Научная статья на тему 'NAMANGAN VILOYATIDA NAVRO‘Z BAYRAMINING PAYDO BO‘LISHI QADIMIY AJDODLARIMIZNING TAFAKKUR TUSHUNCHALARI'

NAMANGAN VILOYATIDA NAVRO‘Z BAYRAMINING PAYDO BO‘LISHI QADIMIY AJDODLARIMIZNING TAFAKKUR TUSHUNCHALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
320
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Navro‘z bayrami tarixi / Namangan viloyat Navro‘z xalq bayrami / bayramning dekoratsiyalari / milliy kuylar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — D.Raxmatullaeva, Xojiakbar Mahamadali O‘G‘Li Oxundedaev

Navro‘z bayrami kelib chiqishi va tarixi, Navro‘z bayramining Namangan shahri va tumanlardagi tashkiliy jarayonlari. Milliy xalq o‘yinlari, urfodatlari va milliy folklor jamoalarining tumanlararo farqlari va sahna bezaklarining holati. Namangandagi Navro‘z bayramlarini ilmiy nazariy taxlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAMANGAN VILOYATIDA NAVRO‘Z BAYRAMINING PAYDO BO‘LISHI QADIMIY AJDODLARIMIZNING TAFAKKUR TUSHUNCHALARI»

NAMANGAN VILOYATIDA NAVRO'Z BAYRAMINING PAYDO BO'LISHI

QADIMIY AJDODLARIMIZNING TAFAKKUR TUSHUNCHALARI

D.Raxmatullaeva Xojiakbar Mahamadali o'g'li Oxundedaev Xoj ioxon87@gmail .com Kamoliddin Bexzod nomidagi MRDI

Annotatsiya: Navro'z bayrami kelib chiqishi va tarixi, Navro'z bayramining Namangan shahri va tumanlardagi tashkiliy jarayonlari. Milliy xalq o'yinlari, urf-odatlari va milliy folklor jamoalarining tumanlararo farqlari va sahna bezaklarining holati. Namangandagi Navro'z bayramlarini ilmiy nazariy taxlil qilingan.

Kalit so'zlar: Navro'z bayrami tarixi, Namangan viloyat Navro'z xalq bayrami, bayramning dekoratsiyalari, milliy kuylar.

THE EMERGENCE OF NOWROZ HOLIDAY IN NAMANGAN REGION AND THE CONCEPTS OF OUR ANCIENT ANCESTORS

D.Rakhmatullaeva Khojiakbar Mahamadali oglu Okhundedaev Khoj iokhon87@gmail.com NIFAD named after Kamoliddin Bekhzod

Abstract: The origin and history of Navruz holiday, organizational processes of Navruz holiday in Namangan city and districts. Regional differences of national folk games, traditions and national folklore ensembles and state of stage decorations. A scientific theoretical analysis of Nowruz holidays in Namangan was made.

Keywords: history of Navruz holiday, Navruz folk holiday of Namangan region, decorations of the holiday, national tunes.

O'rta Osiyo xalqlari hayotida qadimdan xalqona o'yinlar, aytishuvlar, qo'g'irchoq tomoshalari, qovun sayli, lola sayli, Mehrijon, Navro'z, hosil bayrami kabi o'nlab bayram tomoshalari bo'lgan. Navro'zning paydo bo'lishi qadimiy ajdodlarimizning tafakkur tushunchalari, jumladan, koinot, quyosh, yerga bo'lgan e'tiqodlari asosida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 4-5 ming yil ilgari ajdodlarimiz quyoshni eng buyuk kuch, hayot chashmasi, yorug'lik va issiqlik manbayi deb bilishgan. Yana bir ma'lumotlarda "Avesto"da yozilishicha Navro'z miloddan avvalgi 3-5 ming yil muqqaddam nishonlana boshlangan. Unga atab maxsus marosimlar

I D^H^^Sl ^87 http://oac.dsmi-qf.uz

o'tkazishgan. Shu yo'sinda mitrayizm-quyoshparastlik, uning zaminida esa otashparastlik shakllana boshlaydi. Zardushtiylar olovni quyoshning yerdagi zarrasi -farzandi deb bilib, qish va erta bahordagi marosimlarda katta gulxanlar yoqib, qish sovug'ini uning yordami bilan "xaydashgan" va ko'klamni "chaqirishgan" Bu marosimlar bizni o'rganishimizga ko'ra turli bahor bayramlarining shakllanishiga asos bo'lgan. Mehnatkash xalq hayotida muhim o'rin tutgan bahor bayramlari yangi mehnat mavsumi boshlanishidan darak bergan. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, bahorni kutib olish bayramlari barcha xalqlarda qadimdan mavjud bo'lgan. Xalqlarning dunyo bo'ylab tarqalishi natijasida bahor bayramlari barcha hududlarga yoyilgan va keyinchalik bu an'analar barcha xalqlarda turli me'yor va har xil shakllarda uyushtirilgan. Ko'plab xalqlarda qishni kuzatish va bahorni kutib olish an'analari eng yirik bayramlarga aylangan1.

Ahamoniylar xukmronligi zaminida Navro'z tantanalari bir oy davom etgan, Abu Rayhon Beruniy va Umar Xayyom esa Navro'z bayrami shodiyonalari yetti kun davom etganini ta'kidlashgan (O'rta Osiyo afsona, doston, romanlarida va boshqa bitiklarda shunday iboralar "Qirq kecha qirq kunduz to'y berdi yoki yetti kecha-yu-etti kun" degan iboralar bejizga emasdir).

Beruniyning yozishicha, Navro'zning birinchi kuni umumxalq sayil sifatida mamlakatning barcha aholisi tomonidan nishonlangan. Shu kuni shoh namoyondalarni qabul qilgan. Navro'zning ikkinchi kuni esa sosoniy shohlar davlat arboblari, viloyat hokimlarini qabul qilgan. Uchunchi kuni esa mamlakatdagi barcha sarmoyadorlarni, savdogarlar, hunarmand vakillarini saroyga da'vat etishgan. Bayramni to'rtinchi kuni esa shohlar mamlakatda diniy arboblar, ruhoniylar, olimlar va donishmandlar ishtirokida bayram bazmini o'tkazishgan. Shoyad, shunda xalq orasida mashhur "bazm-u Jamshid" iborasi kelib chiqganligi ehtimoldan uzoq emas. Misol uchun, afsonalarda "Vivanjahon o'g'li Jamshid dushmanlar ustidan g'alaba qozongandan so'ng Yangi shahar qurib, unga "Istaxir" deb nom berdi. U shaharga turli ellardan hunarmandlar jalb qilib aholini hunarga o'rgatgan. Shaharlar obod bo'lib, farovon oyning bosh kunida, kun bilan tun teng bo'lgan ayyomda taxtga o'tirgan va ushbu kun Navro'z deb nomlab katta tantanalar va bazmlar uyushtirlgan" Beshinchi kuni esa, hukmdorlar bevosita axillari bilan tantanalarda ishtirok etishgan. Oltinchi kuni esa, shoh o'zining yaqin qarindoshlari bilan shodiyonalar tashkil qilishgan va yettinchi kuni shoh o'z saroyidan chiqib bu qadimiy bayramni tabiat qo'ynida barcha rasm-rusmlarni ado etib nishonlagan va shu kuni "Navro'z buzruk"-ulug' Navro'z deb tilga olishgan. Tarixga nazar solsak ko'plab allomalar Navro'z haqidagi ma'lumotlar, she'rlar, bitiklarda darak berishgan.

Beruniy o'z asarlarida Navro'zni yaratilishiga oid turli fikrlarni keltiradi. Bizning nazarimizda, ularning eng diqqatga sazovori-Navro'zning koinot, olami bilan bog'lab

1 U. Qoraboyev, Xudoyor I, Navro'z risola, Toshkent : Akademiya- 2000,3 bet.

I jbÄÜ^^Bl ^88 http://oac.dsmi-qf.uz

ta'riflanishidir. "Navro'z olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan, deb yozadi Beruniy. Aytishlarcha, shu kunni xudo falaklar harakatsiz turgandan keyin, ularni sayr ettirib yuborgan. U quyoshni yaratgan, nixoyat u tufayli muddatning yillar, oylar, kunlar va boshqalardan iborat bo'laklari yashirinlikdan keyin ma'lumlikka aylangan va hisob boshi ulardan boshlangan".

Beruniy o'z asarlarda avliyo ar-Rizoning quyidagi fikrlarini keltiradi:"Quyosh shu kunda yaratilgan, chunki u zamonning birinchi kunidir". Muallif yana: "aytishlaricha, Navro'z xudo maxluqotini yaratgan oltinchi kunning birinchisidir" degan fikr mavjudligidan ham dalolat beradi2.

Navro'z bayrami haqida juda ko'plab tarixiy manbalarda ma'lumotlar berilgan. Abulqosim Firdavsining "Shohnoma" dostonida, Abu Rayxon Beruniyning "Osor-ul-boqiya an-al qurun-ul-xoliya" ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar"), Umar ibn Ibroxim ibn Xayyom Nishopurining "Navro'znoma", Muhammad ibn-al Balxiyining "Zayin-ul-axbor" ("Tarixlar bezagi") va boshqa asarlar ham Navro'z tarixidan hikoya qiladi.

Chor Rossiyasi va Sobiq ittifoq davrida O'zbekistonda milliy qadriyatlar, urf-odatlar, diniy e'tiqodimizga va milliy bayramlarimiz kabi Navro'z bayramiga ham qorong'u kunlar keladi, boshqa siyosiy yoki Sobiq ittifoqqa aloqador bayramlarni keng ravishda Sobiq ittifoq hududlarida nishonlangan 1-may (Xalqaro Mehnatkashlar kuni), 9-may (G'alaba kuni), 23-fevral (Qizil armiya kuni) va boshqalar bu bayramlar parad usulida va ommaviy tadbirlar, sayllar usulida nishonlangan. 1989-yilga kelib yurtimiz bo'ylab milliy qadryatlar, urf-odatlar, diniy e'tiqodimizga va milliy bayramlarimiz kabi Navro'z bayramiga ham e'tibor berila boshladi. Shu jumladan, radio, televideniya va gazeta - jurnallarda ham keng ko'lamli ko'rsatuvlar, eshittirishlar va maqolalar chop etila boshlandi.

Vatanimiz Mustaqilikka erishgandan keyin, ayniqsa istiqlol yillarida Navro'zi olam tom ma'noda yangicha mazmun va mohiyat kasb etdi. U chin insoniy mehr-muruvvat, e'tibor va e'tirof, yoshlik va muhabbat, ona zaminga mehr va qut-baraka timsoli bo'lmish bayramga aylandi. Yildan-yilga ko'rkamlashib, mukammalashib borayotgan Navro'zimiz bugunga kelib, ozod el-yurtning xaqiqiy qadriyatlari, faxri va iftixor, tiriklik va tarovat bayrami bo'lib qoldi. Navro'zni ona yurtimizda alohida, ayro xolda tasavvur qilish mumkin emas. Yangilanish, o'zgarishlar, mahalla-ko'y, shaharlar, qishloqlar, ko'chalar va manzillar obodligi, oilamiz tinchi, ro'zg'orimiz to'kinligi hamma-hammasi mana shu uyg'onish ayyomi, tiriklik bayrami bilan chambarchas bog'liqdir.

Vatanimiz farovonligi, oila, xonadonlar, insonlarning ongi, qalbi va tafakkuri yangilanishlar, o'zgarishlar nazarda tutilganki, ana shu ezgu intilishlar, orzu va niyatlar aynan Navro'z ayyomida ona tabiatning bo'lgani kabi milliy bayram Navro'zda ham

2 U. Qoraboyev, Xudoyor I, Navro'z risola, Toshkent : Akademiya- 2000, 4-5 bet .

I icclT^^^^H 489 http://oac.dsmi-qf.uz

xalqimizning oliyjanob fazilatlari, oilaparvarlik, el-yurtparvarlik, mehr-u sadoqati singari yuksak insoniy hislatlari turfa timsollari ila o'z ifodasini topgan. Shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi barcha hududlar kabi Namangan viloyatida ham Navro'z keng miqyosda nisholanib kelinadi. Viloyat, shahar, tuman va chekka qishloqlarda bayram shukuhi, ifori urib turadi. Ayniqsa, erta bahor kelishi bilan barcha hududlarda obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, turli xil gullar, ko'chatlar ekiladi. Bu holatda hamma viloyat, shahar, tuman va chekka qishloq markazlarda hashar yo'li bilan bahorni kutib olishadi.

Bahor qaysidir ma'noda bobo dehqonlar bayrami sifatida alohida tilga olinadi. Namanganda ham aholi ham ayniqsa onalar bahoriy taom bo'lmish sumalaklar tayyorlashadi. Sumalak barcha hududlarda o'zgacha usulda tayyorlanar ekan. Pop, Chust tumanlarida sumalakka novvot qo'shiladi. Namangan shahri, Uychi, Chortoq, Uchqorg'on va boshqa tumanlarda sumalakdan oldin qozonda o'yma (mahsus dumaloq shakldagi hamir) pishiriladi va ba'zi joylar sumalakka niyat qilib tosh yoki yong'oq tashlash udumlari ham mavjud. Ayniqsa, Namanganliklarda sumalak atrofidagi bayram manzarasi o'zgacha. Masalan, mahallalarda yoki ko'p qarindoshlik xonadonlarda sumalak atrofida dasturxon bezatiladi turli xil bahorgi taomlar o'yma (doira simon qovurilgan hamir), ko'k chuchvara, ko'k somsa, ko'k manti, qatlama (to'rt burchak shakldagi piyoz, qatiq solib pishirilgan hamir) va har xil shirinliklar bilan bezatilgan milliy dasturxon va xovlidagi uzum toklarga ayollar tomonidan qo'l mehnati orqali yaratilgan Namanganga xos milliy naqshlar bilan bezatilgan Quroq, So'zana, Palak va gilamlarni bahoriy kayfiyatni ifoda etuvchi bezak sifatida ilib qo'yiladi. Atrofida bodom daraxtlari gullagan, ayol-qizlar milliy bezakli rang-barang atlas, adraslarda o'zlari tikkan kiyimlarni ko'z-ko'z qilib kiyishadi va har xil Navro'z bayramiga atalgan, bitiklar, folklorlar kuylashadi, yigitlar esa har xil milliy o'yinlar o'ynashadi, varraklar yasab bahorning hushbo'y shabbodasi orqali varraklarni moviy osmonda kim o'zarga uchirishadi. Namanganda asosan ikki xil varraklar ommalashgan Romb va To'rtburchak shaklidagi mavjud. Xalq tilida Romb shaklidagi varraklar "Laylak" To'rtburchak shaklidagisini esa "Varrak" deyishadi. Bularnning barchasi uchirish vositasi. Namangan shahrida Varrak uchirish boshqa hududlarga qaraganda keng ommalashgan, xatto katta yoshdagi erkaklarni ham yosh bolalar kabi Varrak uchirayotganini uchratishingiz mumkin. Ba'zi varraklar odam bo'yidan ham katta ko'rinishda bo'ladi. Yana bir ma'lumot o'rnida shuni aytish lozimki, bu odat mahallalarda, maktablarda va barcha o'quv dargohlarida Varrak sayli bo'lib erta bahorda musobaqa shaklida o'tkaziladi. Kim o'zarga va eng yaxshi bezatilgan Varraklarga bodom guli, qaldirg'och. Navro'zga oid shiorlar va boshqa tasvirlar bilan bezatilgan Varraklar bo'yicha sayllar milliy odat bo'lib qolgan.

Navro'z bayrami Namangan viloyatida va boshqa hudud markazlarida ham sayil usulida nishonlanadi. Bayramning assosiy nomeri esa shahar, tuman markaziy istiroxat

I D^H^^Sl 453® http://oac.dsmi-qf.uz

bog'larida joylashgan ochiq osmon ostidagi amfiteatrda bo'lib o'tadi. Ba'zi hududlarda markaziy o'yingohlarda bo'ladi. Folklorlar va sahna rassomlari ijod qilishadi, bezaklarni assosan sahna rassomlari go'yo bahorning bir parchasidek yaratishadi.

Navro'z va Mustaqillik bayramlarining katta teatrlashgan tomoshasini tayyorlash va o'tkazishda yildan - yilga tajriba ortib, teatrlashgan tomoshalarning jamiyki ijodiy, nazariy asoslar ham ishlab chiqilmoqda. Teatrlashgan tomoshalarni, tayyorlash va o'tkazishda asosiy e'tibor bayram tomoshalarida turli xil san'at na'munalari, sport ko'rinishlar, teatrlashgan namoyishlar, ramziy timsollar va qiyofalar, harakatlanuvchi tasvirlar, jonli fon o'rtasida uyg'unlikka, ya'ni yaxlitlikka erishishgan. Tomosha davomida O'zbekistoning an'anaviy va zamonaviy san'atining eng yaxshi yutuqlarini va izlanishlarini namoyon etishga, shuningdek, tomoshalarning kompozitsion tuzilishida ham barqarorlikni ta'minlashga qaratilmoqda3.

Har bir hududning ommaviy teatrlashgan tadbirlarining o'ziga xos farqlari bor. Misol uchun, Norin tumanidagi Xaqqulobod markazida joylashgan ochiq sahnada dorvozlar sulolasi har xil chiqishlarda polvonlar, akrobatlar, ko'z boylag'ichlar, turli xil xayvonlar va rang-barang masxarabozlar bayramga o'ziga xos bezak beradi. Yana bir jihat norinlik erkaklar Andijon viloyatiga yaqin bo'lganligi uchun ham Andijon do'ppilarini kiyib bayram sayiliga chiqadilar. Ayollari ham milliy liboslarda sayillarda ishtirok etib farzandlarini aylatirib har-xil shirinlikar xarid qilishadi. Uychi, Uchqorg'on, Chortoq tumanlarida esa ommaviy bayram tadbirlari bezagi o'ziga hos boshqacha farq qiladi. Tuman markazlarida bayram tomoshalari sport o'yingohlarida bo'lib o'tadi. Misol uchun, Chortoq tuman markazida joylashgan sport o'yingohida qurilgan sahna bezaklarida maydonga solingan zangori payondoz go'yo bahorning yangi nihol, maysazor va ko'klamoyi tasvirlangan. Orqa fonida xilma-xil bayramga hos milliy bezakli so'zana, popop va rang-barang mayin matolardan kompozitsion joylashtirilgan sahna bezagi o'ziga hos ko'rinishda navro'z bayramini ko'rsatadi. Atrofdagi bahor va Navro'zga atalgan shioriy bitiklar bilan boyitilgan panolar aylanasimon maydonning har nuqtasidan ko'rish mumkin. Bayram dasturidagi chiqishlar tomoshabinlarni madaniy xordiq chiqarishiga zamin yaratadi. Ayniqsa Chortoq tumanidagi Uchsoy adir tepaliklarida xalq tilida aytilganda uloq (ko'pkari) o'yinlari o'tkaziladi. Ko'pkari o'yinlariga viloyatimizning barcha tumanlaridan, xattoki Andijon viloyati, Fargona viloyati va qo'shni Qirg'iziston Respublikasidan ham chavandozlar qatnashadi. Atrofdagi hush kayfiyatga to'la odamlar xaqiqiy o'zbek xalqiga xos tinchlik, bahoriy kayfiyatni tasvirlaydi. Har bir hududning o'ziga xos udumi va shevasi qisman farq qiladi, shu bois bayramlarda aytiladigan laparlarda ham farqlar bor. Misol uchun Uychi tumanida tuman Madaniyat va aholi dam olish markazi

3 O'zbekiston sana'ti (1991-2001 yillar) <<Sharq>> Nashriyot-Matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi bosh taxriryari, Toshkent-2001 , 193-bet .

491

http://oac.dsmi-qf.uz

qoshida "Uychi tongi" folklor-etnografik jamoasining Navro'z bayramlarda teatrlashgan chiqishlari dasturida halqimizga tanish bo'lgan.

Odamlaru, odamlar Eshitmadim demanglar, Eshitganlar ketmanglar, Bozorlar bo'lsin to'kin, Odamlar eksin ekin, Bobodehqon ish boshlar, Yerga urug' tashlar Qizlar uchar arg'imchoq, Taqib olgan ko'zmunchoq, Bog'-u rog'lar bezangan Misli suluv kelinchak, Keling Navro'z sayliga, Mehmon bo'ling mayliga...

Namanganning olmasi, Askiya (Gul bazmi) va boshqalar. Laparchilarning xalq og'zaki ijodiga mansub kuylarida ijro etishi ularning milliy kiyimlari atlas, adras, beqasam, oq yaktak va milliy chust do'ppisi bir tomondan bolalar jamosi chiqishi ma'lum bir ma'noda ramzdir. Go'yo yurtning kelajagi porloq va davomiyligini aglash qiyin emas, ularning jajji kiyimlari esa rang barangligi milliyligi bilan ajralib turadi. Bayram dasturidan o'rin olgan sahna bo'ylab sportchilar ularning orasida chempionlar, yoshlar va faxriylar o'rin olganliga tomoshabinlarning kayfitiga bahoriy hush kayfiyat beradi. Sahna bezagi esa ayniqsa bayram dasturiga o'zgacha chiroy aks etadi. Sahnaga yam-yashil keng to'rtburchak shaklli poyondoz esa jannatmakon O'zbekiston to'rt fa'slliligini ifoda etgandek. Go'yo ko'klam va yangi nish urib chiqqan maysalar ma'nosini anglatgandek. Orqa fonida esa bahorga hos manzara aks etgan. Uchqo'rg'on tumani ham o'ziga xos bayram tomoshalarini xalqqa namoyon qilishi bilan ajiralib turadi. Boshqa tumanlardan farqli o'laroq, ommaviy teatrlashgan bayram chiqishlarda asosan Uchqo'rg'on tuman Madaniyat bo'limi qoshida 1984-yilda tashkil qilingan "Yallama-yorim" foltklor etnografik jamoasi dastlab Qayqi qishlog'da tashkil qilingan. Unga Axmadaliyeva Maqsudaxon tomonidan asos solingan. "Yallama-yorim" jamosi o'zining faoliyati davomida tumandagi o'tkaziladigan barcha tadbirda faol ishtirok etib boradi. Mustaqillikning ilk yillaridanoq ansamblt o'z repertuarlari bilan tuman, viloyat hamda Respublika miqyosida o'tkazilgan Mustaqillik va Navro'z bayramlari tantanalarida ishtirok etib keladi. Ya'ni bir jihatini aytib o'tish joiz deb bildim. Uchqo'rg'on, Uychi, Chortoq va Yangiqorg'on tumanlari bir biriga yaqin bo'lganligi uchun ham urf-odatlari va an'analari qisman o'xshash bo'ladi. Namangan viloyatining Pop tuman hududida boshqacharoq. Ularning geografik joylashishi Farg'ona vodiysini Toshkent viloyatiga bog'lovchi hududligi uchun ham udumlari va

I icclT^^^^H 492 http://oac.dsmi-qf.uz

odatlar boshqacha. Misol uchun, bayramlarda asosan Pop tuman Madaniyat bo'limi "Xazratibob" folklor etnografik jamosi Respublika, viloyat va tumanda o'tkaziladigan turli xil tadbirlarda ishtirok etib keladi. Navro'z umumxalq bayramiga dasturlardan o'rin olgan kuylar "Yurti Pop" deb nomlangan xalq kuyi Pop tumaning manzarasini yaqqol gavdalantirgan, tumanga xos tanish manzarasini ko'rish mumkin. Non, Beshik, Kulol, Pop popugi, Ko'za, G'anchala maydon, Xo'sh-Xo'sh, Xazratibobo, Hashar, Yor nimalar duvdim va Sumalak Repertuarlari mavjud. Tuman markazida joylashgan ochiq maydonda amfiteatr majmuasida Navro'z bayramiga atab o'ziga hos tarzda bezatilgan dekoratsiyalar. Misol uchun, sahnadagi orqa fonida rassom qaldirgochlar tasvirlagan. Qaldirg'och haqida ko'plab afsona va voqealar bo'lgan. Qolaversa, xalqimiz bu qushni ardoqlashi, ertabahorda kelishi, zamin yuziga quyosh nurini sochishi va yurtga tinchlik, xotirjamlik, fayz, barokat olib kelishi bilan bog'laydi. Sahnadagi milliy uslubda yaratilgan oppoq qanotli darvozani ko'rish mumkin. Unda rassom O'zbekiston davlatining kelajagi buyukligini va har jabxada parvoz qilishini ifodalaganday.

1-rasm

Sahnadagi Namangan shoyi to'qish fabrikasida ishlab chiqarilgan milliy matolarimiz adras va atlasni ko'rish mumkin. Viloyatning markaziy tadbiri Namangan shaharidagi Kichkintoy bog'idagi anfi teatr da o'tkaziladi. Sahna maydoni doira shaklida diametri 50-60 metr bo'lib tomosha o'rindiqlari 5-6 ming tomoshabinni sig'dira olgan. E'tiborlisi shundaki orqa fonida kattagina ko'l va orolchalar mavjud va xayvonat bog'i joylashgan. Bu albatta u yerda o'tiladigan tadbirlarga tabiiy dekoratsiya vazifasini bajaradi. Sahnada payondoz qismi yashil go'yo vodiy adirliklarini tasvirlaydi. Ya'na sahnada laylak, turna va sahnaning markaziy qismida milliy ustun tepasida laylaklar in qurb turgan. Fonida esa tog'lar, gulzorlar va bodom zorlarni ko'rishingiz mumkun. Rassom bu sahna asarining g'oyasini markaziy xududga joylashtirganini ko'rishingiz mumkun. Chunki, O'zbekiston Respublikasining xududlarida, kengliklarida erta bahor kelishi bilan laylaklarni uchratishingiz mumkun

I [ccñ^^BI 493 http://oac.dsmi-qf.uz

bu holatni ko'proq vodiy hududida ko'rishimiz mumkun. Shuning uchun ham rassom shu holatni g'oya sifatida sahna markazidan foydalangan. Ustun tagida lolalar bu ham o'ziga yarasha jilov berganday.

Ikki yonida rang barang havo sharlar, gullar va arkni ko'rishingiz mumkin. U yerdan dastur ishtirokchilari kirib chiqishlari uchun zamin yaratilgan. Ishtirokchilarning milliy liboslari kuy navolari dekaratsiya bilan uyg'unlashgan.

Xulosa qilib aytganda Sharq allomalari keltirgan afsona va ma'lumotlarga qaraganda shu vaqtgacha yerda inson o'z aql mahsuli bilan fazoga-buyuklikka ko'tarilgan kunni "Navro'z" ya'ni yangi kun deb qabul qilingan ekan. Bizning xozirgi Namangan viloyatida ham Navro'z bayrami yangilanish, yosharish, bahor bayrami sifatida juda katta ko'tarinki ruhda nishollanadi.Lekin Namangan shahardan tashqari tumanlarining markaziy Axoli dam olish maskanlarining xududlarini xususiy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarishga berib yuborilganligini uchratish mumkun. Va qolaversa bog xududida atraksionlar kamligi, aholining manzilidan uzoqga borib dam olib kelishga to'gri kelayotganligi noqulayliklarga sabab bo'layotganligini uchratish mumkin. Xulosam shuki, chekka xududiy Aholi dam olish maskanlariga ko'proq e'tibor berilishi va u joyga O'zbekistonda turli atoqlik san'atkorlar, rassomlar, kino va teatr aktyorlari , shoir va yozuvchilar ishtirokida xalqga mamzur bo'ladigan ommaviy teatrlashgan tadbirlarni uyushtirish darkor deb bilaman. Bunday tadbirlar ko'proq tashkillansa yosh avlod vatanparvar bo'lib yetishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. U.Qoraboev, Xudoyor. I, Navro'z risola, Toshkent : Akademiya,- 2000,3 bet.

2. U.Qoraboev, Xudoyor. I, Navro'z risola, Toshkent : Akademiya,- 2000, 4-5

bet.

3. O'zbekiston san'ati (1991-2001 yillar) <<Sharq>> Nashriyot-Matbaa Aksiyodorlik kompaniyasi bosh taxriryati, TOSHKENT-2001 , 193-bet.

494

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.