Научная статья на тему 'Педагогические условия повышения социальной активности студентов с помощью народной педагогики'

Педагогические условия повышения социальной активности студентов с помощью народной педагогики Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
156
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Общество и инновации
ВАК
Область наук
Ключевые слова
народная педагогика / студент / активизм / знания / творческое мышление / общественное сознание / культура / развитие. / folk pedagogy / student / activism / knowledge / creative thinking / social consciousness / culture / development.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Кибриё Абдуллаева, Мавлуда Кадирова

Recently, the issue of increasing the activity of students, the development of a culture of personal thinking has been considered a major problem in the sciences of philosophy, psychology and pedagogy. On the one hand, it is important to ensure that teachers have a deep professional knowledge, social inclination and creative thinking in solving their professional tasks and problems of social life. On the other hand, the process of thinking of the future student is inextricably linked with the development of worldview, socio-political, spiritual-legal, as well as culture, which are an important aspect of social consciousness and activity of the individual. This article discusses the pedagogical conditions for increasing the activity of students through folk pedagogy

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Pedagogical conditions for increasing the social activity of students through folk pedagogy

В последнее время вопрос повышения активности учащихся, развития культуры личностного мышления считается важнейшей проблемой в науках философии, психологии и педагогики. С одной стороны, важно, чтобы учителя обладали глубокими профессиональными знаниями, социальной ориентированностью и творческим мышлением при решении своих профессиональных задач и проблем общественной жизни. С другой стороны, процесс мышления будущего школьника неразрывно связан с развитием мировоззрения, социально-политического, духовно-правового, а также культурного, которые являются важным аспектом общественного сознания и активности личности. В статье рассматриваются педагогические условия повышения активности учащихся средствами народной педагогики.

Текст научной работы на тему «Педагогические условия повышения социальной активности студентов с помощью народной педагогики»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Pedagogical conditions for increasing the social activity of students through folk pedagogy

Kibriyo ABDULLAYEVA1, Mavluda KADIROVA2

Namangan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Artidehistory:

Received April 2021 Received in revised form 20 April 2021 Accepted 15 May2021 Available online 25 June 2021

Keywords:

folk pedagogy,

student,

activism,

knowledge,

creative thinking,

social consciousness, culture,

development

Recently, the issue of increasing the activity of students, the development of a culture of personal thinking has been considered a maj or problem in the sciences of philosophy, psychology and pedagogy. On the one hand, it is important to ensure that teachers have a deep professional knowledge, social inclination and creative thinking in solving their professional tasks and problems of social life. On the other hand, the process of thinking of the future student is inextricably linked with the development ofworldview, socio-political, spiritual-legal, as well as culture, which are an important aspect of social consciousness and activity of the individual. This article discusses the pedagogical conditions for increasing the activity of students through folk pedagogy.

2181-1415/© 2021 in Science LLC

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Xalq pedagogikasi yordamida o'quvchilarda ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik shartlari

ANNOTATSIYA

Kalitso'Zar:

xalq pedagogikasi,

talaba,

faollik,

bilim,

ijodiy fikr,

ijtimoiy ong

madaniyat,

rivojlanish.

Keyingi paytlarda o'quvchilar faolligini oshirish, shaxsning fikrlash madaniyatini rivojlantirish masalasi falsafa, psixologiya va pedagogika fanlarida asosiy muammo sifatida qaralmoqda. Bir tomondan, o'qituvchilarning kasbiy vazifalari, ijtimoiy hayotiy muammolarini hal etishlarida ularning chuqur kasbiy bilimga egaligi, ijtimoiy moyilligi va ijodiy fikri rivojlanganligini ta'minlash muhimdir. Ikkinchi tomondan, bolajak o'quvchining fikrlash jarayoni dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-huquqiy, shuningdek, madaniyatining rivojlanganligi bilan uzviy bog"liq boTib, ular shaxsning ijtimoiy ongi va faoliyatining muhim jihatini tashkil etadi. Mazkur maqolada xalq pedagogikasi vositasida o'quvchilarning faolligini oshirishning pedagogik shart-sharoitlari haqida so'z yuritiladi.

1 PhD student, Namangan State University. Namangan Uzbekistan. E-mail: [email protected].

2 Lecturer, Namangan State University, Namangan, Uzbekistan. E-mail: [email protected].

Science

Педагогические условия повышения социальной активности

O'zbekistonda islohotlarning davomiyligini ta'minlash hamda demokratik fuqarolik jamiyatini shakllantirish, yoshlar, xususan, ularning ijtimoiy faolligiga bog'liq. Xususan, tarbiyaning samarali shakl va usullaridan foydalanish hususida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, quyidagicha vazifa qo'yadi: "yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy an'analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi". Davlatimiz tomonidan ta'limga berilayotgan e'tibor o'quvchilarning har tomonlama barkamol avlod bo'lib voyaga etishlarida Vatanimiz ravnaqi uchun munosib kamol topishlarida dasturamal bo'lib xizmat qiladi.

O'zbek xalq pedagogikasi an'analarida farzandlarni estetik idroki, hissiyoti va tasavvurlarini rivojlantirish hamda mukammallashtirish; tarbiyalanuvchilarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va kamol toptirish, estetik did asoslarini shakllantirish va takomillashtirish; estetik tarbiyada tarbiyalanuvchilar o'yin folklorining o'rni va ahamiyati, tarbiyalanuvchilar folklor-etnografik dastalari-estetik tarbiya markazi ekanligi, vorislik, ustoz-shogirdlik an'analarining pedagogik, axloqiy-estetik ahamiyati, yoshlarni shaxs sifatida shakllantirish hamda badiiy-estetik tarbiyalashda xalq ommaviy tomosha san'ati-tsirk, dorbozlik, askiya, baxshi-shoirchilik, dostonchilik, ertakchilik, qiziqchilik, taqlidgo'ylik, maddohlik, qiraotxonlik, qissaxonlik, otunlik, voizlik, bo'zaxo'rlik alyorlari kabi san'atlarining tutgan o'rni va pedagogik-tarbiyaviy ahamiyati, xalq an'anaviy sporti, fizkulturasi-farzandlar jismoniy baquvvatligi va etukligining garovi ekanligi, chaqqonlik, epchillik va har tomonlama garmonik rivojlanishning sinalgan vositasi ekanligi, tarbiyalanuvchilar o'yin folklorining pedagogik tarbiyaviy ahamiyati, xalq pedagogik tarbiyasida turizm va sayohatning, savdo-sotiq va tijoratning o'rni, jismoniy tarbiya va sport ko'nikmalarida xalq qiziqarli tomosha san'ati, ahloq-odob va ta'limning uyg'unligi va o'ziga xosligi xalq sport va jismoniy tarbiyasida jinsiy tafovutlarga ahamiyat berishning axloqiy-aqliy ahamiyati; xalq a'anaviy pedagogikasida tabiat va inson uyg'unlashuvi muammolari, tabiat va tarixni e'zozlash, saqlash va qadrlashning ahamiyati, hayvonlar dunyosi, qushlar olami hamda dov-daraxtlar, o'simliklar va giyohlarga; ruxsat, suv, borliq-

студентов с помощью народной педагогики

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

народная педагогика,

студент,

активизм,

знания,

творческое мышление, общественное сознание, культура, развитие.

В последнее время вопрос повышения активности учащихся, развития культуры личностного мышления считается важнейшей проблемой в науках философии, психологии и педагогики. С одной стороны, важно, чтобы учителя обладали глубокими профессиональными знаниями, социальной ориентированностью и творческим мышлением при решении своих профессиональных задач и проблем общественной жизни. С другой стороны, процесс мышления будущего школьника неразрывно связан с развитием мировоззрения, социально-политического, духовно-правового, а также культурного, которые являются важным аспектом общественного сознания и активности личности. В статье рассматриваются педагогические условия повышения активности учащихся средствами народной педагогики.

Science

atrofga insoniy munosabat-xalq pedagogikasining ekologik tarbiyasi asoslarining asosi ekanligi, odatlar, udumlar, rasm-rusumlar, marosimlar, irim-sirimlar, qarg'ish va olqish-duolar, tabiat, diniy bayramlarning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati, xalq ommaviy bayram-sayllari "Navro'z", "Mehrjon", "Hayit-ro'za", "Hayit bayrami" va boshqalarning, tarbiyalanuvchining dunyoga kelishi, qulog'iga azon aytish, tish chiqishi, ilk qadami, beshikka solish, birinchi kiyim-bosh kiydirish, besh, etti kun, o'n bir kunligi, bir yilligi, uch, to'rt, besh yilligining alohida bayram qilinishi, ukuv muassasasiga borishi, sunnat qilinishi, kokil qo'yish, kokil oldirish, mo'ylov oshi, uylanish-nikoh to'yi, birinchi farzand ko'rish, qirq, ellik, oltmish yoshlar tantanalari, payg'ambar yoshi, etmish, sakson, tuqson yillik yubileylari, kumush to'y, oltin to'y, marvarid to'y va boshqa bayram-sayllar, to'y-tomoshalar, odatlar, udumlar, marosimlar va an'analarning ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik yo'nalishi, ahamiyati va shu kabilar. Keyingi paytlarda o'quvchilar faolligini oshirish, shaxsning fikrlash madaniyatini rivojlantirish masalasi falsafa, psixologiya va pedagogika fanlarida asosiy muammo sifatida qaralmoqda. Bir tomondan, o'qituvchilarning kasbiy vazifalari, ijtimoiy hayotiy muammolarini hal etishlarida ularning chuqur kasbiy bilimga egaligi, ijtimoiy moyilligi va ijodiy fikri rivojlanganligini ta'minlash muhimdir. Ikkinchi tomondan, bo'lajak o'quvchining fikrlash jarayoni dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-huquqiy, shuningdek, madaniyatining rivojlanganligi bilan uzviy bog'liq bo'lib, ular shaxsning ijtimoiy ongi va faoliyatining muhim jihatini tashkil etadi.

O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlari orasida bilimlar, har tomonlama bilimdonlik, intellekt va madaniyatning ajratib ko'rsatilishi tasodifiy emas. O'quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta'sir ko'rsata oladigan kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o'zining axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur.

O'quvchilarni mehnat, muloqot, o'yin, o'qish kabi faoliyat turlarida ishtirok etishlari tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o'zining individual pedagogik tizimiga ega bo'lishi kerak.

1. Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya'ni pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog'liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo'naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta'minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o'tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro'yobga chiqaradi.

2. Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog'liq. Bunda pedagogik maqsad o'quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o'z faoliyati maqsadini va unga erishish yo'llarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish o'quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote ta'kidlaganidek: "Ishonch bilan gapir, ana shunda so'z ham, tinglovchilarni mahliyo qilishi ham o'z-o'zidan kelaveradi".

3. Pedagogik (ta'lim-tarbiya) jarayonida o'quvchi faoliyatini boshqarish Shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo o'quvchi kelajagi tomon yo'naltirilgan bo'ladi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o'z faoliyatini mantiqini o'quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat.

Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o'ziga xosligi o'qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:

- jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to'la anglab, o'z shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat maqsadlarini "o'sib" uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;

- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;

- o'quvchilar qiziqishlarini e'tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish.

Pedagogik faoliyatning o'ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo'ladi.

1. Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o'zining alohida xususiyatlari, ro'y berayotgan voqealarning idrok qilishi va ularga o'zicha baho beradigan takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta'kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o'z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo'lgan ishtirokchisi hamdir.

2. Pedagog doimo o'sib-o'zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondoshishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.

3. O'quvchilarga pedagogdan tashqari, atrof muhit, ota-ona, boshqa fan o'qituvchilari, ommaviy axborot vositalari ijtimoiy hayot ham ta'sir etadi. Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o'zida jamiki ta'sirlarga va o'quvchilarning o'zida paydo bo'lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda tutadi.

O'quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta'sir ko'rsata oladigan kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o'zining axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur.

O'quvchilarni mehnat, muloqot, o'yin, o'qish kabi faoliyat turlarida ishtirok etishlari tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o'zining individual pedagogik tizimiga ega bo'lishi kerak.

Milliy maktabni yaratish uchun hozirgi ta'lim mazmuni va o'qitish jarayonidagi ko'pgina kamchiliklarni tuzatish, muammolarni hal qilish zarur. Buning uchun quyidagi tamoyillar va ustivor yo'nalishlarni hayotga tadbiq etish maqsadga muvofiqdir:

- Har bir fan o'qituvchisi o'z soxasi bo'yicha madaniy va tarixiy me'rosni chuqur bilishga e'tiborni kuchaytirish, qayta tayyorlash kurslarida ularni malakasini oshirish;

- Birinchi sinfdan boshlab milliy xalq turmush tarzi bilan bog'lanmagan materiallarni darslikdan chiqarib tashlash, ular o'rniga xalq pedagogikasi, tarixiy hikoyatlardan kiritish;

- Boshlang'ich sinfdan boshlab ona tili bilan bir qatorda xorijiy (arab, fors, ingliz, ispan, nemis va boshqa) tillarni o'qitishni, qiroatxonlikni o'rgatishni yo'lga qo'yish;

- Maktabda milliy kasb-hunarni o'rgatadigan to'garaklar, birlashmalar tashkil etish (masalan: o'ymakorlik, ganjkorlik, sopol va chinni idishlar yasash, gilam to'qish, milliy chevarchilik, kosibchilik va xokozo);

- Maktabda barcha uchun ta'limning uch bosqichini qo'llash, bexuda mablag' sarflanishiga yo'l qo'ymaslik, o'qish istagi bo'lmagan yoki fan asoslarini o'zlashtirishga qiynalayotganlar boshlang'ich ma'lumot bilan cheklangan holda ularni kasb hunarga o'rgatish masalasini hal etish:

- Iqtidorli o'quvchilardan iborat sinflar tashkil etish;

- Har bir maktabda "Meros muzeyi"ni tashkil etish. Ushbu muzeyda ilm-fan, san'at, o'tmish tarix haqidagi materiallarini joylashtirish.

- Har bir sinfda "Madaniy va tarixiy me'rosimizni o'rganamiz" rukni asosida qiziqarli burchak tashkil etish.

- Har bir maktab binosining zalini milliy, madaniy va tarixiy me'rosni aks ettiruvchi ko'rgazmali materiallar bilan bezash.

- Sinfdan tashqari o'tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda milliy urf-odat, an'analrga e'tiborni kuchaytirish;

- "Xalq pedagogikasi" fakul'tativ kursini joriy etish.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, har bir inson bolalikdan o'z xalqini, millatini qadriyatlarini, og'zaki va yozma adabiyotini hamda san'atini, urf-odatlarini, ilg'or an'analarini, xalqchil ma'naviy merosini o'rgansagina, o'sha xalqqa va millatga mansub bo'la oladi. Shu sababli oila, bolalar bog'chalari va Boshlang'ich sinfdan boshlab maktabni tugatguncha bolalarga xalqni g'ururi, milliy qadriyatlarini singdira olmasak, bu borada ko'zlangan maqsadga erisha olmaymiz. Farzandlarimizning barkamolligi va yuksak odobliligiga erishish uchun esa milliy ta'lim tarbiyaga asoslangan maktabning bo'lishi maqsadga muvofiqdir.

Xalq ommasining turmush faoliyat jarayonida to'plangan tarbiya borasidagi tajriba va bilimlar yig'indisi xalq pedagogikasining mazmuni ifodalar ekan ya'ni xalq pedagogikasi - mehnatkash xalq va xalq donishmandlarining yoshlarni kutilgan maqsadga muvofiq kishilar qilib shakllantiradigan tarbiyaning maqsad va vazifalariga bo'lgan qarashlari hamda xalq ommasi tomonidan ta'lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish bobida qo'llanib kelingan usul vosita, ko'nikma va malakalar birligini ifodalovchi tajribalar asosida to'plangan bilim va ma'lumotlar yig'indisidir. Boshqacha qilib aytganda, xalq pedagogikasi xalq ommasining og'zaki tarzda yaratgan avloddan avlodga o'tib kelayotgan tarbiya haqidagi ma'lumotlari - pedagogik ijodlari yig'indisidir.

Mamlakatimiz isiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma'naviyatimiz va qadriyatlarimizni, xalqimiz yaratgan og'zaki adabiyotlarni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim-tarbiya tizimini shakllantirish zaminini musahkamlash, uni davr talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga katta ahamiyat berildi.

Xalq pedagogikasida tarbiyaning birlamchi-ikkilamchisi bo'lmaydi: Xamma narsa hisobga olinishi, xech bir soha chekkada kolmasligi, ayni chog'da tarbiyaning nihoyatda nozik, injik, murakkab tamonlari e'tiborga olingan xolda, etti o'lchab bir kesishga amal kilinadi, shuningdek xalq tarbiyasida kecha, bugun va ertani o'ylab ish tutadi, ya'ni tarbiyani o'tmishni unutmaslik, bugunning kadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boriladi. Unda xayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko'rinish qisqasi jonli jonsiz neki bor, undan mukammal foydalanadi.

Xalq pedagogikasini ishontirish, isbotlash, ta'sir, ibrat namunasi, tajriba natijalari, tasdiklash kabilar tarbiyada muxim o'rin tutadi. Masalan, dov-daraxt, tog'-tosh, parranda-darrandalarga bag'ishlangan namunalarida tarbiya yotadi.

Shuningdek xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk so'zlar duo olqishlar xam tarbiyaga karatilgan bo'lib, ulardan asosan duo-olqishlarning ta'sir kuchi, tarbiyaviy axamiyati, inson ma'naviy ustivorligi, imon-e'tiqod butunligi kabi insonni har tomonlama barkamol kilib tarbiyalashning roli va o'rniga e'tibor qaratilgan.

Xalqimizning xalq pedagogikasi g'oyalariga tayanib, uni o'rganib, to'la amal qilgan barcha farzandlari doim el-yurt nazariga tushgan va olqishiga sazovor bo'lgan.

Xalq pedagogikasining bunchalik darajada ta'sir kuchi uning yashovchanligi, boyib borishi, vatan taqdirida hal qiluvchi rol o'ynashiga asosiy sabablar quyidagilardan iborat:

1. Xalq pedagogikasining beqiyosligi, ta'sirchanligi serqirra, serma'noligidir.

2. Xalq pedagogikasining bevosita xalq tomonidan mavjud hayot davomida jonli an'analarida yaratilishi, yashashi, hayot, inson muammolarini o'z ichiga qamrab olishidir.

3. Xalq pedagogikasi umuminsoniy yunalishicha va umumbashariy g'oya-maqsadlarga qaratilganligi.

Komil insonni tarbiyalash esa, avvalo, yuksak ma'naviyatli, odob - axloqli, xushxulq etib tarbiyalashni ko'zda tutadi. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon - e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning zng katta boyligidir. Ana shunday farzandlarni tarbiyalash, voyaga etkazishda xalq pedagogikasi tajribalaridan unumli foydalanishlo'rganish kechiktirib bulmaydigan dolzarb vazifadir.

Umuman o'zbek xalq pedagogikasi xalqimizning asrlar osha o'z xayotiy tajribalari, farzandlar kamolati borasida tutgan udumlari, sa'y-harakatlari, yul-yuriklari, aql-zakovatlari natijasida yaratilgan meroslar majmuasidir.

Hozirgi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda xalq pedagogikasi manbalaridan foydalanish, uning namunalaridan keng foydalanish insonni har tomonlama kamol toptirish, ma'naviyatimizning ustuvorligi, iymon-e'tiqodimizning butun bo'lishi garovidir. O'qituvchilarning asl maqsadi, o'quvchilarning o'quv istagi va shaxsidagi ijodkorlikni shakllantirib, ularni barcha darslarda faol bo'lishlariga jalb qilish, ta'limga bo'lgan qiziqish va mustaqillik tuyg'usini uyg'otishdir. O'qituvchi ta'lim jarayonida o'quvchilarni faollikka undovchi yangi o'qish metodalarini o'ylab topishga, interfaol metodlarni ta'lim tizimiga tadbiq etish yo'llarini izlashga harakat qiladi.

Ayniqsa, xalq og'zaki ijodining yirik namunasi hisoblangan dostonlarda umuminsoniy qadriyatlar mujassamlashgan bo'lib, ularda xalqning turmush tarzi, axloq-odobi, urf-odatlari, marosimlari, an'analari, orzu-umidlari, erk va ozodlik yo'lidagi mardonavor kurashlari, vatanparvarligi, sevgi-muhabbatga sadoqati, kelajakka yaqqol ifodalangan. Buni "Alpomish", "Yakka Ahmad", "Rustamxon", "Murodxon", "Oysuluv", "Shirin bilan Shakar", "Kuntug'mish" kabi dostolarida ko'rish mumkin. CHunki bu dostonlar, avvalo, xalq pedagogikasining tarkibiy qismini tashkil etib, ularda oila va bola tarbiyasi, kelin-kuyov mas'uliyatli va burchi, ota-ona va o'zgalarga hurmat tuyg'usi, do'stlik va hamkorlik, xayru sahovat va mehmonnavozlik, sevgi va sadoqat, jasurlik va qahramonlik fazilatlari kabi ma'naviy-axloqiy qadriyatlar ulug'langan. Misol uchun bu dostonlarda qanday milliy qadriyatlar o'z ifodasini topganini ko'zdan kechiraylik.

"RUSTAMXON" dostoni Oqtosh viloyatining bahodiri Rustamxonga bag'ishlangan bo'lib, uning kundoshlar tuhmatiga yo'liqqan onasi Huroyimni jallodlardan qutqarish yo'lidagi jasurligi va onasi bilan o'z yurtidan boshini olib ketgan davridagi g'aroyib va hayotiy sarguzashtlari tasviridan iborat. Dostondagi tarbiya vositalaridan biri shuki, unda xalqimizning ayolga samimiy munosabati, onaga nisbatan hurmat va e'zozi, onalik va bolalik baxtu iqboliga bo'lgan mehru muruvvati g'oyat hayajonli lavhalarda tasvirlangan. Masalan, otasi Sultonxon podsho buyrug'i bilan 300 jallod tomonidan onasi Huroyimning Mansur doriga haydab ketilganligini eshitgan o'n to'rt Yoshli Rustamxon otni egarlab, jang asboblarini ilib, ikki tozisini yo'lga solib, jallodlar ketidan kuvlab boradi va ularga qarshi jangda katta g'ayrat-matonat ko'rsatadi. Dostonda begunoh onani-tuhmatga yo'liqqan Huroyimni qutqarish, unga omonlik tilash yo'lida xalqning diniy qarashlari, islom g'oyalari bilan bog'liq tasavvuridan ham g'oyat o'rinli foydalanilgan. Avvalo uch xotindan ham farzand ko'rmay, shohlik shavkatini ham tashlab ketishga rozi bo'lgan Sultonxon diniy udumga ko'ra, so'fi-darveshlardan fotiha olgandan keyin, "hademay Huroyim degan o'rtancha xotini xomilador bo'lib qoladi". So'ngra xalqning diniy tushunchasiga ko'ra, Mansur dori begunoh tuhmat bilan o'ldiriladigan kirishilar uchun qurilgan. SHu bois Huroyimning begunoh o'ldirilishini istamagan xalq xudoga iltijosini Huroyim tilidan shunday izhor etadi:

"...Senga osilgandir tuhmatning bari, Begunoh quridi oyimning sho'ri, To'rt ming gaz ko'taril Mansurning dori, Otganda etmasin jallod arqoni!

... Huroyim bu so'zni aytib bo'lgandan keyin dor shiqirlab, poyidan qo'zg'alib ko'tariladi. Dor ham endi bu tuhmatdan xazar qiladi..."

(Rustamxon, 386-387-sahifalar).

Dostonda sharqona tarbiyaning yana bir ko'rinishi farzand odob-axloqi, mehr -shavqati va burchining ota-onaga itoatida, hurmat qilishida, gap qaytarmasligida namoyon bo'lishidir. CHunonchi, Rustam zolimlarni engib, onasini eson-omon ko'rgandan keyin, endi Oqtoshga qaytamizmi, deb onasidan maslahat so'raydi. Onasi shunday javob qaytaradi:

"Meni desang Oqtosh elga bormayman, Otangning diydori q ursin, ko'rmayman, Qaytib borib, bu ish esimga tushib, Sira, bolam, burungidaybo'lmayman. Meni desang, boshqa yurtni izlagin, Qursin otang men ixtiyor qilmayman!...

Rustam esi kirib qolgan, kitob o'qib har gapning ma'nosiga tushunadigan bo'lgan, serfahm, aqli ko'p yigit edi. Enasining so'zlarini tinglab, ma'nosiga tushunib, ...enasining gapi ma'qul bo'lub: . Ena, unday bo'lsaixtiyor senda-da. Sen shu gaplarni aytding; men otamning qoshiga bormayman, sendan ayrilib qolmayman. Tirik bo'lsak, bir tepada, o'lik bo'lsak bir chuqurda. Endi senning hayoling qaerda bo'lsa, mening ham hayolim shu erda, dedi".

(Rustamxon, 390-391-sahifalar).

Ona va bola o'rtasidagi shu birgina samimiy muloqotdan ajdodlarimizdan meros qolgan hurmat, mehr-muhabbat qoidalari targ'ib etilgani yaqqol ifodalangan. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, bunday ota-onaga, kattalarga hurmat qoidasi asosini e'zozlash, rag'batlantirish, qo'llab-quvvatlash, xizmatga tayyor turish, avaylash, ma'qullash, to'g'ri maslahat berish, ranjitmaslik, samimiy va iltifotli bo'lish kabi muhim insoniy fazilatlar tashkil etishi ta'kidlangan.

"Rustamxon" dostonida bunday ma'naviy qadriyatlar va milliy an'analarni unda tasvirlangan barcha voqea-hodisalar va obrazlarda ko'rish mumkin. Zotan, dostonning asosiy g'oyaviy yo'nalishi ham - ona yurtga muhabbat qo'yish, oddiy kishilarga muruvvat ko'rsatish va yaxshilik qilish, dushmanga nisbatan g'azab va nafrat bildirish, olijanob ezgu niyatlar yo'lida qat'iyat, dovyuraklik va jasurlik ko'rsatish, katta Yoshdagi kishilarga jumladan, ota-onaga mehr-shafqatli, muruvvatli, sahovtli bo'lish, insonlar o'rtasidagi birodarlikniulug'lashdan iboratdir.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

"MURODXON" dostoni o'zbek xalq ijodining muhabbat mavzuini kuylovchi eng nodir asarlaridan biridir. Doston syujetini Oqtosh mamlakatining podshosi Murodxonning unga bir ko'rinish bergan Orzigul parini sevib qolishi, oila qurish maqsadida uni izlab, uzoq yurtlarga ketishi, qahramonliklar ko'rsatib, ma'shuqasining visoliga etishuvi tashkil etadi. SHu bois dostonda ilgari surilgan asosiy g'oya - har qanday ezgulik, olijanoblik, do'stlik,

vatanparvarlik, qahramonlik, dovyuraklik faqat sof sevgi tufayli amalga oshishini, faqat muhabbatgina inson kamolotini, ma'naviy qiyofasini belgilab berishini va u yovuzlik, yomonlik, adolatizlik ustidan tantanani ta'min etuvchi kuch ekanini ko'rsatishdan iboratdir. Masalan, Murodxon na mamlakati, na nomu nishonidan darak bermagan pari -Orgzigulni izlab, kimsasiz, suvsiz cho'lu biyobonlardan o'tadi, "borgan odam qaytib yurtni ko'rmagan" baland va xavf - xatarli tog'lardan oshadi, boshi va oxiri ko'rinmaydigan Xunxor daryosidan uch oyu o'n kun deganda kechib o'tadi. Nihoyat Ko'lquduq mamlakatining podshosi Oqilxon bilan tanishib uning yordamida Orzigulni yurti Guliston mamlakati ekanligini bilib, yana yo'lga tushadi. Ko'p beklarni halok qilgan "juda zo'rabor" Afsar devni engib, u bilan do'stlashadi va dev taqdim etgan falang otda ko'kka uchib, Guliston mamlakatiga boradi. Orzigulni olib, Afsar devning manziliga qaytib keladi. Ketidan o'n ikki ming lashkar bilan quvib kelgan Qiron shoh lashkarlariga qarshi yakka o'zi jang qilib, uni engadi va shohning rozi-rivoligini olib, Oqtosh yurtiga omon-eson etib keladi. Ana shunday voqealar rivoji davomida xalqimizning haqiqiy sevgi, mehru vafo, do'stlik, samimiylik, olijanoblik, mardlik, baxodirlik, epchillik, uddaburonlik, sabru-matonat, jonbozlik, aql-idroklik, fahm-farosatlilik, ishonch, sadoqat, saxiylik, odillik, mehmonnavozlik kabi qadriyatlar ulug'lanadi.

Misol uchun dostonda ajdodlarimizning sharqona odob-axloqini, fe'l-atvorini va muruvvatini ifodalovchi vosita bo'lmish mehmondo'stlik qadriyati fanday ifodalanganini ko'zdan kechiraylik. Ma'lumki, Sharq xalqlariga xos mehmondo'stlik eng qadimgi davrlardan mavjud bo'lib, hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan qadriyatlardan hisoblanadi. CHunki mehmondo'stlik odamga mehr qo'yish, bir-biriga sahovatli va oqibatli bo'lish, oqko'ngillik va olihimmatlilikning yuksak ifodasidir. Buni biz "Murodxon" dostonidagi ijobiy obrazlardan biri - Ko'lquduq mamalakatining podshosi Orzigul parining do'sti Oqilxon timsolida g'oyat jozibali tasvirlanganini ko'ramiz. Oqilxonning do'stlikni qadrlashi va e'zozlashi, do'st uchun har qanday yaxshilikni, mol-dunyoni ayamasligi uzoq yo'ldan piyoda horib-yaaryaab kelgan, ochlikdan holdan toygan, mashaqqat chekkan Murodxonga ko'rsatgan mehribonligida, mehmondo'stlikning barcha rasm-rusumlariga rioya qilib, izzat-ikrom bilan kutib olganida yaqqol ko'rinadi: "Murodxonning ... ko'nglini xushlab, ko'shkiga boshlab olib borib, ostiga palos tashlab, qirqin qiz bekning xizmatida turdilar.

Oqilxon ... Murodxonning oldiga kelib, qo'l uzatib ko'rishib, so'rashib, dasturxon yozib, har turli taomlardan tortib, ko'p siylab tashladi.

... Murodxonning oldiga pista, rusta, bodom, har xil alvonda nozu ne'mat narsalardan tortib, oltin kosalarga sharob suzib, Murodxonning ko'nglini xuo'lab ziyofat ustiga ziyofat, asal ustiga sharbat tortib, maylisni qizitib o'tira berdi. Hammasi zarli-zarbof kiyimlardan kiyib, Murodxonga jilvalar qilib, ko'nglini olib, nozlar bilan gapira berdi...".

SHu xilda vaqtixushlik bilan oqshomni o'tkazib, Oqilxon ertalab mehmon bilan tanishadi, uni maqsadi yo'lida xizmat qilishiga va'da berib, o'z mamlakatini mehmonga ko'rsatadi.

"Oqilxon shahrining yarmini Murodxonga ko'rsatib, past ko'cha, tor ko'cha, rost ko'cha - barini ko'rsatib, guliston chorbog'lariga iyartib, shunday dumog'ni chog' qilib, shul kechani o'tkardi. Shul kecha o'tdi, xo'p yaxshi qildi xizmatdi, oqshom yotdi. Tong otdi. Kun choshkua haddiga etdi. Shunda Oqilxon qirqin kanizlariga buyurdi: - Qora qashqa tulporni egarlab olib kelinglar! - dedi.

... Bu qirqin qizlar hammasi jam bo'lib, otning oldiga bordi. YAlang'ochlab, qashlab, supurib-sidirib, ... otning ustiga tilla, zarli-zarbof abzallarni solib, turli po'pak-tillalarni taqib, otni bezab, tilla yuganlarni urib, har xil kashtali tillaning suvini yugirtgan davirlarni solib, tilla egarni otning beliga urib, yaxshilab, hamma anjom-abzallarni urib, bezab bo'lib otning jilovini hammasi ushlab, bu tulpor otni o'rtaga olib, etaklab, sozlab bora berdi... SHunda Murodxon bu otni ko'rib, vaqti xush bo'lib, dumog'i chog' bo'ldi.

SHunda Oqilxon xazinasini ochdirib, podsholik dag'dag'a bilan turli sarpolar olib kelib, yaxshi sarpo - bosh oyoq kiyimlardan Murodxonga yoptirdi. Safarning kamchilik asboblaridan Murodxonga berib, har nima yovga kerak bo'lsa, hammasini tayyorlab, qo'liga yaxshi tilla dastli qamchin, yaxshi ispixon shamshirlarni ham berdi.

... Qizlar uzangini bosib, Oqilxon qiz Murodxonning qo'ltig'iga suyab, Murodxon uzangiga oyoq qo'yib, "bismillo", deb otga mindi".

(Murodxon, 89-90-sahifalar).

Ana shunday keyin Oqilxon Murodxonga oq yo'l tilab, fotiha beradi va qirqin qizlariga amr qilib, Murodxonni shahar darvozasidan chiqartirib, yo'lga solib yubortiradi.

Bu parchadan ravshan ko'rinib turibdiki, ajdodlarimizning mehmon kutish qoidalari, mehmonnavozlik rasmi-rusmlari juda qadimdan mavjud bo'lib, asrlar osha sayqal topib kelgan xalq dostonlarida, buyuk mutafakkir allomalarimizning asarlarida pedagogik tarbiyaning bir amaliy shakli siftida bayon etilib, milliyong va g'ururni shakllantiruvchi bir tarbiyaviy vosita sifatida hamon davom etib kelmoqda. Zotan, mehmondo'stlik, qadriyati negizida o'zbek xalqining insoniylik, samimiylik, do'stlik, xayrihohlik, saxiylik xususiyatlari, mehmon kutish, kuzatish, sovg'a tortiq qilish odobi bilan bog'liq taomillar yotadiki, ularni o'rganib, umumlashtirib, hozirgi ta'lim-tarbiya tajribasiga singdirish ilmiy-amaliy mohiyat kasb etadi.

O'zbek xalqining ma'naviyati haqiqatgo'y va adolatli bo'lish, jaholat va qabihlik yo'lini to'sish, insoniylik, birodarlik, mehmondo'stlik, poklik, xushxulqlilik, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi. O'zbek xalqining urf-odatlari, turmush tarzi, ta'lim-tarbiya, ma'daniyat an'analari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib tarqaladi. Hozirgi va kelajak avlodlarimiz kishilari o'zbek milliy ma'naviyati, yaxshi bilimlari va unga rioya qilishlari lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. - T.: "Sharq". 1992.

2. Abdullaeva Q., Rahmonbekova S. 2-sinfda o'qish darslari. O'qituvchi kitobi. -T.: O'qituvchi, 2004.

3. Abdullaeva Q., Yusupova M., Mahmudova M., Mavlonova M. O'qish kitobi. (2-sinflar uchun darslik). - T.: "O'qituvchi". 2001.

4. Abdullaeva Q. Savod o'rgatish. - T.: "O'qituvchi". 1975.

5. Abdullaeva Q., Nazarov K., Yo'ldoshev Sh. Savod o'rgatish metodikasi. - T.: "O'qituvchi". 1996.

6. Ajdodlar o'giti. Toshkent, 1991. - B. 154.

7. Bobolardan-bolalarga (to'plovchi Barakaev R), Toshkent, "Yulduzcha" nashriyoti, 1989. - B. 125.

8. Baratov Sh. Kichik Yoshdagi o'quvchilar faoliyatini baholash. "O'qituvchi" nashriyoti, Toshkent, 1992. - B. 45.

9. Baratov N., Aliqulov X. O'rta Osiyo mutafakkirlari axloq haqida. "O'zbekiston" nashriyoti, Toshkent, 1974. - B. 48.

10. Bahodirov O. Yangicha an'ana va urf-odatlar hayotga. "O'zbekiston" nashriyoti, Toshkent, 1985. - B. 42.

11. "Bir qalpoq oltin". "Cho'lpon" nashriyoti, Toshkent, 1995.

12. Bizning arxivimizdagi xalq olzaki ijodi janrlari: "Alla-qo'shiqlar, ertaklar, rivoyatlar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar".

13. Bozorova M. "Kichik maktab Yoshidagi o'quvchilarni do'stlik va o'rtoqlik xislarini tarbiyalashda xalq an'analaridan foydalanish". Kand.diss. Toshkent, 1994.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.