu holat tabaqalar o'rtasidagi mulozamat-manzirat shakllari bilan baholanadi. Xalqimizda yuqori tabaqa vakillariga qulluq qilish past tabaqa vakillari tomonidan har vaqt ham ixtiyoriy, oz xohishiga ko'ra bo'lavermaydi. Ular albatta rahbarlari, rahbar o'rinbosarlari, umuman, yuqori lavozim egalariga nisbatan qo'li ko'ksida, ularga jismoniy, manaviy, ruhiy salomatlik tilab, qulluq qilib, manaviy barkamollik olqishlari bilan alqab mulozamat ko rsatadi. Bu nafaqat o zbek xalqi, balki, jahon xalqlari uchun ham xos. Xalq orasida chin dildan oz vazifasini ado etayotgan rahbarlar, xalq uchun jonini berib faoliyat yuritadigan boshliqlarni xalq orasidagi keksa-yu yosh duo qilishligi, ishlarining rivojini so'rashligi o'zbek xalqining insoniylik fazilatlarini ochib beradi. Masjidlarda o'qiladigan jamoat namozlarida, to'y va boshqa marosimlarda "Yurtboshimiz omon bolsin, xalq manfaatlari uchun qilayotgan harakatlari barokatli bolsin!" deb albatta yurtboshi yodga olinishi ham ozbeklar uchun odatiy tusga aylangan. Har safar ularning tilidan aytilayotgan mazkur tilaklar tilga o'rnashib qolgan til birliklari hisoblanib, xalqning milliyligini namoyon etadi.

Sovchilar, mehmonlar tomonidan bildiriluvchi tilak-olqishlar ham ko'pchilik tilidan aytiluvchi olqishlar sirasiga kirib, bu bevosita xalq madaniyatini ozida namoyon etuvchi urf-odatlar bilan ham chambarchas bo'g'liqdir. Sovchilar oqshom vaqti keldi.

Uy bekasi dasturxonyoydi. Xo^jasi mezbonlikqildi. -Xush ko "rdik, xush ko "rdik, -dedi.

-Xush vaqt bol, qassob, xushvaqt bol,-dedi sovchilar.- Qani, ilohi omin, shu uyda katta-katta to ylar bo Isin, Olloh-akbar! -Olloh- akbar. Aytganingiz kelsin!

1 Abdulla Qodiriy. Otkan kunlar. T - 2016, 83-b

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Palovdan keyin tarvuz so^yildi2 ". "Katta-katta"- toy leksemasiga nisbatan bu

sifatning qollanilishi o'zbek xalqining to'yga bo'lgan munosabatini ifodalab keladi.

Sovchi kutish, ularni aziz mehmonlar hisoblab izzat-hurmat korsatish ozbek milliy

ananalari sanaladi. Sovchilar tilida o'rnashib qolgan tilak-istaklar har vaqt ular

tomonidan xonadon egalariga sihat-salomatlik tilash, xonadonga tinchlik,

dasturxoniga baraka, rizq tilash kabi odatdan tashqari, agar "ishni pishitsa" yoshlarga

baxt-saodat tilash ham sovchilarga xos odat: "Sovchilar dasturxonga o^ralmish nonni

o^rtaga qoydi. Qalin aytish boshlandi.

-Xo^-o^-sh...

-Elga qarab aytingda.

-Xo^-o^-p...

-Bo ldi-ye, hech kim qiz uzatib boyigan emas.

-O"nta qoy... Shularga rozimisizlar?

-Qani, ilohi omin, ikkiyosh qo^sha qarisin, Ollohu akbar!

Yangasi qiz onasi o^rnidafotiha o^qidi.

Non sinsirildi?

Ikki yoshga baxt tilash nafaqat sovchilik marosimida, nikoh to'yi, nikoh to'yidan keying o'tkaziladigan jamiyki marosimlarda (mas."yuzochti" "kuyovqochdi") aytiladi. Bu duo-alqash kopincha kattalar tilida uchraydi. Bu yerdagi gap taqdir qo'shilishi, umr yoli birlashishi haqida boradi. XULOSA

To'y marosimlarida aytiladigan tilaklarga e'tibor qaratilsa, kelin-kuyovga bildiriladigan yaxshi niyatli tilaklar orqali o'zbek xalqiga xos bolgan butun boshli to'y marosimlari assotsiatsiyasi yuzaga keladi: " Jo^ra, baxtli bolinglar, to^qqiz oyu to^qqiz kundan keyin beshik toyiarda xizmat qilaylik", "Hudoyim o^gll farzandlar bersin, sunnat to^ylarida ham o^zimiz xizmatda bolaylik" (kuyovning dosti tomonidan bildiriladigan tilak). Mazkur tilak o'zbek xalqining har bir a zosi ongi shuurida saqlanib, to'y marosimlarida bu matnga qayta qayta murojaat qilinadi va bu oz o'rnida nikoh to'yidan keyin, beshik to'yi, sunnat to'yi kabi lingvomadaniy realiyallarni assotsiatsiyalaydi. Bu kabi tilaklarni ko'plab keltirish va tahlil qilish mumkin va aynan mana shunday tahlil bugungi tilshunoslikda e'tiborga olinishi zarur bolgan ishlar sirasiga kiradi.

2 P.Qodirov. Oydinda yurgan odamlar. T - 2019, 3-b

3 P.Qodirov. Oydinda yurgan odamlar. T - 2019, 10-b

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Abdulla Qodiriy. Otkan kunlar. T - 2016, 83-b

2. Ashirov A. O'zbek xalqining qadimiy e'tiqod va marosimlari. -Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2007.

3. Otkir Hoshimov. Dunyoning ishlari, 28-b.

4. Qodirov P. Oydinda yurgan odamlar. T - 2019, 3-b.

5. Qodirov P. Oydinda yurgan odamlar. T - 2019, 10-b.

6. O'zbek tilining izohli lug'ati, 5 jildli. 1-jildi. -Toshkent.:"O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. -B. 294.

7. Mahmud Sattor. "O'zbek udumlari" Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. -T, 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.