Научная статья на тему 'O'ZBEKISTONDA TO'Y AN'ANALARI TARIXI VA BUGUNI'

O'ZBEKISTONDA TO'Y AN'ANALARI TARIXI VA BUGUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

9192
387
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
to’y / marosim / an’ana / urf-odat / irim-sirim / diniy amallar / wedding / custom / ceremony / religious tradition

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xadicha Saydullayeva, Akrom Ochilov

Har bir xalqning o’zining tarixan shakllanib kelgan an’ana va urf odatlariga ega. Shu jumladan o’zbek xalqi ham yillar davomida shakllanib kelgan, o’ziga xos etnogtrafik tarixiga ega. Shunday an’analar ichida o’zbek xalqining to’ylari qadim o’tmishdan to hozirgacha amal qilinayotgan asosiy marosimlari hisoblanadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY AND TODAY OF WEDDING TRADITIONS IN UZBEKISTAN

Each nation has its own customs and traditions that have been formed since ancient times. The Uzbek people also have a rich historical tradition. These traditions are first of all reflected in the wedding ceremonies of the Uzbek people

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTONDA TO'Y AN'ANALARI TARIXI VA BUGUNI»

O'ZBEKISTONDA TO'Y AN'ANALARI TARIXI VA BUGUNI

Xadicha Saydullayeva

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti

Akrom Ochilov

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Har bir xalqning o'zining tarixan shakllanib kelgan an'ana va urf odatlariga ega. Shu jumladan o'zbek xalqi ham yillar davomida shakllanib kelgan, o'ziga xos etnogtrafik tarixiga ega. Shunday an'analar ichida o'zbek xalqining to'ylari qadim o'tmishdan to hozirgacha amal qilinayotgan asosiy marosimlari hisoblanadi.

Kalit so'zlar: to'y, marosim, an'ana, urf-odat, irim-sirim, diniy amallar.

HISTORY AND TODAY OF WEDDING TRADITIONS IN UZBEKISTAN

Khadicha Saydullayeva

Master of Tashkent State University of Oriental Studies

Akrom Ochilov

Teacher of Academic Lyceum under Tashkent State Law University

ABSTRACT

Each nation has its own customs and traditions that have been formed since ancient times. The Uzbek people also have a rich historical tradition. These traditions are first of all reflected in the wedding ceremonies of the Uzbek people.

Keywords. wedding, custom, ceremony, religious tradition.

KIRISH

O'zbek xalqi qadim o'tmishdan bugungi kungacha o'zining boy tarixi, ma'naviy qadriyatlari, milliy urf-odatlariga ega bo'lib, zamonlar osha uni o'z qalbi va ma'naviyatiga saqlab kelib, avloddan-avlodga meros qilib qoldirib kelmoqda. Tarix insoniyat hayotining shakllanishi, taraqqiy etib borishi va kelajak uchun zaruriy ehtiyojlarni yaratishga asos bo'lib xizmat qilishi bilan birgalikda, o'tmish ajdodlarimizning bosib o'tgan turmush tarzini halollik, haqqoniylik hamda tanqidiy

ruhda tahlil qilishni ham o'z zimmasiga yuklaydi. Tarixni o'rganish, tarixiy voqealarni kelajak avlodga haqqoniy ochib berish haqida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida quyidagi fikrlarni bildirgan: "El yurtimiz o'zining ko'p asrlik tarixi davomida mash'um xatarlarni necha bor ko'rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma'naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o'tmish, bosib o'tgan mashaqqatli yo'limiz barchamizga saboq bo'lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo'lib yashashga da'vat etishi lozim. O'z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo'q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko'p bora o'z isbotini topgan". Vatanimiz milliy mustaqillikni qo'lga kiritganidan keyin tarixiy haqiqatni mafkuraviy tazyiq va ta'sirlardan xoli tarzda, xolisona va haqqoniy, adolat va tarixiylik nuq tai nazaridan xalqimizga yetkazish imkoniyati yuzaga keldi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston tarixan olib qaraganda juda ham qadimiy davlatlar qatoridan joy oladi. Uning bu ko'hnaligi nafaqat moddiy balki, madaniy qadriyatlarda ham o'z ifodasini topgan. Bu an'ana hamda udumlarimiz etnograf olimlar, tarixchilar va sayohatchilar o'z asar va kundaliklarida ko'plab ma'lumotlar keltirib o'tganlar. Bunga misol qilib Rui Gonsales de Klavixoning "Kundalik" hamda Xerman Vamberining "Sayohatnoma" asarlarini keltirib o'tishimiz mumkin.

Shuningdek, K.Shoniyozov ilmiy nazariy asarlarida o'zbek xalqining etnik tarixi, moddiy va ma'naviy hayoti xususan, to'y marosimlari to'g'isida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan, Muallif o'zbek nikoh to'yining barcha jarayonlariga: sovchilik, fotiha, bevosita nikoh to'yi urf-odatlariga va to'ydan keyin o'tkaziladigan udumlarga alohida e'tibor qaratadi.

Etnografiyaning nazariy muammolari sirasiga kiruvchi ma'naviy madaniyatning muhim qismi bo'lgan oila-nikoh masalalariga bag'ishlangan mutaxassislarning ilmiy ishlariga. A.Doniyorov, G.Zununova, K. Kubakov, M. Kosven, Hoji Muin, N.Azimova, S.Davletova, M.Ibragimova, X.Ismoilov, I.Jabborov, K.Shoniyozov, O.Bo'riyev, A.Ashirov ilmiy ishlari maqolaning uslubiy asoslarini belgilab olishga yordam berdi.

Maqolaning asosiy manbasini dala etnografik materiallari tashkil etadi. Dala etnografik materiallari suhbat va shaxsiy kuzatish asosida to'plandi.

Maqolada tavsifiy va qiyosiy tahlil, tarixiylik, tizimli yondashuv, sematik-semiotik nazariya usullaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mustaqillik bizga qadim qadimdan ota bobolarimizdan meros urf odatlarimizga erkin amal qilish imkonini berdi. Shu o'rinda azaldan to'y-tomosha oshuftasi o'zbek xalqining to'y marosimlari bilan bog'liq an-a'nalari hamda rasm-rusmlari faqatgina xursandchilik va shodiyonalik bo'libgina qolmasdan, balki, muayyan maqsadga qaratilgan, asrlar davomida rioya qilinib kelinayotgan diniy udumlar majmui hamdir. To'y-bashariyat aql zakovati, tabiiy, ma'naviy-axloqiy va huquqiy ehtiyojlari, talablari asosida vujudga kelib, uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o'tib, hozirgi kunimizgacha yetib kelgan va istiqbolda ham ma'naviy qadriyatlarimiz tarkibida mustahkam saqlanib keladigan noyob hayotiy marosimlar majmuidir. Darhaqiqat, to'y deb ataluvchi so'z anglatgan marosimlar hamma vaqt hamma joyda kishilarning talabi, ehtiyoji bilan o'tkazilar ekan, ushbu hayotiy hodisaning turli elatlar va xalqlar va millatlardagi vujudga kelish tarixi, shakllari, tarixiy jihatdan kasb etgan xususiyatlarini o'rganish, uning tarkibida saqlanib qolgan umuminsoniy , milliy va mahalliy ijobiy an'analarni saqlab qolish: qoloq, davr talablariga mos kelmaydigan jihatlarni isloh etish, kamxarajatli, ixcham to'ylar qilishga xalqimizni odatlantirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda.[2-65]

Tarixiy manbalarda saqlanib qolgan ma'lumotlarga qaraganda "to'y"-atamasi turkiy so'z bo'lib, "toy" yoki "qurultoy" shaklida mo'g'ullar va chig'atoy xonlari davrida ham keng qo'llanilgan. XIV asrda Movarounnahr hududiga sayohat qilgan arab sayyohi Ibn Batuta esdaliklariga asosan "toy" -bu har yili o'tkaziladigan yig'in (qurultoy) bo'lib, unda Chingizxon avlodlari, amirlar va turkey beklar, obro'li ayollar va lashkarboshi ishtirok etgan. Yakunlanga n muddati 1864 yil 5 may bo'lgan "Tavorixi xorazmshoxiya " tarixiy asarida uchraydigan ma'lumotga ko'ra, vazir Xasan-Murod qushbeginig o'g'li Muhammad Yusufbek xonning qiziga uylangan bo'lib, ziyofat-toy (to'y) bir necha kun davom etgan. Tadqiq etilgan aksariyat ma'lumotlar asosida, "to'y" -qadim zamonlardan beri doimo katta jamoa, yuqori martabali zadogonlar, katta hajmdagi yig'in, cheklanmagan miqdordagi ziyofat va dabdaba bilan uzviy bog'liq bo'lgan odatligi aniqlandi.

O'zbek to'y marosimlari davrlar o'tishi bilan qisman o'zgarib borgan va har bir etnik guruhda o'ziga xos xususiyatlari bilan o'zaro farq qiladi. Qadimdan meros bo'lib kelayotgan to'y marosimlari islomgacha va islomdan keying ayrim magik xarakterga ega bo'lgan udumlarning hozirgi zamonaviy odatlar bilan qorishib ketganligini millatlar o'rtasidagi aloqalarning globallashuvi natijasidir. Jamiyatning asosiy bo'g'ini hisoblanmish oila munosabatlari nikohdan boshlanadi. Bunda ikki yoshning yangi

hayotga qadam qo'yayotganligi el-ulus , qo'ni-qo'shnilarga ma'lum qilinib, ularning turmush qurishga kirishayotganligi e'tirof etiladi. Ana shu nikoh to'yi o'zbek xalqida boshqa to'ylardan to'y ishtirokchilari tomonidan murakkab urf-odatlar va irim-sirimlarning bajarilishi, ko'plab qadimiy e'tiqod va top inishlarning masalan, fetishizm, totemizm, ajdodlar ruhiga sig'inish, olov va boshqa bir qator demonologik ko'rinishlar izlarining mavjudligi bilan ajralib turadi.

Nikoh to'y marosimlarini boshlab beruvchi dastlabki marosim sovchilik bo'lib, sovchilar to'g'risidagi ilk ar VII-VIII asrga oid O'rxun-Enasoy bitiklarida uchratamiz. Buyuk davlat arbobi To'nyuquq (VII asr) bitiktoshida "sov"-kalimasi sab-so'z, gap ma'nosida ishlatilgan. Irq bitigi(fol kitobi)a esa "sab"-so'z , "sabchi"-xabarchi, so'z keltiruvchi ma'nosida ishlatilgan.[3-78] O'rta asrlar mashhur tilshunosi Mahmud Qoshg'ariy bu xususda "sovchi-kelin va kuyov orasida bir-biriga xabar yetkazuvchi"-deb yozadi.[4-169] Bundan ko'rinib turibdiki, yangi oilani paydo bo'lishidagi sovchilik udumi uzoq o'tmishda ham mavjud bo'lgan.

O'zbek xalqinig uzoq tarixga ega yana bir to'y marosimi beshik to'yidir. Ushbu to'y nikoh to'yinig mahsuli bo'lib, oilada tug'ilgan ilk farzand sharafiga beriladi. Bunda chaqaloqning ona tomondan qarindoshlari chaqaloqqa beshik va zarur bo'lgan barcha buyumlarni karnay-surnay sadolari ostida olib borishadi.

Millatimizning qadimgi to'ylaridan yana biri sunnat(xatna) to'yidir, undan maqsad islomning sunnatini bajarishdir. To'y o'g'il bolalarning tog' yoshlarida, ya'ni 1-3-5 yoshlarida o'kaziladi. To'y oldidan xatmu qur'on marosimi o'tkazilib, elga osh tortish va to'y bolaga ezgu tilaklar tilash bilan yakunlanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Umuman olganda, xalqimizning tarix sinovlaridan o'tgan bayramlari marosimlari, urf-odatlari xalqimizning milliy xususiyatlari, qadriyatga aylangan xalqchillik ruhi bilan sug'orilgan jihatlarini, halollik, poklik, mehnatsevarlik xislatlarini namoyon etadi. Xalqning o'ziga xos milliy, ruhiy ko'rinishlarining barchasi xalq to'ylarida o'z ifodasini topadi.Aynan mazkur marosimlar va odatlar yashovchanligining asosiy sababi ularning asosiy mazmun mohiyati hamda maqsadi kelajak avlod davomiyligini ta'minlashga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.

Ammo so'ngi kunlarda xalqimiz orasida to'y marosimlaridagi asosiy e'tibor yoshlarning baxtli bo'lishiga emas, quda tomonning to'y uchun qilgan xarajati miqdoriga qaratilmoqdagiki, bu jamiyatning ma'naviy muhitiga salbiy ta'sir o'tkazmoqda. Kuzatishlar shuni ko'rsatmoqdaki, aholining aksariyat qismi orasida to'y marosimlari uchun sarf-xarajatlarning oshib borayotganligi, isrofgarchilik, ko'p sonli

mehmonlarning taklif etilishi-bu yillar davomida kutilgan orzu-havasning yaxshi niyatda amalga oshirilayotganidan ko'ra, xalq orasida "kim o'zarga" obro' talashishga aylanib qolgan. Natijada so'ngi kunlarda milliy to'y an'analarimizga aloqasi bo'lmagan, ayrim qo'shtirnoq ichidagi urf-odatlarga mos bo'lish uchun daromadlariga yarasha emas, balki qarz olib bo'lsada , katta sarf-xarajat qilishmoqda. Buning oqibatida to'ydan keyin kelib chiqadigan kelishmovchiliklar yoshlarimizni ajrashib ketishlariga ham sabab bo'lmoqda, yoki oilani bir necha yillar davomida qiynalib yashashga majbur qilmoqda. Yuzaga kelgan vaziyatni e'tiborga olib diniy ulamolar, imom-xatiblar aholi orasida marosimlarda isrofgarchilikka yo'l qo'yib bo'lmasligi, islom dinida to'ylar va ma'rakalarda katta sarf-xarajatlar oqlanmasligi haqida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.Yuqoridagi mavjud vaziyatni inobatga olib O'zbekiston Respublikasining parlamenti 2019 yil 14 sentabr kuni "To'y hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish" to'g'risidagi qarorni qabul qildi. Qarorda har xil ko'ngilsizliklarning oldini olish maqsadida to'y hashamlar va boshqa oilaviy tadbirlarning davomiylik vaqti hamda chaqiriladigan mehmonlar soni aniq belgilandi. Shuningdek qarorda to'y marosimlarining katta xarajat talab etadigan har bir qismiga to'xtalib, asosiy e'tibor to'ylarning ixchamligi va kamxarajatli qilib o'tkazilishiga qaratilgan.[5-Oliy Majlis qarori]

Xalqimiz azaldan saxiy, mehmondo'st xalq. Ammo me'yordan oshgan har qanday holat, zararga yo'liqtirishi mumkinligini hisobga olib, to'ylarning ortiqcha dabdabali bo'layotganligi va buning oqibatida yuzaga kelayotgan moddiy qiyinchiliklar hamda isrofgarchiliklarning oldini olsak maqsadga muvofiq bo'lardi.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. T., 2008.

2. Ashirov A.A. O'zbek xalqining qadimiy e'tiqod va marosimlari. -T., 2009.

3. Klyashtorniy S.G. Qadimgi turkey runic yodgorliklari O'rta Osiyo tarixi uchun manba sifatida.-M., 1964

4. Mahmud Qoshg'ariy Devonu lug'atut turk.-T., 1960.

5. O'zbekiston Respublikasining parlamenti 2019 yil 14 sentabr kuni "To'y hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish" to'g'risidagi qarori.

6. Шаниязов К. Узбеки-карлуки.

7. Дониёров А.Х. Марказий Осиё халклари этнографияси, этногенези ва этник тарихи фани буйича укув-услубий кулланма.

8. Зунунова Г.Ш. Материальная культура узбеков Ташкента: трансформация традиций. - Ташкент,

9. Кубаков К. Туй ва туй маросимлати утмишда ва хозир. авлоди, 2002.

10. Hoji Muin. To'y va aza marosimi haqinda // Mehnatkash tovushi, 1919. 22 - mart.

11. Азимова Н.Х. Система традиционного воспитания детей в узбекских сельских семьях (на примере Андижанской области). Автореф. канд. дисс.-.ист. наук. 1987.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.