Научная статья на тему 'TILSHUNOSLIKDA SIYOSIY TERMINLARNING O’RNI'

TILSHUNOSLIKDA SIYOSIY TERMINLARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
313
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Siyosatshunoslik / siyosiy termin / axaik so’zlar / lingvistik omillar / ekstralingvistik omillar / buxgalteriya / fakultet / invertarizatsiya / kapital / siyosat quroli / modernizatsiyalash. / Political science / political term / Achaic words / linguistic factors / extralinguistic factors / accounting / faculty / invertarization / capital / policy tool / modernization.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sabirov, Asror Abdullayevich

Ushbu maqolada siyosiy terminlarning tilshunoslikdagi o’rni nechog’lik muhim ekanligi tadqiq qilingan hamda bu boradagi fikr-mulohazalar keltirilib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF POLITICAL TERMS IN LINGUISTICS

In this article, the importance of the role of political terms in linguistics has been researched and opinions on this issue have been presented.

Текст научной работы на тему «TILSHUNOSLIKDA SIYOSIY TERMINLARNING O’RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023

TILSHUNOSLIKDA SIYOSIY TERMINLARNING O'RNI

Sabirov Asror Abdullayevich

Ma'mun nomidagi jahon tillari NTM Roman - german Filologiyasi kafedrasi nemis tili fani o'qituvchisi, 10.00.06- "Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik" ixtisosligi bo'yicha mustaqil izlanuvchi Telefon: + 99899 746 92 23 E-Mail: asror-chiwa@inbox.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada siyosiy terminlarning tilshunoslikdagi o 'rni nechog'lik muhim ekanligi tadqiq qilingan hamda bu boradagi fikr-mulohazalar keltirilib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: Siyosatshunoslik, siyosiy termin, axaik so'zlar, lingvistik omillar, ekstralingvistik omillar, buxgalteriya, fakultet, invertarizatsiya, kapital, siyosat quroli, modernizatsiyalash.

АННОТАЦИЯ

В данной статье исследовано значение роли политических терминов в языкознании и представлены мнения по этому вопросу.

Ключевые слова: Политология, политический термин, ахаические слова, лингвистические факторы, экстралингвистические факторы, учет, факультет, инвертаризация, капитал, инструмент политики, модернизация.

ABSTRACT

In this article, the importance of the role of political terms in linguistics has been researched and opinions on this issue have been presented.

Keywords: Political science, political term, Achaic words, linguistic factors, extralinguistic factors, accounting, faculty, invertarization, capital, policy tool, modernization.

KIRISH

Har bir til shu tilga mansub xalqning moddiy va ma'naviy dunyosini butun borligicha o'zida aks ettiruvchi yorqin ko'zgu bo'lib, insonning mehnat va ijtimoiy faoliyati bilan uzviy bog'liqdir. Shu bois, jamiyatda sodir bo'lgan har qanday voqelik yoki o'zgarish, birinchi navbatda, tilda o'zini namoyon etadi. Tarixiy, ijtimoiy -iqtisodiy taraqqiyot davomida tilning lug'at tarkibi tadrijiy ravishda doimo rivojlanib, boyib boradi. Bu boyish jamiyat rivojlanishi natijasida paydo bo'lgan yangi tushunchalarni ifodalovchi yangi so'zlar, nomlarning vujudga kelishi hisobiga sodir bo'ladi. Tilning lug'at tarkibi, uning leksik-semantik sistemasi doimo o'zgarib boradi, ayni paytda, jamiyat uchun keraksiz holga kelgan tushuncha yoki predmet nomlarini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

ifodalab kelgan so'zlar arxaik1 so'z sifatida iste'moldan chiqib, uning o'rnini yangi so'zlar egallaydi. Lekin iste'moldan chiqqan so'zlar miqdori yangi paydo bo'lgan so'zlarga nisbatan ancha kam bo'ladi. Lekin ba'zi hollarda buning aksi ham bo'lishi mumkin. Albatta, lug'aviy birliklarning iste'moldan chiqishi lingvistik va ekstralingvistik omillar asosida, tilning tabiati, til taraqqiyoti qonuniyatlari asosida ro'y beradi. Bunda ikki asosiy hodisa kuzatiladi:

1. Jamiyat va tabiatdagi narsa-hodisalaming yo'qolishi bilan ularning ifodachisi bo'lgan so'zlar ham yo'q bo'ladi, hozirgi til strukturasidan (lug'at sistemasidan) chiqadi va tarixiy so'zlarga aylanadi.

2. Tilning takomillashuvi jarayonida narsa-hodisaning mohiyatini aniq, to'la va to'g'ri ifodalay olmaydigan lug'aviy birliklar iste'moldan chiqib, ularning o'rnini hodisani aniq, to'g'ri va to'la ifodalaydigan lug'aviy birliklar egallaydi2.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Lug'at tarkibining doimiy ravishda boyib borishi ijtimoiy hodisa sifatida til taraqqiyotining eng asosiy qonuniyatlaridan hisoblanadi. Leksik taraqqiyot jamiyat rivojlanishining turli davrlarida turli ko'rinishda, turli darajada bo'ladi. Yangi so'z ixtiro qilinmaydi, balki tilda mavjud bo'lgan so'z yasovchi elementlar, ya'ni muayyan tilning o'z ichki imkoniyatlari va o'zga tildan o'zlashtirish yo'li bilan vujudga keladi. O'ylab topilgan so'zlar turli tillarda juda ham kam sonni tashkil etadi. Rus tilshunosi E.A.Zemskaya yozadi: "Bir dam o'ylab ko'raylik, yangi so'z eskisi bilan butunlay bog'lanmagan holda yasaldi, deylik. U holda tilni egallash juda qiyin bir ahvolga kelib qolar yoki buning umuman imkoni ham bo'lmas edi. Lug'at tarkibini kengaytirish yo'sini undan foydalanishni yanada qulaylashtirish, eng asosiysi, tildagi mavjud o 'zaro bog'langan so'zlar orqali real hayotdagi o'zaro bog'langan voqea-hodisalami ifodalashdan iboratdir. Shunday qilib, so'zlaming tildagi o'zaro aloqasi real predmet va mavjud voqea-hodisalar o'rtasidagi o'zaro aloqalarni aks ettiradi3.

Tilning lug'at tarkibi yangi so'zlar hisobiga doimo boyib boradi, bu bilan til ham taraqqiy etadi. Yangi so'zlarning asosiy qismini terminlar tashkil etadi. Fan va texnika taraqqiyoti yangi terminlarni vujudga keltiradi, ayni zamonda, terminlar fan va texnika taraqqiyotiga zamin yaratadi. Zotan, terminologik jihatdan ilmiy ishlanmagan fan yoki ishlab chiqarish sohasi kutilganidek rivojlana olmaydi. Jamiyatdagi har qanday o'zgarish, birinchi navbatda, tilda o'z aksini topadi. Jamiyat taraqqiyotidagi ma'lum bir davrlarda u yoki bu soha terminologiyasining muayyan

1 https://savodxon.uz/izoh?arxaik

2 Ibrohim Yo'ldoshev, O'lmas Sharipova „Tilshunoslik asoslari". Toshkent, 2007.

3 Земская Э.А. „Как делаются слова". Москва, 1963

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

bir tor doiradan chiqib, umumxalq nutqida ham keng foydalanish holatlari kuzatiladi4. Xususan, O'zbekiston mustaqilligi yillarida ijtimoiy-siyosiy terminologiyaga oid ko'plab terminlarning o'zbek adabiy tilining chegaralanmagan qatlamiga singib borib, ommaviy nutqda keng ko'lamda qo'llanilishini kuzatish mumkin. Adresant, bankrot, birja, buxgalter, buxgalteriya, dollar, fakultet, front, gastarbayter, gerb, inventarizatsiya, kapital5 kabi terminlar mustaqillik mevasi sifatida tilimizda faol qo'llanib kelmoqda.

Ma'lumki, har bir tildagi so'zlar bir nechta ma'noga ega bo'ladi. Ko'p ma'noli so'zlarning aniq ma'nosi kontekstda, gap tarkibida aniqlanadi. Bunday so'zlar nutqning ta'sirli, jonli, ixcham va badiiy bo'lishida nihoyatda katta rol o'ynaydi. Shuning bilan birga, har bir tilda o'zining ishlatilish doirasiga ko'ra cheklangan, asosan, birgina ma'noga ega bo'lgan birgina tushunchani ifodalaydigan so'zlar ham bo'ladi. Bunday so'zlar fan, texnika, san'at, siyosat, til va adabiyot, hunarmandchilik kabi turli sohalarda uchraydi. Bu sohalarda hamma diqqat e'tibor faqat mantn jihatdan bilishga qaratilgan. Shuning uchun fan-texnika, siyosat sohalari so'zlarning nihoyatda aniq bo'lishi talab qilinadi.

Yuqorida aytib o'tilganidek, barchaga tushunarli bo'lishi uchun tilshunoslikda siyosat sohasiga oid so'zlar aniq ifodalanishi kerak, chunki siyosat o'z mohiyatiga ko'ra doimo yangilanib boruvchi, jamiyat va davlat rivojlanishining so'nggi yangiliklarini o'zida aks ettiruvchi mohiyatga ega. Shu bois siyosiy terminlarning yagona universal modelini shakllantirish murakkab. Siyosatshunoslik o'z predmeti doirasida jamiyat siyosiy hayotidagi o'zgarishlami ilmiy asoslashga intiladi. Bu esa siyosatshunoslik fanining tarkibiy qismi bo'lmish siyosiy terminlarning o'rganilshi, uning dolzarbligini ko'rsatadi.

K.M.Musayev terminologiyani tilning leksikasi sifatida go'yo bir shaharga qiyoslaydi. Uning fikricha: ,,terminologiya yagona reja asosida qurilsada, lekin birdaniga barpo etilmaydi. U tarixiy shart-sharoit asosida shakllanadi, uni yaratishda har xil avlodga mansub bo'lgan turli me'morlar, loyihachilar, kashfiyotchilar ishtirok etadi. Ular har bir qurilayotgan inshootni yaxshi o'rgangan holda barpo etadilar". Terminologiyani tartibga solishdagi o'ziga xos murakkablik ham shu bilan belgilanadi6.

Til siyosat olamida faol rol o'ynaydi va bu rol doimiy ravishda o'sib bormoqda. Siyosiy terminlar siyosat va hokimiyatning zarur quroli bo'lib, u nafaqat voqelikni aks ettiradi, balki uni axborot ta'siri orqali shakllantiradi. U siyosiy axborotning

4 Ibrahim Yo'ldoshev, O'lmas Sharipova „Tilshunoslik asoslari". Toshkent, 2007.

5 Abduvahob Madvaliyev, Ne'mat Mahkamov, Shuhrat Ko'chimov, Zuhra Mirahmedova, Akmalxo'ja Saidno'monov „Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug'ati" Sahhof, 2021.

6 Мусаев K. M. „Формирование, развитие и современные проблемы терминологии". М.: Наука, 1986.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

uzatilishini, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy ideallari, me'yorlari va qadriyatlari, siyosiy e'tiqodlarini shakllantirishni ta'minlaydi. Siyosat, o'z navbatida, til rivojlanishi va til munosabatlarining samarali omili bo'lib xizmat qiladi.

Til nafaqat muloqot vositasi, balki fuqarolarning siyosiy xulq-atvorini belgilovchi nazorat vositasi sifatida ham ko'riladi. O'z navbatida, davlatimiz tomonidan tilni rejalashtirish va qurish borasida olib borilayotgan siyosat tilning rivojlanishi va faoliyat ko'rsatishiga katta ta'sir ko'rsatmoqda. Shuning uchun til va siyosatning o'zaro ta'sirining ikki jihati haqida gapirish mumkin: 1) til siyosat quroli sifatida; 2) til siyosatning obyekti sifatida. "Birinchi holatda, biz siyosatni til orqali olib borish haqida gapiramiz: til bu yerda jamiyatga ma'lum siyosiy maqsadlarga erishish uchun ta'sir qilish vositasi sifatida ishlaydi". Demak, til siyosiy xulq-atvorni belgilovchi omil va siyosiy nazorat vositasidir7.

Aytish mumkinki, jamiyat taraqqiyotida siyosiy bilimlar o'ziga xos o'ringa ega bo'lib, bu asosda davlat va jamiyat qurilishi hamda boshqaruvini to'g'ri tashkil etish mumkin. Bugungi kunda siyosiy bilimlaming keng rivojlanishi, siyosiy jarayonlar va siyosiy institutlar borasida yangicha qarashlami shakllantirmoqda. Natijada davlat boshqaruvini modemizatsiyalash, keng ko'lamli islohotlami amalga oshirish ehtiyoji tug'ilmoqda.

Ma'lumki, O'zbekiston mustaqilligining ilk kunlaridan boshlab, suveren demokratik davlat barpo etish yo'lidan bormoqda. Dastlab, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning ,,o'zbek modeli". Mamlakatimizda amalga oshirilgan demokratik islohotlarning asosini tashkil etdi. Bugungi kunda ham O'zbekistondagi modemizatsiya jarayoni davom etmoqda. 2017-yil 7-fevralda O'zbekiston Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2021 -yilllarda O' zbekistonni yanada rivojlantirishga qaratilgan besh ustuvor yo'nalishdan iborat "Harakatlar strategiyasi" e'lon qilindi. Mazkur ustuvor yo'nalishlar bevosita davlat va jamiyat boshqaruvini isloh etish, sud-huquq tizimini rivojlantirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohadagi faoliyatni kuchaytirish, xavfsizlik va tashqi siyosatni samarali yuritishga oid masalalami qamrab olgan8.

Bundan tashqari, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 -yil 8-sentabrdagi „O'zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni e'lon qilindi va unda davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning 6 ta asosiy yo'nalishi belgilab berildi. Bu esa mamlakatimizda siyosiy bilimlarning rivoji uchun ham muhim ahamiyatga egadir9.

7 https://elib.bsu.by/bitstream/123456789/89957/1/sudnichenko sbornik11 tom2.pdf

8 Biturayev O'. B. „Siyosatshunoslikka kirish". Toshkent, 2017.

9 Biturayev O'. B. „Siyosatshunoslikka kirish". Toshkent, 2017.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Til va siyosatning o'zaro ta'sirining ikkita variantini ko'rib chiqsak, til va siyosat bir-biriga chuqur bog'liq degan xulosaga kelishimiz mumkin. Maxsus tanlangan lingvistik vositalar tufayli siyosiy maqsadlar va munosabatlarni amalga oshirishga yordam beradigan lingvistik ta'sir amalga oshiriladi. Siyosat, o'z navbatida, tilning rivojlanish yo'nalishini, davlatdagi mavqeini belgilaydi. Shunday qilib, til siyosat va hokimiyat munosabatlaridan ajralmasdir. Lekin shuni unutmasligimiz kerakki, davlat siyosati ham davlatning o'zi kabi ko'p jihatdan aholini yagona millatga bog'laydigan, tafakkurni shakllantiruvchi tilga, madaniy genofondga bog'liqdir10.

Xususan, dunyodagi ilmiy markazlarda kundan-kunga yangi siyosiy konsepsiyalar, nazariyalar ilgari surilmoqda va siyosatshunoslikning zamonaviy masalalami qamrab olgan mavzular bilan boyib bormoqda. Shuning uchun mamlakatimizda ham mazkur sohadagi ishlami yangi bosqichga olib chiqish asosiy masalalardan hisoblanadi. Bu esa, siyosiy terminlarning rivojlanish bosqichlari, o'zlashishi hamda kundalik hayotda tadbiq qilinishini o'rganish, nechog'lik kerakligini yana bir bor isbotlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Abduvahob Madvaliyev, Ne'mat Mahkamov, Shuhrat Ko'chimov, Zuhra Mirahmedova, Akmalxo'ja Saidno'monov ,,Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug'ati" Sahhof, 2021.

2. Biturayev O'. B. „Siyosatshunoslikka kirish". Toshkent, 2017.

3. Ibrohim Yo'ldoshev, O'lmas Sharipova ,,Tilshunoslik asoslari". Toshkent, 2007.

XULOSA

10 https://elib.bsu.by/bitstream/123456789/89957/1/sudnichenko sborniki 1 tom2.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.